Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
5-son-2018
Annotatsiya
33 Ta’lim beruvchilar va ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi faoliyati deganda shaxs- lararo muloqot umumiy maqsad – muayyan vazifani hal qilishga yo‘naltirilgan vaziyat nazarda tutiladi. Bunda “o‘qituvchi-o‘quvchi” munosabatlaridagi hamkorlik, faoliyatning borishi va natijalarining birgalikdagi tahlili, bir-biriga samimiylik, o‘zaro bir-birini tushu- nish, kattalar va bolalarning hamkorlikdagi rivojlantiruvchi faoliyati g‘oyasidir. an’anaviy ta’lim pedagogik jarayonda o‘qituvchining subyekt sifatida, o‘quvchini esa obyekt sifatida ishtirokiga asoslangan. Bu qoida o‘quvchi o‘z o‘quv faoliyatining subyekti haqidagi ta- savvur bilan almashinadi. Ma’lumki, XX asrning oxiri XXi asrning boshlariga kelib, ta’lim jarayoni subyektlari faoliyatiga nisbatan yangicha yondashuvlar vujudga keldi. Bu yondashuvlarning mush- tarak ahamiyati shundaki, shaxslararo munosabatlar o‘zaro hamkorlik jarayonida yangi sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi va kutilgan natijani beradi. Pedagogik hamkorlik ta’lim jarayoni subyektlari faoliyatida yangicha sifat o‘zgarishlarining shakllanishi va namoyon bo‘lishiga ko‘maklashadi. Pedagogik hamkorlikning muhim jihati shundaki, u ta’lim jara- yoni subyektlari faoliyatini muayyan tarzda uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi. ijodiy guruhlar, o‘yin jamoalarida ularning o‘zaro ta’sir jarayonida o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatini tashkil qilish o‘qituvchilar uchun dolzarb sanaladi. Bunda muloqot ishtirokchilari xulq-atvorini real aloqalarni o‘rganish va hamkorlikdagi faoliyat davomida – ijtimoiy faollik jarayonida bir-birining o‘zaro ta’sirini tavsiflash orqali boshqarish uchun sharoit yaratiladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, har qanday kasb egasining kishilar bilan odatiy o‘zaro hamkorlik tizimida muloqot shunchaki o‘z-o‘zicha sodir bo‘ladi. Ma’lum bir maqsadga qaratilgan ta’lim-tarbiyaviy jarayonda esa, muloqot ijtimoiy vazifaga aylanadi, natijada o‘qituvchi pedagogik muloqot qonuniyatlarini puxta bilishi, kommunikativ qobiliyat va kommunikativ madaniyatga ega bo‘lishi talab qilinadi. Hamkorlik pedagogikasi jarayonida o‘quvchilarda xushkayfiyat, rahmdillik, do‘stona munosabatlar, muloqotga kirishuvchanlik, qiyin daqiqalarda bir-birlariga ko‘maklashish, kechira olish, mas’uliyatlilik, haqgo‘ylik, bag‘rikenglik, toqatlilik, tushunish kabilar kuzati- ladi. Mashg‘ulotlar yakunida o‘quvchilar bir-birini yaxshi bilganliklari, yaqindan do‘stlash- ganliklari, o‘zlari haqidagi ma’lumotlarga ham ega bo‘lganliklari, yaxshi sifatlarni namo- yon qilganliklari, atrofdagilarning o‘zlariga bo‘lgan munosabatlarini aniqlaganliklari, o‘z- lariga tashqaridan baho berish imkoniyatiga ega bo‘lganliklari, ijobiy hamkorlik muhitiga singganliklari, o‘zlari va sinfdoshlariga nisba tan ishonch hissini kuzatish mumkin. Mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchilar o‘quvchilarning emotsional holatini yaqin- lashtirish uchun sharoit yaratishi kerak. Zarur hollarda mashg‘ulot turiga bog‘liq ravish- da o‘qituvchi ta’lim oluvchilarning emotsional holatini boshqaradi. Ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishning turli bosqichlarida peda- gogik-psixologik tadqiqotlarning vazifasi loyihalashtirish metodologiyasi va texnologi- yasi bilan belgilanadi. Bosqichdan bosqichga o‘tishda bu talablar takomillashtiriladi. O‘qituvchilar darslarni loyihalashtirishda hamkorlikdagi pedagogik vaziyatlarni tash- kil etishga alohida e’tibor qaratmaydi. Ular o‘quvchilar bilan amalga oshiriladigan har qanday munosabatga hamkorlikdagi jarayon sifa tida qarashga odatlangan. aksariyat hollarda o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan guruhli faoliyatni tashkil etish maqsadida o‘quv topshiriqlarini tanlab oladi, hamkorlikdagi pedagogik faoliyatni tashkil etish uchun tash- qi shart-sharoitlardan foydalanadi. Bu esa o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan ishonchli hamkorlikni tashkil etish imkoniyatini yaratadi. Bunda hamkorlik imita tsiya (taqlid, o‘x- shatish) xarakteriga ega bo‘ladi va o‘quvchilar orasida bahs-munozara vaziyati vujudga keladi, biroq ular oldiga qo‘yilgan vazifalar yechilmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling