Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
5-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
“Oilaviy bolalar uylari to‘g‘risida nizom”ga ko‘ra, oilaviy bolalar uyi ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun tarbiya muassasasi hisoblanadi. Ota-onasining qarovi- siz qolgan bolalarni tarbiyalash, o‘qitish, sog‘lomlashtirish, aqliy, psixologik va jismoniy rivojlantirish, ularni ijtimoiy moslashtirish va muhofaza qilish uchun qulay shart-sharo- itlar yaratish, oiladagiga yaqin zarur sharoitlar vujudga keltirish oilaviy bolalar uyining asosiy vazifalari hisoblanadi. Oilaviy bolalar uyida tarbiyalanayotgan bolalar uchun tegishli sarf-xarajatlar dav- lat tomonidan ta’minlaniladi. Tarbiyalanuvchilarining deyarli yuz foizi oila muhitida unib-o‘sishlari, tarbiyalanishlari ta’minlansagina oilaviy bolalar uylarini tashkil etishdan ko‘zlagan maqsadga erishish mumkin. Bunga erishish uchun esa faqat tash qaridan beriladigan ta’minot bilan kifoyalanmay, balki oilaning shart-sharoitidan, ya’ni bolalarni oila muhitiga yanada yaxshiroq ko‘niktira olish mumkin bo‘lgan imkoniyatlardan foy- dalanish lozim. Xususan, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, oila byudjetini kengayti- rish mumkin. Mashg‘ulotlardan bo‘sh paytlarda bolalar ham oila byudjetini to‘ldirishga ko‘mak berishish bilan birga ish, kasb-hunar o‘rganishadi. Shuning uchun ham ishni eng avval bolalar ongiga oila va oila muhiti nima eka- nini singdirishdan boshlash lozim. ya’ni ota-ona bu bolalarni o‘z farzandidek ko‘rish- lari, shu oilaning barcha qarindosh-urug‘lari va yaqinlari ular uchun ham qarindosh ekanidir. keyinchalik bolalar oila muhitiga shunchalik kirishib ketishadiki, ota-onaning opa-singillari ular uchun ammayu, xola, ukalari amaki, tog‘a esa hisoblanadi va bolalar ularga xuddi shu tarzda muomala qilishga ko‘nikib qolishadi. Bundan tashqari, bolalar qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilarning to‘y-ma’rakalarida bemalol ishtirok etishadi va milliy urf-odatlarimiz, marosimlarimiz bilan yaqindan tani- shish, ularni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Demak, oila muhitida o‘sgan bola ham unib-o‘sishi, vaqti kelib o‘zi ham oila yaratishi kerakligi haqida mushohada qila bosh- laydi. Mehribonlik uyida bolaga har qancha ta’lim-tarbiya, bilim berish mumkin, lekin inson uchun uning kelgusi hayotida kerak bo‘ladigan eng muhim hayotiy ehtiyoj – oila va uni boshqarish har bir inson uchun eng oliy qadriyatlardan biri ekanini o‘rgatishning hech ham iloji yo‘q. Bola bunday tushunchani faqat va faqat oila bag‘rida yashab, o‘ziga singdirishi mumkin. Mehribonlik uyida bolalar jamoaviy tarbiya olishadi. Oilaviy bolalar uyida esa ular- ga sof oila muhitida ta’lim-tarbiya berish ustuvor talablardan biri hisoblanadi. Oilaviy bolalar uyida tarbiyachi ham, direktor ham, qolaversa, o‘nlab nazoratchi-yu, o‘qituvchi ham yo‘q. Faqat ota-ona va farzandlar bor, xolos. Bolalar bir-biriga opa-uka, aka-sin- gildek. Bolalar ota-onam deb, ota-ona esa har biriga “o‘g‘lim”, “qizim” deb murojaat qilishadi. Bolalar oila sharoitiga ko‘nikkunlaricha bir oz qiyinchilik bo‘lishi tabiiy. Chunki qa- rovchisi yo‘q bolalar umuman oila nimaligini, oila muhitida qanday yashashni,ayniqsa, bolalarning vaqtlarini tarbiyachilar ko‘rsatmalari asosida o‘tkazishga ko‘nikib qolganlari oila muhitida ularga ancha noqulayliklar keltirib chiqaradi. Dastlab bolalar o‘zlarining har bir xatti-harakatlari, aytaylik, vaqtida dars tayyorlash, dam olish, hatto televizor tomosha qilish uchun ham ota-onadan maxsus ko‘rsatma kutib turganday bo‘ladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yetim bolalar har qanday davrda ham, har qanday sharoitda ham baribir oila bag‘rida o‘sib-ulg‘aygani maqsadga muvofiq bo‘ladi. yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagilarni tavsiya etamiz: – oilaviy bolalar uylari faoliyatini o‘rganish yuzasidan ilmiy tadqiqotlar, izlanishlar olib borishni kengaytirish; 31 – oilaviy bolalar uylari faoliyatini tubdan o‘rganish; – oilaviy bolalar uylariga qabul qilish tizimini takomillashtirish; – ota-onasi tirik yetimlar uchun davlatga aliment pullari to‘lashni joriy qilish; – bola saqlab olish tartibini soddalashtirish; – oilaviy bolalar uyidagi sog‘lom turmush tarzini yaxshilash; – tarbiyalanuvchilarning har tomonlama rivojlanishi va o‘zini o‘zi idora etishi uc- hun sharoit yaratish; – iqtidorli, ijodkorlik bilan ishlayotgan tarbiyachilarni aniqlash; – samarali pedagogik tajribalarni ommalashtirish, ilg‘or amaliyotni rivojlantirish yo‘llarini belgilab olish; – ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar uchun alohida yordamga muhtoj yoki qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalarni parvarishlash, ta’lim- tarbi- ya berish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish. Mamlakatimizda Mehribonlik uylari faoliyatini yanada takomillashtirib, ularni oila- viy bolalar uyi tarzida tashkil etish hayotimizdagi yana bir muammo – yetim bolalarni oila, ota-ona bag‘riga qaytarib, hayotda o‘z o‘rnini topishiga keng imkoniyat yaratadi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling