Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
5-son-2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- Key words.
Ключевые слова. технология, метод, компетенция, критерий, педагогический на-
вык, педагогическое общение, тенденция, инновация. in this article given the methods of developing pedagogical skills of tutors of the pre- school educational establishment, “pedagogical skill” conception, scientific-theoretical points of view of scientists on pedagogy. Key words. Technology, method, competence , criteria, pedagogical skill, pedagogical communication, tendency, innovation. Gulbahor GAYNAZAROVA, a.avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tayanch doktoranti MAkTABGACHA TA’LIM MUASSASASI TarBiyaCHilarining PеDagOgik MAHORATINI RIvOJLANTIRISH YO‘LLARI 93 pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish” 1 vazifasi belgilab berilgan. Shuningdek, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash ham farmonda alohida ko‘rsatilgan. Darhaqiqat so‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining malakasini oshirish muammosiga katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi zamon ilmiy-texnik, bosqichining xarakterli xususiyatlaridan biri jamiyat hayotining barcha jabhalarini kompyuterlashtirishdan iboratligi kasbiy va shu qatorda pedagogik faoliyatning tarkibini keskin o‘zgartirishni yuzaga chiqaradi. Ta’lim tizimi barcha bo‘g‘in- larining axborot texnologiyalaridan foydalanishi ta’limning axborotlashuvida kundalik talabni keltirib chiqaradi, bu esa, o‘z navbatida, texnika oliy o‘quv yurtining bo‘lajak kasbiy ta’lim o‘qituvchisidan yangi axborotlar muhitida bemalol ishlay oluvchi ko‘nik- malarni o‘zlashtirishni talab etadi. Malaka oshirish tizimida tarbiyachi-pedagoglarning kompetensiyasini rivojlantirish- ning yangicha strategiyasini ishlab chiqish barcha ta’lim muassassalari ichida eng dol- zarb muammolardan biri hisoblanadi. Bir necha yillik kuzatuvlar va tajribalarimiz hamda maktabgacha ta’lim muassa- salari tarbiyachilarining malaka oshirish kurslari faoliyati bilan tanishish orqali ularning kasbiy mahorati va kompetentligini rivojlantirish mezonlari mavjud emasligi, malaka oshirishning samarali texnologiyalari ishlab chiqilmaganligi nazariy hamda amaliy nuq- tayi nazardan yetarli darajada o‘rganilmaganligini ko‘rsatdi. Malaka oshirish jarayonida samarali texnologiyalarni qo‘llash tarbiyachilarning kasbiy mahorati oshishini ta’minlaydi. Malaka oshirish kurslari jarayonida tarbiyachilar- da pedagogik ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish ularga ma’naviy tarbiya berish hamda intellektini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachilarda pedagogik mahoratni rivojlantirish orqali bolalarni maktab ta’limi- ga tayyorlashda samarali natijaga erishiladi. rus pedagog olimi a.S.Makarenko fikri- cha, mahorat bu “nimaga qanday erishish, pedagogik faoliyatni egallash darajasidir”. Pedagogik mahorat uning shaxsiy sifatlari, pedagogik jarayondagi muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Fikrimizcha pedagogik mahorat ta’lim-tarbiya berish san’ati, har bir pedagogning ishlashga moyilligi va qiziqishi, havasi hisoblanadi. B.T. lixachev pedagogik mahoratni pedagogik san’atning bir bo‘lagi, qismi, tarbi- yachining zamonaviy usul va shakllarni o‘zlashtira olishi, pedagogik ko‘nikma va mala- kalari, bola shaxsini shakllantirish jarayonidagi pedagogik san’at timsoli deb ta’riflaydi. Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishi tarbiyachilardan ijodkor, o‘z kasbi va shaxsiga nisbatan mas’uliyatli bo‘lishni, fandagi muhim muammolar yuzasi- dan erkin fikr yurita olishni, bir so‘z bilan aytganda, kasbiy mahorat egasi bo‘lishni talab qiladi. Tarbiyachining kasbiy mahorati haqida fikr yuritar ekanmiz, uning milliy g‘oya va mafkuraga sodiqligiga, bilim va fikr doirasining kengligiga, o‘z vazifasiga munosabati- ga e’tibor bermoq kerak. kasbiy mahorat va qobiliyat tarbiyachida osonlik bilan shakl- lanmaydi. Buning uchun u uzluksiz o‘qishi, o‘rganishi, izlanishi, ijodiy mehnat qilishi, voqelikni tez anglashi zarur. Tarbiyachining kasbiy mahorati asosan, mashg‘ulotlar mobaynida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki o‘quv mashg‘ulotlari o‘zining mazmun va mohiyatiga ko‘ra tarbiya- 1 O‘zbekiston respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli farmoni. www.lex.uz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling