Ilmiy rahbar: f f. d.,dotsent, Bekova N. J


Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari


Download 173.43 Kb.
bet7/26
Sana21.06.2023
Hajmi173.43 Kb.
#1639938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
Sayidova Firuza Dissertatsiya

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Ishda asosiy masala ,,Devoni Foniy” tarkibidagi tatabbu’ va muxtara g’azallar tahlili. 1965,2002,2013 mazkur asrning yaratilgan uch nashrida yo’l qo’yilgan xatoliklar bartaraf etilib ,mukammal nashrning yaratilishiga hissa qo’shish.
Tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiyotlar sharhi. Mukammal matn yaratish behad mashaqqatli ish bo’lib , uni tom ma’noda igna bilan quduq qazishga o’xshatish mumkin: tadqiqotchi muayyan asarning har bayti va har satrini , har bir so’z va hatto har bir harfni sinchiklab o’rganishi , ularni turli nusxalar bilan qiyoslash, bir emas, o’nlab variatlar ichidan eng ishonchlisini tanlab olishi zarur , bu albatta o’z- o’zidan yuzaga chiqmaydi. Matnshunoslikning nazariy asoslari D.S Lixachev, B.V.Tomashevskiy kabi rus olimlari hamda A. Erkinov, N. Shodmonov, P.Zohidov singari o’zbek matnshunoslari ilmiy ishlarida o’rganilgan Mazkur olimlar tadqiqotlarida erishilgan ilmiy natijalar alohida ijodkorlar asarlarining qo’lyozma manbaalarini o’rganishda ilmiy- nazariy asos vazifasini o’tab kelmoqda. Alisher Navoiyning forsiy g’azallari ko’pdan buyon ilmiy jamoatchilikning diqqatini o’ziga jalb etib kelmoqda.Jumladan O’zbekistonda ham “Devoni foniy”haqida qator tadqiqotlaramalga oshirilgan.S.Ayniy, A.Fitrat, .Sa’diy, O.Sharafiddinov,V.Mahmud kabi olimlarimizning Navoiyning forsiy g’azallari haqidagi ayrim ishoralarni inobatga olgan holda ,atoqli matnshunos olim H.Sulaymon tomonidan e’lon qilinib nashrga tayyorlangandan so’ng foniyshunoslik navoiyshunoslikning alohida tarmog’I sifatida shakllandi desak mubolag’a qilmaymiz.Foniy she’riyati bugungi kungacha asosan qiyosiy adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil etilib ,uning g’azallaridagi an’ana va novatorlik ,badiiylik va bezavol yangilik masalalari turli olimlar tomonidan tahlil etilgan.Jumladan,A.Mirzoyev va M.Azimov Foniy va Hofiz Sheroziy g’azallarini qiyosiy tahlil doirasiga kiritgan bo’lsalar .(A.Mirzayev.Sezdah maqola,D.,,Irfon’’1973).M.Azimov.HofizShirazi..uzbekskaya..literature.T.,1989)A.Shomuhamedov tatabbu an’anasini ilmiy nazariy jihatdan asoslash uchun Foniyning Jomiy g’azallariga javoban yozgan lirik asrlariga e’tibor qaratgan (A.Shomuhamedov .Traditsiya tatabbu v uzbekskoy klassicheskiy literature.T.,,Fan’’,1993. Filologiya fanlari nomzodi S.Sotiboldiyeva Foniy g’azallarining Badiiy xususiyatlarini Amir Xusrav Dehlaviyga yozgan tatabbulari orqali ochib berishga harakat qilgan .O.Davlatov Navoiyning muxtara g’azallari O’’zbekiston adabiyoti va san’ati”2013 . Garchi Hofiz va Navoiy-Foniy hayoti hamda ijodi xususida alohida-alohida holda V.V.Bartold, E.E.Bertels, I.Braginskiy, A.Mirzoev, V.Zohidov, I.Sulton, A.Hayitmetov, V.Abdullaev, P.SHamsiev, SH.SHomuhamedov, N.Komilov, H. Eshonqulov va boshqalar ilmiy ishlar qilishgan, qator maqolalar e’lon qilishgan bo‘lsa-da, A.Mirzoevning “Foniy va Hofiz” sarlavhali maqolasini istisno qilganda, bu ikki shoir ijodi bog‘liq holda (Hofizning Navoiy forsiy merosiga ta’siri bilan bog‘liq tadqiqotlar nazarda tutilmoqda) va Alisher Navoiyning Xoja Hofiz asarlariga munosabati masalasi yetarlicha o‘rganilmagan.Yirik fundamental tadqiqot doktorlik dissertatsiya Bekova N.J ,,Navoiy forsiy merosining janr xususiyatlari va badiiyati”

Download 173.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling