Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
5-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
ki, bunda har kun, har soatda qanchadan-qancha voqea-hodisalar, yangidan-yangi tash vishu, quvonchlar sodir bo‘lib turadi. Oila inson uchun muqaddas maskan, kishilik jamiyatining ijtimoiy poydevoridir. Oilaviy turmushning asosiy maqsadi – bu farzand ko‘rish orqali aholini qayta tiklash, avlodlar bilan ajdodlar vorisligi va davomiyligini hamda yer yuzida insoniyat tarixiy taraqqiyotini ta’minlashdan iboratdir. Darhaqiqat, oila – har bir shaxsda ilk yoshligidan boshlab shakllanadigan insoniy fazilatlar, ezgu-istaklar, qadriyatlar takomil topadigan, asrlar davomida shakllangan o‘zbek xalqining qadriyatlari va ma’naviy merosi ravnag‘ini ta’minlovchi tarbiya mas- kanidir. Halollik, rostgo‘ylik, or-nomus, sharmu-hayo, mehru-oqibat, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar, eng avvalo, oilada shakllangan. Bola shakllanishining ilk maktabi esa ota-onaning o‘zaro munosabatlari majmui hisoblanadi. Oila haqida so‘z yuritar ekanmiz, ko‘z o‘ngimizda ona siymosi shakllanadi. Oila muqaddasligini ta’minlovchi birinchi omil – ona. Oqilaligi, mehru-muruvvati, sadoqati va vafodorli- gidir. Ota-onalar munosabatlarda namoyon bo‘luvchi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi qadriyatlar ularning o‘zaro mu- nosabatlarida uyg‘unlasha borib, oilada o‘zaro munosabatlar maromini vujudga kel- tiradi. Oiladagi ushbu ijtimoiy jarayon yosh avlodning moddiy olam, ijtimoiy turmush haqidagi tasavvurlari, nuqtayi nazarlari, tushunchalari, dunyoqarashlari va sharqona odob-axloq qoidalari va ularga amaliyotda rioya etishning to‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlarini ko‘r- satadi. yosh avlodning ma’naviy qiyofasi, ularning xatti-harakati, xulq-atvori dastlab oilaviy munosabat madaniyatida shakllanadi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, oilaviy munosabatlar madaniyati sharq xalq- larida juda qadimdan rivojlangan ijtimoiy voqelik ekanligini ko‘rsatadi. Qadimgi xalq- lardan qolgan asori-atiqalarda, muqaddas diniy manbalarda, o‘zbek xalqining og‘za- ki ijodi durdonalarida, sharqning buyuk mutafakkirlarining asarlarida sharq xalqlari, xususan, o‘zbek xalqiga xos oilaviy shaxslararo munosabatlarda namoyon bo‘la- digan odob-axloq qoidalari, me’yorlari, insoniy fazilatlar ifodasi to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlarni uchratish mumkin. Manbalarda oilasiz insoniy hayotni tasavvur qilib bo‘lmaslik, barkamol farzand tarbiyasi, undagi er-xotin va o‘zaro munosabatlar ma- daniyati, baxtli va farovon turmush kechirish yo‘llari, hayotiy misollar yordami bilan hikmatlar va nasihatlar ko‘rinishida bayon etilgan. Oilaviy turmush bilan jamiyat ta- raqqiyotining doimiy mushtarakligi tufayli jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ham oilaviy muammolar uning ilg‘or vakillari diqqat-e’tiborida bo‘lgan. Oilaviy hayot jamiyat taraqqiyotida va farzandlarning kamoloti uchun shu qadar muhimki, uni biror soniya ham diqqat-e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Har bir pedagog-tarbiyachi o‘sib kelayotgan yosh avlodning onigida mustahkam oila haqida tushuncha hosil qilishi, uning pedagogik-psixologik, ma’naviy-ahloqiy ji- hatlarini tushuntirishi, ularda oila muqaddasligi tushunchasini shakllantirishi zarur. ana shunday xalqaro ahamiyatga molik tadbirlarning kun tartibida turishi oila hayoti, undagi shaxslararo munosabatlar mustahkamligi va uning farovonligi kabi masala- lar ijtimoiy-psixologiyaning asosiy kategoriyasi va shaxslararo munosabatning aso- si sifatida dolzarb muammo ekanligidan dalolat beradi. Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla, yurt mustahkam bo‘lsagina, 111 davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. ko‘rinib turibdiki, oilaviy hayot ma- salalari hozirgi davr fani tadqiqot yo‘nalishining ustuvor sohalaridan biriga aylanib bormoqda. afsuski, oila-nikoh munosabatlarining hozirgi davrga kelib zaiflashib borayot- ganligi dunyoning deyarli ko‘pchilik davlatlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. O‘zbek oilalari hayotida oila-nikoh munosabatlarining zaiflashuvi ancha kam bo‘lsa-da, af- suski ajralishning asoratlari oila a’zolari va qarindosh-urug‘lar o‘rtasida nihoyatda ayanchli oqibatlar, noxush holat va hodisalar keltirib chiqarayotganligi kuzatilmoqda. Demak, oilalarning buzilishi va uning oqibatida yuzaga keladigan turli xildagi aso- ratlar ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiya fanlarining tadqiqot predmeti sifatida keng o‘rganishni taqozo etadi. O‘zbekiston psixologlari tomonidan o‘zbek oilalariga xos muammolarni o‘rganish yuzasidan bir qator muvaffaqiyatli ilmiy izlanishlar olib borilgan. ana shu ilmiy ishlarda oila-nikoh munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, o‘zbek oilalaridagi milliy o‘ziga xoslik, undagi nizolarni keltirib chiqaruvchi muhim sabablar, ajralishlar va ularning salbiy asoratlari kabi bir qator masalalar har tomonlama o‘rganilib tahlil qilinib kelinmoqda. Barkamol insonni shakllantirishda oila ijtimoiy institut sifatida bajaradigan va- zifalarni boshqa biron bir tuzilma bajara olmaydi. Shuning uchun, ma’naviy, ijtimo- iy-psixologik jihatdan inson uchun oila birinchidan, yaxshi xulq namunalarini to- pib, ularni o‘zlashtirishda o‘ziga xos o‘rin tutadi; ikkinchidan, yon-atrofdagilar bilan hamkorlik qilish maqsadida muloqotga kirish yo‘llarini topish uchun imkon yaratadi; uchin chidan, farzandlarni mustaqil hayotga tayyorlashda hayot tajribalarini o‘rgatish o‘chog‘i sifatida xizmat qiladi. Hozirgi davrda asosiy muammo – yoshlarni oilaga tayyorlash masalasidir. O‘z- bekiston respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 15-iyunda “ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mav- zusidagi anjumanda so‘zlagan nutqlarida “Turmush qurgan yoshlar orasida hayotni yengil-yelpi tasavvur qilish, oila muqaddas ekanini tushunib yetmaslik holatlari ham, afsuski, uchrab turibdi. yosh oilalar orasida arzimas sabablar bilan ajralishlar ko‘pa- yib bormoqda. Begunoh bolalar yetim bo‘lib, mehr va e’tiborga eng tashna vaqtida ota-ona tarbiyasidan chetda qolmoqda” deb ta’kidladilar. Olingan statistik ma’lumotlarda yil sayin nikoh soni oshyapti. Bunga sabab – aholi tarkibida, birinchi navbatda yoshlarning soni oshganligi bo‘lsa, ikkinchi tomon- dan esa, ajrimlar soni ham dinamik ravishda oshishi kuzatilmoqda. Psixologlar tomonidan o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqotlardan ko‘rinadiki, kelgusi oila viy munosabatlarga nisbatan tasavvurlarning shakllanishida o‘smirlik davri va ilk o‘spirnlik davri muhim bo‘lib, bunda ular ibrat va namuna obyektini topishga va undan andoza olishga harakat qiladilar. Buning uchun esa, birinchi navbatda, ota-onalari oilasidagi o‘zaro munosabatlarga e’tibor beradilar. Ota-onalar shaxsiy namunalari, oiladagi muhit, oilaviy munosabatlar o‘smirlarni oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini belgilovchi omildir. Bu jihat o‘ta muhim bo‘lib, o‘smir voyaga yetayotgan va tarbiyala- nayotgan oila haqidagi tasavvurlar, shu oiladagi bola fikridan ko‘rinadi. nikoh ajrimlarining sabablari o‘rganilganda, aksariyat xolatlarda bu birinchi o‘rin- da kelin-kuyovlarning oilaviy xayotga tayyor emasligi, er-xotinlarning o‘zaro kelish- movchiliklari, fe’l-atvorning bir-biriga mos kelmasliklari, rashk, kelin bilan qaynona va |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling