Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
5-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
M.Potashnikning fikricha, boshqaruv ta’lim jarayonining barcha subyektlarining aniq maqsadga yо‘naltirilgan faoliyati bо‘lib, ta’lim muassasasining optimal faoliyat olib borishi va albatta rivojlanishini ta’minlashga qaratilgandir. agar birinchi yondashuvda faoliyat jarayonida ta’lim ishtirokchilarining subyektiv tajribasi doimiy ravishda о‘zga- rib turishi inobatga olinishi mavhum bо‘lib qolsa, ikkinchi ta’rifda boshqaruvning sub- yekt-subyekt tabiati inobatga olinmagan. S.Vishnyakova boshqaruvni ta’lim jarayoni subуektlari, hokimiyat organlarining insonlarga, о‘quv, iqtisodiy va boshqa obуektlarga ularning хatti-harakatlarini yо‘nalti- rish hamda zarur natijalarga erishish maqsadida amalga oshiradigan aniq maqsadga yо‘naltirilgan ongli ta’siri deb ta’riflaydi. 1 Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, zamonaviy pedagogik boshqaruv konsepsiyasi “samaradorlik, professor-о‘qituvchilar va pedagog xodimlar potensialidan unumli foy- dalanish, yangiliklarga tayyorlik kabi qadriyatlarga mо‘ljallangan bо‘lishi kerak”. 2 Oliy ta’lim muassasalarini boshqarish zamonaviy ilm-fanning alohida sohasi bо‘lib, rahbarning muayyan ish tajribasi, shuningdek, uning о‘ziga xos tashkilotchilik qobiliyati, iqtidori hamda shaxsiy sifatlarga ega bо‘lishini taqozo etadi. Jamiyatning mavjud taraqqiyoti ta’lim muassasalari rahbarlarining kasbiy mahoratlarini oshirish zarurligini kо‘rsatmoqda. Zero, rahbarlarning kasbiy mahoratlari ta’lim muassasalari- da ijtimoiy talablarga muvofiq hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Boshqarish har qanday jamiyatga, hayotning barcha sohalariga xos bо‘lib, asosiy maqsad fuqarolarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini tobora tо‘la qondirish uchun ishlab chiqarishni, barcha ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish va takomillashtirishdan iborat. U.inoyatovning fikricha, ta’lim tizimini boshqarish darajasi va yо‘nalishlariga kо‘ra farqlanadi. Jumladan: 1) darajasiga kо‘ra – umumdavlat, tarmoqlararo, tarmoq, mahalliy va umumiy ta’lim maktablarining ichki boshqaruvi; 2) yо‘nalishlariga kо‘ra – tashkiliy, tizimli, mazmunli, kadrlar masalasi nuqtayi na- zaridan va metodik 3 . r.X.Djurayev va S.T.Turg‘unovlarning qayd etishlaricha, ta’lim muassasasini bosqarish – bu rahbarlar bilan pedagoglarning hamkorlikdagi faoliyatidan iborat bо‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va uni boshqarish, mazkur jarayon ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda о‘quvchilarga fanlar bо‘yicha chuqur bilim va axloqiy tarbiya berish, kasb tanlashga yо‘llash va har tomonlama rivoj- langan shaxsni tarbiyalashga yо‘naltirilgan, ilmiy asoslangan faoliyat. 4 Tushunchaning lug‘aviy ma’nosi “harakatga rahbarlik qilish, biror faoliyatning bo- rishi va yо‘nalishiga ta’sir kо‘rsatish”, “odamlarni birlashtiruvchi, ularning kuch-g‘ayrat- larini umumiy natija (maqsad)larga erishishga yо‘naltiruvchi faoliyat” sifatida ta’riflan- sa, r.ahlidinov bu tushunchani “ma’lum sharoitda har bir xodim, guruh yoki tashkilot 1 Вишнякова С.М. Профессиональное образование: Словарь. Ключевые понятия, термины, актуальная лексика / С.М. Вишнякова. – Москва: НМц СПо, 1999. – С.346. 2 лазарев В.С. Системное развитие школы / В.С. лазарев. – Москва: Пед. общество россии, 2002. – С.304 . 3 Иноятов У.И. теоретические и организационно-методические основы управления и контроля качества образования в профессиональном колледже: Автореф. дисс. ... докт.пед. наук. – т.: 2004. – С.44 . 4 Jurayev r.X., Turg'unov S.T. Ta'lim menejmenti. – т.: “Voris-nashriyot” nashriyoti, 2006. – 263 . 23 faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi, imkoni boricha yuqori, yaxshi natijalarga erishishga qaratilgan jarayon” 5 deya izohlaydi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlash borasida (TQM) – sifatni yalpi boshqarish konsepsiyasi tamoyillarini joriy etish zamonaviy dolzarb vazifalardan biridir. Mehnatni ilmiy tashkil etish va sifatni boshqarish asoschilaridan biri Frederik Uins- lou Teylor boshqarishning tizimli siklini joriy etgan: reja (Plan) – bajarish (Do) – tekshi- rish (Check) – harakat (action). Bunda tekshirish natijalarni о‘lchash va tahlil qilishni nazarda tutsa, harakat olingan natija rejalashtirilgan sifatga javob bermasa, zaruriy о‘zgartirish va korreksiyalashni nazarda tutadi. Sifat menejmenti asoschisi Valter End- ryu Shuxart Teylorning mahsulotlar sifatini har bir detalini nazorat qilishga asoslangan yondashuvini texnologik jarayonlarning bir me’yorda ishlashini ta’minlashga qaratilgan metodika bilan almashtirishni taklif qildi. V.Shuxartning mahsulot sifatini doimiy yax- shilash zarurati tо‘g‘risidagi g‘oyasini о‘quvchisi E.Deming rivojlantirib, ishlab chiqarish menejmenti amaliyotiga rDCa –“Shuxart-Deming metodi” yoki “Deming sikli”ni joriy etadi. Teylor, Shuxart va Deming yondashuvlari asosida keyinchalik sifatni yalpi boshqa- rish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Sifatni yalpi boshqarish konsepsiyasining mohiyati boshqarishning ta’lim muassasasini muvaffaqiyatga olib boruvchi tamoyillaridan foy- dalanishdan iborat. Uning asosini xalqaro iSO – 9000:2001 standartlari tashkil etadi. 1. iste’molchilarga mо‘ljallanganlik tamoyili. Oliy ta’lim muassasasining faoliyati mamlakatimizda mutaxassislarga nisbatan mavjud real ijtimoiy buyurtmaga bog‘liq, shuning uchun OTMning bu boradagi asosiy vazifalaridan biri ta’lim xizmatlari is- te’molchilari, ularning bо‘lajak mutaxassislarga qо‘yayotgan talablari va ehtiyojlarini aniqlashdan iborat. 2. Ta’lim muassasasi rahbariyatining yetakchilik tamoyili. Oliy ta’lim muassasa- larida ta’lim sifatini ta’minlash jarayonida rahbarlarning barchasi faol ishtirok etishlari, jamoaga о‘rnak bо‘lishlari, ta’lim subуektlarining imkoniyatlarini bir maqsadga – ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga safarbar etishlari, oliy ta’lim muassasasida sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni ta’minlashlari zarur. 3. Ta’lim muassasasi xodimlarining barchasini jalb qilish tamoyili. Oliy ta’lim muas- sasalari professor-о‘qituvchilari va xodimlarini ta’lim sifatini oshirishga jalb qilish uchun avvalambor ularning yalpi sifat boshqaruvi sohasida malakasini oshirish lozim. 4. Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv qarorlarini aniq faktlar asosida qabul qi- lish tamoyili. Ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan har qanday qaror monitoring natija- larini tahlil qilish orqali aniqlangan obуektiv ma’lumotlar, faktlar asosida qabul qilinishi maqsadga muvofiqdir. 5. Tizimli yondashuv asosida boshqarish tamoyili. Ushbu tamoyil oliy ta’lim mu- assasalarida amalga oshirilayotgan barcha jarayonlarni о‘zaro bir-biriga bog‘liq tizim sifatida boshqarishga asoslanadi. 6. Ta’lim sifatini doimiy ravishda yaxshilash tamoyili. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga monelik qilayotgan omillar va kamchiliklarni aniqlash, sabab- larini tahlil qilish va ularni bartaraf etish bо‘yicha takliflar ishlab chiqish tizimli ravishda monitoring tadqiqotlarini olib borishni taqozo etadi. 7. Oliy ta’lim muassasalari va ta’minlovchilarning о‘zaro manfaatdorlik tamoyili. Oliy ta’lim muassasalari va ta’minlovchilar (davlat va jamiyat vakillari) о‘zaro bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bо‘lib, о‘zaro manfaatdorlik munosabatlari ta’lim xizmatlari 5 Андреев В.И. Педагогика творческого саморазвития. – Казань: КгУ, 1996. – С.567 . |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling