Ilmiy rahbar f f. n dotsnt Ibragimova Fazilat Annotatsiya
Download 55.5 Kb.
|
ABAY QO\'NANBOYEV Tanzila
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
QOZOQ ADABIYOTINING ASOSCHILARIDAN BIRI ABAY QO’NANBOYEVGA EHTIROM JDPI Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabasi Sulaymonova Tanzila Zoir qizi (Ilmiy rahbar f.f.n. dotsnt Ibragimova Fazilat) Annotatsiya: Ushbu maqolada ma’rifatparvar qozoq shoiri Abay Qo’nanboyevning adabiyot tarixida qoldirgan o’rni, yurtimizda uning ijodi va shaxsiga nisbatan ko’rsatilayotgan yuksak ehtirom haqida so’z boradi. Kalit so’zlar: Xalq, o’zbek, qozoq, Abay Qo’nanboyev, , “Nasihatlar”, qo’shni, ijod, she’r, o’lan. Аннотация: Ключевыеслова: Annotation: Keywords: O’zbek xalqiga xos bo’lgan mehr-oqibat, do’stlik-inoqlik, o’zaro hurmat va shu kabi yuksak insoniy tuyg’ularning yorqin namunasi sifatida millatimizning qo’shni qardosh xalqlar bilan bo’lgan har sohadagi doimiy aloqasini ham yorqin misol sifatida keltirishimiz mumkin. Zero, biz o’zbeklarning ong-u shuuriga yoshlikdan “Hovli olma qo’shn iol”, “Qo’shning tinch sen tinch” kabi o’zida jamiki ezgu fazilatlar va yaxshi amallari fodasini aks etgan maqol-u matallar, hikmatli so’zlar singdiriladiki, har bir yosh-u qari hovlisi yonma-yon bo’lgan qo’ni-qo’shnilarmizga yuksak ehtirom ko’rsatish bilan birgalikda chegaradosh bo’lgan qo’shni davlatlar bilan ham doimiy ravishda munosabatlar ham o’rnatganmizki, bu nafaqat davr talabi, qolaversa, an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar birligidan ham kelib chiqadi. Ana shunday ezgu niyatlar birligini qo’shni qozoq xalqi adabiyotining dunyoga mashhur adibi Abay (Ibrohim) Qo’nanboyev asarlarida kuzatishimiz mumkin. Abay Qo’nanboyev o’zi Qozog’istonning kichik bir joyida tug’ilib o’sishiga qaramay, o’zining qalami o’tkirligi, so’zni o’z o’rnida ishlatishi va dunyo xalqlarining mushtarak orzu-umidlari aks etgan asarlari bilan nafaqat o’z xalqi e’tiboriga tushdi, balki biz o’zbek eli tomonidan ham doimiy ravishda izzat- ikromda. Ma’rifatparvar shoir o’zidan bir qator o’lmas asarlar yozib qoldirgan bo’lib, ular qatoriga, avvalo, “Naqliya so’zlar”, ya’ni “Nasihatlar”i, “Sho’rlik qozog’im”, “Boy bolasi bilan kambag’al bolasi”, “Ilm o’rgan”, “O’lan” she’rlari, “Iskandar”, “Mas’ud”, “Azim bobo rivoyati” kabi dostonlari va yana bir qator o’zida xalqni birdamlikka chorlovchi asarlari kiradi. Shoirning hayot yo’liga e’tibor qaratadigan bo’lsak, uning yuksak tafakkurini boyitgan, avvalo, so’z – adabiyotdir. Negaki, bo’lajak shoir shoir bo’lib yetishish jarayonida nafaqar o’z davridagi qalami o’tkir Sharq allomalari ijodi bilan tanishishdi, balki rus tili orqali rus va g’arb adabiyoti vakillarining asarlari bilan ham tanishib bordi. Bu esa, shoir o’lan-u she’rlarining ta’sirchanligini va yana kishi qalbiga yetib borishini ta’minlagan bo’lsa ajab emas. Shoir ijodiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, uning salmoqli qismini xalqqni ilm ma’rifatga, madaniyatga da’vat qiluvchi “Naqliya so’zlar” majmuasi tashkil etadi. Asar 44 bo’limdan iborat bo’lib, unda keltirilgan har bir “so’z” yoshlar uchun ezgulikka da’vat, yomon xulqlardan ogoh bo’lishga chorlovchi chaqiriq sifatida yangraydi va ma’rifatparvar shoir tomonidan xalqlar va elatlarning ahil bo’lib, do’stona munosabatda yashashlari haqida mulohazalar yuritiladi. Asarda keltirilgan “Uchinchi so’z ”da yalqovlik va bu yomon xulq natijasida kelib chiqadigan boshqa salbiy jihatlar bir-biriga bog’langan holda zanjir shaklida tushuntiriladi. Uning qisqacha mazmuni quyidagicha: ... Bunga dunyoda o‘tgan barcha donishmandlar shunday javob qiladi: har qanday yalqov kishi qo‘rqoq va g‘ayratsiz bo‘ladi; har qanday g‘ayratsiz, qo‘rqoq kishi maqtanchoq bo‘ladi; har qanday maqtanchoq, qo‘rqoq kishi aqlsiz, nodon bo‘ladi; har qanday aqlsiz, nodon kishi orsiz bo‘ladi; harqanday orsiz kishi yalqov, kishi oldida tilanchi, ochko‘z, suqbo‘ladi; bunday hunarsiz kishilar hech qachon birovga do‘stbo‘lmaydi.[1], Bu fikrlarni sharhlaydigan bo’lsak, haqiqatan ham, yalqov kishi o’zining g’ayratsizligidan shu ahvolga tushadi. Aytish joizki, Arastu o’z asarlaridan birida “Har bir ishning boshlanishi shu ishning deyarli yarmi bajarilgani bilan barobardir” deydi. O’z-o’zidan g’ayratsiz kishilar o’zgalar oldida uyalib qolmaslik uchun o’zining arzimagan ishlari bilan maqtanchoqlik qiladi, bu esa uning aqlsizligi-yu nodonligining belgisi bo’lib, o’zining or-nomusini yerga uruvchi, o’z qadrini bilmaydigan kimsaga aylanib, o’zi to’ysa ham ko’zi to’ymaydigan ochko’z va suq kishiga aylanadi va bir ish qo’lidan kelmay yalqovligining yana bir natijasi sifatida yoshi bir joyga borib qolgan bo’lishiga qaramay, bir hunarning boshini tuta olmagan, nima uchun yashayotgani-yu insoniy burch va mas’uliyatlarini ham unutgan kishiga aylanadi. Vaholanki, Ibn Sino bobomiz aytganlaridek, “Tiriklik jismning idrok va harakatga ega bo’lmog’i demakdir”. Haqiqatan ham tirik ekanmiz, yalqovlik qilmay, to’g’ri fikrlagan holda idrok qilib, tanamiz doimo harakatda bo’lmog’i zarur. Asarning “Yettinchi so’z”ida esa, bolaning onadan ikki xil odat bilan tug’ilishi va ularning biri bolaning yesam, ichsam, demoqligi bo’lib, buni jamiki tirik jonzotda bo’lgani kabi oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoj deb olsak, ikkinchisi, asarda ko’rsatilishicha, go’dakning “ko’rsam, bilsam” demoqligidir. Haqiqatan ham, yosh bola ulga’yar ekan, tevarak atrof bilan tanishgisi, ko’rgan narsasini ushlab, ko’rgisi keladi va bolalikning ma’lum davriga kelib, “U nima?”, “Bu nima?”, “U nega unday qildi?”, “Bu nega bunday qildi?” deb ko‘zi ko‘rgan, qulog‘i eshitgan narsalarni so‘raydigan bo‘ladi, hech tin topmaydi. Zero, bu fikrni Demokritning tili bilan “Bilishning ikki ko’rinishi mavjud. Ularning biri tuyg’ular vositasida bilish, ikkinchisi tafakkur ila bilishdir”- deb tasdiqlash mumkin. Zero, bularning hammasi ko‘rsam ekan, bilsam ekan, o‘rgansam ekan, degan tabiiy qiziqish alomati bo’lib, insonning ongliligi va boshqa tirik mavjudotlardan ajralib turishining sababi ham mana shunda. Bundan tashqari asarning “O’n birinchi so’z”ida bugungi axborot oqimi tezlashgan bir paytda kishi eshitgan narsasini xotirada yaxshi saqlab qolishi uchun to’rtta shart aytiladiki, bu bugungi kun uchun ham ahamiyatini tobora kengaytirib bormoqda. Bu to’rt shart sifatida quyidagilar keltirilgan: Avvalo, buning uchun zehnli bo‘lmoq kerak; ikkinchidan, bir narsani ko‘rganda yo eshitganda, unga chin yurakdan ixlos qo‘yib, fahm-farosat bilan uqib olmoqlik lozim; uchinchidan, eshitganlarini ichida bir necha marta takrorlab ko‘ngilga jo qilmoq kerak; to‘rtinchidan, ko‘ngilga boshqa narsalarni mutlaqo keltirmaslik va kelsa ham unga zarracha e’tibor bermaslik kerak. Masalan: beg‘amlik, beparvolik, o‘yin-kulgi yoki ixlos qo‘ymaslik kerak. Aks holda, bu to‘rt narsa aql bilan ilmga putur yetkazadigan omillardir. [1] Qachonki, kishi o’zining g’oyalarini boshqa bir kishida ham ko’rsa, u kishiga nisbatan yanada hurmati oshib, uning san’atiga, ijodiga yanada qiziqishi ortib boradi. Qozoq va o’zbek adabiyotini bir-biriga bog’lab turgan zanjirning bir qismi ham mana shunda bo’lsa ajab emas. Chunki xalqimiz shoirlari ijodi va qozoq shoiri Abayning ijodida bunday jihatlar salmoqligina. Shuning uchun ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 13-mart kuni imzolangan qonunning bosh maqsadi Abay Qo’nanboyevning umuminsoniy qadriyatlar va mehr-oqibat tuyg’ulari yuksak pardalarda tarannum etilgan yetuk badiiy asarlari, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyati bilan xalqlarimiz madaniyati rivojiga qo’shgan ulkan hissasini inobatga olib hamda o’zaro madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirish, el-yurtimizni qozoq adabiyotining ulug’ namoyondalari ijodi bilan keng tanishtirish bo’lib, bu yo’lda amalga oshirilishi belgilangan ishlar qatoriga Abay Qo’nanboyevning “Saylanma” asarini va “O’zbek va qozoq adabiy aloqlari” nomli adabiy-tahliliy maqolalar to’plamini nashrga tayyorlash va chop etish; har yili shoir tug’ilgan kun 10-avgust sanasida Toshkent shahrida o’rnatilgan Abay Qo’nanboyev haykali poyiga gul qo’yish marosimi va mushoira o’tkazish; mamlakatimiz oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o’rta ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish kabi bir qator vazifalar belgilanganki, bu shoir shaxsiga bo’lgan yuksak ehtiromning yorqin namunasidir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: S. Ahmedov va boshqalar “Adabiyot” 6-snf uchun darslik majmua II qism Toshkent: “Ma’naviyat” 2017. 160 b. 69-78 betlar Internet materiallari: 1. http://www.google.com.uz/ 2. http://www.referat.uz/ 3. http://www.ziyonet.uz/ Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling