“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
sifatini oshirish maqsadlariga erishishiga xizmat qiladi.
8. Boshqaruvga jarayon sifatida yondashish tamoyili. yalpi sifat menejmen-
ti oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan barcha faoliyat turlariga jarayonli
yondashuvni taklif etadi. Samarali natijalarga erishish uchun ta’lim muassasasidagi
jarayonlar о‘zaro bir-biri bilan bog‘liq tizim sifatida boshqarilishi zarur. Buning uchun
о‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni tashkil etishga nisbatan ma’lum talablar ishlab chiqish, il-
miy-uslubiy ish, professor-о‘qituvchilar malakasini oshirish va boshqalar amalga oshi-
riladi. U yoki bu jaryonni kuzatish, nazorat qilish, administrativ, axborot, huquqiy yoki
uslubiy ta’minotini yaratishni talab etuvchi muhim nuqtalari aniqlanadi. Jarayonlarni
boshqarish bо‘yicha majburiyatlar taqsimlanadi.
9. Oliy ta’lim muassasalarini hamkorlik asosida boshqarish tamoyili. Ushbu tamo-
yil bir tomondan, ta’limni boshqarish, mahalliy davlat boshqaruv, о‘z-о‘zini boshqaruv
organlari, huquq-tartibot organlari, jamoat tashkilotlari va oilalar manfaatlarini muvo-
fiqlashtirib, ta’lim sifatini amaldagi qonunchilik, davlat ta’lim standartlari va xalqaro
standartlar asosida ta’minlashdir. ikkinchi tomondan, oliy ta’lim muassasalarida tashkil
etilgan ta’lim sifatini nazorat qilish bо‘limining jamoatchilik kengashi, monitoring va ich-
ki nazorat bо‘limi, о‘quv-uslubiy boshqarma, prorektorlar, fakultet dekanlari va kafedra
mudirlari bilan ta’lim sifatini ta’minlashdagi hamkorligini nazarda tutadi.
1- jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |