Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/146
Sana08.01.2022
Hajmi1.2 Mb.
#250550
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   146
Bog'liq
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
riga oid birorta ham mavzu yoki ma’lumot yo‘q. Darslikdagi rasmlar “Первая книга для 
чтения” (“Birinchi o‘qish kitobi”), darsligidagi rasmlardan ancha oz. Mavzular oxirida sa-
vollar berilgan, aksariyat she’rlarning oxirida esa savollar berilmagan.
S.M.gramenitskiyning  “третья книга для чтения” darsligi 1899-yil yozilgan bo‘lib, 
5  marta  nashr  qilingan.  Ushbu  darslik  4  bo‘limdan  iborat.  Birinchi  bo‘limda,  kichik-ki-
chik badiiy asarlar yoki ulardan parchalar berilgan. Masalan, n.a.nekrasovning “Мороз-
Красный нос” (“Qizil burunli qor”), a.S.Pushkinning “Сказка о рыбаке и рыбке” (“Ba-
liqchi va baliq haqida ertak”) kabi ertak va she’rlari kiritilgan. ikkinchi bo‘limda  rossi-
ya davlati haqida turli tarixiy ma’lumotlar berilgan. Uchinchi bo‘limda esa rossiyaning 
yevropa qismi, Sibir va Turkiston haqida,  to‘rtinchi bo‘limda tabiat haqida ma’lumotlar 
berilgan, jumladan ushbu bo‘limda “Toshko‘mir haqida”, “Tuzni qayerdan va qanday ola-
dilar?” tarzidagi boshlang‘ich ma’lumotlar taqdim etilgan. 
S.M.gramenitskiyning uchala darsligi ham Turkistondagi rus-tuzem maktabla-
ri  uchun  yozilgan  bo‘lsada,  o‘lka  haqida  ma’lumotlar  juda  oz.  Masalan,  182  betli 
“третья  книга  для  чтения”  darsligida  Turkiston  haqida  bor-yo‘g‘i  ikkita  matn  bor. 
Ushbu  darsliklarni  o‘qish  davomida  o‘quvchilar  rus-mumtoz  shoir  va  yozuvchilari 
i.a.krilov, a.S.Pushkin, M.yu.lermontov, n.a.nekrasov, k.D.Ushinskiy, l.n.Tolstoy-
ning asarlaridan olingan parchalarni rus tilida o‘qishgan. yuqoridagilardan tashqari, 
S.M.gramenitskiy  o‘zbek  xalqi  bolalari  uchun  ko‘rgazmali  yoki  tabiiy  metod  bilan 
alifbe darsligi tuzgan va u ta’lim tizimida yaxshi samara bergan.
1923-yil Turkistonda rus ziyolisi arjenikovning “руководство по арифметике” qo‘l-
lanmasini ikkinchi qismi nashr qilindi. Hatto rus-tuzem maktablarida “Учебник немецкого 
языка” (“nemis tilidan darslik”) o‘qitilgan. rus-tuzem maktablarining rus sinflari uchun 
esa “O‘zbek tili” darsligi mavjud bo‘lgan bo‘lib, u 13-14 bosma taboqdan iborat bo‘lgan. 
Bundan kelib chiqadiki, rus-tuzem maktablarida chet tili ham o‘rgatilgan.
Bu davrda  rus olimi a.P.nechaevning  “Daryo va quruqlik bo‘ylab” deb nomlangan 
geografik majmuasi chop etilgan. Darslik o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyat-
lari hisobga olingan holda nihoyatda sodda tilda yozilgan, uni tuzishda o‘quvchilarning 
qiziqishlari ham hisobga olingan. Darslikning 10-14-betlarida “Mening quyoshni kuzat-
ganlarim”,  30-39-betlarda esa “globus yonida” deb nomlangan matnlarda muallif o‘quv-
chilarga quyosh, teleskop, yer shari, globus haqida ma’lumotlar bayon qiladi. Darslikda 
“yerning harakati”, “kopernik”, “Teleskop qanday yaratilgan edi”, “Oy”, “Quyosh”, “Me-
ning dengiz bilan tanishuvim”, “Dengizning hayoti”, “Dengiz daryolari yohud oqimlar”, 
“Tuz  va  uning  tarixi”,  “Mayaklar”,  “g‘avvoslar”,  “lamantaga  suvning  quyilishi  va  qay-
tishining ko‘rinishi”, “Okean nedrasi va uning hayoti”, “Dengiz bilan kurash”, “kolumb”, 
“Poroxodlar va temir yo‘llar” kabi qator matnlar berilgan bo‘lib, ularda yerning o‘z o‘qi 
atrofida aylanishi, dengizlar, okean, poroxod, poezdlar haqida batafsil ma’lumotlar taq-
dim etilgan.
Shuningdek,  V.Flerovning  1918-yilda  “ясное  утро”  (“Musaffo  tong”)  nomi  bilan 
chiqarilgan ikkita o‘qish kitobi, ye.D.Polivanov va l.i.Palminning “Мак” (“lolaqizg‘aldoq”) 
nomli o‘qish kitobi, k.a.Voskresenskaya, n.P.arxangelskiy, O.F.Topolskayalarning O‘rta 
Osiyodagi  rus  bo‘lmagan  maktablar  o‘quvchilari  uchun  “Mak”  (“lolaqizg‘aldoq”)  nomi 
bilan chiqarilgan birinchi ruscha alifbesi, shuningdek, mazkur mualliflarning O‘rta Osi-
yodagi birinchi bosqich maktablari uchun chiqarilgan “Маленький туркестанец” (“yosh 
turkistonlik”) o‘qish kitobi Oktabr to‘ntarishidan keyingi dastlabki davrlarda chiqarilgan 
darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari bo‘lgan.
Pedagog olim y.abdullayevning yozishicha, rus-tuzem maktablari ikki: ruscha va 
o‘zbekcha sinflarga bo‘lingan. rus-tuzem maktablaridagi o‘zbek tilida o‘qitiladigan sinf-


117
larining peshqadam muallimlari 1900-yillardan boshlab, o‘z darsliklarida tovush usulida 
tuzilgan tatarcha alifbe kitobidan foydalanganlar, lekin ushbu kitobning tili va mazmuni 
o‘zbek tilida o‘qiydigan bolalarga to‘g‘ri kelmas edi. Ushbu kamchiliklarni hisobga olib, 
keyinchalik Turkistonda ham tovush usulida o‘zbekcha alifbe darsliklari  yozildi
1
.
XX asrning boshlarida maorif sohasiga juda kam mablag‘ ajratilgan. Buning sababi 
mablag‘ rossiya moliya vazirligi tomonidan taqsimlanardi. Birgina 1915-yilda Turkiston 
o‘lkasi umumiy byujetining 2,3 foizi  maorif sohasiga ajratilgan bo‘lsa, 86,1 foizi politsiya 
va harbiy mahkama ishlariga sarf qilingan 
2
.
1918-yil 4-oktabrda Turkiston respublikasi Maorif Xalq komissariatining 22-kolle-
giya yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda ittifoq Maorif Xalq komissariatidan V.a.yenyutin vakil 
sifatida ishtirok etgan. yig‘ilishda Turkiy alifbe va darsliklar haqidagi masala ko‘rib chiqil-
gan. Toshkent  Xalq  Maorif  komissariati  huzuridagi  darsliklar  chop  etadigan  nashriyot 
boshlig‘i  S.S.Uglitskiy, Toshkent Xalq ta’limi kengashi tomonidan tuzilgan turkiycha alif-
bo haqidagi ma’ruzani o‘qiydi. Ma’ruza tinglangach, yig‘ilish qatnashchilari bir ovozdan  
alifbo maktablarda turkiy tilni o‘qitish bo‘yicha barcha talablarga javob beradi deb hisob-
lab, Turkiston respublikasi ta’limi tizimi uchun, ushbu alifboni joriy etilishini qo‘llab-quv-
vatlaganlar.
Mazkur yig‘ilishda P.kozmopolov darsliklarni chop etish ishining borishi to‘g‘risida 
ma’ruza qilgan. U S.S.Uglitskiy bilan bo‘lgan suhbati chog‘ida birorta darslik shu jum-
ladan, alifbo ham tayyor emasligi, hatto qachon tayyor bo‘lishi ham noaniqligini aytib 
o‘tgan  edi.  S.S.Uglitskiy  tomonidan  boshqa  darsliklarga  qaraganda  oldinroq  tayyor 
bo‘lishi kutilayotgan o‘qish kitobining 4-qismi 2 oydan so‘ng tayyor bo‘lishi ta’kidlangan 
(arxiv hujjatlaridan qaysi muallifga tegishli ekanligini topa olmadik).  Holbuki, Samarqand 
va Skobelov shaharlarida joylashgan katta nashriyotlar esa ishsiz qolgan edi.
3
XX  asrning  15-20-yillarida  darslik  nashr  etish  ishi  favqulodda  holat  hisoblangan. 
Maktablarni eng zarur o‘quv darsliklari, aniqrog‘i o‘qitish jarayonida muhim hisoblangan 
alifbo va o‘qish kitobi bilan ta’minlash ishida jadid ma’rifatparvarlari jonbozlik ko‘rsat-
ganlar. Ular nashriyotlardagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar chop etishning nazoratini o‘z 
zimmalariga olganlar.
1918-yil 27-avgustda rossiya Xalq Maorif  komissariati Turkiston avtonom res-
publikasida  maxsus  yig‘ilish  o‘tkazib,  unga  Maorif  komissarligi  xalq  komissari    k.ya.
Uspenskiy boshchilik qildi. Majlis kun tartibiga ko‘ra, unda boshlang‘ich va o‘rta maktab-
larda fanlarni majburiy o‘qitish masalasi muhokama qilindi.
Xalq Maorifi komissarligi o‘qitish turiga (majburiy yoki majburiy emasligiga ko‘ra) 
barcha fanlarni quyidagicha 3 guruhga bo‘lishni tavsiya etdi:
– barcha turdagi maktablar uchun majburiy umumta’lim fanlari;
– hunar va mehnat (boshlang‘ich maktabda mehnat), o‘quvchining istagiga ko‘ra 
bittasidan majburiy ta’lim berish;
– qo‘shimcha fakultativ fanlar, ular barcha o‘quvchilar va maktablar uchun birdek 
majburiy hisoblanmaydi.
yig‘ilishda boshlang‘ich va o‘rta maktablar uchun: a) boshlang‘ich maktabda ma-
tematika  bo‘yicha:  arifmetika  va  algebra,  elementar  geometriya  (hammasi),  trigono-
1
 abdullayev y. Mashhur ma’rifatparvarning ikki darsligi //  Boshlang‘ich ta’lim. – T., 1993. – №1. 
– B. 20-22.
2
 фонд №р-34. опись №1. Дело №240. о положении школьных дел в областях. – т., 1919. 
– 21-26 лист.
3
 фонд № 34. опись №1. Дело №38. об обязательном цикле предметов в начальной и 
средней школах. – т., 1918. –.7-8 лист.


118

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling