Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/146
Sana08.01.2022
Hajmi1.2 Mb.
#250550
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   146
Bog'liq
5-son-2018

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5.   www.xtjurnali.zn.uz
Qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim jarayoni monitoringini ta’lim ehtiyojlari 
va o‘qitish maqsadlari, o‘qitishni loyihalashtirish, rejalashtirish hamda natijalarni baho-
lashni hisobga olgan holda olib borish zarur. Bunda qabul qilinadigan boshqaruv va 
pedagogik qarorlar ta’lim jarayonining barcha jihatlarini aniq tahlil qilishga asoslanishi 
kerak.
Ta’lim sifatini baholovchi nisbatan taniqli tizimlar Buyuk Britaniya, aQSH va Fran-
siyada qo‘llanilgan. Buyuk Britaniyada bu kabi tizimlar 1948-yildan, aQSH da 1969-yil-
dan, Fransiyada esa, 1979-yildan buyon amaliyotda foydalaniladi
5
. Xorijiy mamlakat-
larda  ishlab  chiqilayotgan  tizimlar  uning  maqsadi,  vazifalari,  yaratish  texnologiyasi, 
foydalanish metodikasi bilan bir-biridan farq qiladi. 
Mamlakatimizda  ham  ilg‘or  xorijiy  tajribalar,  zamonaviy  yondashuvlar  asosida 
maktabgacha va xalq ta’limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va ularning mala-
kasini oshirish muassasalaridagi o‘qitish sifatini baholashning o‘ziga xos milliy tizimi 
shakllantirilmoqda. Maktabgacha va xalq ta’limi pedagog xodimlarini malakasini oshi-
rishni  tashkil  etishda  uning  uzluksizligini  ta’minlash  hamda  zamonaviy  ta’lim  texno-
logiyalarini  va  kasbiy  rivojlanishning  yangicha  shakllarini  o‘zlashtirish  orqali  malaka 
oshirishga yo‘naltirilgan variativ tizimini ishlab chiqish asosiy yo‘nalishlar sifatida qa-
ralmoqda. 
amaliyot shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy monitoring tizimida ta’lim sifatini baholash 
obyektlaridan qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘qitish sifatini tahlil qilish va bosh-
qarish vositalari sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi. Bizning fikrimizcha, elektron mo-
nitoring – bu zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar vositalaridan foyda-
lanib, o‘qitish maqsadlari, mazmuni, shakllari, metodlari, didaktik va texnik vositalarini 
o‘z ichiga oluvchi malaka oshirish ta’lim jarayonlari samaradorligini sifat va miqdoriy 
xususiyatlarini tizimli tashxis qilishdan iborat. 
Oliy ta’lim muassasalari pedagoglarining malakasini oshirish jarayoni va ularning 
kasbiy faoliyati elektron monitoring tizimi ta’lim dasturlarining natijalarini:
– yangi ta’lim texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish
– malaka oshirish o‘quv jarayonlarining sifati monitoringini tashkil qilish
– malaka oshirish kurslarini o‘tagan pedagoglarning kasbiy faoliyati natijalarini ti-
zimlashtirish; 
– ta’lim jarayonlari sifatini ta’minlashda ustuvor yo‘nalishlarni tashxis qilish imko-
nini beradi. 
Maqsadimiz pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularning 
kasbiy  faoliyati  monitoringini  olib  borishning  elektron  metodik  tizimini  ishlab  chiqish 
hamda amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
Biz ishlab chiqqan elektron tizim (platforma) maktabgacha va xalq ta’limi peda-
gog xodimlarining qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlari, kasbiy faoliyatlari 
monitoringini tashkil etish hamda uni nazorat etish imkoniyatini beradi. Ushbu elek-
tron tizim xalq ta’limi sohasi uchun yangi hisoblanadi. Maktabgacha va xalq ta’limi 
pedagog xodimlarining qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlari, kasbiy fao-
liyatlari monitoringini tashkil etishda bir necha tizimlar integratsiyasidan foydalanish 
talab etiladi. 
Maktabgacha  va  xalq  ta’limi  pedagog  xodimlarini  qayta  tayyorlash  va  malaka 
oshi rish monitoringini tashkil etishda foydalaniladigan integratsiyalashgan tizimlar qu-
yidagilar:
5
 Майоров А.Н. Мониторинг в образовании. – М.: Интеллект-центр, 2005. C.424.


91
– ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ta’lim muas-
sasalari portali;
– xodimlar kasbiy faoliyati natijalarini o‘zida aks ettiruvchi elektron portfolio tizimi;
– o‘quv jarayonlari monitoringini tashkil etuvchi tizim;
– o‘quv resurslarini o‘zida mujassamlashtirgan elektron kutubxona tizimi;
– nazoratlarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi online test-sinovlari tizimi.
Elektron monitoring tizimiga o‘tish uchun internetda http://xtxmom.bimm.uz elek-
tron manziliga murojaat etish orqali bajariladi.
Maktabgacha va xalq ta’limi pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish elektron tizimi (http://xtxmom.bimm.uz)da o‘quv jarayoni monitoringi olib bo-
rish uchun tegishli tayanch pedagogika oliy ta’lim muassasalari huzuridagi xalq ta’limi 
xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari portal-
ning bosh sahifasida o‘ziga mos bandni tanlash orqali hududlar bo‘yicha monitoringni 
amalga oshiradilar.
Mazkur portal foydalanuvchilarning qayta tayyorlash va malaka oshirish kursla-
ri o‘quv jarayonini tezkor va sifatli axborot-metodik ta’minotini amalga oshirish bilan 
bir qatorda axborot-ta’lim resurslarining ochiqligini ta’minlaydi hamda tinglovchilarga 
sifatli  o‘quv  materiallaridan  samarali  foydalanish  imkoniyatini  kengaytirishga  xizmat 
qiladi. Portal tarkibidagi o‘quv jarayoniga tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar, o‘quv reja, 
dasturlar, o‘quv-uslubiy majmualar va boshqa o‘quv materiallarini mujassamlashtirgan 
elektron baza tinglovchilar o‘quv faoliyatini takomillashtirishga zamin yaratadi, hamda 
kurslardagi o‘quv jarayonlarini yagona standart asosida tashkil etish imkoniyatini be-
radi. integrallashgan elektron monitoring tizimining tarkibiy qismi sifatida ishlab chiqil-
gan onlayn test sinovlarini o‘tkazish dasturiy platformasi qayta tayyorlash va malaka 
oshirish kurslari samaradorligi hamda natijaviyligini ta’minlash, tinglovchilarning o‘quv 
jarayonini differensiallashtirilgan holda tashkil etish, hududiy markazlar pedagog xo-
dimlarini bilim, malaka va ko‘nikmasini malaka talablariga mosligini aniqlashtirish im-
koniyatini beradi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling