Ilmiy-pedagogik asoslari


 Kadrlar bilan ta`minlash


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/39
Sana14.11.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1773489
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
касбга йўллаш ўкув кўлланма

7.2. Kadrlar bilan ta`minlash 
Respublikaning kasb-hunarga yo’naltirish tashkilotlarining kadrlar bo’yicha 
tarkibi doktorlik va nomzodlik ilmiy darajasiga ega bo’lgan olimlar yoki ta`lim 
sohasida ma`lum amaliy ish tajribasiga ega bo’lgan, ta`lim muassasalarida – kamida 
besh yil ishlagan pedagog va injener – pedagoglardan shakllanadi.
Ularni tegishli kadrlar bilan ta`minlash psixologlar, kasbiy maslahatchilar, 


128 
psixofiziologlar, sotsiologlar va boshqalarni tayyorlashni ko’paytirish hisobiga 
shakllantiriladi.
7.3. Ilmiy metodik va axborot ta`minoti 
O’zbekiston Respublikasida kasbga yo’naltirish bo’yicha ilmiy, amaliy, uslubiy 
va nazariy ishlanmalarni tayyorlash, ularni sinovdan o’tkazish va kasbga yo’naltirish 
tizimiga tatbiq etish masalalari o’quvchilarni kasb – hunarga yo’naltirish va 
psixologik – pedagogik respublika Tashxis markazi tomonidan uning ilmiy Kengashi 
va nashriyot bo’limi orqali hal etiladi. Ishonchli axborot-uslubiy va dasturiy ta`minotni 
yaratish (kasbiy talim, ijtimoiy-iqtisodiy holatlar to’g`risida umumiy xarakterga ega 
bo’lgan axborot-qo’llanma materiallar banki, mehnat bozorining joriy va istiqboldagi 
ehtiyojlari shuningdek, kasbiy xarakterdagi axborot-qo’llanma materiallar banki – 
qo’llanmalar, 
kataloglar, 
kartotekalar, 
profkartalar, 
professiogrammalar, 
psixogrammalar; kasblarning rivojlantirish istiqboli to’g`risidagi ma`lumotlar; 
aholining turli qatlamlari bilan kasbga yo’naltirishni o’tkazish texnologiyasi bo’yicha 
metodik tavsiyalar, shuningdek, individual kasbiy maslahat va kasbiy tanlov
individual test o’tkazish, kasbiy tashxisning kompyuter variantini hisobga olgan holda 
shaxsni psixologik tashxis qilish metodikalari majmuasi). 
7.4. Moliyalashtirish va moddiy – texnik ta`minot 
Kontseptsiya davlat, mahalliy byudjet, byudjetdan tashqari, aholi bandligiga 
yordam berish Davlat jamg`armasi, nogironlarni ijtimoiy himoyalash jamg`armasi 
(cheklangan mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan shaxslarni kasbga yo’naltirish bo’yicha 
tadbirlarni amalga oshirish uchun), boshqa davlat, yoshlar va jamoat jamg`armalari, 
korxonalar va fuqarolarning shaxsiy mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.
Byudjetdan tashqari mablag`lar: maslahat va uslubiy yordamlar o’tkazish 
bo’yicha shartnomaviy mablag`lar, pullik xizmat ko’rsatish va boshqa yo’nalishdagi 
faoliyatdan tushgan mablag`lar. O’rnatilgan tartibda ajratiladigan va to’lanadigan bank 
kreditlari. Tashkilotlardan, muassaslardan, xususiy shaxslardan, chet el investorlaridan, 
hokimliklarning homiylik yordamlaridan tushgan mablag`lar. 


129 
Mablag`lardan foydalanish O’zbekiston Respublikasi hududidagi amal 
qilayotgan qonunlar, moliya vazirligining tegishli me`yoriy hujjatlariga muvofiq 
amalga oshiriladi. 
Kasbga yo’naltirish ishlarining moddiy-texnika ta`minoti uchun birinchi 
navbatda quyidagilar zarur: 
- kasbga yo’naltirish Markazlari va boshqaga yo’naltirish tuzilmalari uchun 
amaldagi me`yorlar asosida tegishli ish joylarini ajratish; 
- ularni elektron hisoblash, audio, video va nusxa ko’paytiruvchi texnika, jihozlar 
va asbob-uskunalar, aloqa vositalari, transport faoliyatining tegishli yo’nalishiga mos 
bo’lgan poligrafik baza bilan jihozlash. 

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling