Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/146
Sana08.01.2022
Hajmi1.2 Mb.
#250550
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   146
Bog'liq
5-son-2018

Key words. Preschool education specialist, preschool education, innovative professional 
activity, interactive methods, creativity, pedagogical situations, job analysis.
BO‘LAJAk MAkTABGACHA TA’LIM 
MUTAXASSISLARINI kASBIY FAOLIYATGA 
TAYYORLASH IMkONIYATLARI 


99
bilish darajasini pedagogik mahorat bilangina bog‘lash to‘g‘ri bo‘lmaydi. ayni bir texno-
logiyani ko‘plab pedagoglar qo‘llashi mumkin, biroq jarayon rang-barang bo‘lib, natija-
lar kafolatlanadi. layoqatli pedagog-tarbiyachi ijodi aynan pedagogik texnologiyalarga 
o‘ziga xos yondashuv mahsulidan iborat. Pedagogik texnologiya aniq pedagogik g‘o-
yaga tayangan holda ishlab chiqiladi. 
O‘zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi-
da “maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda 
bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sha-
roitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jid-
diy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning 
malaka  darajasini  yuksaltirish”
1
   kabi  yo‘nalishlar  belgilanib,  bu  borada  O‘zbekiston 
respublikasi Prezidenti tomonidan maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha 
alohida dastur ishlab chiqish, ushbu tizimni boshqarish infrastrukturasini takomillash-
tirish  vazifasi  qo‘yilib,  ilmiy-metodik  ta’minotni  rivojlantirishga  alohida  e’tibor  qaratil-
moqda. 
Shu sababdan ham maktabgacha ta’lim tizimi oldida innovatsion faoliyatga asos-
langan pedagogik yondashuvlar va nazariyalar, yangiliklarni yaratish, tatbiq etish va 
ulardan foydalanishning yaxlit, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatga aylantirish talab etil-
moqda. Pedagoglarning innovatsion faoliyati bolalarning mustaqilligi, qiziquvchanligini 
oshirish, ularda ijodiy tafakkurni rivojlantirish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish im-
koniyatini izlab topish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilishi lozim. Shundagina 
pedagog-tarbiyachilar  o‘z  kuchlariga  ishonib  bolalarning  o‘zgaruvchan  vaziyatlarda 
aniq faoliyat ko‘rsata olishlariga ko‘maklashadilar. Shu bilan bir qatorda ular bolalar-
ning ota-onalarini maktabgacha ta’lim muassasasi hayotida faol ishtirok etishga jalb 
etishadi.  
Bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyor-
lash – bu muttasil ijod jarayonidir. lekin boshqa sohalardagi ijoddan farqli o‘laroq pe-
dagog-tarbiyachi ijodining maqsadi ijtimoiy jihatdan yangi hodisa yaratish emas, balki 
shaxsni rivojlantirishga qaratiladi. albatta, o‘z ishiga ijodiy yondashadigan, ilg‘or pe-
dagog-tarbiyachilar o‘z tajriba maktabini yaratadi, lekin mavjud pedagogik tajribalarni 
ijodiy o‘zlashtirishga har bir pedagog-tarbiyachi intilishi lozim. Pedagogik vaziyatlarni 
baholashdagi mustaqillik, tarbiyaning muayyan shakl, vosita va usullarini tanlay olish, 
voqealar qanday rivojlanishini oldindan ko‘rib, ularni maqsadga yo‘naltira bilish ijodiy 
xususiyatga  ega  bo‘lgan  kasbiy  mahoratning  muhim  qismi  hisoblanadi.  Mutaxassis 
mahorati amaliy ko‘nikmalar sintezi hisoblanib, kasbiy faoliyatida o‘z ifodasini topadi.
ayni vaqtda kasbiy bilim va mahoratni egallayotgan pedagog-tarbiyachilar istiq-
boldagi kasbiy faoliyatlari davomida muayyan muvaffaqiyatlarga erishadilar. Bo‘lajak 
maktabgacha  ta’lim  mutaxassislari  maktabgacha  ta’lim-tarbiya  jarayonining  didak-
tik-psixologik asoslarini aniq tasavvur, tezkor qarorlar qabul qila olishlari lozim. Bo‘la-
jak pedagog-tarbiyachilardan pedagogik vaziyatlarni aniq tasavvur qilish va tarbiyala-
nuvchilarning imkoniyatlarini kengaytirish usullarini egallash talab qilinadi.
Bo‘lajak pedagog-tarbiyachining kreativligi didaktik vaziyatlarda  mustaqil hara-
kat qilishi va o‘z faoliyatini pedagogik-psixologik bilimlarga tayangan holda amalga 
oshirishida  namoyon  bo‘ladi.  Bo‘lajak  pedagog-tarbiyachilar  uchun  pedagogik  ijod-
1
  O‘zbekiston  respublikasi  Prezidentining  2017-yil  7-fevraldagi  “O‘zbekiston  respublikasini 
yanada  rivojlantirish  bo‘yicha  Harakatlar  Strategiyasi  to‘g’risida”gi  PF-4947-son  Farmoni.  // 
O‘zbekiston respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2017-yil 6-son, 70-modda.        


100

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling