Ilmiy-metodik jurnali scientific-methodical journal ministry of public education of the
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
5-son-2018
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali. 2018. № 5. www.xtjurnali.zn.uz
Tarbiyachilarning malakasini oshirish jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish ularning mustaqil bilim olishlari, erkin fikrlashlari uchun imkoniyat yara- tiladi. Bundan tashqari, o‘quv mashg‘ulotlarida tarbiyachilarning faoliyatlarini tashkil qilishda uyushtirish, boshqarish, takomillashtirish, tahlil qilish, tadqiq qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, nazorat qilish va baholash kabi jarayonlar amalga oshiriladi. Zamonaviy sharoitda ta’limning tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorligi- ga asoslanishi, bolalarning mustaqil ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari muhim sanaladi. ana shunday sharoitlar ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanishni taqozo etadi. Tarbiyachilar o‘z pedagogik faoliyatidagi muammolarni aniqlashlarida kasbiy kompetensiyaning shakllanish bosqichlari yordam beradi. Ular quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: – o‘z-o‘zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash; – o‘z faoliyatini rivojlantirishni rejalashtirish, maqsad va vazifa belgilash; – o‘zini namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish. yuqorida keltirilgan tadqiqot natijalari ta’lim tizimining turli toifadagi pedagoglarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Tarbiya chi- pedagoglarda ijodiy potensialni oshirishga yo‘naltirish va ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘z ustida ishlashga tayyorlik ya’ni pedagogik kompetentlikni rivojlantirishdir. Pedagogika sohasida olimlar tomonidan pedagoglarning malakasini oshirish va tash kil etishning nazariy asoslari yaratilgan. Biroq maktabgacha ta’lim muassasasi tar- biyachilarining malakasini oshirish jarayonini o‘quv-metodik jihatdan ta’minlanishi, bo- lalar bilan ishlashning samarali shakllarini o‘zlashtirish ko‘nikmasini shakllantirish, ma- laka oshirish jarayonidagi muammolar yetarli darajada ilmiy jihatdan o‘rganilmagan. Tarbiyachilarning malakasini oshirish jarayonida ularning kasbiy mahorati va kom- petentligini rivojlantirish bolalarga ta’lim-tarbiya berishdagi turli xil muammolar yechi- mini topishga yordam beradi. Tarbiyachilarning malakasini oshirishda ularda inte g- ratsion bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, turli xil zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash malakalarini shakllantirish maqsadga muvofiqdir. agarda tarbiyachilarning malakasini oshirish jarayonida samarali, tizimli va sifatli ta’lim tashkil etilmasa, tinglovchilar ma’lum qobiq va qolipga tushib qoladilar, peda- gogik faoliyatida samarali natijaga erishish ko‘rsatkichlari past darajada bo‘ladi, o‘quv jarayonida faqat axborot oladi, qayta aloqa o‘rnatilmaydi, muammoga bir tarafdan qa- raladi, metod va shakllar malaka oshirish markazi o‘qituvchisining ehtiyojiga ko‘ra tan- lanadi, ya’ni tinglovchilarning qiziqish va xohishlari inobatga olinmaydi. Bu esa malaka oshirish tizimida ta’lim sifatini pasayishiga olib keladi. Malaka oshi- rish tizimida mazkur omillarni yuzaga kelish sabablarini quyidagicha tasniflash mum- kin: 1) malaka oshirish jarayonini tashkil etish va o‘tkazish rasmiy tusda ekanligi (bu- yurtmachilarning ehtiyojlari va takliflari inobatga olinmasligi); 2) malaka oshirish mazmunini eski tusda ekanligi, ya’ni yangicha- innovatsion yondashuvni amalga oshirilmasligi; 3) ta’lim mazmunini tashkil etish shakllarini loyihalanmaganligi va pedagogik fao- liyat bilan uyg‘unlashmaganligi; 4) tarbiyachilarda zamonaviy va axborot texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmasini yetarli darajada shakllantirishni e’tiborga olinmaganligi; 97 5) tarbiyachida malaka oshirish jarayoniga nisbatan aniq maqsad va vazifalarning mavjud emasligi; 6) malaka oshirishda tashkiliy-pedagogik faoliyatni bir qolipda ekanligi; 7) tarbiyachilarning kasbiy mahorati va kompetentligini rivojlantirish modelining mavjud emasligi. Tarbiyachilarning malakasini oshirishning samarali yo‘llariga quyidagilarni kiritishi- miz mumkin. ya’ni: – modulli tizim dasturini tuzish, maktabgacha ta’lim metodikasini o‘qitishda axbo- rot texnologiyalaridan foydalanish malakalarini rivojlantirish; – tashkiliy-pedagogik shakllar, ya’ni ishchanlik o‘yinlari, treninglarni qo‘llash; – loyihalashtirilgan yondashuv; – tarbiyachilarning tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish; – maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagogik jamoalar malakasini oshirish- ning maqsadli dasturini ishlab chiqish; – malaka oshirish dasturlarida kompetent yondashuvni amalga oshirish; – ta’lim jarayonida o‘zaro ta’sirni rivojlantirish, ya’ni interfaol metodlarni qo‘llash. Xulosa qilib aytganda, malaka oshirish jarayonida tarbiyachilarning kasbiy maho- ratini rivojlantirish modelini ishlab chiqish, zamonaviy raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlash tamoyillari asosida malaka oshirish jarayonini tashkil etish; tarbiyachilar- ning ijtimoiy muloqotchanligini rivojlantirish; ta’lim muhitiga yangi konsepsiyani kiritish (innovatsion jarayon); kasbiy muloqotchanlikni shakllantirish lozim. Buning uchun tar- biyachilarning malakasini oshirishda asosiy yondashuvni aniqlab olish kerak. ya’ni tar- biyachilarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini oshirish, maktabgacha ta’lim tizimidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirish, malaka oshirish jarayonini jahon tajribalari asosida tashkil etish, o‘quv-metodik manbalarni takomillashtirish zarur. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling