Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: raximboyeva m
Izotrop va anizotrop muhitlarning optik xossalari
Download 78.72 Kb.
|
Optika kurs ishi 2-G fizika Raximboyeva M
2.3. Izotrop va anizotrop muhitlarning optik xossalariQattiq jism lazerlariga misol sifatida yoqut, ittriy – alyuminiy granati va shisha lazerlarini ko’rsatish mumkin. Aktiv ionlar kristallik yoki amorf jismlar panjaralariga aralashma sifatida kiritiladi. Qattiq jismlar lazerlarining aktiv moddalari uch va to’rt energetik sathlidir. Qattiq jism lazerini ishlatish qulay, oson va quvvati juda katta. Lazerlarning taraqqiyoti umuman qattiq jism lazerlaridan boshlangan. Bu tipdagi lazerlar amalda keng qo’llaniladi. Ayrim qattiq jism lazerlarini batafsil qarab chiqamiz. Yoqut lazeri. Yoqut kristalli – aralashmasidan iborat bo’lib, geksogonal (romboedrik kristallik panjarasiga ega) kristallik sistemasiga kiradi. Bu kristall bir o’qli, optik jihatdan anizotropik, qattiqligi jihatidan olmosdan keyin turadi. Yoqut kristallining asosini –korund (sapfir) tashkil etib, optik jihatidan tiniqdir. Sindirish ko’rsatkichi 1,76 ga teng. Sapfirning tarkibiga 0,05% xrom oksidi qo’shilsa, u qizg’ish rangli yoqut kristallini hosil qiladi. Yoqut kristallida alyuminiy ( ) ioni xrom ioni ( ) bilan o’rin almashadi. Kristalldagi xrom ionlarining konsentrasiyasi N= tashkil qiladi. Xrom oksidining konsentrasiyasini oshira borishi rubin kristalining (rangini) tusini o’zgartiradi, ya’ni 8% dan oshishi bilan qizil yoqut kristal yashil rangli kristalga o’zgaradi. Lazerlarda ishlatiladigan qizg’ish rangli yoqut kristalining optik xususiyati va spektroskopiyasi ancha yaxshi o’rganilgan. Yoqut kristalining ikkita kuchli yo’l – yo’l yutilish spektri ko’zga ko’rinadigan spektral oraliqda joylashgan. Yoqut kristalining optik spektri xrom ionining energetik sathlari orasidagi o’tish bilan bog’langan. Yutilish spektri asosiy energetik sathdan yuqorida joylashgan ikkita energetik sathlarga o’tish bilan aniqlanadi, ya’ni . O’sha o’tish optik damlash sifatida ishlatiladi. Q uyida yutilish spektri keltirilgan: 1-rasm. Yutilish spektri asosiy energetik sathdan yuqorida joylashgan ikkita energetik sathlarga o’tish bilan aniqlanadi. O’sha o’tish optik damlash sifatida ishlatiladi. Keyingi rasmda esa xrom ionining sodda va ishlatiladigan energetik sathlari tasvirlangan. Shuni xam aytish kerakki, katta to’lqinli yutilish yo’lining qanotida kuchsiz, ammo yaqqol R, yutilish chizig’i ham mavjud. Uy haroratida o’sha R, yutilish chizig’ining spektral kengligi 16 ga teng. Yutilish spektrining hosil bo’lishi xrom ionining asosiy energetik sathdan yuqorida joylashgan energetik sathga o‟tishi bilan tushuntiriladi. Lazer nurlanishining vaqtli rejimini kuzatishda fotoelement yoki foto ko’paytirgich bilan ossillograf dan foydalaniladi. Lazer nurini svetofiltrlar yordamida kuchsizlantirib fotoelement ekraniga yo’naltiriladi va ossillograf ekranida kuzatishlar ham olib boriladi. Yoqut lazerining intensivligi vaqtga bog’liq ravishda tartibsiz holda o’zgaradi. Nurlanish generasiyasi alohida–alohida impulschalardan iborat bo’lib, u impulschalar intensivligi ketma-ketligi, vaqt intervali hamda chastotasi (modalar tarkibi) ham tartibsiz o’zgaradi. Lazer nurlanishining shu xildagi ko’rinishini “erkin” generatsiya rejimi deb ataladi. yuqoridagi rasmga Yoqut lazerining pichkali rejimi keltirilgan. Har bir lazer nurlanishining intensivligi optik damlash quvvatiga bog’liq ravishda o’zgaradi va impulschalar soni yuzta va undan ham ko’p bo’lishi mumkin. Har bir pichkaning nurlanish vaqt qisqa bo’lib, bir mikrosekund atrofida bo’ladi, lekin ularning intensivligi biridan ikkinchisiga o’tganda tartibsiz o’zgaradi, shuningdek orasidagi masofa ham tartibsiz o’zgaradi. Chaqmoq lampasining nurlanishi impulsli nurlanish bo’lib, nurlanish muddati bir necha yuz mikro sekunddan bir necha milli sekundgacha uzluksiz davom etadi. Yoqut kristalidan chiqayotgan lazer nuri dastasining kesimi odatda ko’p sonliingichka va bir–biriga bog’liq bo’lmagan “ipchalardan” iborat bo’lib, har birining diametri 100 mikronlar atrofida bo’ladi. Shu sababli lazer nurining tarqalish burchagi nazariy jihatdan aniqlanadigan λ/D (D–lazer nuri dastasining diametri qiymatidan o’ marta katta bo’ladi. Rezonatorning alohida konstruksiyasini va optik jihatdan yuqori darajada sifatli yoqut kristalini tanlab, ko’ndalang bir modali generatsiyaga erishilsa, generasiyaning sochilish burchagi nazariy hisobga yaqin bo’ladi. Erkli rejimda ishlaydigan yoqut lazerining har bir impulsining quvvati 20 kVt ni tashkil qilsa, to’la energiyasi 100 Joulgacha bo’ladi. Gigant impulsli lazerning bir impulsi 100MVt ni tashkil etadi (impuls generasiyasining vaqti 10–20 nanosekund davom etadi). Agar impuls generasiyasi yana qisqa bo’lib 10 pikosekund davom etsa, quvvati gigavattni tashkil etadi. Shunday qilib, yoqut lazeri ko’p modali erkin rejimda va gigant impulsli rejimda ishlaydi. Fizik xususiyatlаri yo’nаlishlаrgа bog’liq bo’lmаgаn muhit izotrop muhit deb, yo’nаlishlаrgа bog’liq bo’lgаn muhit esа аnizаtrop muhit deyilаdi. Izotrop muhit (mаsаlаn shishа plаstinkа)dа yorug’likning sinishi sinish qonunigа bo’ysunаdi. Аgаr islаnd shpаtigа yorug’lik tushsа, kristаlldаn ikki bir-birigа vа tushаyotgаn nurgа pаrаllel bo’lgan nur chiqаdi. Аgаr tushаyotgаn nur kristаllgа perpendekulyar bo’lsа hаm singаn nur ikkigа bo’linаdi. Bu nurlаrdаn birining elektr tebrаnishlаri kristаllning bosh optik tekkisligigа perpendikulyar bo’lаdi; bu nur oddiy nur (0) deb аtаlаdi. Ikkinchi nurning elektr tebrаnishlаri esа bosh tekislikdа bo’lаdi; bu nur g’аyri oddiy nur (e) deyilаdi. Kristаllаrdа shundаy yo’nаlish borki, bu yo’nаlish bo’yichа yorug’lik tаrqаlgаndа nurning ikkilаnib sinishi kuzаtilmаydi. Bu yo’nаlish kristаlning optik o’qi deb atalаdi. Аgаrda kristаllarda optik o’qqа perpendekulyar yo’nаlishdа qirqilsа shu qirrаgа normаl tushаyotgаn nur bir xil tezlik bilаn tаrqаlаdi. Tаbiiy nur optik o’q bo’ylаb ketgаndа yorug’lik qutblаnmаydi. Аnizotropik jismlаrdаn yorug’lik o’tgаndа turli qutblаnish hodisаlаri kuzаtilаr ekаn. Bundаy аnizotropiyani tаbiiy deb аtаsаk o’rinli bo’lаdi. Bir qаtor usullаr bilаn jism, moddаlаrgа sun’iy аnizotroplik xossаsini berish mumkin. Download 78.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling