Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
5-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
Shunday qilib a sonining sinusi radian burchakning sinusiga a sonining kosinusi esa shu burchakning kosinusiga teng. Sin 2 a + Cos 2 a = 1 ayniyat mavjud. Shu ayni- yatdan foydalanib darslikdagi mashqlar yechiladi: O‘quvchilardan birini doskaga chiqarib, quyidagi mashqni olish mumkin. (Cos 2 x + Sin 2 x) 2 – (Cos 2 x – Sin 2 x) 2 Darsda 460-mashq ham yechiladi. yana darsni mustahkamlash maqsadida takrorlash bo‘limidagi 850-mashqni ham olish mumkin. 9-sinf o‘quvchilari yuqori sinf o‘quvchilari bo‘lgani uchun Sin va Cos ning ba’zi qiymatlarining jadvali o‘quvchilardan og‘zaki so‘raladi. Masalan: Sin 30 0 ning qiymatini aytib bering, javob olinib, ikkinchisi Cos 45 0 ning qiymatini ayting deb so‘raladi va yana Cos 60 0 ning qiymati. Sin 45 0 ning qiymati, Cos 90 0 ning qiymati so‘raladi. Bu bilan o‘quvchilarning og‘zaki nutqi ham oshadi. Shundan keyin trigonometrik funksiyalarning tarixidan so‘zlab beriladi. Sinus, kosinus, tangens, kotangens, sekans va kosekans funksiyalar aylanada o‘tkazilgan kesmalar uzunliklari- ning nisbatlari sifatida V – X asr hind va arab matematiklarida uchraydi. Hind matema- tigi ariabxata (V – asrning oxiri) Sin 2 a + Cos 2 a = 1 formulani va hatto ayrim burchak sinusi, kosinusi va tangensi formulalarini bilar edi. Shunday qilib o‘quvchilarda son argumentining sinusi va kosinusi orqali turmushning keng sohasida undan foydalanish kerakligi aytiladi: Masalan, borib bo‘lmaydigan masofani topishda, ya’ni geologlar ishi- da, daraxtlarning balandligini aniqlashda, zavodlarda har xilli aylanma harakat qiluvchi mashinalar ishlab chiqarishda, shuningdek, hozirgi zamonning eng muvaffaqiyatli va rivojlangan sohasi bo‘lgan kosmik fazoni o‘zlashtirishda va qishloq xo‘jaligining ba’zi sohalarida keng foydalaniladi. Shu mavzu yuzasidan va umuman trigonometrik funk- siyalar va trigonometrik ayniyatlarni isbotlash to‘g‘risida quyidagi misol va masalalarni darsdan bo‘sh vaqtlarda va matematika to‘garaklarida yechish mumkin. 1. Qaysi son katta: 2 Sin a mi yoki Sin 2 a mi 2. 2 tg a mi yoki tg 2 a mi 3. Sos 2 700 0 + Sin 1890 0 yig‘indini hisoblang. 4. 2 210 14 2 Cos Sin ko‘paytirmani hisoblang. 5. ifodani soddalashtiring: 2Sin180 0 +3Ctg90 0 + Cos 270 0 +tg0 0 6. 2 2 2 1 Ctg Sin Sin 7. Ctg Ctg tg tg 8. Sin a - Cos a = 1 ga asosan Sin a Sos a ni hisoblang. Bu misollar matematika 1-qism sirtqi texnikumlar uchun. n.S.glagolevning kitobi- dan olindi. 4) 9-sinfda o‘quvchilarga “Egri chiziqli trapetsiyaning yuzi” mavzusini o‘tish to‘g‘ri- sida: Bu mavzuga reja bo‘yicha 2 soat ajratilgan. Shu vaqt ichida darslik bo‘yicha bel- gilangan material asosida egri chiziqli trapetsiyani yuzini topishda qayerlarda foydala- nish kerakligini aytib o‘tamiz. Mavzu to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beraman: 59 Matematika fanida o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash faqat shu mavzu oqali emas, balki har bir mavzusi ham amalga oshirilishi mumkin. Masalan: kongurent fi- guralar mavzusini o‘tishda tikuvchilar kiyim andozasini olishda foydalanishlarini aytish mumkin. Sferaning hajmi mavzusini o‘tishda sfera shaklida qurilgan binolarni (masalan sirk) tomlarini bo‘yash uchun ketgan bo‘yoq miqdorini aniqlashda qo‘llanishini, hajmlar mavzusini o‘tishda turmushda uchraydigan figuralarning hajmlarini topish, ularga ke- tadigan material miqdorini aniqlashda yordam berishni aytib o‘tish lozim. Matematika darslarida hamma mavzularni turmush, o‘quvchilarni kasbga yo‘llash bilan bog‘lash mumkin. O‘quvchilarni kasbga yo‘llashda maktabda tarbiyaviy ishlarning ahamiyati yosh- larning faoliyatning biror turiga qat’iy qiziqishini tarbiyalashdan iboratdir. Hozirgi kunda fan va texnika tobora taraqqiy etayotgan bir sharoitda, o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash umumdavlat ahamiyatiga ega. Mana shunday sharoitlarda yoshlarning qi- ziqishlarini aniqlash, ularga maktabda o‘qib yurgan paytlaridan boshlab hayotda, meh- natda o‘z o‘rinlarini topib olishga yordam berish juda zarurdir. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling