Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/146
Sana08.01.2022
Hajmi1.2 Mb.
#250550
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   146
Bog'liq
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
Texnologiya darslarida o‘quvchilarga turli xil geometrik figuralar haqidagi mate-
matik bilimlar ham muhim, chunki buyumlarning chizmalarini chizishda bu geometrik 
tushunchalar albatta kerakdir.
Bundan tashqari, texnologiya darslarida o‘quvchilar simmetriya o‘qi, simmetriya, ay-
lana, uni bo‘laklarga bo‘lish, urinmalar o‘tkazishni, sirkul, transporter va boshqa asboblar 
bilan ishlashda geometrik bilimlar zarur bo‘ladi. Bular yana bir bor bu fanning matemati-
ka, xususan, geometriya fani bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatadi.
amaliy mashg‘ulotlarda materiallarga ishlov berishda ularning fizikaviy xossalarini 
bilish muhim ahamiyatga ega. Bularga materialning zichligi, eruvchanligi, issiqlikdan 
kengayishi,  sovuqlikdan  torayishi,  issiqlik  sig‘imi,  issiqlik  va  elektr  o‘tkazuvchanligi, 
magnitlash xossalari kiradi.
Bugungi  fan  jadal  sur’atlar  bilan  rivojlanayotgan  bir  paytda  ishlab  chiqarishni 
elektron hisoblashlarsiz, informatikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun tex-
nologiya fani o‘qituvchilari o‘quvchilarning informatika fanidan olgan bilimlarini ishlab 
chiqarishga, amaliyotga qo‘llay olishga o‘rgatishlari katta ahamiyat kasb etadi. O‘quv-
chilarga materiallarga ishlov berishda foydalaniladigan tokarlik, randalash, frezerlash, 
parchalash stanoklarining avtomat, yarim avtomat qurilmalarini tushuntirish, ularning 
qanday ishlashini aytib berish muhimdir.
Hozirda, plastmassalar, polimerlar, polietilen, plastikalar, kauchuklar va boshqa 
sintetik materiallar sanoatda juda keng ishlamoqda. Bu materiallarning kimyoviy xos-
salari  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar  materialshunoslik  bo‘limi  o‘tishda  juda  zarur.  Bu  ma-
teriallarning olinishi, ishlatilishi, kimyoviy xossalarini tushuntirib berish darsda yaxshi 
natijalarni beradi. 
yog‘ochlarning turlari, ularga ishlov berish va xossalarini tushuntirishda biologi-
ya fanidan olingan bilimlardan keng foydalaniladi. Shuningdek, odam anatomiyasi va 
fiziologiyasidan olingan bilimlar tozalik va shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishda 
zarur hisoblanadi.
Texnologiya darslarini o‘tishda yog‘ochlarning qaysi daraxtlardan olinishi, bu da-
raxtlarning o‘sish joylari, geografiyasi, turli xil rudalarning qazib olinishi, qazilma boylik-
lar xaritasi, konlarning geografik joylashuvi to‘g‘risidagi bilimlar – bu geografiya fanini 
o‘rgatishda  olinadigan  bilimlardir.  Texnologiya  darslarida  aynan  o‘quvchi larning  shu 
bilimlariga tayanish zarur. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonida yuza-
ga keladigan turli xil ekologik, demografik, muammolar yechimini topishda geografiya 
fanidan olingan bilimlar kerak bo‘ladi.
Texnologiya fanida o‘quvchilar jismoniy mehnat qilishni o‘rganadi. amaliy mashq-
larni o‘tishda, ayniqsa, arralash, randalash, bolg‘alash ishlarida bolalarning chiniqqan-
liklari katta ahamiyat kasb etadi. Jismoniy tarbiya bilan texnologiya fani mashg‘ulot-
larini muvofiqlashtirish muhim ahamiyatga ega, texnologiya amaliy mashg‘ulotlarida 
bolalarning haddan ziyod charchab qolmasliklari, ko‘p jihatdan ularning jismoniy tay-
yorgarliklariga bog‘liq.
Jismoniy tarbiya va texnologiya mashg‘ulotlarini muvofiqlashtirish yoshlarni jismo-
niy tarbiyalash bilan ularni kasbga tayyorlashning masalasi hal etiladi. 
Texnologiya darslarda o‘qituvchi turli xil narsalarni yasash davomida o‘quvchilarga 
ishni bajarish va yordamlashish bilan birga qobiliyatlarining to‘laqonli namoyon bo‘lishi 
uchun pedagogik va psixologik shart-sharoit yaratib berishi lozim. O‘qituvchi o‘quvchi-
larning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda dars mashg‘ulotlarini 
ilmiylik, ijodiylik tamoyillari asosida rejalashtirishi va o‘tkazishi darkor.


85
Umumiy o‘rta maktab o‘quvchilarida jamiyatimiz quruvchisiga xos bo‘lgan shax-
siy ijobiy sifatlarni tarkib toptirish uchun texnologiya fani o‘qituvchisining o‘zi ham bu 
sifatlarga ega bo‘lishi, shogirdlariga namuna ko‘rsatishlari kerak. Texnologiya va kasb 
ta’limi o‘qituvchisi o‘z fanining ilmiy asoslarini mukammal bilishi bilan birga, matematik 
bilimlarni mustahkam kasbiy ko‘nikmalarni egallagan bo‘lishi, ularni yosh davriga mos 
ravishda o‘quvchilarga mohirlik bilan yetkazib bera olishi kerak. 
kasbiy ta’lim o‘qituvchisi o‘zining metodik pedagogik, texnologik va maxsus tay-
yorgarligini muntazam oshirib borishi bilan birga, boshqa fanlar borasida ham bilimlar-
ni oshirib borishi lozim. Shu maqsadda kasbiy ta’lim o‘qituvchisi kasb politexnik ta’limi-
tarbiya vazifalari yuzasida psixologik, pedagogik va metodik adabiyotlar yangliklarini 
o‘z ixtisosligi bo‘yicha texnikaga doir zamonaviy adabiyotni ishlab chiqarish ilg‘orlarini 
va ixtirochilar tajribalarini jadal o‘rganib borishi, axborot kommunikatsiya texnologiya-
larini samarali qo‘llay olishi lozim.
Texnologiya darslarida nazariy bilimlar texnologiya fanining asosiy ilmiy izlanish-
lari natijalariga tayangan holda, ilg‘or o‘qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan ma-
teriallar asosida bayon qilinishi joiz. amaliy va laboratoriyalar mashg‘ulotlarida esa, 
o‘qituvchilar turli-tuman metodik manbalarni (dastur, metodik qo‘llanma, darslik, elek-
tron darslik) mashqlar va tajribalar tizimini tahlil qilish, o‘rganish metodik adabiyotlarga 
ijodiy yondashib ulardan o‘qitish jarayonini zamonaviy pedagogik-psixologik texnologi-
yalar asosida samarali tashkil qilishda tadqiqiy izlanishlar olib borish, dars ishlanma-
lari,  texnologik  xaritalari,  o‘quv  modellarini  tayyorlash  orqali  kompetentlik  qirralarini 
egallagan holda darslarni tashkil qilish uchun zaruriy ko‘nikmalarni egallashlari kerak.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling