Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
5-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
maqsadga erishish uchun pedagogik jamoaga ta’sir etishning g‘oyalari va usullarini bilishi zarur. insonparvar, shaxsga yo‘naltirilgan ta’limda e’tibor shaxsga, uning o‘z-o‘zini rivoj- lantirishga qaratiladi. rahbar, pedagoglar, boshqaruvchilarning vazifasi esa – rivojla- nish uchun sharoitlar yaratish hisoblanadi. ijodiy faoliyat motivga asoslanadi, ya’ni jarayonga yo‘naltiriladi, qobiliyatlarning rivojlanishiga ko‘maklashuvchi aynan shunday faoliyatga insonda eng ko‘p moyillik bo‘ladi. Pedagogik faoliyat va tanlagan kasbidan qoniqish hissi o‘zaro bir-birini rag‘bat- lantiradi. rahbar uchun turli ko‘rsatkichlarni – tashkilotdan qoniqishni, mehnat mazmuni, sharoitlarni, maoshni, taqdirlash va mukofotlarni taqsimlash, rahbarlik uslubi va me- todi, jamoadagi psixologik muhit, rahbariyat bilan munosabat, jamoadagi munosa- bat, jamoa ishiga ta’sir etish imkoni, rivojlanish istiqbollari, rahbarning ishni obyektiv baholashi, ma’muriyatning ishchilar ehtiyojlariga munosabati, moddiy-uslubiy baza, o‘quv-uslubiy vositalar va boshqalarni baholash orqali mehnatdan qoniqish darajasi holatini o‘rganish muhim hisoblanadi. Ta’lim muassasasini davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamkorligi asosida boshqarishda ijodiy faoliyat motivatsiyasi tamoyillarini nazarda tutish lozim, bulardan: − ish jarayonida aksariyat insonlarning qadr-qimmati va ehtiyojlari ta’minlansa, ishi dan manmun bo‘ladi. Shu bois pedagog zarur deb hisoblagan masalalardagi qa- rorlar uning hamkorligida qabul qilinishi muhim; − xodimga umumiy muvaffaqiyatga erishishda uning mehnati muhimligini yetka- zish, o‘z vakolatlarini ishchilarga topshirish, maqtovlarni qo‘llay bilish malakasi hisob- lanib, bu ularning faolliklari va ijodiy yondashuvlarini oshiradi; − xodimlar ta’lim muassasasidagi ishning holati to‘g‘risidagi ma’lumotni qanday shaklda va sur’atda olishlariga qarab baholanadi. − har qanday nazorat yoqimsizdir, hatto u obyektiv va yaxshilik sari bo‘lsa ham. O‘z-o‘zini nazorat qilish bilan birgalikdagi qo‘llanishi ishchining motivini ko‘proq rag‘bat- lantiradi; − har bir xodim ish joyida o‘z-o‘ziga rahbar bo‘lishi kerak. rahbar har qanday faoliyatda ishchining tashabbusi, uning o‘zini ifodalashi uchun erkin muhitni qoldirishi lozim; − yaxshi ishning tan olinmasligi umidsizlikka olib keladi. Har bir yaxshi ishlaydigan xodim uning harakatlari moddiy va ma’naviy, to‘g‘ri baholanishiga ishonch hosil qilishi lozim. Boshqa tomondan, ixtiyoriy ta’lim muassasasi ta’lim tizimining bir qismi hisob- lanadi, har bir rahbar esa o‘z navbatida bo‘ysunuvchi hisoblanadi. Shu tariqa uning rahbarlik uslubi to‘g‘risidagi tasavvurlari nafaqat quyi pog‘onaga, balki butun ma’muriy boshqaruv bo‘yicha yuqoriga ham qaratiladi. Boshqaruvning har bir pog‘onasida ham tashabbussiz, faqat “yuqoridan” kelgan buyruq asosida ishlaydigan, o‘z faolligini esa quyi pog‘onadan chiquvchi tashabbusni yo‘qotish uchungina qo‘llaydigan rahbarlar ham yo‘q emas. Shu bois to‘liq demokratik boshqaruv uslubiga o‘tish ta’limning barcha pog‘onalarida ham rahbarlar, ham xizmat- chilarning ongini o‘zgartirishga bog‘liq bo‘ladi. Ta’limni boshqarishning bunday tizimi sifatida davlat hokimiyati organlarining ta’lim muassasalari, ta’limni boshqaruvchi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqaruv organlari hamda fuqarolik institutlari bilan ta’lim sohasidagi maqsadlar va qonuniy tarzda belgi- 73 lab qo‘yilgan ehtiyojlarga asoslangan hamkorlikdagi faoliyati, me’yorlar, tashkiliy shakl- lar, funksiyalar va ularni ta’limni boshqarishning barcha darajalarida amalga oshirish tizimi tushuniladi. Shunday qilib, ta’limni davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamkorligida boshqa- rishning asosiy ko‘rsatkichlari sifatida quyidagilarni e’tirof etish mumkin: – ta’limning har bir subyektiga ma’lum vakolat va mas’uliyat yuklatilgan boshqa- rishning davlat strukturasining mavjudligi; – ta’limni boshqarishning barcha subyektlari uchun real vakolat va undan kelib chiquvchi mas’uliyat belgilangan jamoatchilik strukturasining mavjudligi; – ta’limni boshqarishning barcha daraja (qatlam)larida boshqarishning davlat va subyektlar o‘rtasida vakolatlar va mas’ulliklarni taqsimlashda o‘zaro kelishgan holda hamkorlikda faoliyat yuritish; – ta’limni boshqarishning davlat va jamoatchilik shakllari tomonidan yuzaga kela- digan ziddiyat va qarama-qarshiliklarni hal etishning hamkorlikka asoslangan tizimini qabul qilish. Boshqaruv obyekti nafaqat davlat ta’lim muassasalari, balki davlat va jamoatchi- likning ta’lim sohasidagi hamkorlikdagi faoliyatining butun tizimidan iborat bo‘ladi. Ta’limni davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamkorligi shaklida boshqarishning maqsadi – shaxslar, jamiyat va davlatning qiziqishlari davlat va jamiyat nuqtayi nazari- dan optimal tarzda muvofiqligini ta’minlashdan iborat. Uning asosiy vazifalari qatorida quyidagilarni keltirish mumkin: – ta’limiy munosabatlar ishtirokchilarini ta’lim muassasalarini boshqarishdagi qo- nuniy belgilangan huquqlarini ta’minlash; – ta’limni davlat yo‘li bilan boshqarishni demokratlashtirish; – ta’limiy munosabatlar ishtirokchilarining qiziqish va ehtiyojlarini qondirish. Davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamkorligi boshqaruvi turini shakllanishi va rivojlanishida uning nafaqat asosiy yo‘nalishlarini, faoliyat tizimlari, maqsadi, vazifalari, mazmuni, tashkiliy strukturasi, balki qatnashchilar o‘rtasida yuzaga keladigan muno- sabatlarni ham belgilab beruvchi prinsiplari muhim rol o‘ynaydi. Davlat idoralari va jamoat tashkilotlari hamkorligi boshqaruvi quyidagi prinsiplar negiziga quriladi: – ochiqligi (o‘zini o‘zi boshqarish jamoaning har bir a’zosi uchun ochiq bo‘lishi hamda ularning har biri uchun tezkor va ishonchli ma’lumot olishni ta’minlashi); – tenghuquqlilik (ta’lim muassasasining o‘zini o‘zi boshqarish tizimida maktab ha- yotining subyekti sifatida teng huquqga ega bo‘lishi, o‘z jamoasida u yoki bu qarorlarni qabul qilishda hal qiluvchi ovozga ega bo‘lishi lozim); – saylash (unga ko‘ra o‘zini o‘zi boshqarish organlari teng huquqli saylash natija- sida o‘ziga muvofiq tarzdagi vakolatlarga ega bo‘ladi); – demokratiya (ta’limiy munosabatlarning barchasini o‘zini o‘zi boshqarish faoliya- tiga jalb qilish nazarda tutiladi); – qonuniylik (o‘zini o‘zi boshqarish organlarini amaldagi qonunchilik, ta’lim muas- sasasi nizomiga so‘zsiz amal qilishi); – maqsadga muvofiqlik (o‘zini o‘zi boshqaruv organlarining faoliyati ta’lim oluvchi- larning ehtiyojlari va qiziqishlarini qondirishga yo‘naltirilishi lozim); – vakolatlilik, vakillilik (boshlang‘ich tashkilotlar o‘zlari saylaydigan o‘zini o‘zi bosh- qaruv organlarida o‘z vakillariga ega bo‘lishlari kerak); |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling