Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
5-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
O‘smir o‘quvchilarning aqlini charxlash, ularni ruhan, jismonan chiniqtirish uchun milliy o‘yinlarga alohida e’tibor qaratish lozim. Chunki o‘zbek xalqining milliy o‘yinlari asrlar sinovidan o‘tgan, o‘smirlarni ijtimoiy hayotga tayyorlovchi pedagogik vosita hi- soblanadi. O‘zbek xalq milliy o‘yinlari o‘zining uzoq o‘tmishi, boy tarixiga ega bo‘lgan, ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib kelmoqda. Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlari- miz, an’ana-yu udumlarimiz, shu jumladan, xalq o‘yinlarini qayta tiklashga katta e’tibor qaratildi. Bolalar rivojlanishlarining dastlabki bosqichlaridan boshlab, tengdoshlari bilan ha- rakatli o‘yinlar o‘ynaydilar. O‘yin vositasida o‘zaro muloqotga kirishadilar, odamlar, at- rof-muhit, tabiat va jamiyat haqidagi eng muhim ma’lumotlarga ega bo‘lib, shaxslararo munosabatlar madaniyatini egallaydilar, dialogik munosabatlarga kirishadilar. Bolalar o‘yinlar jarayonida kattalarga taqlid qilib, ularga xos xatti-harakatlarni o‘z- lashtiradilar. O‘yin jarayonida intizomlilik, bardoshlilik, tadbirkorlik, uyushqoqlik, iro- dalilik, bag‘rikenglik, boshlagan ishni oxiriga yetkazish, maqsad sari intilish uchun o‘zlarini safarbar qilish ko‘nikmalarini egallaydilar. Buning natijasida ular atrofdagilarga va hayotga yangicha nuqtayi nazar bilan qarashga odatlanadilar. Bu esa o‘smirlarda manmanlik, riyokorlik, yalqovlik kabi sifatlardan uzoqlashishlariga sabab bo‘ladi. Ular ajdodlarimizni asrlar mobaynida epchil, sabrli, irodali, dovyurak, kuchli, mato- natli qilib tarbiyalashga ko‘maklashgan. Xalq og‘zaki ijodi namunalarida o‘yin jarayoni- dagi mardlik ulug‘lanib, g‘irromlik qoralangan. ajdodlarimiz o‘yinlarni bolalarni hayotga tayyorlovchi asosiy vosita sifatida baholaganlar. Sport o‘yinlari bilan o‘tmishda nafaqat yigitlar, balki qizlar ham shug‘ullangan. Ot chopish, chovgon o‘ynash kabi sport mu- sobaqalari shular jumlasidandir. ko‘rinib turibdiki, kompyuter o‘yinlarini xalqimiz uchun azaliy qadriyatlar bo‘lgan milliy o‘yinlar bilan almashtirish o‘quvchi-yoshlar ma’naviya- tini yuksaltirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ajdodlarimiz o‘g‘il va qizlarning yoshi va jinsiga mos keladigan ko‘plab o‘yin turlarini yaratgan bo‘lib, ular asrlar osha bizgacha yetib kelgan. Mazkur o‘yinlarda abjirlik, murakkab holatni to‘g‘ri baholash, qiyin vaziyatdan chiqib ketish xususiyatlari qaror topganiga amin bo‘lasiz. Shundan xulosa qilish mum- kinki, milliy sport turlari va xalq o‘yinlari yoshlarni sog‘lom voyaga yetkazish, ularga ta’lim-tarbiya berishda muhim ahamiyatga ega. respublikamiz barcha hududlarining o‘ziga xos o‘yinlari mavjud. Jumladan, Surxon, Farg‘ona, Xorazm, Samarqand, Qo- raqalpoq o‘yinlari kabi. O‘yinlar o‘smirlarda xarakterning shakllanishi, ularning jismoniy chiniqishlari, ma’naviy-axloqiy yuksalishlarida mashq maydoni vazifasini o‘taydi. Ba’zi “ommaviy madaniyat” tarafdorlari milliy o‘yinlarga eskilik sarqiti sifatida qaramoqdalar. Milliy o‘yinlar o‘quvchi-yoshlarning o‘zligini anglash tuyg‘usini egallashlarida muhim o‘rin tutadi. Bugun ko‘pchilik ota-onalar va pedagoglar o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashish choralarini qidirmoqda. Buning uchun, birinchi navbatda, pedagog- lar va ota-onalar o‘smir yoshdagi bolalarning badiiy didini o‘stirishga e’tibor berishlari lozim. Shu maqsadda o‘smirlarning badiiy vositalar, san’at va adabiyotga bo‘lgan qi- ziqishlari, ehtiyojlarini o‘rganish, yuksak saviyali san’at asarlari hamda badiiy adabiyot namunalari haqidagi ma’lumotlarni darsliklar, o‘quv adabiyotlari mazmuniga singdirish talab etiladi. Sinfdan tashqari tadbirlar jarayonida esa o‘quvchilarni ajdodlarimiz tomo- nidan yaratilgan san’at asarlari, badiiy adabiyot namunalari bilan yaqindan tanishtirish maqsadga muvofiq. Xalqimizning asriy an’analarini o‘quvchilar ongiga yetkazishda 51 milliy qadriyatlarimizning insonparvarlikka yo‘g‘rilgan mazmuni bilan ularni yaqindan tanishtirish lozim. “Ommaviy madaniyat” targ‘ibotchilari o‘smirlar ongini zabt etish uchun ularga yoqadigan narsalar, his-tuyg‘ulardan unumli foydalanadilar. Masalan, muhabbat mav- zusi. “Ommaviy madaniyat” targ‘ibotchilari muhabbat deganda hayosizlik, axloqsizlik, barchaga o‘zini ko‘z-ko‘z qilishga intilayotgan yoshlar munosabatini nazarda tutadi. Mazkur yoshda o‘smirlarga ajdodlarimiz kuylagan va bir umr sodiq qolgan insoniy mu- habbat haqida yetarlicha tushuntirish lozim. Haqiqiy muhabbat o‘tkinchi hoyu havas- lardan xoli bo‘lishini ular ongiga aniq misollar yordamida yetkazish, biz kumush va Otabek, ra’no hamda anvar, Farhod va Shirin, layli va Majnun, oshiq g‘arib va Shoh- sanam kabi sof muhabbat egalarining ajdodi ekanligimizni tushuntirish lozim. Shunda- gina farzandlarimizni ma’naviy jihatdan sog‘lom kamol topishlariga erishishimiz mum- kin. Shuningdek, sinf rahbarlari ota-onalar, maktab psixologlari bilan hamjihatlikda ish olib borish ham maqsadga muvofiq Jamiyatning qanchalik darajada rivojlanganligini avvalo, uning kelajagini belgilab beruvchi yoshlarning salohiyati belgilashini davrning o‘zi taqozo qilmoqda. aslida biz yoshlarni doimiy ravishda ma’naviy tahdidlardan asrab yurar ekanmiz, ularda ham ma’naviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirishga harakat qilishimiz lozim. Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari o‘ziga xos qadriyat sifatida avlodlardan avlod- larga o‘tib boradi. Ularni ardoqlagan yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuyg‘usi qaror topadi, milliy ruh shakllanib, xalqimizning an’ana va urf-odatlarini e’zozlash hissi ya- nada kuchayadi. Xullas, milliy o‘yinlar yoshlarni o‘zbekona tarbiyalashning eng ta’sir- chan vositalaridan biridir. Bu o‘yinlar qanchalik keng yoyilsa, vatanparvar yoshlar safi shunchalik kengayadi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling