Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/146
Sana08.01.2022
Hajmi1.2 Mb.
#250550
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   146
Bog'liq
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
Tarbiyachilarning malakasini oshirish jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni 
tatbiq  etish  ularning  mustaqil  bilim  olishlari,  erkin  fikrlashlari  uchun  imkoniyat  yara-
tiladi.  Bundan  tashqari,  o‘quv  mashg‘ulotlarida  tarbiyachilarning  faoliyatlarini  tashkil 
qilishda uyushtirish, boshqarish, takomillashtirish, tahlil qilish, tadqiq qilish, qiyoslash, 
umumlashtirish, xulosa chiqarish, nazorat qilish va baholash kabi jarayonlar amalga 
oshiriladi. 
Zamonaviy  sharoitda  ta’limning  tarbiyachi  va  tarbiyalanuvchilarning  hamkorligi-
ga  asoslanishi,  bolalarning  mustaqil  ta’lim  olish  imkoniyatiga  ega  bo‘lishlari  muhim 
sanaladi. ana shunday sharoitlar ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan 
foydalanishni taqozo etadi.
Tarbiyachilar  o‘z  pedagogik  faoliyatidagi  muammolarni  aniqlashlarida  kasbiy 
kompetensiyaning shakllanish bosqichlari yordam beradi. Ular quyidagi bosqichlarda 
amalga oshiriladi:
– o‘z-o‘zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash;
– o‘z faoliyatini rivojlantirishni rejalashtirish, maqsad va vazifa belgilash;
– o‘zini namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish.
yuqorida keltirilgan tadqiqot natijalari ta’lim tizimining turli toifadagi pedagoglarni 
malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Tarbiya chi-
pedagoglarda ijodiy potensialni oshirishga yo‘naltirish va ijodiy tafakkurni rivojlantirish, 
o‘z ustida ishlashga tayyorlik ya’ni pedagogik kompetentlikni rivojlantirishdir.
Pedagogika sohasida olimlar tomonidan pedagoglarning malakasini oshirish va 
tash kil etishning nazariy asoslari yaratilgan. Biroq maktabgacha ta’lim muassasasi tar-
biyachilarining malakasini oshirish jarayonini o‘quv-metodik jihatdan ta’minlanishi, bo-
lalar bilan ishlashning samarali shakllarini o‘zlashtirish ko‘nikmasini shakllantirish, ma-
laka oshirish jarayonidagi muammolar yetarli darajada ilmiy jihatdan o‘rganilmagan. 
Tarbiyachilarning malakasini oshirish jarayonida ularning kasbiy mahorati va kom-
petentligini rivojlantirish bolalarga ta’lim-tarbiya berishdagi turli xil muammolar yechi-
mini  topishga  yordam  beradi.  Tarbiyachilarning  malakasini  oshirishda  ularda  inte g-
ratsion bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, turli xil zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash 
malakalarini shakllantirish maqsadga muvofiqdir.
agarda tarbiyachilarning malakasini oshirish jarayonida samarali, tizimli va sifatli 
ta’lim tashkil etilmasa, tinglovchilar ma’lum qobiq va qolipga tushib qoladilar, peda-
gogik faoliyatida samarali natijaga erishish ko‘rsatkichlari past darajada bo‘ladi, o‘quv 
jarayonida faqat axborot oladi, qayta aloqa o‘rnatilmaydi, muammoga bir tarafdan qa-
raladi, metod va shakllar malaka oshirish markazi o‘qituvchisining ehtiyojiga ko‘ra tan-
lanadi, ya’ni tinglovchilarning qiziqish va xohishlari inobatga olinmaydi. 
Bu esa malaka oshirish tizimida ta’lim sifatini pasayishiga olib keladi. Malaka oshi-
rish tizimida mazkur omillarni yuzaga kelish sabablarini quyidagicha tasniflash mum-
kin:
1) malaka oshirish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish rasmiy tusda ekanligi (bu-
yurtmachilarning ehtiyojlari va takliflari inobatga olinmasligi);
2)  malaka  oshirish  mazmunini  eski  tusda  ekanligi,  ya’ni  yangicha-  innovatsion 
yondashuvni amalga oshirilmasligi;
3) ta’lim mazmunini tashkil etish shakllarini loyihalanmaganligi va pedagogik fao-
liyat bilan uyg‘unlashmaganligi;
4) tarbiyachilarda zamonaviy va axborot texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmasini 
yetarli darajada shakllantirishni e’tiborga olinmaganligi;


97
5) tarbiyachida malaka oshirish jarayoniga nisbatan aniq maqsad va vazifalarning 
mavjud emasligi;
6) malaka oshirishda tashkiliy-pedagogik faoliyatni bir qolipda ekanligi;
7)  tarbiyachilarning  kasbiy  mahorati  va  kompetentligini  rivojlantirish  modelining 
mavjud emasligi. 
Tarbiyachilarning malakasini oshirishning samarali yo‘llariga quyidagilarni kiritishi-
miz mumkin. ya’ni: 
– modulli tizim dasturini tuzish, maktabgacha ta’lim metodikasini o‘qitishda axbo-
rot texnologiyalaridan foydalanish malakalarini rivojlantirish; 
tashkiliy-pedagogik shakllar, ya’ni ishchanlik o‘yinlari, treninglarni qo‘llash;
– loyihalashtirilgan yondashuv; 
– tarbiyachilarning tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish
– maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagogik jamoalar malakasini oshirish-
ning maqsadli dasturini ishlab chiqish; 
– malaka oshirish dasturlarida kompetent yondashuvni amalga oshirish
– ta’lim jarayonida o‘zaro ta’sirni rivojlantirish, ya’ni interfaol metodlarni qo‘llash. 
Xulosa qilib aytganda, malaka oshirish jarayonida tarbiyachilarning kasbiy maho-
ratini rivojlantirish modelini ishlab chiqish, zamonaviy raqobatbardosh pedagog kadrlar 
tayyorlash tamoyillari asosida malaka oshirish jarayonini tashkil etish; tarbiyachilar-
ning ijtimoiy muloqotchanligini rivojlantirish; ta’lim muhitiga yangi konsepsiyani kiritish 
(innovatsion jarayon); kasbiy muloqotchanlikni shakllantirish lozim. Buning uchun tar-
biyachilarning malakasini oshirishda asosiy yondashuvni aniqlab olish kerak. ya’ni tar-
biyachilarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini oshirish, maktabgacha ta’lim tizimidagi eng 
so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirish, malaka oshirish jarayonini jahon tajribalari asosida 
tashkil etish, o‘quv-metodik manbalarni takomillashtirish zarur. 

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling