Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: abdalova z
-rasm. Yorug’lik dastasi shisha sirtiga tushganda yorug’likning sinishi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdalova Z 2-G fizika optika kurs ishi
1-rasm. Yorug’lik dastasi shisha sirtiga tushganda yorug’likning sinishi
Singan nurning yo’nalishini tushish nuqtasiga o’tkazilgan perpendikulyar ON yo’nalishiga taqqoslab ko’rib, singan nur OS 2 bilan qaytgan nur OS 1 va normal bir tomonida yotishini ko’ramiz. Burchak SON - nurning tushish burchagi; uni harfi filan belgilaymiz; singan nur OS 2 bilan perpendikulyar ON orasidagi burchak - S 2 ON sinish burchagi deb ataladi; uni harfi bilan belgilaymiz. Tushish burchagi o’zgarganda sinish burchagi ham o’zgaradi. Agar tushish burchagi nol bo’lsa, sinish burchagi ham nol bo’ladi, tushish burchagining ortishi bilan sinish burchagi ham orta boradi; ammo sinish burchagi tushish burchagidan hamma vaqt kichik bo’ladi. Tajribalar asosida yorug’likning quyidagi sinish qonunlari topilgan: Tushuvchi nur hamda shu nur tushgan nuqtadan ikki muhit chegarasiga o’tkazilgan perpendikulyar qaysi tekislikda yotsa, singan nur ham shu tekislikda yotadi. Tushish burchagi bilan sinish burchagi har qanday o’zgarganda ham tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga bo’lgan nisbati shu ikki muhit uchun o’zgarmas kattalikdir va shu kattalik ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan olingan sindirish ko’rsatkichi deb ataladi. Yorug`lik nuri bir shaffof muhitdan ikkinchi shaffof muhitga o`tish chegarasida o`zining yo`nalishini o`zgartiradi. Bu hodisa yorug`likning sinishi deb ataladi. Yorug`likning sinishiga asosiy sabab turli muhitlarda yorug`lik tezligining turlicha bo`lishidir. Yorug`lik nurlari ikki muhit chegarasidan o`tayotganda o`z yo`nalishini o`zgartiradi [5]. Birinchi muhitdan tarqaluvchi va chegaragacha borib yetuvchi nur tushuvchi nur deb ataladi. Bu chegaraga tushish nuqtasi orqali o`tkazilgan perpendikulyar (N - normal) bilan biror burchak hosil qiladi, hamda bu burchak tushish burchagi deb ataladi. Ikkinchi muhitga o`tgan nur ya’ni singan nur deb ataladi. Singan nurning o`sha perpendikulyar (N-normal) bilan hosil qilgan burchagi sinish burchagi deb ataladi (2-rasm). Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling