“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
– insonparvarlik (o‘zini o‘zi boshqarish organlari axloqiy qadriyatlar asosida hara-
kat qilishlari lozim);
– kollegiallik, oshkoralik (boshqaruvga oid qarorlarni kollegial tarzda qabul qilish
va ularning har biri bajarilishida personal javobgarlikni ta’minlash);
– maslahat va kelishuv (qaror qabul qilishdan avval maslahatlashish, boshqaruv
subyektlari bilan kelishuv asosida qarorlar qabul qilish);
– vakolatlarni taqsimlash (o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasida hokimlik vako-
latlari hamda javobgarlikni aniq taqsimlash);
– hisobot berib borish (o‘zini o‘zi boshqarishning saylangan barcha organlari va
uning a’zolari amalga oshirilgan ishlar hamda ularning natijalari bo‘yicha muntazam
hisobot berib borish).
Xulosa qilib aytganda, ta’lim muassasini boshqarishni jamoatchilikka asoslangan
tarkibining salmog‘i bosqichma-bosqich ortib borayotgan sharoitda ta’limni boshqarish
organlari faoliyatini hamkorlikda tashkil etish mumkin, ya’ni subyektlarga vakolatlar-
ni berishda ularni o‘z vakolatlari doirasida faoliyat ko‘rsatishlarini maksimal darajada
qo‘llab-quvvatlash va yordam ko‘rsatish lozim. Bizningcha, ta’limni davlat idoralari va
jamoat tashkilotlari hamkorligi shaklida boshqarish borasida rivojlangan mamlakat-
larning tajribalari tahlili shuni ko‘rsatadiki, boshqarishning bunday shakliga bosqich-
ma-bosqich, aniq chora-tadbirlar belgilab olgan holda o‘tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |