Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/146
Sana08.01.2022
Hajmi1.2 Mb.
#250550
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   146
Bog'liq
5-son-2018

Ключевые слова. технология, метод, компетенция, критерий, педагогический на-
вык, педагогическое общение, тенденция, инновация.
in  this  article  given  the  methods  of  developing  pedagogical  skills  of  tutors  of  the  pre-
school educational establishment, “pedagogical skill” conception, scientific-theoretical points 
of  view of scientists  on pedagogy.
Key words.  Technology,  method,  competence , criteria, pedagogical skill, pedagogical 
communication, tendency,  innovation.
Gulbahor GAYNAZAROVA,
a.avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar
va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash
va ularning malakasini oshirish instituti tayanch doktoranti
MAkTABGACHA TA’LIM MUASSASASI  
TarBiyaCHilarining  PеDagOgik 
MAHORATINI RIvOJLANTIRISH YO‘LLARI 


93
pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish”
1
 vazifasi belgilab berilgan. 
Shuningdek, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning 
samarali  shakllari  hamda  usullarini  ta’lim-tarbiya  jarayonida  qo‘llash  ham  farmonda 
alohida  ko‘rsatilgan.  Darhaqiqat  so‘nggi  yillarda  maktabgacha  ta’lim  muassasalari 
tarbiyachilarining malakasini oshirish muammosiga katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi 
zamon  ilmiy-texnik,  bosqichining  xarakterli  xususiyatlaridan  biri  jamiyat  hayotining 
barcha jabhalarini kompyuterlashtirishdan iboratligi kasbiy va shu qatorda pedagogik 
faoliyatning tarkibini keskin o‘zgartirishni yuzaga chiqaradi. Ta’lim tizimi barcha bo‘g‘in-
larining axborot texnologiyalaridan foydalanishi ta’limning axborotlashuvida kundalik 
talabni keltirib chiqaradi, bu esa, o‘z navbatida, texnika oliy o‘quv yurtining bo‘lajak 
kasbiy ta’lim o‘qituvchisidan yangi axborotlar muhitida bemalol ishlay oluvchi ko‘nik-
malarni o‘zlashtirishni talab etadi. 
Malaka oshirish tizimida tarbiyachi-pedagoglarning kompetensiyasini rivojlantirish-
ning yangicha strategiyasini ishlab chiqish barcha ta’lim muassassalari ichida eng dol-
zarb muammolardan biri hisoblanadi. 
Bir necha yillik kuzatuvlar va tajribalarimiz hamda maktabgacha ta’lim muassa-
salari tarbiyachilarining malaka oshirish kurslari faoliyati bilan tanishish orqali ularning 
kasbiy mahorati va kompetentligini rivojlantirish mezonlari mavjud emasligi, malaka 
oshirishning samarali texnologiyalari ishlab chiqilmaganligi nazariy hamda amaliy nuq-
tayi nazardan yetarli darajada o‘rganilmaganligini ko‘rsatdi. 
Malaka  oshirish  jarayonida  samarali  texnologiyalarni  qo‘llash  tarbiyachilarning 
kasbiy mahorati oshishini ta’minlaydi. Malaka oshirish kurslari jarayonida tarbiyachilar-
da pedagogik ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish ularga ma’naviy tarbiya berish hamda 
intellektini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Tarbiyachilarda pedagogik mahoratni rivojlantirish orqali bolalarni maktab ta’limi-
ga tayyorlashda samarali natijaga erishiladi. rus pedagog olimi a.S.Makarenko fikri-
cha, mahorat bu “nimaga qanday erishish, pedagogik faoliyatni egallash darajasidir”. 
Pedagogik  mahorat  uning  shaxsiy  sifatlari,  pedagogik  jarayondagi  muvaffaqiyatini 
ta’minlaydi. 
Fikrimizcha pedagogik mahorat ta’lim-tarbiya berish san’ati, har bir pedagogning 
ishlashga moyilligi va qiziqishi, havasi hisoblanadi.
B.T. lixachev pedagogik mahoratni pedagogik san’atning bir bo‘lagi, qismi, tarbi-
yachining zamonaviy usul va shakllarni o‘zlashtira olishi, pedagogik ko‘nikma va mala-
kalari, bola shaxsini shakllantirish jarayonidagi pedagogik san’at timsoli deb ta’riflaydi.
Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyotining rivojlanishi tarbiyachilardan ijodkor, o‘z 
kasbi va shaxsiga nisbatan mas’uliyatli bo‘lishni, fandagi muhim muammolar yuzasi-
dan erkin fikr yurita olishni, bir so‘z bilan aytganda, kasbiy mahorat egasi bo‘lishni talab 
qiladi.
Tarbiyachining kasbiy mahorati haqida fikr yuritar ekanmiz, uning milliy g‘oya va 
mafkuraga sodiqligiga, bilim va fikr doirasining kengligiga, o‘z vazifasiga munosabati-
ga e’tibor bermoq kerak. kasbiy mahorat va qobiliyat tarbiyachida osonlik bilan shakl-
lanmaydi. Buning uchun u uzluksiz o‘qishi, o‘rganishi, izlanishi, ijodiy mehnat qilishi, 
voqelikni tez anglashi zarur.
Tarbiyachining kasbiy mahorati asosan, mashg‘ulotlar mobaynida yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Chunki o‘quv mashg‘ulotlari o‘zining mazmun va mohiyatiga ko‘ra tarbiya-
1
  O‘zbekiston  respublikasi  Prezidentining  2017-yil  30-sentabrdagi  “Maktabgacha  ta’lim  tizimi 
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli farmoni. www.lex.uz.


94

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling