Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
5-son-2018
- Bu sahifa navigatsiya:
- “XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.
Key words. Textbook, educational materials, structuration of educational materials, con-
centrism concept, information, attention of pupil. Feruza QO‘CHQAROVA, andijon Davlat universiteti Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi YANGI AvLOD DARSLIkLARIDAGI O‘QUv MaTеriallarini kOnSEnTriZM PrinSiPi ASOSIDA TIZIMLASHTIRISH 104 “XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz Darslik shunday nashr turiki, unda o‘quv predmetining mazmuni mantiqiy ketma- ketlikda tizimli tarzda ifodalanishi zarur. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mavjud bo‘lgan darsliklarning tahlili shuni ko‘r- satmoqdaki, ularning yangi tiplari va modellarini ishlab chiqishga kuchli ehtiyoj mavjud. Bunday ehtiyoj birinchi navbatda darsning tarkibiy qismlarini boyitishga bo‘lgan didak- tik zaruriyat sifatida kelib chiqmoqda. 1 Ma’lumki, didaktikaning predmetini o‘rgatish, o‘rganish ham ta’lim mazmuni tash- kil qiladi. Bunda ishtirok etayotgan uchta komponent bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lib, ulardan birortasini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Xo‘sh, ishni ularning qay- si biridan boshlash zarur? ishni o‘rganish yoki o‘rgatishdan boshlasak, tabiiy ravishda nimani (qaysi mazmundagi o‘quv materialini) o‘rganmoqchimiz yoki o‘rgatmoqchimiz, degan savol tug‘iladi. O‘rgatish ham, o‘rganish ham, ularning oxirgi natijasi ham ta’lim mazmuniga bog‘liq. Har xil mazmundagi matnlarni o‘ziga xos usullar bilan o‘zlashtirish qabul qilinganligi uchun o‘rgatishning qanday bo‘lishi uning mazmunidan kelib chiq- di, bu esa o‘rganishni tashkil etuvchi, ya’ni o‘rgatuvchiga bog‘liq. Didaktik tafakkur bu — o‘rganish, o‘rgatish va ta’lim mazmunining doimiy aloqadorligi, munosabatlarini iz- lash, aniqlash demakdir. O‘qituvchi o‘quvchilarni faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, o‘qitish shakllari, metod va vaziyatlar- ni izlaydi, zamonaviy pedagogik texnologiyaga suyanib, o‘quv jarayoni samaradorligini oshiradi. O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatib, o‘quv jarayonining yuqori sifat va samaradorligiga erishadi. Shu boisdan ham, pedagogik, didaktik, ta’lim texnologiyala- riga o‘quv jarayonidagi eng samarali vositalar deb qaralmoqda. Ulardan dunyo peda- gogik amaliyotida keng foydalanilmoqda. Bugungi kunda respublikamizning qator pedagog olimlari, tadqiqotchilar tomoni- dan zamonaviy yangi avlod darsliklariga qo‘yiladigan talablar, ularning ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishdagi ahamiyati tadqiq etilmoqda. Mazkur dolzarb pedagogik muammoni o‘rganishda, avvalo, zamonaviy darsliklar qanday bo‘lishi lozimligi masa- lasi yuzaga kelmoqda. Pedagogika fanlari doktori, professor U.inoyatov zamonaviy darslikka tavsif be- rib quyidagilarni ta’kidlaydi: “Zamonaviy darslik – ta’lim-tarbiya mazmuni va vositalari- ni o‘zida jamlagan manba. U ta’lim oluvchilarni o‘quv materiallarini o‘zlashtirishlariga va ularning mustaqil ijodiy faoliyatlarida zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalari- ni rivoj lantirishga xizmat qilishi lozim. Darslik shunday nashr turiki, unda o‘quv pred- metining mazmuni mantiqiy ketma-ketlikda, uzviy hamda tizimli ifodalanishi zarur” 2 . O‘quv predmetining mazmuni uzviy va tizimli ifodalanishida, avvalo, o‘quv materialini maqsad ga yo‘naltirilgan ravishda tizimlashtirish talab etiladi. O‘quv materialini tizimlashtirish – o‘quv fanlari mazmunini tanlashni talab etuv- chi murakkab intellektual jarayon. O‘quv materiallarini tizimlashtirish, o‘zida murakkab mantiqiy faoliyat va oldin o‘rganilgan materiallarni qayta tartiblashtirishni talab etadi. Tizimlashtirishning mohiyati o‘quvchilar axborotni idrok etganlaridan so‘ng ular ish ja- rayonini loyihalay olishni bilishlaridan iboratdir. 1 осмоловская И.М. Учебники нового поколения: поиск дидактических решений// отечественная и зарубежная педагогика. – 2014. - № 4. – C. 45-53. 2 inoyatov U. Zamonaviy darsliklar, o‘quv-metodik majmualar, elektron didaktik vositalarni yaratishga innovatsion yondashuv // Xalq ta’limi. – T., 2018. - № 3. – B. 9–11. 105 axborotning o‘zgarishi o‘z ortidan o‘quv materialining o‘zgarishiga olib keladi. Bunda o‘quv materialining xarakteriga ko‘ra bilim va ko‘nikmalarni taqsimlash talab etiladi. O‘quv materiallarini tizimlashtirish: birinchidan, tushuncha, nazariy asoslarni shakllantirish; ikkinchidan, alohida mavzu, bo‘limlar, o‘quv fani bo‘yicha umumlashgan takrorlarni loyihalashni taqozo etadi. Birinchi holatda tizimlashtirish o‘quv materiali va nazariy bilish (tushuncha, konsepsiya, qonun va h.k.), ikkinchi holatda o‘quv materi- alini qayta tizimlashtirishni talab etuvchi o‘quv modellari tizimini modellashtirish bilan bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Demak, o‘quv materiallarini tizimlashtirish o‘zida bilimlar va algoritmik modellarni shakllantirish jarayonini aks ettiradi. konsentrizm prinsipi asosida tanlangan o‘quv materiallari barcha dalillarni yaxlit qamrab olish imkonini beradi. Didaktik birliklarni yiriklashtirish va konsentrlarga jam- lash asosida o‘quvchilarning o‘z-o‘zini rivojlantirishini kafolatlaydigan ta’lim texnologi- yasini qo‘llash uchun keng yo‘l ochiladi, ya’ni o‘quvchida axborotlarni qayta ishlash ong osti mexanizmlarining faollashuvi, aqliy operasiyalarning muayyan makon va za- monda yaqinlashishi, dalillarga asoslangan mantiqiy qismlar va ijobiy hissiyotlarning o‘zaro ta’siri tufayli amalga oshadi. O‘quv materiali deganda, o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi talab etiladigan, maxsus tarzda strukturalashtirilgan va tizimlashtirilgan axborotlar tushuniladi. O‘quv materialini kontsentrlashtirish esa axborotlarni o‘zlashtirishga ajratilgan vaqtga asos- langan holda, o‘quv materiallarini tizimlashtirishni talab etadi. Tadqiqot natijalari o‘quv materiallarini konsentrlarga jamlash o‘zida uch jihatni aks ettirishini ko‘rsatdi(1-jadval): 1-jadval Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling