Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
5-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
ning muhim jihati shundaki, u pedagog-tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning o‘za- ro hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishlarini ta’minlaydi. Bunda pedagogik ong pedagog- tarbiyachida o‘z bilimi va malakasini muttasil oshirib borish ehtiyojining mavjudligi bilan bog‘liq juda ko‘p masalalarni yechish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur tushuncha o‘quv dasturlarida nazarda tutilgan bilimlarni tezkor o‘zlashtirish, peda- gogik g‘oyalar va metodlarni o‘z amaliy faoliyatida qo‘llash bilan bog‘liq algoritmlarni o‘zlashtirishida namoyon bo‘ladi. Pedagog-tarbiyachilarning kasbiy mahorat sirlarini o‘rganishi ijodiy, novatorlik xususiyatiga ega bo‘lgan mustaqil kasbiy yondashuvning shakllanishi uchun asosdir. Pedagog-tarbiyachilarning o‘z faoliyatlarini takomillashtirishlarida kasbiy tayyor- garlik pedagogik tafakkur va ongning o‘sishiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil bo‘la oladi. Bola shaxsiga nisbatan ijodiy moyillikning mavjudligi pedagog-tarbiyachi tomoni- dan anglangach, kasbiy takomillashuviga zamin bo‘ladi. Bo‘lajak pedagog-tarbiyachi- larning kasbiy rivojlanishida psixologiya va pedagogika fani yutuqlari, ilg‘or amaliyotni o‘zlashtirishga mustaqil intilish, pedagogik mehnatning ijobiy mayllari, mavjud tajriba- larni ijodiy o‘zlashtirish kabi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Har bir bola o‘ziga xos xulq-atvor va xarakterga ega. Bo‘lajak pedagog-tarbiya- chilar ta’lim-tarbiya berishda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari lozim. Pedagogik faoliyatga tayyorlanayotgan talabalar, pedagog-tarbi- yachi kasbiga xos bo‘lgan barcha sifatlarni yaxshi egallagan bo‘lishlari kerak. Buning uchun, pedagogika oliy o‘quv yurtlarida talabalarni tanlab olishda, ularning pedagogik layoqatga egaligini aniqlash lozim. Pedagog-tarbiyachi kasbining o‘ziga xos xususiyat- lari uning professiogrammasida ifodalanadi. U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: – pedagog-tarbiyachining kasbiy sifatlari; – ruhiy-pedagogik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar; – ma’naviy-axloqiy sifatlari; – maxsus tayyorgarlik mazmuni va ko‘lami; – ixtisoslikka oid metodik tayyorgarlik mazmuni kabilar. Bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatga tay- yorlashda ularda quyidagi kasbiy sifatlarga ega bo‘lishlari nazarda tutiladi: a) g‘oyaviy sohada: ilmiy dunyoqarash va e’tiqodga egaligi; ijtimoiy ehtiyoj va ax- loqiy zaruriyatlarni chuqur tushunishi; ijtimoiy-siyosiy faolligi; fuqarolik pozitsiyasiga egaligidir; b) kasbiy sohasida: kasbiy-pedagogik tafakkurga ega bo‘lishi; bolalarni sevishi va ular bilan ishlashga qiziqishi; ruhiy-pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik; muloqotga kirisha olishi; tasavvurga egaligi; tashkilotchilik layoqatining mavjudligi; haqgo‘yligi, talabchanligi, bolajonligi; qat’iyatliligi va maqsadga intilishi, hozirjavobligi; mulohaza- korligi hamda vazminligi; innovatsion faoliyat ko‘rsatishga layoqatligini; maktabgacha ta’limning me’yoriy-huquqiy bazasini yaxshi bilishi; boshqaruvchilik layoqatiga egaligi; ilmiy dunyoqarash, ma’naviy rivojlanish ehtiyoji va kasbiy qiziqishlarga egaligi; intel- lektual rivojlanish, yangiliklarni his qila olish; pedagogik bilimlarini boyitishga intilishi, mustaqil bilim olish layoqatiga egaligi kabilar. Bo‘lajak pedagog-tarbiyachilar o‘z faoliyatlarida innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish tajribasini egallashlari kerak. Buning uchun ular “Pedagogik texnologiyalar” fanidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar- da bolalarni rivojlantirishga xizmat qiladigan innovatsion usullarni qo‘llash mahoratini egallaydilar. Bunga interfaol usullarni qo‘llash orqali erishiladi. Bo‘lajak maktabgacha 101 ta’lim mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda interfaol usullar alo- hida pedagogik imkoniyatlarga ega. Jumladan: – bo‘lajak pedagog-tarbiyachilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash; – har bir bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarni kasbiy faollikka undash; – mustaqil fikrlash layoqatini rivojlantirish; – shaxsiy-kasbiy qarashlarini bayon etishlariga sharoit yaratish; – o‘z fikrini himoya qila olish ko‘nikmalarini shakllantirish; – guruhdoshlarining fikrlarini tinglay olish ko‘nikmalarini shakllantirish; – o‘zlari va guruhdoshlari ilgari surgan fikrlarni umumlashtirish layoqatini hosil qi- lish; – topshiriqlarni bajarish uchun sarflanadigan vaqtni tejash kabilar. Bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatga tay- yorlashda maktabgacha ta’lim jarayonida bir qator interfaol metodlardan foydalanish mumkinligi haqida kasbiy tasavvur hosil qilinadi. Bular: 1. ijodiy topshiriqlarni bajartirish. 2. kichik guruhlar bilan ishlash. 3. Ta’limiy o‘yinlar, rolli o‘yinlar, imitatsiyalar, ishchan o‘yinlar tashkil etish. 4. Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish, jumladan, sayohatlar tashkil etish. 5. Mashg‘ulotni loyihalash va boshqa ish turlarini qo‘llash. 6. Tarbiyalanuvchilar bilan charchoq yozdi mashqlarini o‘tkazish. 7. yangi topshiriqlar ustida ishlash va hosil qilingan ko‘nikmalarni mustahkamlash daqiqalarini tashkil etish. 8. Tarbiyalanuvchilarni kichik-kichik bahslarga chorlash. 9. Tarbiyalanuvchilar bilan muammoli vaziyatlar tashkil etish. Ushbu interfaol metodlarning barchasi, birinchi navbatda, pedagog-tarbiyachilar bilan tarbiyalanuvchilar orasida o‘zaro ishonchga asoslangan jonli muloqotni vujudga keltiradi. Bu esa, bolalarning bilish faoliyatlarini rivojlantirib, ularni maktab ta’limiga samarali tayyorlash imkonini beradi. ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlar ochish o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini ta’minlaydi. Shuningdek, bo‘lajak pe- dagog-tarbiyachilarning bilish faoliyatini boshqarish yangi ko‘rinishdagi o‘quv jarayoni- ni modellashtirish muammolarini yechishga imkon beradi. Fan, texnika va texnologiyalarning bugungi taraqqiyoti professor-pedagog-tarbi- yachilarlardan ijodkor bo‘lish, fan yutuqlarini pedagogik va axborot texnologiyalari vo- sitasida bo‘lajak pedagog-tarbiyachilarga yetkaza olishni talab qiladi. Professor-peda- gog-tarbiyachilar talabalarni tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘naltirish davomida ular bilan birgalikda zarur dalillar to‘plashi, tahlil qilishi, aniqlangan natijalar asosida muayyan xulosalar chiqarishi lozim. Talabalar ushbu xulosalardan o‘zilarining innovatsion ama- liy faoliyatlarida foydalanish jarayonida bo‘lajak pedagog-tarbiyachi uchun zarur bo‘l- gan ko‘nikmalar va texnologiyalarni egallashadi. Bo‘lajak maktabgacha ta’lim mutaxassislarini innovatsion kasbiy faoliyatga tay- yorlash jarayoni quyidagilarga muvofiq tarzda tashkil etiladi: – bolalardagi bilish, rivojlanish, ijtimoiylashish kabi ehtiyojlarning vujudga kelishi; – bilishga bo‘lgan rag‘batning o‘yg‘onishi; – tarbiyalanuvchilarga mo‘ljallangan mashg‘ulotlar mazmunini belgilash; – pedagogik jarayonni boshqarish omillarining mavjudligi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling