Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
5-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
boshqa yaqin qarindoshlarning chiqishmasliklari, erkakning zararli odatlarga berilib ketishi (ichkilikka, giyohvand moddalarga va shu kabi), moddiy qiyinchiliklar (asosan erning ishlamasligi, mustaqil oilani boshqara olmasligi), qudalarning tuydan keyin o‘zaro kelishmay qolishlari kabilarga erning boshqa shaharlarga ish qidirib ketib, qaytib kelmaganligi, boshqa bir ayol bilan yangi turmushni boshlab yuborganlari qo‘shildi. ajralishlarga sabab bo‘layotgan omillar tasnifiga chuqurroq e’tibor qaratsak, ularni 4 toifaga ajratish mumkin: – iqtisodiy (ishsizlik, moliyaviy nomutanosiblik, oilaviy byudjet, moddiy yetishmov- chiliklar va boshq.); – psixologik (dunyoqarashlarning turliligi, rashk, qaynona va kelin munosabat- lari, turmush yoshining pastligi, xiyonat, uchinchi shaxsning aralashuvi va boshq.); – ijtimoiy (er-xotinlarning ijtimoiy mosligi, tarbiyasi, ma’lumotlilik darajasi, oilada- gi muammolar, migratsiya va boshq.); – kriminal (jinoyat olamiga kirish, oiladagi nizo, janjallar, soxta nikoh, narkoma- niya va boshq.). ajralishlarga sabab bo‘layotgan omillarning toifalarida bir asosiy jihat – bu yosh- larning oilaviy hayotga iqtisodiy, psixologik, ijtimoiy jihatdan yetuk emasliklari ko‘ri- nadi. yoshlarning o‘z oilaviy hayotlariga oid tasavvurlari muhim bo‘lib, ularning qan- chalik reallikka yaqin bo‘lishi oilani mustahkamligiga xizmat qiladi. afsuski, yoshlar- ning hamma vaqt ham oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari reallikkka mos kelavermay- di, balki aksariyat holda haqiqiy hayotdan tubdan farq qiladi. Shuning uchun yosh- larni oilaviy hayotga tayyorlashda ularni imkon qadar hayotda kuzatiladigan past va baland, shirin va achchiq, rohat va tashvish, qorong‘u va yorug‘ tomonlari bo‘lishi muqarrarligiga o‘rgatib borishimiz va bu tomonlar haqida adekvat (to‘g‘ri) tasavvur- larni shakllantira olishimiz kerak bo‘ladi. Oilaning mustahkam va barqaror bo‘lishi uning a’zolari salomatligiga, ota-ona- likka psixologik jihatdan tayyorligiga bevosita bog‘liq bo‘lgani uchun ham mamlakati- mizda bu borada aniq mexanizmlar ishga solingan. Jumladan, O‘zbekiston respub- likasi Vazirlar Mahkamasining “nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi 365-sonli qarorining amalda joriy etilishi, akademik litseylar va kasb-hu- nar kollejlarida o‘qitilayotgan “Oila psixologiyasi” kurslarining uzluksiz ta’lim tizimiga kiritilganligi kabilarning davlat tomonidan moliyalashtirilayotganligi ham fikrimizning dalilidir. lekin bularning o‘zi yoshlarning kelgusi hayotlarining farovon bo‘lishligi uchun yetarli emas, balki ularga oilaviy hayot saboqlaridan ham ma’lumotlar berish- ga to‘g‘ri keladi. Chunki mustahkam oiladagina farzandlarga xohlagancha yashashi uchun imkon yaratiladi. ijtimoiy hayotning tezlashuvi va buning natijasida yuzaga kelayotgan zo‘riqishlar oilaviy munosabatlarning mustahkam bo‘lishiga rahna solmoqda. Ushbu holat esa oilada jamiyatning ertangi kunini yaratuvchi avlodlarni tarbiyalash jarayonining mu- vaffaqiyatli kechishiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Har bir shaxs uchun “qadrdon maskan” sanaladigan oilani saqlab qolish dolzarb ijtimoiy-psixologik va pedagogik masalalardan biri sifatida kun tartibiga olib chiqil- moqda. 113 Oilalarni mustahkamlash, ularni saqlab qolish, shuningdek, unda komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish imkonini beruvchi muhitni yaratish choralaridan biri – bu yoshlarni bo‘lg‘usi oilaga tayyorlash sanaladi. Mustahkam oilaviy hayotga tayyor bo‘lgan ota-onalargina oilaning ijtimoiy, iq- tisodiy va madaniy ehtiyojlarini qondira oladi, oilada yuzaga kelish ehtimoli bo‘lgan nizolarning oldini oladi. Demak, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda yoshlarning fiziologik yetukligi bi- lan bir qatorda ularning ma’naviy, kasb jihatidan, ya’ni professional, ijtimoiy, huquqiy, psixologik yetuk bo‘lishlariga erishish. Buning uchun yoshlarga pedagog-o‘qituvchi- lar, ota-onalar tomonidan shu jihatlarni muhim ekanligini o‘rgatib, tushuntirish ishlari- ni maqsadli olib borish zarur. Oilaviy turmushda yuzaga keladigan muammolar, hatto oilaning buzilishi va uning salbiy asoratlari, hammasi undagi shaxslararo munosabatlar ta’sirining natijasi ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak. Bundan kelib chiqadigan xulosa shun- dan iboratki, oila barqarorligi, baxtli va farovon turmush kechirish, albatta, shaxsla- raro munosabatlar ta’sirining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘l- ganligi tufayli, aynan shu muammo yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo etadi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling