Ilmiy-pedagogik asoslari
Download 1.29 Mb. Pdf ko'rish
|
касбга йўллаш ўкув кўлланма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy kasbiy moslashuv
- Kasbiy moslashish
Kasbga saralab olish qiyin kechadi. SHu bois oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari
abiturientlari bilan pedagogik testdan tashqari kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik markazlarning ilmiy asoslangan tavsifnoma-tavsiyasi asosida suhbat o’tkazish maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy kasbiy moslashuv (ko’nikish) insonning kasbini nechog`lik to’g`ri tanlaganligini ko’rsatuvchi bosqich hisoblanib, bu bosqichda kasb-hunarga yo’naltirish ishlari hamda kasb-hunarga tayyorgarlikning kamchiliklari, yangi qiziqish, ehtiyojlar shaxsning hayotiy rejasi qay darajada to’g`ri yoki noto’g`ri ekanligi kabilar aniqlanadi. SHuning uchun ham moslashuv kasb-hunarga yo’naltirish ishlari samaradorligining o’ziga xos mezoni bo’lib xizmat qiladi. Kasbiy moslashish umumta`lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, oliy o’quv yurtida o’quvchi yoki talabaning o’zi tanlagan kasbga moslashishi va ko’nikishidan shuningdek, ishchi va xizmatchilarning kasbiy mehnat sharoitlariga muvofiqlashish jarayonidan iborat bo’lib, uning natijasida xalq xo’jaligini mutaxassis kadrlar bilan ta`minlash mustahkamlanadi. Bu davr maktabda mehnatga tayyorlash, kasb tanlash, kasbiy tayyorgarlik, mehnat faoliyatining boshlanishi hisoblanadi. Bir qator tadqiqotchilar kasbiy moslashishni ikki bosqichga bo’lishadi: ishlab chiqarishgacha (maktab, kollej, oliy o’quv yurti) va ishlab chiqarishda (bevosita ishda, ishlab chiqarish sharoitlarida) kasbga moslashish. SHu narsani hisobga olish kerakki, kasbiy moslashish mehnatga moslashish jarayoni sifatida bolalikdan boshlanadi (bola uyda gul o’stirayotganda, uy hayvonlarini parvarish qilayotganda, uy ishlariga yordamlashayotganda muayyan darajada ilk kasbga moslashish jarayoni boshlanadi). 52 9-sinfni bitirayotgan o’quvchilar uchun akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida keyinroq oliy o’quv yurtida yoki ishlab chiqarishda kasbga moslashish davom etadi. Kasbiy moslashish deganda yana insonning egallagan kasbiga ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan moslashish jarayoni ham tushuniladi. Moslashuv jarayonida shaxsning u yoki bu ijtimoiy, kasbiy guruhga faol ishtiroki, bu guruhdagi ijtimoiy psixologik munosabatlarni o’zlashtirishi amalga oshadi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling