Ilmiy rahbar: f f. d.,dotsent, Bekova N. J


Download 173.43 Kb.
bet12/26
Sana21.06.2023
Hajmi173.43 Kb.
#1639938
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
Sayidova Firuza Dissertatsiya

I bob xulosalari
Umuman, Navoiyning tatabbulari uning ijodiy kamolot cho‘qqilarini egallash yo‘lida ustodlaridan katta ijodiy saboq olganini va shu yo‘l bilan yuksakliklarga ko‘tarilganini ko‘rsatib turadi. “Devoni Foniy”ni varaqlasak, Alisher Navoiy bir tomondan Hofiz, Xusrav, Hasan Dehlaviy, Jomiy g‘azallariga tatabbu’ bitib, ularning nomlarini yuksak ehtirom bilan tilga olgan bo‘lsa ham, shu bilan birga u o‘zining mustaqil ijodi, o‘ziga xos she’riy uslubi borligini iftixor bilan ta’kidlaganini ko‘ramiz:
SHuning uchun ham forsiy devondan o‘rin olgan uning tatabbulari taqlidiy bo‘lmay, balki shoirning yuksak badiiy mahoratini namoyish etuvchi asarlardir.An’analar zaminida originallikka intilgan Navoiy-Foniyning ustozlari g‘azallariga bitgan tatabbularining ko‘pchiligi badiiy mahorat bilan ijodiy rivojlantirilgan an’ana va yangilikni o‘zida mujassamlashtirgan mukammal payravlar sirasiga kiradi.
Alisher Navoiyning tatabbularini o‘rganish jarayonida shuni kuzatdikki, shoir ba’zi g‘azallarga ma’no va mazmun (g‘oyasi, mavzui, obrazlari), shakl belgilari (vazn, qofiya radif) jihatidan o‘xshatma tarzida tatabbu’ bitgan bo‘lsa, ba’zilarining vazn, qofiya va radifi saqlangan holda mazmuni erkin, she’riy san’atlar chuqur ishlangan masnu’ tatabbular yozadi, ba’zi g‘azallarga esa mazmunga katta e’tibor bergan holda vazn va radif yangilangan, shakl o‘zgacha matbu’ tatabbular ijod qiladi. Navoiy salaflari qo‘llagan timsollar, adabiy an’analardan ustalik bilan foydalanib, goho tatabbu qilinayotgan asar so‘zlari chegarasidan chiqmay yangi mazmun ifoda etadi, goho yangi qofiya, yangi so‘zlarni ishga soladi, goho matlada asos g‘azaldan uncha uzoqlashmaydi, gohida matladan uzoqlashib ketadi-yu, maqtada shoirning o‘z misralarini tazmin qilib, yana unga qaytib keladi.
Darhaqiqat, Alisher Navoiy forsiy devonida Hofiz SHeroziy, Sa’diy SHeroziy, Amir Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy , Kamol Xo‘jandiy va boshqa shoirlarga izdoshlik qilar ekan, ko‘p hollarda mahoratda o‘z salaflaridan ham yuqori pog‘onaga ko‘tarila oldi. Ular yo‘lidan borib, ajib nozik his-tuyg‘ularga to‘la rindona, oshiqona, orifona lirik she’rlar yaratdi.
Alisher Navoiyning tatabbu’lari, ayniqsa, uning Hofiz SHeroziy g‘azallariga javoban yaratgan tatabbu’lari katta ijodiy mehnat, yuksak badiiy mahorat samarasi sifatida qaralishi kerak



Download 173.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling