Ilmiy rahbar: aytimbetov n. Bajardi: raximboyeva m
Download 78.72 Kb.
|
Optika kurs ishi 2-G fizika Raximboyeva M
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA FAKULTETI 2-G FIZIKA GURUH TALABASI RAXIMBOYEVA MALOHATNING OPTIKA FANIDAN IZOTROP VA ANIZATROP KRISTALLAR VA ULARNING QO’LLANILISHI MAVZUSIDA YOZGAN KURS ISHI ILMIY RAHBAR: AYTIMBETOV N. BAJARDI: RAXIMBOYEVA M. NUKUS_2023 MUNDARIJAI. KIRISH 2 I. BOB. QATTIQ JISMLAR XARAKTERISTIKASI 8 1.1. Qattiq jismlar haqida ma’luumot 8 1.2 Metallarning optik xossalarining xarakteristikasi 15 II. BOB IZOTROP KRISTALLAR QO’LLANILISHINING OPTIK XOSSALARI 17 2.1 Izotrop va anizotrop kristallar 17 2.2 Izotrop va anizotrop kristallarning optik muhit sifatida qo’llanilishi 18 2.3. Izotrop va anizotrop muhitlarning optik xossalari 21 III. XULOSA 24 IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 25 I. KIRISHO'zbekiston Respublikasida oliy ta’lim sohasida bo'layotgan tub o'zgarishlar davlatimizning istiqbolini ta’minlovchi asosiy omillardan biri sifatida jahon ommasi tomonidan e'tirof etilmoqda. O‘z navbatida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qimmati unda har bir shaxsni jamiyat ehtiyojiga javob beruvchi kasb egasi qilib tarbiyalashga asosiy yuksak e’tibor qaratilganligi bilan belgilanadi. Ushbu asosda o'quvchilarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash ishlarining samarali yo'lga qo'yilishi ta’lim islohotlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi eng muhim omil vazifasini o'taydi. Ta’lim islohotlarining hozirgi bosqichida erkin hamda mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash muammosi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu boradagi milliy ta’lim modelining asosiy g'oyasi va mazmuni “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o'z ifodasini topgan. Respublikada umumiy o'rta ta’lim muassasalari oldiga qo'yilgan o'quvchilarni xalq xo'jaligining turli sohalarida samarali mehnat qilishga, kasb-hunarlarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash bo'yicha ijtimoiy buyurtmasini bajarishda mehnat ta’limi o'qituvchisining roli beqiyosdir. Davlat ahamiyatiga molik ushbu vazifani bajarish uchun mehnat ta’limi o'qituvchilaridan umumiy mehnat bilim, ko'nikma hamda malakalarini, kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirishni hamda dinamik tarizda rivojlanib borayotgan pedagogik jarayon talablari darajasida pedagogika, psixologiya, metodika fanlari yutuqlari, zamonaviy texnika va ilg'or texnologiyalar, ishlab chiqarish va bozor iqtisodiyoti munosabatlari bo'yicha mukammal bilim va ko'nikmalarni egallashni taqazo etadi. Shu munosabat bilan, mehnat ta’limi o'qituvchisining bilim, ko'nikma hamda malakalari ko'lami va sifati, uning ta’lim-tarbiya jarayonini umumiy o'rta ta'lim DTS talablari asosida tashkil etish va o'tkazish bo'yicha erishgan yutuqlari va yo'l qo'ygan kamchiliklari, kasbiy mahorati va shu kabi mehnat faoliyatiga oid murakkab va ko'p qirrali faoliyatini takom illashtirish jarayonining didaktik shart-sharoitlarini aniqlash, nazorat maqsadiga muvofiq ravishda uning shakl, tur, usul va vositalarini optimal tanlash asosida nazorat o'tkazish metodikasini ishlab chiqish, uning mazmunini boyitish, hamda shu sohada mamlakatimiz miqyosida amalga oshirilayotgan tashkiliy ishlarning tahlili bu borada amalga oshirilavotgan barcha tadbirlarni ilmiy-uslubiy asosda tashkil etilishini talab qilmoqda [1]. Ma'lumki insoniyat tarixining ko’p asrlik tajribasi ezgu g‘oyalardan va sog‘lom mafkuradan mahrum biron-bir jamiyatning uzoqqa bora olmasligini ko'rsatdi. Shu bois, mustaqillik tufayli mamlakatimiz o'z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo'ydi. Bu esa o’z kelajagimizni yaqqol tasavvur etish hamda, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorlarini mustahkamlash ehtiyojini tug'diradi. Demak, navbatdagi eng asosiy vazifa: yosh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi olijanob tuyg'ular ruhida tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g'oyalar, amallar bilan qurollangan komil insonlarni voyaga etkazish, jahon andozalariga mos, kuchli bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir. O'zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy va ilmiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to'laqonli sheriklik o'rnini egallay borishi, inson faoliatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko‘lamlari qanday bo‘lishiga va bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o‘ynashiga bog‘liq. Keyingi yillarda mamlakatimiz ilm-fani ham axborotlashtirishning nazariy asoslariga katta hissa qo'shib kelmoqda, shu bilan birgalikda, hodisalar, jarayonlarni yagona axborot asosida tadqiq etishning ilmiy yo'nalishlarini tahlil va sintez qilish natijasi bo'lgan fan-informatikaning vujudga kelishiga boshlang’ich poydevor qo'yildi. Axborot, energiya, vazn, bo'shliq va vaqtni bir butun holda batafsil o'rganish hozirgi vaqtda inson hayotining barcha jabhalarida muhim ahamiyatga ega bo'lib qolmoqda. O‘zbekiston Respublikasida chuqur keng ko‘lamli isloxotlar amalga oshirilar ekan, uzluksiz iqtisodiy ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirishga birinchi darajali axamiyat berilmoqda. Umuman, yoshlarning ta’lim-tarbiya, bilim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi yo‘lida zamonaviy, ilg‘or-innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berish uchun O‘zbekiston bor kuch hamda imkoniyatlarini ishga solmoqda. Chunki yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy yetuk, jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga e’tibor qancha kuchaytirilsa, unung samarasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Shu bois O‘zbekiston jamiyatning faol qatlami sifatida e’tirof etiluvchi yoshlar qatlamlariga «muammo» deb emas, balki yurt ravnaqini ta’minlovchi katta kuch, davlatning strategik resursi sifatida qaramoqda. Natijada bugun yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat’iy pozitsiyaga ega yoshlar mamlakatning ertangi taraqqiyotida tobora hal qiluvchi kuchga aylanib boryapti [1]. Optika grekcha "opticos"- ko`raman, degan so`zdan olingan bo`lib, fizikaning bu bo`limida yorug`likning tabiati, yorug`lik hodisalaridagi qonuniyatlar va yorug`lik bilan moddalarning o`zaro ta’siriga doir jarayonlar o`rganiladi. Yorug`lik manbalari deb atom va malekulalari ko`rinadigan nurlanish hosil qiladigan barcha jismlarga aytiladi. Yorug`likni quyidagi manbalari mavjud: Тabiiy yorug`lik manbalari: quyosh, yulduzlar, nurlanuvchi tirik organizmlar (masalan baliqlar, hashoratlar, ayrim mikroblar) va hakozolar. Sun’iy yorug`lik manbalari: qizdirilganda nur chiqaruvchi jismlar, gaz razryadi, lyuminessensiyalanuvchi qattiq va suyuq jismlar. Jismga tushayotgan yorug`lik nuri unda turli xil o`zgarishlarni vujudga keltiradi. Masalan: jismni isishi, bo`yalgan jismlar ranglarini o`zgarishi, kimyoviy reaksiyalarni vujudga kelishi va hakazo. Bularni hammasi yorug`likni energiya tashishini ko`rsatadi. Fazoda energiyani yo harakatlanayotgan jismlar, yo muxitda tarqalayotgan to`lqinlar ko`chirishi mumkin bo`lgani tufayli yorug`lik nurlanishi yo mayda zarralar oqimi, yo biror muxitdagi to`lqin jarayonidan iborat bo`lishi mumkin. Optika fizikaning muhim kesimlaridan biri bo`lib, u yorug’lik hodisalarini, ularning xusiyatlarini, yorug’likning muhit bilan o`zaro tasirini hamda yorug’lik boshqa tabiatiga bog’liq bo`lgan qonuniyatlarini o`rgatadi. Predmetlardan yorug’lik qaytib ko’zimizga tushgandagina biz ularni ko`ramiz. Bazi jismlar o`zidan yorug’lik sochganligi uchun yorug’lik manbalaridan iborat bo`lib, ular to`g’ridan-to`g’ri ko`rinadi. Yorug’lik manbalari deb, molekulalari va atomlari ko`rinadigan nurlanish hosil qiladigan barcha jismlarga aytiladi. Yorug’lik manbalari ikki guruhga: tabiiy va sun’iy manbalarga bo`linadi. Tabiiy yorug’lik manbalariga quyoshni, yulduzlarni va ba`zi nurlanuvchi tirik organizmlar (baliqlar, hasharotlar, ayrim mikroblar)ni misol qilib ko`rsatish mumkin. Tabiiy yorug’lik manbalaridan quyosh nuri o`simlik, hayvon va insonlarning hayot manbaidir. Yorug’likning sun’iy manbalari jumlasiga qizdirilgan nur chiqaruvchi jismlar, gaz razyardi, lyuminessiyalanuvchi (energiya yutish hisobiga nurlanuvchi) qattiq va suyuq jismlar kiradi. Aniq bir turlik uzunlikka ega bo`lgan yoruglikni, masalan, qizil, sariq, yashil, ko`k, binafsha hamda shu kabi aniq rangli yorug’liklarni monohromatik yorug’liklar deyiladi. Turli to`lqin uzunlikdagi nurlardan tashkil topgan yorug’likka murakkab yorug’lik deyiladi. Masalan, quyoshdan kelayotgan yorug’lik asosan yetti hil rangli monohromatik yorug’liklardan tarkib topgan. Ma’lumki, yorug‘lik hodisalari yorug‘likning modda bilan ta‘sirlashishida namoyon bo‘ladi. Bunday o’zaro ta’sirlar ham moddada, ham modda bilan o‘zaro ta‘sirda bo‘lgan yorug‘likda kechuvchi ma‘lum o‘zgarishlar bilan bir qatorda kuzatiladi. Yorug‘lik qaytadi, sinadi va modda tomonidan yutiladi. Modda bilan yorug‘likning o‘zaro ta‘sirlashishida kimyoviy va biologik reaksiyalar yuz beradi. Yorug‘likning modda bilan o‘zaro ta‘siri tufayli yuz beradigan hodisalarni, ular bo‘ysunadigan qonunlarni o‘rganish yorug‘lik tabiatini, uning strukturasini va ichki mohiyatini keng chuqurroq bilish imkonini beradi. Yorug‘likning tabiati haqidagi tasavvurlarni tub o‘zgarishlarga olib kelgan yangi kashf etilgan va o’rganilgan hodisalar qatoriga quyidagilar issiqlik nurlanishi, fotoeffekt, Kompton effekti, majburiy nurlanish va shu kabilar kiradi. Yorug‘lik energiyasining elektronlarning mexanik energiyasiga (fotoeffekt va Kompton effekti) yoki yorug‘likni yutayotgan butun sistemalarning mexanik energiyasiga aylanish jarayonlari, shuningdek, yorug‘likning turli kimyoviy ta‘sirlari (fotokimyo, fotografiya, fiziologik optika) kabi hodisalar yorug‘likning ana shu yangi tabiatidan kelib chiqadigan hodisalar sirasiga kiradi. Fizika sohasidagi g‘oyat buyuk revolyutsiya XX asrning boshiga to‘gri keldi. Issiqlikdan nurlanish (qizdirilgan jismning elektromagnit nurlanishi) spektrlarida energiyaning taqsimlanishi sohasida o‘tkazilgan chuqur tajribalarda kuzatiladigan qonuniyatlar to‘g‘ri bo‘lmay chiqdi. Maksvell elektromagnitizmining ko‘p marta ko‘rilgan qonunlarini moddalarning qisqa elektromagnit to‘lqinlar chiqarishi muammosiga tatbiq etishga urinilganda to‘satdan to‘polon qilib qoldi. Maskvell elektrodinamikasi ma‘nosiz shunday xulosaga olib kelgan ediki, bu xulosaga ko‘ra, qizdirilgan jism elektromagnit to‘lqinlar nurlayotganda enetgiya yo‘qotib, absolyut nolgacha sovishi kerak. Klassik nazariyaga binoan modda bilan nurlanish orasida issiqlik muvozanati bo‘lishi mumkin emas, ammo kundalik tajriba haqiqatda bunday emasligini ko‘rsatadi. Qizdirilgan jism elektromagnit to‘lqinlar chiqarishga o‘z energiyasining bir qisminigina sarf qiladi. Download 78.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling