Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: abdalova z
Yorug'likning sinish qonuni
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdalova Z 2-G fizika optika kurs ishi
2.2. Yorug'likning sinish qonuni
Yorugʻlikning sinishi-yorugʻlik ikki shaffof muhitning boʻlinish chegarasidan oʻtayotganda tarqalish yoʻnalishlarining oʻzgarishidir. Bir jinsli va izotrop shaffof muhitlarning yassi hamda uzun boʻlinish chegarasida yorugʻlik nurlarining sinishi Snellius — Dekart sinishi qonuni boʻyicha yuz beradi. Bu qonunga binoan yorugʻlik tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati doimiy kattalikdir. Ushbu holatni toʻla ichki qaytish hodisasi deyiladi. Yorugʻlikning sinish qonunini 1620-yilda golland olimi V. Snellius tajribalar natijalariga asoslanib ochdi. Lekin bu qonun nashr qilinmagan edi. Fransuz olimi R. Dekart 1627-yilda arab olimi Al Hasan ibn al Xaysamning asarlari ustida ishlashi natijasida yorugʻlik tezligini tashkil etuvchilarga ajratish orqali oʻzining yorugʻlikning sinishi qonunini yaratadi va 1637- yilda "Dioptrika" asarida nashr etiladi. Shuning uchun ham bu qonunni Snellius Dekart qonuni deyiladi. Yorug'likning sinishi ham yorug'likni aks etishi bilan birga keladi. Ko'zgu qonuni hamda sinish qonuni faqat ma'lum shartlardagina amal qiladi. Agar aks ettiruvchi oynaning o'lchami yoki ikkita vositani ajratib turadigan sirt kichik bo'lsa, biz yuqoridagi qonunlardan sezilarli og'ishlarni kuzatamiz. Shu bilan birga, odatiy optik qurilmalarda kuzatiladigan turli xil hodisalar uchun yuqorida keltirilgan barcha qonunlarga qat'iy rioya qilinadi. Yorug’lik nuri tiniq muhitlarning silliq sirtiga tushganda qaytgan nurning o’zigina hosil bo’lmaydi. Nur tushgan nuqtadan yana bir nur chiqadi, singan nur deb ataladigan bu nur ikkinchi tiniq muhitda tarqaladi. Singan nurning yo’nalishi, umuman aytganda, tushgan nurning yo’nalishi bilan bir bo’lmaydi, ular orasida ma’lum bog’lanish bor, bu bog’lanishni tajribada aniqlash mumkin. 1-rasmda shisha plastinkalarning silliqlangan yuzasiga, sirtiga yorug’lik dastasi tushmoqda. Shishani havodan ajratib turgan chegarada nurlar dastasi ikkiga ajraladi: Ulardan biri shisha sirtidan qaytadi, ikkinchisi esa o’z yo’nalishini o’zgartirib, shishaga o’tadi. SO - tushayotgan yorug’lik dastasining, OS 1 – qaytgan va OS 2 - singan yorug’lik dastasining markaziy nurlari. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling