Ilmiy rahbar: Iminaxunova Iroda Xuseynovna p f. f d.(PhD), dots


Download 479.52 Kb.
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi479.52 Kb.
#1515663
1   2   3   4   5
Bog'liq
disertatsiya SHAXNOZA (2)

Mamlakatimizda bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olish ayniqsa oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari negizida rivojlanmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, ilgʻor xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning innovatsion tizimini tashkil etish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Chunki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, bola dunyoga kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha boʻlgan yoshda aqliy faollik oshadi, axloqiy-estetik va jismoniy xislatlar shakllanadi.3 Shunga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish”4 kabi ustuvor vazifalar belgilangan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur sohadagi islohotlar izchil davom ettirilib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini xozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilayotgan e’tibor zamirida xam kelajagimiz egalarining xech kimdan kam bo‘lmay ulgayishlari xamda buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam. Ushbu xolatlarni bartaraf etish va bolalar qamrovini oshirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2016-yil 29-dekabr kuni “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PK-2707-sonli qaror tasdiqlandi va bu Qaror ushbu tizim faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, sohani bugungi kun talablari darajasida modernizatsiya qilishga xizmat qilishi shubxasiz.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Tasviriy faoliyat bo‘yicha dastur mazmuni va o‘ziga xos tuzilishini, undagi pedagogik va ilg‘or amaliy yutuqlarni targ‘ibot-tashviqot qilishda, tasviriy faoliyat metodikasini ishlab chiqishda psixologlar, pedagoglar va san’atshunoslarning xizmatlari katta. Jumladan, A.V.Bakushinskiy, Ye.A.Flerina, K.M. Apilov, N. T. Sakulina va boshqa olimlarning ilmiy ishlarida bayon qilingan.
Tadqiqot ob’yekti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning mazmuni, shakllari, metod va vositalari.
Tadqiqot maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda sog‘lom turmush tarzi madaniyati ko‘nikmalarini shakillantirishning samarali ta’lim tarbiya berish metodikasini takomillashtirish.
Tadqiqotning vazifalari:

  • Maktabgacha ta’lim tashkilotida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash faoliyatining nazariy asoslarini o‘rganish;

  • bolalar ta’lim-tarbiyasida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning, ulardan unumli foydalanishning ahamiyatini yoritish;

  • maktabgacha ta’lim tizimida bolalarni loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash faoliyatiga o‘rgatishning samarali pedagogik uslublarini, yo‘llarini aniqlash.

Tadqiqotning metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi hukumatining maktabgacha ta’limni rivojlantirishga qaratilgan qarorlari, Prezidentimiz Mirziyoyevning ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan nutqlari, unda bayon etilgan yondashuvlari, tadqiqot muammosiga oid ilmiy-metodik pedagogik adabiyotlarga tayanilgan.
Disertatsiyaning ilmiy yangiligi: Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalarida tasviriy faoliyat va tasavvur qildirishda jarayonining mohiyati, qonuniyatlari hamda o‘ziga xos jihatlari xususidagi mavjud nazariy va amaliy g‘oyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan holda loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash asoslari tahlil qilindi, ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati o‘rganildi, barkamol shaxsni shakllantirishga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj ma’lum ma’noda qondirildi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi: O‘zbekistondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirishga oid tadqiqotlar yurtimiz olimlaridan Xalezova N.B 5Mirdjalilova S.S F.R.Qodirova, M. Sh. Nurmatova 6Sh.Toshpoʻlatova, N.Kayumova, M.A’zamova, P.Yusupova, B.Abdullayeva, D.A.Abdurahimova, D.G.Boboyeva, S.Bushayeva, U.Bo‘tаyеva, K.Оqilоvа, L.R.Mo‘minova, G.A.Mardonova, G.Nazirova, N.Sh.Abdullayeva, G.E.Djanpeisova, Sh.Sodiqova7, Oripov B.O va boshqalar tomonidan tadqiqotlar olib borilgan.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) olimlaridan Vetlugina N.A8.
D.B.Elkonin, A.P.Usova, Z.V.Manuylenko, A.S.Makarenko, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, Solodyankinalar o‘yinda bola kattalar faoliyatining asosiy jihatlari, rolli o‘yinlarning ahamiyati, o‘yin mashg‘ulotlariga nisbatan xulq ko‘nikmalarini egallash, o‘yinlar orqali dunyoni bilish haqida o‘z tadqiqotlarini olib borganlar.
Xorijiy mamlakatlar olimlari tadqiqotlarida N.L.Figurin, A.Vallon, E.A.Arkinlarning9, Sakulina N.P., Kamarova T.S g‘oyalari hozirgi zamon bolalar o‘yinlar nazariyasi uchun asos bo‘lib kelgan.

Tadqiqot metodlari: nazariy tahlil, kuzatish, suhbat.


Disertatsiya ishining nazariy ahamiyati: Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash faoliyatini rivojlantirishdan asosiy maqsad – barkamol shaxsni shakllantirish uchun poydevor bo‘lgan pedagogik jarayonni takomillashtirish, insonparvarlashtirish, tarbiyalanuvchining mustaqilligini ta’minlash, ularda tasviriy faoliyatga, tasavvurlarni orttirishda, jumladan, loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, mustaqil fikrlash hamda ijodkorlik qobiliyatining tarbiyalanishi uchun imkoniyat yaratishdir.
Disertatsiya ishining amaliy ahamiyati: Amaliy natijalar quyidаgilаrdа о‘z аksini tоpgаn: Pedagogik-psixologik tomonidan o‘yinchoqlar loy va plastilin bilan ishlashning pedagogik muammo sifatida talqin etildi. Shuningdek, muammoning amaliy yo‘nalishini kuchaytirishga, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida DS va davlat o‘quv dasturlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Disertatsiya ishning hajmi: Disertatsiya ishi kirish, 3 bob, to‘rt bo‘lim, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati va ilovalardan iborat bo‘lib,100 sahifadan tashkil topgan.
Disertatsiya ishning mazmuni: Disertatsiyaning birinchi bobida loy va plastilindan o‘yinchoq yasash — bolalar tasviriy faoliyatining bir turi ekanligi, maktabgacha ta’lim tashkilotida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning xususiyatlari, uning sensor asoslari bayon etilgan.
Disertatsiya ishining ikkinchi bobida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning eng maqbul shakl, metod va vositalari ustida ishlab, loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash orqali bolalar ijodkorligini rivojlantirish xususida to‘xtalib, loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati ochib berishga harakat qilingan.
I bob. Loy va plastilindan o‘yinchoq yasash — bolalar tasviriy faoliyatining bir turi

    1. Pedagogik-psixologik tomonidan o‘yinchoqlar loy va plastilin bilan ishlashning pedagogik muammo sifatida talqini

Maktabgacha ta’limda pedagogikani qo‘llash ta’limiy maqsadlarni qat’iy talab etuvchi va bosqichli o‘zgarishlarning aniqligini va olingan natijalarni baholovchi ma’lum ilmiy loyihalashni mo‘ljallaydi. Zamonaviy rivojlantiruvchi pedagogika nafaqat o‘qitish jarayoniga, balki bolaning psixik jarayonlariga, uning shaxsiy sifatlari, aqliy-ijodiy qobiliyatlarini, jismoniy rivojlanishiga yo‘naltirilgandir, Ta’limning insonparvarligi sharoitida pedagogik texnologiyalar pedagogdan bolani jiddiy qabul qilish munosabatlarida ko‘riladi. Pedagogik jarayonlarda pedagogik jihatdan qo‘llanilganda bularning samaradorligi tahlil qilinadi. Bu esa bolaning ta’lim ta’siriga ochiq munosabatda bo‘lishini ta’minlaydi. Maktabgacha ta’limning samaradorligini boshqarish algoritmining ya’ni kuzatishning tizimli qoidalari, qo‘yilgan o‘quv va tarbiyaviy maqsadlarini bajarishda bolalarning qabul qilish faoliyatini kuzatish va tuzatish bilan aniqlanadi. Yuqorida bayon etilganlar shunga guvohlik beradiki, O‘zbekiston Respublikasidagi maktabgacha ta’lim tizimi oldiga bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda, davlat va jamiyat talablariga binoan har tomonlama rivojlanishni ta’minlashdek ulkan mas’uliyat yuklanadi.
O‘yinchoq –bolalar psixologiyasida maxsus ravishda bolalar o‘yinlari uchun mo‘ljallangan. Undan foydalanish bolalar ong bilim doirasini kengaytirishga, unda aks ettirilgan narsa va borliq hodisalariga qiziqish uyg‘otishga, mustaqillikni rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan birgalikdagi o‘yinlarda bolalarda do‘stona munosabatlar, o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish malakasi tarkib toptiriladi.
Bir donishmand bolalarga olam, o‘z mamlakati haqida bilim berish zarurligi to‘g‘risida gapirib, shunday degan ekan: “Qiziqarli qilib, aql yugurtirib va sodda til bilan yozilgan kitob bo‘lsa, bunga bemalol erishish mumkin, ammo qiziqarli o‘yinchoq bilan bunga yanada osonroq erishiladi10”.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘yinchoqlar yasash katta ahamiyatga ega. U maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur xususiyatlar ko‘rib idrok etishni, xotirani, obrazli fikrlashni rivojlantirishga, qo‘l mehnati ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga yordam beradi. O‘yinchoqlar yasash tasviriy faoliyatning boshqa turlari singari, estetik didni shakllantiradi, go‘zallikni his qilishga, uning rang-barangligini tushunishga o‘rgatadi.
“Tasviriy san’at sohasidagi ishlar oilasida,— degan edi haykaltarosh I.Y.Ginsburg,— o‘yinchoq yasash xuddi matematika fanlaridagi arifmetika kabi rol o‘ynaydi. U predmet to‘g‘risidagi tasavvurning alifbosidir. U predmetni o‘qish, uni bayon etishning dastlabki shaklidir”.
Kattalar bolalarning yosh xususiyatlarini bilib, o‘rganib, shunga muvofiq ravishda o‘yinchoqlarni yaratish va tanlashi, ularni yasash yo‘llarini ham bolalarga o‘rgatishi lozim.
Kichik yoshdagi bolaning idroki ayniqsa o‘tkir bo‘ladi. Bolalikda his-hayajon bilan idrok etilgan narsalar butun umr bo‘yi esda qoladi. Go‘zal narsalarni idrok etish bolalarda estetik hissiyotni, san’at asarlariga hurmat va ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni shakllantiradi. San’at asarlari muayyan axborot berishi sababli bolaning bilim doirasini kengaytiradi. Bunday asarlar bolalarda axloqiy his-tuyg‘ularni tarkib toptiradi.
Bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida loydan va plastilindan o‘yinchoqlar yasash to‘g‘risida gapirilganda, tasviriy faoliyat, bu faoliyat jarayonida bolalar tevarak-atroflaridagi voqelikni aks ettirishi, loy yoki plastilindan foydalanib elementar o‘yinchoqlar yaratishi nazarda tutiladi.
Bolaning hatto eng oddiy o‘yinchoqni yasashi ham ijodiy jarayondir. Chunonchi, loyning sharsimon bir bo‘lagi ham jajji go‘dakda koptok, apelsin, olma, uchlari birlashguncha dumaloqlangan loy ustuncha esa halqa, teshikkulcha bo‘lib tuyuladi. Ish vaqtida bola loyni turli shaklga solib o‘ynar ekan, uning yumshoqligidan, hajmliligidan zavqlanadi, o‘zi yasagan shaklga qarab xursand bo‘ladi.
Shu bilan birga bola loy va plastilinning turli xossalarini anglab yetadi, hajmli shakl, predmetning tuzilishi hamda nisbatlari bilan tanishadi, qo‘llari aniq harakatlantirish ko‘zi bilan to‘g‘ri mo‘ljal olishni o‘rganadi, unda konstruktiv qobiliyatlar shakllanib boradi. Agar faoliyatning bu turi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, loy va plastilindan turli o‘yinchoqlar yasash bolalarning sevimli mashg‘ulotiga aylanib qolishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash va ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati, bolalar uchun o‘ziga xos o‘yinchoqlar yasash, o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish va ijobiy qiziqishlarini yengishda yordam berishda muhim ahamiyatga ega. Loy va plastilin kabi o‘yinchoqlar, bolalarning tasavvurlarini o‘rganish, ishlatish va hamkorlik qilishga yordam beradigan yaxshi vositalardir.
Bu o‘yinchoqlar bolalar uchun o‘ziga xos yaratilganligi va ularning salohiyatini rivojlantirishga yordam berishi sababli, ularning ta’lim va tarbiyasida ham muhim o‘rinlarga ega. Ularning ishlatilishi, bolalarning tushunish va ijtimoiy muhitda qatnashishiga yordam beradi.
Bundan tashqari, bu o‘yinchoqlar yordamida bolalar o‘zlarini ifodalash va ijodiylikni namoyish etishlarini ham o‘rganishlari mumkin. Shuningdek, ularga o‘zlarining qobiliyatlarini aniqlash uchun ham yordam berish mumkin. Bular bir nechta yo‘nalishlarda o‘zgarishga sabab bo‘ladi, masalan, qiziqishlarini yaxshilash, muammolarni hal qilish va shaxsiy rivojlanishlarini kuchaytirish.
Bundan tashqari, o‘qituvchilar ham o‘yinchoqlardan samarali foydalanish orqali bolalarni ta’lim muhiti ichida qiziqishli va qiziqarli qilishlari mumkin. Bu esa, ularning o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalariga ishonchini oshirishda va o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yengishda yordam beradi11.
Jamiyatning o‘zaro munosabatlarini rivojlantirishning muhim masalalari ichida bolalarning tayyorligi va ularga qiziqishlarini oshirishda o‘yinchoqlarning ahamiyati juda muhimdir. Ular tasviriy ko‘nikmalarga qaraganda ko‘proq tasavvur tushunishga yordam beradi va ularning ijodiy xususiyatlari va fikrlarini namoyish etishiga yordam beradi.
Bular barcha taraflar tomonidan o‘ziga xos o‘zgarishlar va rivojlanishlar hisoblanishi kerak, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasasida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash va ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy aham
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati, tibbiy, ijtimoiy, va psixologik o‘zgarishlarni olib keladigan muhim mavzulardan biridir. Bu tur o‘yinlar bolalarning zehniy va jismoniy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘yinlar, bolalar uchun rivojlanishning qo‘shma yondashuvini taqdim etadi. Bu o‘yinlar, ularning o‘rganishni o‘rganish uchun qo‘llanilgan materiallarning rivojlanishiga ham yordam beradi.
Bu mavzu o‘zida ko‘p yondashuvchi fikrlar, tadqiqotlar va tajribalar mavjud. Biroq, ba'zi tadqiqotchilar, loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyatini alohida o‘rganib chiqishni qaror qilishadi. Bu muhim mavzulardan biri bolalar va ularning tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan ota-onalar, pedagoglar, va psixologlar uchun qiziqarli mavzulardan biri hisoblanadi.
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash va ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati, maktabgacha ta’lim tashkilotlari bilan o‘rganilayotgan mavzulardan biridir. Bu o‘yinchoqlar o‘quvchilarning iqtidorlarini, tushunchalarini, ijodiy va ijodiy-tasviriy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam berish, ularning ularning o‘zlarini tanish, o‘rganish, o‘ylash va imkoniyatlarini kengaytirishga o‘z hissasini qo‘shish maqsadida yaratilgan.
Bu turlar o‘yinchoqlar bilan ta’lim yaratilishiga sabab shu bo‘lsada, ularga qo‘shimcha tarbiyaviy ahamiyat ham yuklatilgan. Bu o‘yinchoqlar yordamida bolalar o‘z o‘zini ifoda qilish, o‘z qarashlari va his-tuyg‘ularini ifodalash, kelajakda xohlagan ishlarni o‘rganish va qilishga tayyorlashadi.
Bolalarning ijodiy va ijodiy-tasviriy qobiliyatlarini rivojlantirishning yanada kengaytirilishi, ularning o‘zlashtirilishi va o‘zlashtirilishi yordamida o‘rganishning keyingi bosqichlari uchun muhimdir. Buning yanada kengaytirilishi, tarbiyaviy o‘yinchoqlarning o‘quvchilarning o‘zlarini o‘rganishga va o‘zlarini tanishishga yordam berishiga imkon berishi va ularning jamiyatda muvaffaqiyatli bo‘lishlari uchun tayyorlashiga imkon berishidir.
Bundan tashqari, loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash va ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati, o‘quvchilarning ta’lim tizimida o‘rganishni yanada qiziqarli va qulay qilishda o‘z hissasini qo‘shish maqsadida ham ishlatiladi. Bu o‘yinchoqlar yordamida, o‘quvchilar tushunchalarni, konseptualar va boshqa muhim ta’limiy ko‘nikmalarni yaxshilayishadi va kelajakda o‘zlashtirilishi yordamida o‘quvchilarning ijodiy va ijodiy-tasviriy qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga yordam beradi.
Barcha bu sabablarga ko‘ra, loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash va ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati juda katta amamiyatga ega,
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash mashg‘ulotlarida tarbiyachilar oldiga: bolalar ijodkorligini rivojlantirish, ularda tasviriy hamda texnik ko‘nikmalar hosil qilish, mazkur faoliyat turiga qiziqish uyg‘otish vazifalari qo‘yiladi. Maktabgacha ta’lim tizimi bolalarni maktabga tayyorlash maqsadini ko‘zlagan holda tashkil etiladi12.
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash ham rasm chizish kabi estetik tarbiya tizimida muayyan o‘rin tutadi hamda o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi.
Tasviriy faoliyatning har bir turi bolalarda aqliy faollikni, ijodkorlikni, badiiy didni va boshqa fazilatlarni tarbiyalash imkonini beradi. Bunday fazilatlarsiz ijtimoiy faol shaxsning dastlabki asoslarini shakllantirib bo‘lmaydi. Loydan va plastilindan o‘yinchoqlar yasash mashg‘ulotlarida mazkur fazilatlarning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Chunonchi har qanday predmetning hajmi bor va bola uni har tomondan ko‘rib idrok etadi. Predmetni idrok etish asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti bolasining ongida obraz shakllanadi. U o‘yinchoqlar yasashda o‘zining real voqelikdan olgan bilimlariga suyanadi, bola rasm chizishdagi yoki applikatsiyalar yasashdagi kabi predmetning bir tomonini emas, balki barcha tomonini aks ettiradi. Chunki unga endi tasviriy faoliyatning boshqa turlarida zarur bo‘ladigan shartli ifodalash usulidan foydalanishga to‘g‘ri kelmaydi. Bundan tashqari, loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash rasm chizish, applikatsiya ishlashga qaraganda ikki qo‘l bilan siypalab tabiiy sezishni ko‘proq rivojlantiradi va takomillashtiradi. Qo‘llarning faol harakati esa shaklni aniqroq chiqarishga olib keladi. Shu tufayli bolalar tasvirlash usullarini tezroq o‘zlashtirib oladilar va kattalar ko‘rsatmasisiz mustaqil ishlay boshlaydilar, bu esa o‘z navbatida bolalar ijodkorligining tez rivojlanishiga olib keladi.
Tasvirlash usullarini bolalar tez o‘zlashtirishi ularga applikatsiya yoki rasm chizishga qaraganda ertaroq ikki-uch figuradan iborat syujetli o‘yinchoqlar yasash imkonini yaratadi. Chunonchi, rasmga yirik rejadagi predmet varaqning pastki qismida hamda kattaroq qilib tasvirlanadi. Loy yoki plastilindan yasalgan figuralar esa real mavjud fazoda taxtacha yoki loy supacha ustiga joylashtiriladi.
Faoliyatning barcha turlari bolani tasviriy ifodaning yangi usullarini izlashga mustaqil yondashishni shakllantiradi. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayonida bolalarga kerakli narsalarni o‘rgatishda yangilikni izlash qobiliyati yaxshiroq rivojlanadi. Chunki bunda shakllarni bevosita barmoqlar, yog‘och qalam bilan to‘g‘rilash, botiq joylariga loy yopishtirish yohud shaklga halal berayotgan ortiqcha loylarni sidirib tashlash bilan xatolarni tuzatib borish imkoni bo‘ladi. Bunda bola shaklni bir necha marta qayta yasab ko‘rishi mumkin. Rasm yoki applikatsiyada bunday qilib bo‘lmaydi.
Tasviriy faoliyatning har xil turlari bolaning badiiy didini shakllantiradi. Agar rasm va applikatsiya chiziqlarning aniqligi hamda ranglarning yorqinligi orqali bolalarni estetik tarbiyalashga ta’sir ko‘rsatsa, o‘yinchoqlar yasashda predmetning hajmli shakli, yumshoqligi va ritmi birinchi o‘ringa chiqadi. Mana shu uchta komponentning barchasi real fazoda mavjud bo‘lib, bolada predmetlar plastik shaklining go‘zalligini, qismlarining nisbatlarini tez idrok etish va bilib olish ko‘nikmasini shakllantiradi, ularda tevarak-atrofdagi voqelikka diqqat-e’tibor va qiziqishni rivojlantiradi.
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash faoliyatning bir turi sifatida rasm chizish yoki applikatsiya tuzishga qaraganda bolalarni fazoda mo‘ljal olishga, qator matematik tushunchalarni o‘zlashtirishga tezroq o‘rgatadi. Chunonchi, kichik guruhda bolalar to‘siq uchun ustunchalar yasashadi, bola ularni bir joydan ikkinchi joyga olib qo‘yadi, qator qilib teradi, ulardan uycha atrofiga devor yasaydi, nechta ustuncha yasaganini sanab chiqadi va hokazo. Katta yoshli Maktabgacha ta’lim tashkilotlari odam figurasini yasashda uning a’zolarini qayerga biriktirish to‘g‘risida o‘ylaydilar. Bunda ular figura qismlarini bir-biri bilan va butun figura bilan bevosita solishtirib, taqqoslab ko‘radilar, ularning katta-kichikligini, o‘lchamlarini (uzunligini, qalinligini) aniqlaydilar. Holbuki, rasm chizilgan vaqtda bu ishlarni faqat ko‘z bilan chamalab amalga oshirish mumkin13.
1.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning xususiyatlari
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning yana bir xususiyati uning turli o‘yinlar bilan uzviy bog‘liqligidir. Bajarilgan figuraning hajmliligi bolalarni shu o‘yinchoq yordamida turli o‘yin harakatlariga rag‘batlantiradi. Kichkintoylar o‘zlari yasagan buyumlarni mashg‘ulot jarayonidayoq darhol ishga solib turli o‘yinlarni boshlab yuboradilar. Bolalar yoshiga xos bu xususiyat anchagina mavzularni o‘yin bilan bog‘lab o‘tkazish imkonini beradi. Masalan, bolalar loy va plastilindan idish-tovoqlar va o‘z qo‘g‘irchoqlari uchun nozu ne’matlar, kosmodrom, hayvonat bog‘i, xokkey va boshqa o‘yinlar uchun kichkina figuralar yasashlari mumkin. Mashg‘ulotlarni o‘yin shaklida tashkil etish bolalarning loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashga qiziqishini oshiradi, kattalar va o‘z tengdoshlari bilan muloqotga kirishish imkoniyatini kengaytiradi.
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning xususiyatini mashg‘ulotda foydalaniladigan materiallar belgilaydi. Guash bilan bo‘yalgan (suyultirilgan) loy mufel pechida pishirishga moslashtirilgan bo‘ladi. Bolalar yasagan o‘yinchoqlarni shu pechda pishirib olinsa, u xuddi humdonda pishgandek haqiqiy sopol o‘yinchoqqa aylanadi. Buning natijasida bolalar idish va boshqa sopol buyumlar yasash usullarini bilib oladilar, bu esa ularning tevarak-atrofdagi narsalar to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytiradi.
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayonida bolalarda mehnat malakalari va yeng shimarib ishlash, ish o‘rnini ozoda va tartibli saqlash, aylanadigan doirali dastgohdan foydalanish odatlari hamda predmetni hamma tomoniga ishlov berish zarurligi haqidagi tushuncha hosil bo‘ladi. 7 yoshli bolalarda ko‘rish va harakat-sezgi idroki rivojlanishi bilan predmetlar, ularning xususiyatlari va tasvirlash usullari to‘g‘risidagi tushunchalar zahirasi hosil bo‘ladi14.
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash ba’zan mashg‘ulotlarni tashkil etishga alohida yondashishni talab qiladi. Masalan, ishning hajmiga qarab bitta mavzuni bir mashg‘ulotda emas, balki 2-3 mashg‘ulotda tushuntirib berish mumkin. Loy va plastilindan biror predmet yasash va uni guash bilan bo‘yash uzoqroq - 30-35 daqiqa davom etadigan mashg‘ulot o‘tkazishni talab qiladi. Yasalgan o‘yinchoqni namoyish qilish uchun o‘zi aylanadigan doirachadan iborat taglik yasash zarur. Bu taglik predmetni har tomondan tomosha qilish imkonini beradi. Bolalar e’tibori predmetning ba’zi jihatlariga jamlanadi va ularni analiz (butunni bo‘laklarga ajratish) va sintez (ayrim xususiyatlarni predmetning yaxlit qiyofasiga birlashtirish)ga qaratiladi. Mana shu ikki jarayonning to‘g‘ri tashkil etilishi predmetni tasvirlashdan oldin uning qiyofasini o‘rganishda pedagogning asosiy vazifasi hisoblanadi15.
Loy yoki plastilindan obraz yaratish bola uchun rasm chizib obraz yaratishga qaraganda osonligini hisobga olib, ko‘p predmetlar tasvirini plastik shaklda yasashdan boshlagan ma’qul. Shundan keyin o‘sha buyumning qog‘oz ustidagi tasvirini qalam yoki bo‘yoq bilan chizib ifodalashga o‘tish mumkin.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlari da olib boriladigan tadqiqotlar va amaliy ishlar bolalarga berilgan ta’lim natijasida ular maktabgacha ta`lim muassasasi yoshidan boshlab ifodali obrazlar yarata olishini ko‘rsatadi. Chunki loy va plastilindan turli o‘yinchoqlar yasayotganda ular haykaltarosh singari harakat qilib, ko‘pgina tasviriy vositalardan va texnik usullardan foydalanadilar (hajmni, harakatni ifodalaydilar, qo‘shimcha detallarni ishlatib mazmunni boyitadilar), lekin bu ishlarni ularning har biri o‘ziga xos tarzda bajaradi. Bu har bir bolaning bilimi va mahorat darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, ular bajargan ishlardagi shakl soddalashtirilgan bo‘ladi: bolalar odamning boshini yumaloq shar shaklida, oyoq va qo‘llarini esa silindr ko‘rinishida yasaydilar. Bola qo‘shimcha detallarni tasvirlashga kirishar ekan, ularning ifodalilik darajasiga qarab o‘tirmasdan, deyarli farqiga bormay ishlataveradi. Goho figuraning asosiy qismi qolib, ikkinchi darajali qismlarini yasashga kirishib ketadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar ham san’atkor singari rasm chizish, loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashda o‘z tajribasiga asoslangan g‘oyani ro‘yobga chiqarishga kirishadi. Bu g‘oya mavzuning vujudga kelishini, uni ifodalash vositalarini qidirib topishni o‘z ichiga oladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarining rasm chizishini yoki loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashini kuzatish ularning g‘oyalari yo kattalarining topshiriqlari munosabati bilan, yo bo‘lmasa qandaydir bir obrazning, materialning bevosita ta’siri bilan vujudga kelishini ko‘rsatadi. Demak, kattalar ijodi singari bola ijodkorligining ham birinchi bosqichi atrofdagi voqelikni idrok qilish asosida g‘oyaning - mavzuning vujudga kelishidan iboratdir16.
Bolalar yasaydigan o‘yinchoqlarning mazmuni ham o‘ziga xos bo‘ladi. Agar haykaltaroshlar ishining mazmuni asosan jonli mavjudotlarni yasashdan iborat bo‘lsa, bolalar o‘z atroflaridagi predmetlarning deyarli barchasini yasashga urinaveradilar. Buning sababi shuki, Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun ko‘pincha predmetni plastik tarzda ifodalashning mazmuni unchalik tushunarli bo‘lmaydi, ular hali plastik shakllar go‘zalligini his qila olmaydilar. Ular loydan yoki plastilindan biror narsa yasayotgan vaqtlarida ko‘pincha bitta maqsadni biror predmetni yasab, keyin uni o‘ynab o‘tirish mumkin bo‘lishini o‘ylaydilar.
Imkoniyat va mutaxassis bor joyda loydan yasalgan buyumlarni mufel pechlarida pishirish va unga dekorativ bezak berish tartiblari haqida tasavvur hosil qilish bolalarda badiiy hunarmandchilik sohalariga qiziqishni orttiradi, xalq ustalarining ijodiy mehnatlari haqida, umuman shu soha to‘g‘risidagi dastlabki tasavvurlar tarkib topadi, hunarmandlarning ishlarini badiiy-estetik idrok etish malakalari shakllantiriladi17.
Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachining o‘rgatish va rahbarligi bilan yog‘och qalamdan foydalanadilar, karkaslarni bilib tanlaydilar va ularni faqat qismlarni biriktirish uchun emas, balki shaklning xarakterli xususiyatlarini ifodalash uchun ham qo‘llaydilar.
Bolalar bilan ishlashda loy va plastilindan uch xil: predmetli, syujetli va dekorativ o‘yinchoqlar yasaladi. Bularning har biri o‘z xususiyatlari hamda vazifalariga ega va ular topshiriq bo‘yicha ham, bolalar topgan mavzular bo‘yicha ham yasalishi mumkin.
Predmetli o‘yinchoqlar yasashda ayrim predmetlarni tasvirlash bola uchun, masalan, rasm chizishga nisbatan ancha oson tuyuladi, chunki o‘yinchoq yasayotgan bola real hajm bilan ishlaydi va shartli ifoda vositalarini qo‘llamaydi. Bolalar odam va jonivorlar figuralarini qiziqib yasaydilar. Shuningdek, ular plastik shakldan ko‘ra konstruktiv predmetlarni ifodalashni tezroq o‘zlashtiradilar. Tadqiqotlar ta’lim natijasida bolalarga odam va jonivorlar tasvirini dastlab konstruktiv, keyin plastik usulda ifodalash usulini nisbatan to‘g‘ri ifodalashni o‘rgatish mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Shuning uchun bog‘chada kichkintoylarga predmetlarning asosiy shakli va eng yaqqol, xarakterli belgilarini ifodalashni o‘rgatish vazifasi turadi.
Syujetli o‘yinchoqlar yasash ham rasm chizish bilan qiyoslanadigan rasm chizishga nisbatan o‘z xususiyatiga ega. Rasmda syujetli kompozitsiya ko‘pincha tasvirlashning shartli usullaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lsa (masalan, odamning yonidan ko‘rinishi bitta ko‘rinadigan tomonidan tasvirlansa; birinchi rejadagi predmetlar ikkinchi rejadagi figuralarga qaraganda yirikroq tasvirlansa va hokazo), loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash shakllarni shartli ravishda o‘zgartirishni va fazo to‘g‘risida tasavvur hosil qilish uchun nisbatlarni qisqartirishni taqozo etmaydi.
Bolalar odatda keng syujetli tasvirlashga intilmaydilar buni maktabgacha ta`lim tashkilotidagi kichik va o‘rta guruhda ham, ba’zan katta guruhda ham kuzatish mumkin. Bola, masalan qizcha va jo‘janing harakatsiz holatda ifodalash bilan cheklanishi mumkin, lekin o‘sha zahoti ularni o‘ynay boshlaydi. Figuralarni stol ustida harakatlantirish, o‘sha harakatlarga mos gaplarni aytish bola yasagan o‘yinchoqni dinamika bilan to‘ldiradi, figuralarni hayoliy epizod ishtirokchilariga aylantiradi. Odatda syujetli o‘yinchoqlar yasash mana shunday o‘yindan boshlanadi. Bolalar o‘yinchoqning mazkur turiga qiziqishi, tasvirlash usullarini o‘rganishi tufayli keng syujetli o‘yinchoqlarni ham yasaydilar.
Syujetli o‘yinchoq yasash boladan ko‘p ishlashni talab qiladi, chunki u kompozitsiyaga kiruvchi har bir predmetni yasashi, uni taglikka yoki tagliksiz kerakli holatda o‘rnatishi, detallar bilan to‘ldirishi lozim18.
Syujetli kompozitsiya tuzish uchun avval taglik, uning hajmi va shakli haqida o‘ylab ko‘rish, keyin uni yasash, ustiga predmetlarni taqsimlash va mustahkamlash kerak. Ko‘pincha bolalar dastlab taglikning hajmi va shaklini o‘ylamaydilar, unga predmetlarni mustahkamlamaydilar, uni yupqa qilib yasaydilar. Taglikning shakli va o‘lchami umumiy muzmunga, figuralarning shakli va o‘lchamiga bo‘ysunmaydi. Buning sababi shuki, mazkur yoshdagi bolalar nazarida taglik — faqat bir sirt (pol, yer) bo‘lib, ustiga predmetlar joylashtiriladi. Tarbiyachi bolalarga qalin, yetarlicha hajmli va chiroyli taglik yasashni, uning ustiga predmetlarni mantiqan to‘g‘ri joylashtirishni o‘rgatishi kerak. Bu kompozitsion xarakterdagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradi.
Tevarak-atrofdagi hayot epizodlari, ba’zi ertaklar, hikoyalar mazmuni loy va plastilindan o‘yinchoqlar uchun syujet bo‘lishi mumkin.
Syujetli kompozitsiyalarning ifodaliligi faqat bolalar shaklni qay darajada tasvirlay olishiga emas, balki harakat tasviri orqali figuralarning o‘zaro aloqasini ifodalay olishiga ham bog‘liqdir.
Syujetli o‘yinchoqlar yasashdagi asosiy vazifa: bolalarga 2—3 predmetdan iborat kompozitsiyani o‘ylash va tavsirlashni; syujetni hal qilishga ijodiy yondashish va asosiy narsani bo‘rttirib ifodalashni; predmetlarning shakli va nisbatlari haqidagi bilimlaridan, jonli obyektlar harakati ustidagi o‘z kuzatishlaridan, o‘yinchoq yasashning turli usullaridan foydalanishni o‘rgatishdan iboratdir.
. Bolalar tarbiyachi bilan birga tipratikan, sichqon, meva solingan idishcha, qo‘ziqorin solingan savatcha kabilarni ham loydan yasashga o‘rgatib boradi. Bolalar boshlagan ishlarini oxiriga etkazishga mustaqil ishlashga, o‘z ishlarini yangi qismlar bilan boyitib borishga o‘rganadilar19.
Loy va plastilindan syujetli o‘yinchoqlar yasash, bog‘chaning faqat katta va tayyorlov guruhlarida amalga oshiriladi. Chunki bola predmetlar to‘g‘risida ko‘p narsalarni bilishi hamda tasvirlashning turli usullaridan foydalana olishi kerak. Oldingi guruhlarda bolalar faqat syujetli o‘yinchoqlar yasashga tayyorlanadilar hamda kerakli bilim va ko‘nikmalarni egallab boradilar.
Dekorativ o‘yinchoqlar yasash. Bolalarga estetik tarbiya berish vositalaridan biri bolalarni xalq amaliy san’ati, uning har xil turlari, shu jumladan, xalq ustalarining mayda dekorativ plastikasi bilan tanishtirishdir. Qo‘g‘irchoq, hayvon, qushlarni ifodalaydigan chiroyli umumlashgan shakllar bolalarni quvontiradi va ularning badiiy didi rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, tasavvur va fantaziyasini kengaytiradi. Turli xalqlarning kulollari yaratgan chiroyli idishlar bolalarga juda yoqadi. Bolalar oddiy, ba’zan g‘alati shakldagi krushkalarni, tuzdonlarni, gultuvak vazalarini maroq bilan tomosha qiladilar.
Katta guruhdagi bolalar xalq ustalarining mayda dekorativ plastikalarini ko‘rib o‘yinlar, xonani bezatish va sovg‘a uchun qiziqarli buyumlar yasashlari mumkin. Ular qo‘g‘irchoqlar uchun munchoq va taqinchoqlarni juda yaxshilab va maroq bilan yasaydilar, dekorativ idishlar: tuzdonlar, tuxumlar uchun tagliklar va bahorgi gullar uchun kichkina vazalar, stakanlar va qalamlar uchun patnislar yasashni bajaradilar. Bu buyumlar barg, gul, hayvonlar shaklida bo‘lishi va ularni guash yoki guash bilan bezash mumkin. Qanotlari va dumi chiroyli bezalgan dekorativ qushlarni ham o‘yinchoq yasashning mana shu turiga kiritish kerak.
Dekorativ o‘yinchoq yasash bolalarga avval mavzuni o‘ylashni, eskizlarni rasm holida tayyorlab olishni, predmetning shakli va bezaklarini shartli hal qilishni o‘rgatish imkonini beradi. Masalan, tuzdon gul shaklida, qush yoki qo‘ng‘iz qanotlari turli dekorativ elementlarni: geometrik shakllar (doira, kvadrat, romb, uchburchak va hokazolar)ni, o‘simlik shakllari (ho‘l meva, barg, o‘t, gul va boshqalar)ni o‘z ichiga olgan ornament qilib bezatilishi mumkin.
Bolalarga dekorativ plastinka va boshqa devor bezaklarini ornament bilan chiroyli qilishni tavsiya etish foydalidir.
Dekorativ plastinkani ishlash orqali bolalar asboblardan foydalanishni, o‘yinchoq yasashning har xil usullarini, eng muhimi bo‘shliqni chiroyli dekoratsiyalar bilan to‘ldirishni o‘rganadilar. Ba’zi elementlarni naycha, kvadrat, uchburchak va boshqa shakldagi maxsus qalam bilan bajarish mumkin. Mihlar va turli shakldagi qalpoqchali vintlardan shunday asbob sifatida foydalansa bo‘ladi. Loydan yasalgan plastinkaga uchli yog‘och qalamlar bilan naqsh chiziladi. Keyin uni guash bilan bo‘yaladi yoki dekorativ o‘yinchoq yasashning eng murakkab turi — relyef tushiriladi. Bunda plastinkaga rasm chiziladi, keyin rasm bo‘ylab ornamentlar o‘yiladi. Ular plastinkaning umumiy sirtidan biroz bo‘rtib turadi. Bu ish qo‘l barmoqlaridagi mayda muskullarning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, bolani barmoqlar; uchi bilan ishlashga o‘rgatadi, qo‘l barmoqlarining bukiluvchan va shakllarni yaxshiroq sezadigan qiladi20.
Odatda bolalar bog‘chasida o‘yinchoqlar uchun loy va plastilindan foydalaniladi.
Bolaga o‘yinchoqlar yasashni o‘rgatishda loy asosiy material bo‘lishi kerak. Chunki u plastik, bir tusli, chiroyli material sifatida bolaga predmetlar shaklining yaxlitligini tushunish imkonini beradi. Bola loyning bitta zuvalasidan juda ko‘p o‘yinchoqlar va bir necha o‘yinchoqlardan iborat kompozitsiyalar tayyorlashi mumkinki, bu ishni plastilin bilan bajarib bo‘lmaydi. Loy plastilinga qaraganda yana bir afzallikka ega; loydan yasalgan buyumlarga keyin mufel pechida yana ishlov berish yoki yaxshi quritilgandan so‘ng guashga tuxum sarig‘ini qo‘shib bo‘yash mumkin. Qo‘llarning predmet sirtidagi harakati bolalarning idrok etishlarini ta’minlaydi, ularning o‘sha predmetning shakli, xossalari haqidagi, keyinroq esa xossalar tizimi to‘g‘risidagi tasavvurlarini aniqlashtiradi. Predmet tasvirini hosil qilishga qaratilgan bu harakat predmetni kuzatish tarkibiga kiradi, uning yo‘nalishi bolaning keyinchalik predmetni tasvirlashdagi qo‘l harakatlariga o‘xshaydi. Bola loy yoki plastilindan o‘yinchoq yasashga kirishganida qanday harakatlar qilishi kerakligini to‘liq tasavvur etadi. Asta-sekin bolalarda predmetlarni kuzatishning umumlashgan usullari, demak, o‘sha predmetlarni tasvirlashning umumlashgan usullari ham shakllanib boradi21.
O‘yinchoqlar yasashda plastilindan foydalanish odatda kichik shakllarni rangli qismlar bilan ifodalashga olib keladi. Bu doimo maqsadga muvofiq bo‘lavermaydi, u shaklni yaxlit idrok etishga halal beradi. Chunki, tarbiyachi bolaga qiziqarli o‘yinchoqlar turkumini yasash uchun yetarli bir rangli katta plastilinni berish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bundan tashqari, u rangli material, rang esa qo‘shimcha tasviriy vosita sifatida ko‘pincha bolani asosiy narsa - shaklni tasvirlashdan chalg‘itadi. Bularning hammasi maktabgacha ta’im muassasasi dasturining muhim vazifasini bajarishni - bolalarga predmetlarning asosiy shaklini ko‘rish va yaratishni o‘rgatish ishini qiyinlashtiradi.
Shuni ham nazarda tutish kerakki, 2-4 yoshli bolalar uchun mashg‘ulot oldidan bu material biroz isitilsa-da, ishlov berish qiyinlik qiladi. Plastilindan 5-7 yoshli bolalar bilan ishlashda foydalanish yaxshi natija beradi, chunki ularning qo‘llaridagi mayda muskullar yetarli darajada rivojlangan, ularda predmetning kichik detallarini ifodalash: figuralarning kiyimlarini, syujetli o‘yinchoqlardagi o‘simliklar shaklini bezash istagi bo‘ladi. Biroq katta guruhda ham plastilindan ayrim mashg‘ulotlardagina foydalanish lozim.
Shunday qilib, loy - bolalar bilan olib boriladigan ishlarda asosiy materialdir. Xo‘sh, o‘yinchoqlar yasash mashg‘ulotlari uchun loyni qayerdan olish kerak?
Loyni bevosita yerning o‘zidan olish mumkin. Soz tuproqli, balchiq loy, daryo va ariqqa yaqin joylarda tayyor holda uchraydi. Shuning uchun loyni yozda bolalar bog‘chasi bog‘ hovliga ko‘chib borgan paytda qidirish kerak.
Ko‘p tarbiyachilar loy topolmay qiynaladilar. Loyni tayyorlashdan cho‘chiydilar. Aslida bu unchalik qiyin ish emas. Bir marta yaxshi loy qorib qo‘yilsa, u butun yil davomida ishlatishga yarayveradi.
Agar quruq toza bo‘lsa, kesak va guvalalarni bolg‘acha bilan maydalab, idishga solib ustiga suv quyiladi, bunda tuproqning usti quruq qolishi kerak. Bolalar ilgari yasagan va mufel pechlarida pishirilmagan o‘yinchoqlardan ham, agar ularni saqlash zarur bo‘lmasa, xuddi shu tartibda loy qilinadi. Tuproq suvni obdon shimib olgach (oradan bir-ikki kun o‘tgach), uni yog‘och bilan aralashtiriladi, yana biroz suv quyilib qo‘l bilan ezg‘ilanadi va xamirdek loy tayyorlanadi (tayyorlov guruhida bu ishni bolalarning o‘zlari bajarishi mumkin). Tayyorlangan loyni polietilen idishga solib qo‘yiladi. Agar bunday idish bo‘lmasa, loyni bir parcha polietilen plyonkasiga o‘rab, havo o‘tmasligi uchun mahkam bog‘lanadi va uni yashik, bochka, chelak yoki boshqa shunga o‘xshash idishga solib qo‘yiladi. Shunday holda loyni butun yil davomida saqlash mumkin. Vaqt-vaqtida uni tekshirib, ustiga suv sepib turiladi.
Tuproqqa cho‘p-xaslar, toshlar yoki metall zarralari aralashib ketgan bo‘lishi mumkin. Bunda uni «tozalanadi». Bu ish quyidagicha bajariladi. Tuproqni bolg‘acha bilan urib maydalanadi. Idishga solib, ustidan to ataladek massa hosil bo‘lguncha suv quyiladi. So‘ngra boshqa idishga ana shu massani elakdan o‘tkazib qo‘yiladi. Elakda tutilib qolgan axlatni tashlab yuboriladi. Suyuq loyni qotirish uchun issiq joyga qo‘yiladi. Bunday tuproqni tozalash ishi uzoq vaqt davom etadigan jarayondir. Shuning uchun uni yoz vaqtida bajargan ma’qul.
Loydan o‘yinchoqlar yasashda haykaltaroshlarning qalamchalaridan foydalanish kerak. Bunday qalamchalar yog‘ochdan yoki metalldan yasalgan bo‘lishi mumkin. Yog‘och qalamchalarni qo‘lda yasab olsa ham bo‘ladi. Eng oddiy qalamchalar - bir uchi o‘tkirlangan va ikkinchi uchi dumaloqlagan, kurakcha hamda sirtmoq shaklidagi cho‘plardan iboratdir.
Qo‘l bilan bajarish qiyin detallarga ishlov berishda qalamchalardan foydalaniladi; ular yordamida shakldagi ortiqcha loylar olib tashlanadi, unga izlar tushiriladi22.
Bola ishining sifati uning ish o‘rni qanday tashkil etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Buning uchun kichikroq (kvadrat yoki doira shaklidagi) taxtalar kerak. Ularni stol ustiga joylashtiriladi. Taxtaning o‘lchami yasaladigan o‘yinchoqning hajmiga qarab belgilanadi. Agar o‘yinchoqning kattaligi 10-15 sm bo‘lsa, taxtaning o‘lchami 22X35 sm bo‘ladi. Yasalayotgan o‘yinchoq bundan ham katta bo‘lsa, shunga qarab taxtaning ham kattarog‘idan foydalaniladi.
1.3 Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning tarbiyaviy ahamiyati.
Kattalarning mohirona rahbarligi bilan bolalarda faoliyatning har xil turlariga qiziqish ancha erta namoyon bo‘la boshlaydi. Bog‘chaning katta guruhidayoq qurilish materiallari bilan o‘ynashga yoki rasm chizishga ishqiboz bolalar uchraydi. Afsuski, loy va plastilindan o‘yinchoq yasaydigan yoki applikatsiya bilan shug‘ullanadigan bolalarni kamdan-kam ko‘rish mumkin. Aslida bu mashg‘ulotlar ham faoliyatning boshqa turlari kabi bolalarni o‘ziga jalb etishi mumkin.
Hamma gap shundaki, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari bolalarga o‘yinchoq yasash uchun ko‘pincha qoroz va qalam beradilar-u, loy va plastilinni ahyonda bir tavsiya etadilar. Ular yana shu mashg‘ulotni yetarli darajada baholamaydilar, vaholanki, bolalarning loy va plastilin bilan bemalol ishlashi ularning ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Bundan tashqari ana shu faoliyat turiga moyil bolalar o‘z qiziqishlarini qondirishlari va o‘z fantaziyalarini ro‘yobga chiqarishlari mumkin. Bu mashg‘ulotlarda tarbiyachi ish jarayoniga kamroq aralashadi, bolaga mavzuni, tasvirlash texnikasini, shuningdek, ifoda vositalarini tanlashning ko‘p masalalarini mustaqil hal qilish imkoni beriladi. Mustaqil faoliyat bolalarni tasvirlash usullaridan dadilroq foydalanishga o‘rgatadi. Bundan tashqari, bolalar loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashda xuddi rasm chizishdagi kabi materialdan bemalol foydalanishga odatlanadilar.
Bolalarga loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashni o‘rta guruhda tavsiya etish ma’qul. Chunki bu guruhdagi bolalarda loy (plastilin)dan foydalanish bo‘yicha elementar ko‘nikmalar bo‘ladi va faoliyatning bu turiga qiziqish vujudga keladi.
Bolalar Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida xar bir yoshidagi bolalar o‘yinchoqlar yasash uchun asosiy material loydir va bo‘yash vaqtlarda ham loydan foydalanishni tavsiya etish ma’qul. Bunda eng muhimi bolalar loy bilan ishlashning oddiy qoidalariga rioya qilishi: uni stollar ustiga, polga to‘kib-sochib, surtib tashlamasligidir. Katta guruhlarda har qanday materialni: loyni ham, plastilinni ham berish mumkin. Bu esa material tanlashda mustaqillikni vujudga keltiradi (kattaroq predmetlarni loydan, kichikroq predmetlarni plastilindan yasash ma’qul).

Komponentlar bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash va ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati (foiz hisobida)



T/R

Komponentlar

Guruhlar

Aniqlashtiruvchi bosqich

Shakllantiruvchi bosqich

Darajalar (% da)

Darajalar (% da)

Quyi

O‘rta

Yuqori

Quyi

O‘rta

Yuqori

1

Motivatsionrag‘batlovchi

Tajriba guruhi

45,7%

41,3%

13,0%

24,5%

49,5%

26,0%

Nazorat guruhi

48,5%

38,5%

13,0%

38,0%

41,5%

20,5%

2

Mazmunlifaoliyatli

Tajriba guruhi

45,2%

40,4%

14,4%

23,6%

46,2%

30,3%

Nazorat guruhi

44,5%

40,0%

15,5%

37,0%

40,0%

23,0%

3

Emotsionalbaholovchi

Tajriba guruhi

40,4%

38,0%

21,6%

21,2%

47,1%

31,7%

Nazorat

43,5%

35,5%

21,0%

33,0%

40,0%

27,0%







guruhi



















O‘rtacha ko‘rsatkich

Tajriba guruhi

43,8%

39,9%

16,3%

23,1%

47,6%

29,3%

Nazorat guruhi

45,5%

38,0%

16,5%

36,0%

40,5%

23,5%

Aniqlashtiruvchi va shakllantiruvchi nazorat bosqichlarida komponentlar bo‘yicha bolalarning umumiy ko‘rsatkichlari quyidagi diagramma ko‘rinishiga ega bo‘ldi.




Plastilin bilan ishlayotgan paytda bolalar hajmni yaratish vazifasinigina emas, balki o‘yinchoqqa rang tanlash bilan bogliq masalalarni ham mustaqil holda hal qiladilar.
Quyi darajada – nazriy bilish, bilimning bilish jarayonidagi o‘rni, ahamiyati, bolalar rivojlanish sohalari, kichik sohalari, har bir rivojlanish ko‘rsatgichini aniqlash, tadqiqot metodilaridan foydalana olmaslik, ijodkorlik kreativlik, amaliy mashgulotlar davomida maktabgacha ta`lim tashkilotlarida loy va plastilindan foydalanish katta ahamiyatga ega. Bolalarni rivojlantiruvchi mashgulotlar bu ularning , rivojlantiruvchi muhit sharoitlari turlaridan foydalangan holda har biri uchun maqsadli rejalar, qo‘shimcha faoliyat ishlanmalari tuzish va amaliyotda tajriba orqali sinash, bolalarni kichik tadqioqlar ustida ishlashga va tajribalarini tadqiqotda mustahkamlash orqali ko‘nikmasi va malakasini shakllantirishga hizmat quluvchi yondashuvni yo‘lga qo‘yishni ifodalaydi, va bolalar ijodiy faoliyatinini yetishmasligi, qobilyat rivojlanmaganligi va hokazolar bilan tavsiflanadi.
Yuqori daraja –Maktabgacha ta`lim tashkiloti bolalarida, tarbiyachilarning faoliyatda kuchli nazariy bilimga egaligi shu bilan ular guruhi bolalarini loy va plastilindan xar xil narsalarni yasashga konikma hosil qila olishi, rivojlantiruvchi amaliy muhit sharoitlaridan oqilona foydalanish ko‘nikmasi, tajribalar davomida shakllangan, muammoli vaziyatlarga qaramasdan ta’lim va tarbiya jarayoni samaradorligini maqsadli rejalar orqali amaliy oshirishga qaratilgan chora-tadbirlari, individual, jamoaviy muhitlarda ishlay olish qobilyatini rivojlantirishi va mezonlarni to‘laqonli bajarilishiga asoslanadi.
O‘rta daraja – Maktababgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarda bilim ijodiy yondashuv, ko‘nikma, malaka qobilyat yetarli darajada bo‘ladi, ammo bolalarda bilishga , yasashga bo`lgan jarayonlar ularni mohiyatini ochib beruvchi o‘ziga xos xususiyatlari, xar bir jarayon rivojlanishidagi oqsoqlik boshqa jarayonlarga o‘z salbiy ta’siri ko‘rsatishi mumkinmas, ularni o‘zaro bog‘liqlikda bajarilishi, yasashini, tushunishini lozimligi haqidagi tadqiqiy holatlarga va ota-ona hamkorligi bilan faoliyatining to‘laqonli bajarishi bilan izohlanadi.


Ijodiy tarzda o‘yinchoq yasash turlicha xarakter kasb etadi. U bitta predmetning, haykallar guruhining, idishlarning, dekorativ plastinkalar yoki marjonlarning tasviri bo‘lishi mumkin. Bolalar o‘yinchoqni individual tarzda va guruhlarga birlashib yasashlari mumkin, bunda gap bolalarning xohishida va tarbiyachining umumiy rahbarligidadir. O‘yinchoq yasash taklifi boladan yoki tarbiyachidan chiqishi mumkin. Bu ishni yaxshi ko‘rib qolgan kichkintoylar materiallarni o‘zlari oladilar va ish boshlab yuboradilar. Lekin tarbiyachi bu ishga o‘yinchoqlarni yaxshi yasay olmaydigan, yasashni unchalik yaxshi ko‘rmaydigan boshqa bolalarni ham jalb etishi mumkin. U bolalarni qiziqtirish uchun o‘zi ham o‘yinchoq yasash jarayoniga qo‘shiladi. Ba’zi bolalarga muayyan mavzuni taklif qiladi. Masalan, bolalar birgalikda shug‘ullanayotgan vaqtlarida biror ertakning epizodini yoki magazin o‘yini uchun sabzavot va ho‘l mevalar yasaydilar. Bunday o‘yinlar bolalarni birlashtiradi va o‘yinchoq yasashni hali yaxshi uddalay olmayotgan bolalar o‘rtoqlari qanday ishlayotganini kuzatib, ulardan o‘yinchoq yasash usullarini o‘rganadilar, o‘z ishlarini boshqalarnikiga solishtirib ko‘radilar, ular bilan maslahatlashadilar va asta-sekin mazkur faoliyatga qiziqa boshlaydilar.
Bolalar uchun yozda katta imkoniyatlar tug‘iladi, ular maydonchada o‘yinchoq yasash bilan mustaqil holda shug‘ullanadilar, har xil predmetlarni: hayvonlarni, uy hayvonlarini, hasharotlarni, idishlar va turli mazmundagi o‘yinchoqlarni tasvirlaydilar. Bolalarning loy va plastilindan o‘yinchoq yasashi asosan tasavvur va fikrlash bo‘yicha yasashdan iborat bo‘lib, o‘z qimmatiga ega. Chunki bolalar bunda mustaqil holda mavzu topadilar, ishni rejalashtiradilar, tasvirlashning tanish usullaridan foydalanadilar, o‘zlari yangi usullarni o‘ylab chiqaradilar.
Bolalar tasavvuri bo‘yicha o‘yinchoq yasash doimo predmet, uning shakli, mutanosibligi haqidagi bilimlarga asoslanadi. Bunday mashg‘ulotlarda bolalar o‘z ijodiy imkoniyatlarini ochadilar va predmetni tasvirlash ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar. Tez-tez o‘yinchoq yasashga odatlangan bolalar mavzuni darrov o‘ylab topadilar — ba’zan ularda ishga kirishmaslaridan oldin (masalan, sayrda ko‘rganlari ta’siri bilan) biror g‘oya vujudga keladi. Ayrim hollarda bola uni shu zahoti tarbiyachiga aytadi va kattalarning ishi - bolaning istagiga e’tibor bilan qarash va kechqurun unga shu istagini eslatib qo‘yishdir. Shunday qilib, tarbiyachilar bolalarning o‘yinchoq yasashga qiziqishini qo‘llab-quvvatlab, ularda faoliyatning ana shu turi bilan shug‘ullanish istagini kuchaytiradilar.
Bolalar asosan ochiq havoda bo‘ladigan bahorning oxirgi oylari va yoz paytida katta guruhlardagi bolalar uchun uchastkada kulolchilik ustaxonasi tashkil etish va unda bolalar o‘yin vaziyatida qo‘g‘irchoqlar uchun idish-tovoqlar, munchoqlar, dekorativ plastinalar yasashlari mumkin. Bunda bolalar yasaydigan o‘yinchoqlar ijodiy xarakterga ega bo‘lishi muhimdir. Bola to‘g‘nag‘ich yoki dekorativ plastina yasashga harakat qilayotganini ko‘rgan tarbiyachi unga o‘z g‘oyasini avval qog‘ozda amalga oshirishni - tasavvurdagi plastinaning rasmini (eskizini) chizib olishni tavsiya etadi. Eskizda o‘yinchoqning o‘lchamlari va mazmuni hal qilinadi, ya’ni yasaladigan buyum batamom o‘ylab olinadi.
Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash ishini to‘g‘ri tashkil qilish va tarbiyachining unga e’tiborli munosabatda bo‘lishi natijasida bolalar predmetlarni zo‘r qiziqish bilan yasaydilar va predmetlardan o‘yinlarda yoki xonalarni bezashda foydalanish mumkin.
Dekorativ predmetlarni kattalarga yoki bolalarga sovg‘a tariqasida berish ham mumkin.
Qish kunlari sayrga chiqilgan vaqtlarda haykallar yasash uchun qordan material sifatida foydalanish mumkin. Bolalar avval tarbiyachining yordami bilan, keyin mustaqil holda butun-butun qor va muz ansambllarini yaratishlari va uni qordan yasalgan uylar, hayvonlar, ertaknamo qushlar va odamlarning shakllari bilan to‘ldirishlari mumkin.
Bolalarning o‘yinchoqlar yasash istagi yuqorida aytilganidek, bu ish bolalar bog‘chasida qanday yo‘lga qo‘yilishiga bog‘liq bo‘ladi. Avvalo barcha materiallar bolalarning qo‘li yetadigan joyga qo‘yilishi lozim. Bolalar istalgan paytda kerakli narsalarni: plastilinli qutini, qopqog‘i zich yopiladigan plastmassa paqirchadagi loyni, ichiga (uch-to‘rt xil) guash solingan bankachalarni, turli shakldagi yog‘och qalamlar turadigan qutichani, taxtalar yoki aylanma dastgohlarni olishlari mumkinligini bilishlari kerak. Mana shu material va jihozlar 5-6 bolaga bittadan mo‘ljallab tayyorlanadi. Yoz vaqtda o‘yinchoq yasaladigan materiallarni bolalar bemalol ishlatishlari uchun ayvonga chiqarib qo‘yish mumkin.
Bunday mashg‘ulotlarda bolalarning mustaqilligi ular kattalarning yordamisiz mavzuni va shunga qarab loy miqdorini belgilashlari va hokazolarda ko‘rinadi. Bunday mashg‘ulotlardagi vaziyat ancha erkin bo‘ladi: bolalar bir-birlarining ishlarini ko‘radilar, o‘zaro maslahatlashadilar. Tarbiyachi o‘yinchoq yasash bilan mustaqil holda shug‘ullanayotgan bolalarga e’tibor berishi ularning gavdasini, qo‘llarini va har bir bola g‘oyani qanday amalga oshirayotganini kuzatishi lozim. Pedagogning o‘zi loy bilan ishlashga jalb qilgan bolalarga alohida e’tibor berishi kerak. Ularning yoniga tez-tez kelib, savollar berishi, u yoki bu predmetni qanday tasvirlanishini ko‘rsatishi mumkin; masalan, o‘rdakni yasab, keyin bolalarga o‘rdakchalar yasashni va tayyorlangan barcha o‘yinchoqlarni taglikka o‘rnatishni tavsiya etishi mumkin.
Shunday qilib, tarbiyachi bolalarning erkin faoliyatiga rahbarlikda uni ijodiy yo‘nalishga solish uchun, bolalarni puxta o‘ylab va rejali ishlashga o‘rgatish uchun harakat qiladi.
Masalan, 7 yoshli bola sayr vaqtida ko‘rgan kapalaklar tasviri relyefini yasamoqchi bo‘ldi. U o‘z fikrini tarbiyachiga aytdi. Tarbiyachi bolalarga avval kapalak tasviri bilan bir nechta rasm chizishni, ularni har xil qilib bo‘yab chiqishni, so‘ngra eng chiroyli chiqqan rasm eskizini tanlab olib, shu asosda o‘yinchoq yasashni maslahat berdi. Tarbiyachining maslahati ko‘pchilikka ma’qul bo‘ldi va bolalar shu zahoti eskiz tayyorlashga kirishdilar.
Rasmlar tayyor bo‘lgach, bolalar tarbiyachi bilan birgalikda barcha eskizlarni ko‘zdan kechirdilar va yirik yorqin bezakli eng yaxshilarini tanlab oldilar. Kapalak rasmi tushirib ishlangan har bitta rasmni guash bilan bo‘yashga, quritishga kelishildi. Eskizlarni tayyorlash bolalarning ancha vaqtini oldi va o‘yinchoqlar yasashni keyingi kunga qoldirishga to‘g‘ri keldi. Bolalar o‘yinchoqni yasashga qiziqib qoldilar va o‘sha ishni davom ettirishni orziqib kutdilar. Bolalar eskizlarni yasayotgan vaqtlarida tarbiyachi ularning yoniga borib, bolalarning qo‘l harakatlarini kuzatdi, g‘oyani eskiz bo‘yicha aniq amalga oshirish uchun nimalar qilish kerakligi haqida maslahatlar berib turdi. Bolalar o‘yinchoqni qizil loydan yasadilar, bo‘yash uchun ikki xil — sariq va havorang guash berildi.
Buyumlar yirik, yorqin bezakli bo‘ldi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu ish guruhdagi bolalarning deyarli hammasini qiziqtirdi, har bir bola unda ishtirok etishni istadi. Tarbiyachi shuni hisobga olib ularga yana bir nechta plastina yasashlari mumkinligini va ular yaxshi chiqsa, devorga butun bir ornament ishlanishini aytdi.
Marjonlar, to‘g‘nag‘ichlar yasash jarayonida ham ishni shu taxlitda olib borish mumkin. Agar bolalar sabzavot, ho‘l mevalar, turli yovvoyi hayvonlar, odam figurasini yasash istagini bildirsalar, tarbiyachi bu ishni ijodiy harakter kasb etadigan bolalar obraz yaratishga harakat qiladigan yo‘nalishga solishi kerak. Shu maqsadda u bolalarga turli savollar berib, ularni figuraning shakli, mutanosibligi, harakatlarni ifodalash to‘g‘risida o‘ylashga majbur qiladi. Bola predmet qiyofasini ko‘z oldiga keltirishi uchun tarbiyachi o‘sha predmetning o‘zini yoki rasmini ko‘zdan kechirishni taklif qilishi mumkin. Bunday kuzatish uzoq davom etmaydi, tarbiyachining ko‘p vaqtini olmaydi, lekin bolalar uchun juda qimmatlidir, chunki u bolaning mustaqil faoliyatini yo‘lga soladi, unga g‘oyani ro‘yobga chiqarishda yordam beradi.
Bolalarni tasvirlay san’at ko‘rgazmalari va muzeylarga olib borish samarali shakllardan biridir. Bular ko‘pincha bolalarda kuchli taassurot qoldiradi. Bolalarga ular mazmunini tushunadigan dekorativ plastinkalarni, sopol idishlarni ko‘rsatish yaxshi natija beradi. Idishlarni ko‘zdan kechirish vaqtida tarbiyachi bolalardan idish nimaga ishlatilishini, uning shakli qanaqaligini, qanday bezatilganini va shu idishni loydan qanday usullar bilan yasash mumkinligini so‘raydi. Agar bolalar o‘yinchoq yasash usullarini bilsalar, tarbiyachining savollariga tez javob beradilar. Tarbiyachi esa ularga kulolchilik ustaxonalari, usta-rassomlar maxsus dastgohlarda idishlar yasashlari to‘g‘risida gapirib berishi mumkin.
Mashg‘ulot vaqtida tarbiyachi ayrim tasvirlash usullarini ko‘rsatib beradi. 6-7 yashar bolalar uchun bu usullarni har safar ko‘rsatib berish shart emas: ko‘pincha tarbiyachi mashg‘ulot boshida tushuntirib berish metodidan foydalanadi, bolalar bilan suhbat o‘tkazadi, asosiy tasvirlash vositalarini aniqlaydi, faqat bolalar bilmaydigan vositalarnigina ko‘rsatadi. Masalan, ko‘pincha halqalarni bir-biriga yopishtirib yoki sharsimon shaklni yog‘och qalam bilan kavlab idish yasash usulini namoyish qiladi. Shunday tariqa maktabga tayyorlash gurusida bolalarga faqat ularga notanish texnik usullar ko‘rsatib boriladi.



Loy va plastilindan o‘yinchoq yasashni o‘rgatishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan mashg‘ulotda bolalarga rahbarlik qilish qanday amalga oshirilishiga bog‘liqdir. Bunda asosiy vazifa bolalarni ishning umumiy borishini buzmay, g‘oyani mustaqil holda hal qilishga yo‘naltirishdan iboratdir. Masalan, biror idish yasalayotgan vaqtda boladan «Sen vazaning bandini unga qanday usul bilan o‘rnatasan?», «Mana bu tog‘orachaning hoshiyasini sen qanday rangga bo‘yamoqchisan?», «Qani, o‘ylab ko‘r-chi, yana qanday oson usul bilan tuzdonga oyoq yasash mumkin?»,— deb so‘raladi. Agar bola omonat turadigan idish yasagan bo‘lsa, uni mustahkam qilish to‘g‘risida o‘ylab ko‘rish tavsiya etiladi. Yoki boshqa bir misol: tarbiyachi bola yasagan jirafa oyoqlarining bir xil uzunlikda bo‘lib qolganini ko‘radi. Shunda bolaga “Bir o‘ylab ko‘r-chi, jirafaning oyoqlari qanaqa edi. Ularning uzunligi bir xilmidi?” - deydi. Agar bola savolga to‘g‘ri javob bersa, tarbiyachi ishni tekshirib ko‘rishni va zarur tuzatishlar kiritishni aytadi. Mabodo, bola savolga noto‘g‘ri javob bersa, tarbiyachi xato nimadan iboratligini tushuntirib, figuraning mutanosibligini eslatadi, bundan tashqari, u jirafaning rasmdagi tasvirini ko‘rsatishi ham mumkin23.
Oldingi guruhlardagi olti yoshli bolalar bilan o‘tkaziladigan loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash mushg‘ulotlarida badiiy so‘z kuchidan foydalanish: ertaklar, hikoyalar o‘qib berish mumkin. Bunda personajlari turli harakatlarni bajaradigan va har xil vaziyatlarga tushib qoladigan syujetli asarlarni tanlash kerak. O‘qib berishdan oldin bolalarga o‘qilgan asar mavzusida o‘yinchoqlar yasashlarini, shuning uchun yaxshilab tinglash va o‘yinchoq yasaladigan biror mavzuni tanlashni aytib qo‘yish lozim. Bolalarga o‘qib berish uchun: “Oltin tarvuz”, “Ur, to‘qmoq”, “Uch ayiq”, “Bo‘g‘irsoq”, “Masha bilan ayiq” kabi ertaklarni tavsiya etish mumkin. Xohish bo‘yicha boshqa ertaklarni ham, masalan, J. Rodarining «Chippolinoning sarguzashtlari», «A. Tolstoyning «Buratinoning sarguzashtlari yoki Oltin kalitcha» ertaklarini, «Uchta cho‘chqa bolasi» ingliz xalq ertagini, Sh. Perroning «Etik kiygan mushuk» ertagini va hokazolarni ham o‘qib berish mumkin. Bunda bolalar ongida jonli, dinamik obrazlar shakllanishi muhimdir. Buning uchun bolalar personajlar harakati tasvirini ko‘radigan illyustra-siyalar ham katta yordam beradi.
Ertakni o‘qilgach, bolalarga tasvirlash uchun syujet tanlash taklif qilinadi, personajlarning katta-kichikligi qanday bo‘lishi, asosiy qahramonlarni ifodalaydigan figuralardan boshqa yana qanday predmetlar syujetga kirishi; ularni bir-biriga iisbatan qanday joylashtirish, taglikka qanday o‘rnatish haqida o‘ylab ko‘rishi kerakligi aytiladi. Bunday topshiriq bolalarni o‘zlari yaratadigan obrazlarni, mavzuni oldindan o‘ylab ko‘rishga va mashg‘ulot boshlanishigacha biror g‘oyaga ega bo‘lishga undaydi. Albatta, ko‘p masalalarni bolalar mustaqil hal qila olmaydilar, lekin ularning ko‘pchiligi o‘yinchoq yasash uchun epizodni belgilab, personajlarni tanlab ololsa, mana shuning o‘zi ham bolalarga muvaffaqiyatli ta’lim berishning ijobiy jihati bo‘ladi.
Mashg‘ulotning boshida tarbiyachi loyni stollarga tarqatib chiqmasligi, bolalarning o‘zlariga kerakli miqdordagi loyni olishlarini aytishi mumkin. Bu ham bolalarni mashg‘ulot boshlanishidanoq mustaqil harakat qilishga o‘rgatadi. O‘yinchoq yasash uchun yog‘och qalamlarni ham bolalarning o‘zlari tanlaydilar.
Bolalar ijodiy faolligi va mustaqilligining rivojlanishi bog‘chadagi ishlar qanday yo‘lga qo‘yilishi, butun mashg‘ulot jarayoni qay tahlitda o‘ylab chiqilishi va tashkil etilishiga bog‘liqdir. Masalan, bolalar predmetlarni yasab, keyin angoblar bilan bo‘yashlari lozim bo‘lsa, mashg‘ulot ikki qismga bo‘linadi. Birinchi qismda predmetlar yasaladi, ikkinchi qismda esa tayyor predmetlar bo‘yab chiqiladi. O‘yinchoq yasayotganda bolalar kundalik stollari atrofida o‘tirib, taxtacha ustida yoki maxsus dastgohlarda ishlaydilar, buyumlarni bo‘yash uchun maxsus qo‘yilgan stollarga o‘tadilar. Unda bankadagi bo‘yoqlar, mo‘yqalamlar, palitralar qo‘yilgan bo‘ladi. Bolalar bo‘yalgan ishlari yaxshi qurishi kerakligini, chunki ular mufel pechlarida pi-shirilishini biladilar.
Bo‘yoqli har bir bankaga nomer qo‘yish, xuddi o‘sha nomer bo‘yoq yonidagi palitrada ham bo‘lishi lozim. Paliuradagi bu bo‘yoq o‘yinchoq pechda pishirilgandan keyin rangi qanday o‘zgarishini ko‘rsatib turadi. Shunda bolalar angobdan foydalanish usulini osongina o‘zlashtiradilar va palitralardan mustaqil holda foydalanishni o‘rganadilar. Mashg‘ulotni shunday tashkil etish bolalarni turli materiallar bilan ishlashga, ularni mustaqil holda ijodiy qo‘llashga o‘rgatadi.
Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash vaqtida bolalarda ijodiy kayfiyatni vujudga keltiradigan o‘yin usullaridan foydalanish mumkin. Masalan, fikrlash bo‘yicha dekorativ o‘yinchoqlar yasash mashgulotini kulolchilik ustaxonasidagi o‘yin sifatida o‘tkazish mumkin. Bunda tarbiyachi kulollar qanday ishlashiny hikoya qilib beradi. Bolalar loy va plastilindan idishlar, qo‘g‘irchoqlar uchun marjonlar yoki 8-Mart bayrami sovg‘alari yasaydilar. Mashg‘ulotdan keyin tayyor bo‘lgan buyumlarni quritish uchun terib qo‘yiladi. O‘yinchoqlar qurigach, ularni mufel pechiga joylashtirishni ko‘rsatiladi. Bolalar pechning ishga tushirilishini kuzatib turadilar. Ertasiga pechdan buyumlarni olishda, qatnashadilar. Buyumlarni stolga qo‘yiladi va ko‘rib chiqiladi. Bolalar ularning qaysilari o‘zlariga ko‘proq yoqishini aytadilar. Agar yasalgan o‘yinchoqlar dekorativ emas, predmet xarakterida bo‘lsa, ularni mashg‘ulot tugagan zahoti tahlil qilinadi. Natija qiziqarli va muhokama mazmunli bo‘lishi uchun umumiy bezakni o‘ylab olish ma’qul. Bolalar stol atrofida jam bo‘lib o‘tiradilar va ular bilan suhbat boshlanadi. Bunda bolalar shakl, mutanosiblik, detallar qanday ifodalanganini, agar buyumlar bo‘yalgan bo‘lsa, bo‘yoqlarning rangi chiroyli tanlanganini aytib bera olishlari muhimdir.
Bolalar o‘zlari bajargan ishlarning qo‘llanishini ko‘rishlari yaxshi natija beradi. Masalan, ular dekorativ kapalaklar yasashgan, har bir bola uni o‘zicha tayyorlagan va angoblar bilan bo‘yagan bo‘lsa, kapalaklar pishirilgach, ulardan stendda yoki devorda chiroyli ornament tuziladi.
Loy va plastilindan yasalgan o‘yinchoqning tarbiyaviy ahamiyati rang-barang va ko‘p qirralidir. O‘yinchoq o‘yinni yaratishda ishtirok etadi, bolaning o‘ziga xos sherigi sifatida namoyon bo‘ladi, uning shaxsiga katta ta’sir ko‘rsatadi. U bolaga shunchalik yaqinki, bola o‘zi yasagan o‘yinchoqlarini sevadi, ularga bog‘lanib qoladi, shu tufayli o‘zini atrofdagi hayotning to‘laqonli a’zosi deb hisoblaydi.
O‘yinchoq bolalarga atrofdagi mavjud voqelikni o‘rganishga yordam beradi. O‘yinchoq kichkintoy uchun ranglarni, buyumlar ko‘lamini, ularning materiallarini farqlash malakasini rivojlantirish uchun kerak. O‘yinchoqlarning bola dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati katta.
O‘yinchoqlar bolaga kattalarning qiziqarli bo‘lgan dunyosini o‘zlashtirishga, turli xil buyumlarning xususiyatlari va sifatlari, ularning turlmushda va kishilarning mehnat faoliyatida ishlatilishi bilan tanishishiga yordam beradi. Tarbiyachi o‘yinchoq orqali bolalarda qiziqishni shakllantirishi, topqirlik va ijodiylikni rivojlantirishi mumkin. Bundan tashqari loy va plastilindan yasalgan o‘yinchoqlar bolalarning aqliy rivojlanishiga, sensor qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi, tahlil qilish, bir butun holga keltirish va umumlashtirishda mashqlantiradi. Ulardan taqqoslash, tavsiflashda ham foydalanish mumkin. Bunday o‘yinchoqlar bolalarda nutqiy faollikni uyg‘otadi, lug‘at boyligini oshiradi, diqqatning jamlanishi va barqarorlikning rivojlanishiga yordam beradi.
Loy va plastilindan yasalgan o‘yinchoqlar bilan o‘ynash bolalarda avaylashni, e’tiborlilikni, mehribonlik va nafosatni uyg‘otadi, ijobiy axloqiy kechinmalar tajribasini to‘plashga yordam beradi.
Xilma-xil o‘yinlar bolalarni tengdoshlari, birmuncha kichik va katta yoshli do‘stlari bilan o‘yinda birgalikda o‘ynashga undaydi va olijanob hislarning mustahkamlanishiga yordam beradi.
San’atning birinchi va eng tushunarli buyumi bo‘lmish loy va plastilindan yasalgan o‘yinchoq bolada estetik hislar va kechinmalar uyg‘otadi, estetik tajribaning to‘planishiga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. Jumladan, dovrug‘i keng taralgan loydan yasalgan xushtakchalar, qayrilma shoxli qo‘ylar, Hamro buvi o‘yinchoqlari kabi bir qator o‘yinchoqlar mayinligi va hoshiyalarining nafisligi, afsonaviy bezagi bilan ko‘zni quvontiradi.
Loy va plastilindan yasalgan o‘yinchoqlardan hozirgi zamon bolalari o‘yinlarida ham foydalanish davom etmoqda. To‘g‘ri, loydan yasalgan o‘yinchoqlar birmuncha kam qo‘llaniladi, biroq ular bolalar hayotida bolalar tashkilotlari interyerining dekorativ elementi, bolaning estetik idrokini shakllantiruvchi, uning tasviriy faoliyatini rivojlantiruvchi material sifatida o‘z o‘rnini topgan24.
I BOB YUZASIDAN XULOSALAR
Birinchi bob yuzasidan xulosa shuni ko‘rsatdiki tajriba-sinov ishlarida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim va tarbiya berishda o‘yinchoqlar yasash katta ahamiyatga ega. U maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun zarur xususiyatlar ko‘rib idrok etishni, xotirani, obrazli fikrlashni rivojlantirishga, qo‘l mehnati ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga yordam beradi. O‘yinchoqlar yasash tasviriy faoliyatning boshqa turlari singari, estetik didni shakllantiradi, go‘zallikni his qilishga, uning rang-barangligini tushunishga o‘rgatadi.
Bolalar mana shu shaklni ajrata olishlari, geometrik shakl — har qanday predmet shaklini belgilash uchun asos ekanligini va bir turdagi predmetlar guruhining bir-biriga o‘xshashligini bilishlari kerak.
Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashga kirishishdan oldin predmetni kuzatishning yuqorida taklif qilingan tizimi mashg‘ulotlar, o‘yinlar yoki maxsus mashqlar davomida amalga oshiriladi. Bunda predmetni kuzatishni, ya’ni uni faol idrok etish va ko‘rishni bolaga u ikki yoshga to‘lganidan keyin o‘rgatish kerak. Bu yoshdagi bolalar bilan individual va jamoaviy ish olib boriladi: 2-3 yoshli bolalarga predmetni yaxlit idrok etishni, shuningdek, uning ayrim xossalarini ajratishni o‘rgatish kerakligi juda muhim ekanligiga guvoh bo‘ldik.
II bob . Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning mazmuni, shakllari, metod va vositalari.
2.1. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash orqali bolalar ijodkorligini rivojlantirish
Bolalar ijodkorligini rivojlantirish pedagogikaning dolzarb muammosidir. Chunki voqeligimiz yoshlarda tevarak-atrofdagi narsalarga ijodiy munosabatni, faollik va mustaqil fikrlashni shakllantirishni taqozo etadi. Biz bolalarimizda aql-idrokni, o‘tkir zehnni, tashabbusni, tadbirkorlik va fantaziyani tarbiyalamog‘imiz kerak.
Shunday qilib, bolalar ijodkorligini rivojlantirish vazifalari maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlariga asoslanadi, har bir yosh guruhida bu vazifalar turlicha aniqlashtiriladi.
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashda bolalar ijodkorligini rivojlantirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • faoliyatning mazkur turiga qiziqishni rivojlantirish;

  • kichik guruhdan boshlab bolalarni predmetlarni kuzatishni o‘rgatish yo‘li bilan voqelikni idrok etish asosida, mustaqil izlash asosida predmetlar shaklini yaratishga o‘rgatib borish;

  • ilgari yasalgan shakllardan foydalanishga va ularni mujassamlashga odatlantirish. Har bir yosh guruhidagi bolalarga iloji boricha loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash usullaridan va tasvirlash vositalaridan erkin foydalanishni o‘rgatib borish;

  • bolalarni loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash uchun mavzularni mustaqil holda o‘ylab topishga asta-sekin o‘rgatib borish, buning uchun tevarak-atrofni kuzatish, badiiy adabiyotlarni tinglash, turli rasmlarni tomosha qilish, san’at asarlarini ko‘rish orqali idrok etilgan taassurotlardan foydalanish; bolalarni tarbiyachining ko‘rsatmalarini faol idrok etish o‘yinchoqlarning shakllarini, ularni yasash usul — tasvirlash vositalarini o‘ylab topishda tashabbus ko‘rsatishga o‘rgatish25.

Xo‘sh, ijodiy faoliyat nimalarni o‘z ichiga oladi, uni qanday ta’riflash mumkin?
Ijodkorlik insonning tabiiy va ijtimoiy dunyoni voqelikning obyektiv qonunlari asosida inson maqsadi va ehtiyojlariga muvofiq o‘zgartiradigan faoliyatidir. Ijod mahsuli - bu inson ongining faol mahsulidir. Ijodkorlik fan, texnika va san’atning turli sohalarida namoyon bo‘ladi.
Hozirgi tadqiqotlar maktabgacha yoshdagi bolalar rasm chizish, loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashda ijodiy faoliyat ko‘rsata olishlarini isbotladi. Albatta, bolalar ijodkorligi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, kattalar ijodkorligi mezonlariga javob bera olmaydi.
Lekin badiiy vositalarni oldindan qidirib ko‘rish, o‘z ishlarini rejalashtirish, uni o‘ylab olish bola ijodi uchun xarakterli emas. Bola loy yoki plastilindan biror narsa yasash uchun mavzu tanlaganidan keyin o‘sha zahoti uni tasvirlashga kirishadi. U tasvirlash jarayonidagina o‘z ishining mazmuni to‘g‘risida fikr yuritadi, uni qanday bajarish, qanday vositalardan foydalanysh to‘g‘risida o‘ylaydi, ya’ni san’atkor asosan oldindan o‘ylab qo‘yadigan barcha masalalarni bola ish jarayonida hal qiladi. San’atkor ijodining davri hamma ishni aniqlab olishga bog‘liq bo‘lib, g‘oya amalga oshgunicha davom etadi, bog‘cha yoshidagi bolada esa bu davr g‘oyaning amalga oshishiga to‘gri keladi. Bolalar ijodkorligining o‘ziga xos ana shu xususiyati ularda analiz va sintez qobiliyati yetarli emasligi, ular o‘z ishlarini oldindan rejalashtira olmasligi bilan izohlanadi.
G‘oyani amalga oshirish uchun tasavvurdagi barcha narsalar ichidan eng xarakterlilarini ajrata bilish, yaratiladigan obrazni xayolan tasavvur eta olish, tasviriy va texnik vositalarni tanlay bilish kerak. Bu ishlarning hammasi mukammal tafakkur jarayonlarini talab qiladi. Biroq, loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tajribasi ko‘rsatadiki, bolalarni tasviriy san’at faoliyatiga o‘rgatish bo‘yicha doimiy ish olib borilsa, ularni o‘z ishini oldindan o‘ylashga odatlantirish mumkin.
Bolada ijod kurtaklarini rivojlantirish vazifalari uning yoshiga xos anatomik-psixologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning predmetlar sifati va xususiyatlari to‘g‘risidagi tasavvurining to‘laligi uning analizatorlari qay darajada ishlashiga bog‘liq bo‘ladi. Tadqiqotlar 6-7 yashar bolalarda ko‘rish va sezish idroki yetarli darajada rivojlanishini ko‘rsatadi.
Kattalarning tegishlicha yo‘lga solishi bilan kichkintoy predmetning barcha asosiy sifatlarini: shakli, mutanosibligi, rangi, tarkibiy qismlarini, shuningdek, fazodagi o‘rnini idrok eta oladi.
Bolalar idrokining ko‘lamiga analizatorlarning rivojlanish darajasidan tashqari kuzatilayotgan obyektga qiziqish ham ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, bolalar 6-7 yoshga yetgach, tevarak-atrofdagi narsalarga qiziqishi ortadi. Bu esa o‘z navbatida ancha uzoq kuzatish ishlari olib borish imkonini beradi. Bolaning xotirasi uning yoshi ulg‘aygan sari rivojlanib boradi. Lekin psixologik eksperimentlar maktabgacha ta’lim tashkilotlari ning eslab qolish jarayoni asosan beixtiyor bo‘ladi.
Ko‘rish obrazlari vujudga kelishiga faqat xotira emas, balki tafakkur jarayonlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu jarayonlarsiz voqelikni idrok etish ko‘rish obrazlariga aylanmaydi. Tafakkur jarayonlari rivojlanishi bilan bola predmetlarni ifodali va rejali tasvirlay oladigan bo‘ladi. Predmetni to‘laroq va yorqinroq aks ettirish uchun bola shakllangan ko‘rish obraziga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun u o‘z navbatida o‘sha predmet qismlarining o‘zaro bog‘liqligi va bir-biriga ta’sirinig tasavvur qila olishi kerak. Bolalarda tafakkur jarayonlarining rivojlanishi to‘g‘risida gap borganda, shuni unutmaslik kerakki, bola loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasayotganida uning uchun predmetni butun qismlari bilan to‘liq tasavvur qilish qiyin. Bu esa predmetlarni tasvirlashga konstruktiv yondashishga olib keladi. Odatda, hatto 7 yoshli bolalar yasagan haykallar ham ko‘pincha konstruktiv bo‘ladi. Hamma gap shundaki, yaxlit bo‘lakdan mustaqil holda predmetni yasash bola uchun qiyin, chunki bolalar predmetlarni tasvirlash jarayonida predmetni uning qismlarini analiz qilish, sanashdan ularni aniq bir obrazga soddagina qilib birlashtirishga o‘tadilar. Biroq, bolalarga izchillik o‘rgatib borilsa, ular yaxlit bo‘lakdan o‘yinchoq yasash, barqaror mutanosib, plastik figuralar yaratish vazifasini yaxshi bajaradilar.
Bolalar ijodkorligida san’atkor ijodidagi singari tasavvur katta rol o‘ynaydi. Ma’lumki, uning kurtaklari bola bog‘chaga kelmasidanoq nish ura boshlagan bo‘ladi. Ta’lim jarayonida, ertaklar eshitish, har xil rasmlarni ko‘rish tufayli bola o‘yinchoq yasashdan oldin o‘zi bevosita idrok etgan predmetlar doirasiga kirmaydigan narsalarni asta-sekin tasavvur qila boshlaydi. Bolada avval kattalarning og‘zaki ta’siri bilan ixtiyoriy tasavvur obrazlari hosil bo‘lib, keyinchalik ular bolaning mustaqil fikrlashidan vujudga kelishi mumkin.
Bolalar uchun o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtirish va tasvirlash hamda texnik usullarni tanlash imkoniyati yaratilsa, ularda o‘yinchoq yasash mashg‘ulotlarida ijodiy tasavvur elementlari namoyon bo‘ladi. Odatda bolaning ijodiy tasavvuri tasvirlangan qahramonlarning kiyimlariga yangi detallar o‘ylab topishda yoki savatcha, tayoqcha, belkurak singari predmetlarni qo‘shishda, turli kompozitsiyalarni hal qilishda ko‘rinadi.
Tarbiyachi bog‘cha bolasiga mustaqil fikrlashni o‘rgatishda ixtiyoriy tasavvurni rivojlantirish imkoniyatlarini bilishi va bolaga rahbarlik qilib, uni rejali ijodiy ishga yo‘naltirishi kerak.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida xar bir yosh xususiyati yoshidagi bolalarda tasavvurni shakllantirish jarayoni to‘g‘risida gapirar ekanmiz, uning bola ongida obrazlar paydo bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatadigan emotsional tomonini aytmaslik mumkin emas. Bolalar o‘zlari ko‘rgan va eshitgan barcha narsalardan emosional ta’sirlanadilar. Ular o‘zlari idrok etgan narsalarga muayyan ijobiy yoki salbiy munosabatda bo‘ladilar. Bunday emotsional ko‘tarinkilik bolalarning tasvirlash faoliyati natijasiga ham ta’sir qiladi. Ular o‘z hissiyotlari ta’sirida obraz yaratadilar, undagi ifodalilik xususiyatlari atrofdagi kishilar bolaning shu obrazga munosabatini, ba’zan tasvirlangan narsaning mazmunini bilib olishlarida yordam beradi.
Bola yaratgan obraz yetarli muayyan ifodalilik belgilariga ega bo‘ladi. Bolalar o‘z hissiyotlari ta’sirida haykalni naqshlar bilan bezatadilar, ishlayotgan paytlarida hikoya qiladilar, qo‘shiq aytadilar, turli harakatlar qiladilar. Qahramonning ahamiyatini oshirish uchun mutanosiblikni o‘zgartiradilar, lekin bularning hammasi rassomlar foydalanadigan tasvirlash vositalarining elementlari, xolos.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xar bir yosh xususiyati yoshidagi bola rivojlanishining xususiyatlari va unda tasvirlash qobiliyatining rivojlanishi o‘yinchoqlar yasash mashg‘ulotlarida bolalar ijodkorligini o‘stirishning umumiy vazifalarini belgilaydi.
«Bolalar ijodkorligi kreativligi» atamasi hozir katta guruhdagi bolalarga nisbatan qo‘llanadi; 2-5 yashar bolalarga loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayonida tegishlicha pedagogik rahbarlik qilib borilsa, ularda ham yaratilayotgan obrazning ifodaligini oshiradigan elementlarni qidirib topish istagi paydo bo‘ladi. Bu esa mazkur yoshdagi bolalar uchun ham ijodiy imkoniyatlarni rivojlantiradigan vazifalar doirasini belgilab olish imkonini beradi.
Bolalarda kreativ ijodkorlikning, biror mavzuni erkin tanlash va hal etish ko‘nikmasining rivojlanishi ularning loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash texnikasini qanchalik puxta egallaganiga bog‘liqligi tufayli ishning mana shu tomoniga katta e’tibor berish kerak. Har bir mashg‘ulotda ijodiy xarakterdagi topshiriqlar bilan birga bolalarga o‘yinchoqlar yasash texnikasini o‘rgatish vazifasi ham qo‘yiladi. Bola tasviriy va texnik usullarni qanchalik ko‘p bilsa, uning o‘yinchoqlar yasashi shunchalik mustaqil hamda ijodiy xarakter kasb etadi.
Yuqorida aytilgan vazifalar tarbiyachilar faoliyatini bolalarda ifodali obraz yaratish, shakllarni, mutanosiblikni, mavzuni chuqurlashtiradigan qo‘shimcha detallar topishni, ya’ni ifoda vositalarini, o‘yinchoq yasash usullarini topishni amalga oshirish ko‘nikmasini, shuningdek, o‘z ishini rejalashtirish malakasini rivojlantirishga qaratishi lozim. Bola keyinchalik o‘z faoliyatini mustaqil holda tashkil etishida yordam beradigan ijodiy ishlash usullarini o‘zlashtirib borishi kerak. Shunga ko‘ra tarbiyachi bolalarga o‘yinchoq yasashda obraz yaratish uchun zarur bilimlar, ko‘nikma va malakalar majmuasini o‘zlashtirish imkonini beradigan vaziyatni yaratishi, ana shunday ta’limiy usullar va ijodiy topshiriqlarni tanlashi lozim.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyachi tashkil etgan ta’lim bolalarni loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash mashgulotlari jarayonida o‘zlashtirgan barcha bilim va malakalaridan mustaqil foydalanishga o‘rgatishi kerak; bundan tashqari bu ta’lim bilimlarni o‘zlashtirish rejali bo‘lishini ta’minlash uchun tizimli o‘tkazilishi zarur. Ijodiy xarakterdagi topshiriqlar xilma-xil va ta’limiy topshiriqlar bilan muayyan bog‘lanishda bo‘lishi kerak. Ijodiy topshiriqlar bilan ta’limiy xarakterdagi vazifalarning o‘zaro bog‘liqligi bolalarning yoshiga va rivojlanish darajasiga qarab amalga oshiriladi.
Bolalar ijodkorligini shakllantirishda bolalarga beriladigan topshiriqlarni uch bosqichda murakkablashtirib borish lozim:
Birinchi bosqichda bolalarga ulardan ijodiy faoliyatda dastlabki yo‘nalishni talab qiladigan topshiriqlar beriladi: tarbiyachining (hikoya to‘qi, bir narsa o‘yla, qidirib top, o‘zgartir, chamalab top, narsa yasa kabi) ko‘rsatmalari bo‘yicha bolalar pedagog bilan birga ishlab, ijodkorlik (kreativ) elementlarini namoyon etadilar.
Ikkinchi bosqichda bolalarni aniq maqsadga muvofiq ishlashga va izlanishga da’vat etuvchi topshiriqlar beriladi. Bola tarbiyachi bilan birga ishlab, o‘zlashtirgan ko‘nikmalarni mujassamlash va o‘zgartirish mumkinligini tushuna boshlaydi.
Nihoyat, uchinchi bosqich — bolani turli faoliyatda fikrlash bo‘yicha mustaqil harakat qilishga, o‘z ishlarini rejalashtirishga, tasvirlash vositalarini tanlashga o‘rgatadigan topshiriqlardan iboratdir.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida xar bir yosh xususiyati yoshidagi birinchi kichik guruhda bolalar loy bilan ishlashning dastlabki ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar, bu ko‘nikmalardan keyinchalik predmetlarni tasvirlayotgan vaqtlarida foydalanadilar. Bolalarga beriladigan dastlabki topshiriqlar ta’limiy va tarbiyaviy xarakterda bo‘ladi, lekin bolalarga asta-sekin mo‘ljal bilan loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashni va o‘zlashtirilgan shakllarni mujassamlashni o‘rgatib boriladi.
Kichik guruhdagi bolalarning fikrlash mashg‘ulotlaridagi tasvirlash jarayonining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular o‘yinchoqlar yasashga kirishar ekanlar, tasvirlash uchun mavzu to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmaydilar. Bir parcha loyni qo‘llariga oladilar-da, uni hamma barmoqlari bilan baravar ezg‘ilab o‘ynaydilar, undan kichik-kichik bo‘laklarni uzib oladilar, keyin bir-biriga qo‘shib yaxlit holga keltiradilar, so‘ng barmoqlarini unga tiqib o‘yiqlar qiladilar. Aslini olganda bolalar loyning o‘zini o‘yinchoq qilib o‘ynaydilar. Hosil bo‘lgan buyumni bolalar hech narsaga o‘xshata olmaydilar va faqat tarbiyachi ulardan:
figuralar yasashni, chizishni yaxshi ko‘radilar. Pedagog har bir bolaning loy va plastilin o‘yinchoq yasash uslubini tushunmog‘i, unga yo o‘sha uslubni mustahkamlashda, yoki boshqa uslubni o‘rganishda yordam bermog‘i kerak.
Qo‘llar buyumning shaklini o‘zga nisbatan boshqacharoq va to‘liqroq anglaydi. Chunki biz qo‘llarimizni buyumning ko‘zdan yiroq va yashirin sirtlariga qo‘yishimiz mumkin. M. N. Sechenov
Maktabgacha yoshdagi bolalarda olamni anglash, o‘rganishga qiziqishni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning eng qulay va samarali turlaridan biri, shubhasiz, loy ishi - haykaltaroshlikmashg‘ulotlaridir. Bu turdagi mashg‘ulotlarda bolalarda ijodkorlik ko‘nikmalarini tarkib toptirish bilan bir qatorda maktab ta’limida muhim ahamiyat kasb etuvchi qo‘llarning mayda motorikasini rivojlantirish jarayoni kechadi. Shuning uchun ham haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida muayyan didaktik vazifalar qo‘yiladi. Unga
ko‘ra, haykaltaroshlik mashg‘ulotlarining maqsadi, birinchi navbatda, bolalarda ijodkorlikni shakllantirish, ularda haykaltaroshlik sohasiga oid texnik va ijodiy malakalarni tarkib toptirish orqali tasviriy san'atga, umuman go‘zallik namunalarini yaratishga qiziqish, rag‘batni tarbiyalashdan iborat.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan loy ishi mashg‘ulotlarida quyidagi o‘quv-tarbiyaviy vazifalar hal etilishi nazarda tutiladi.
1. Bolalarni borliqdagi buyumlarni hajmi va boshqa parametrlarini ko‘rish va his qilish (qo‘l barmoqlari orqali)ga o‘rgatish.
2. Bolalarda buyum yasashning turli ifodaviy vositalaridan foydalanishga oid texnik va ijodiy malakalarni shakllantirish.
3. Haykaltaroshlik asbob-anjomlaridan o‘rinli foydalanish malakalarini tarkib toptirish.
4. Berilgan mavzuga mos tasvir (buyum) yasash malakalarini shakllantirish.
5. Atrof-muhitdagi voqea va hodislarni kuzatish, idrok etish orqali hosil bo‘lgan taassurot va tasavvurlar asosida mustaqil kompozitsiya yaratishning dastlabki malakalarini tarbiyalash.
6. Bajargan ishlarini mazmunini sharhlay olishga o‘rgatish.
7. Jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini tarbiyalash vositasida bolalarda kommunikativlik kompetentsiyalarining dastlabki elementlarini tarkib toptirish.
8. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarni tartibli ishlash va gigienik qoidalarga rioya qilishga o‘rgatish.
Yuqorida sanab o‘tilgan maqsad va vazifalar bir asosiy maqsadga tasviriy faoliyat vositasida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashga yo‘naltiriladi. Shuning uchun tarbiyachilar bu ta’limiy va tarbiyaviy jarayonga kompleks tarzda yondashishlari talab etiladi. Zero, tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida faoliyatning boshqa turlari bilan uzviy aloqadorlikda jarayonga integrativ yondashish faoliyatning sifatli va samarali kechishini ta'minlaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari tizimida haykaltaroshlik mashg‘ulotlariga keng o‘rin ajratilgan. Chunki haykaltaroshlik mashg‘ulotlari maktabgacha yoshdagi bolalarda maktab ta’limi uchun kerakli tasavvur, amaliy malakalarni tarkib toptirish uchun qulayfaoliyat turi hisoblanadi.
Taniqli haykaltarosh I. Ya. Gints burhay xaykaltaroshlikning ta’limiy ahamiyatini ta’riflar ekan, matematika fanini o‘rganish uchun arifmetika qanday rol o‘ynasa, haykaltaroshlik tasviriy san’atni o‘rganishda shunday ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tgan. Chunki tasviriy faoliyatning boshqa turlarida buyumlarning ayrim detallari, elementlari (masalan, perspektiva qonuniyatiga ko‘ra buyumlarning ko‘rinishi, umuman borliqning vizual obrazi) o‘zgarib ketadi. Natijada tasviriy san’at asarini to‘laqonli idrok etish va muayyan qonuniyatlar asosida tasvirlash uchun tasvirdagi illyuziyalarni anglash talab etiladi. Haykaltaroshlikda ularni yaqqol ko‘rish, tasvirlash imkoniyati mavjudligi bois bolalarni nisbatlarni to‘g‘ri talqin qilish, asosiyni ikkinchi darajalidan ajratishga o‘rgatish jarayoni oson kechadi. Shuning uchun ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari dagi haykaltaroshlik mashg‘ulotlariga bolalarda buyumlar haqidagi dastlabki tasavvurlarni hosil qilish, ularni “o‘qish alifbosi’ sifatida qarash lozim. Haykaltaroshlikning bosh mavzusi, shubhasiz, inson obrazidir. Biroq inson obrazini to‘laqonli ochib berish uchun haykaltaroshlar borliqdagi boshqa buyum va detallarni ham tasvirlaydilar. Tasviriy san’atning rangtasvir va grafika turlarida rassomlar ifodaviylik vositasi sifatida nur va soya munosabatini ifodalash, hajmdorlik haqida illyuzionistik tasvir hosil qilish orqali asar yaratadilar. Haykaltarosh asarlari ham shu qonuniyat asosida yaratilsa-da, nur va soya munosabatlari real tarzda ko‘rinadi. Chunki aynan o‘yiq yoki bo‘rtiq qismlar hisobiga yorug‘-soya ifodasi haykalning shaklini, hajmdorligini bildiradi. Bu xulosa maktabgacha yoshdagi bolalarga haykaltaroshlikasoslarini o‘rgatish ularning tasviriy faoliyatlarida yetakchi o‘rinni egallashi lozimligini anglatadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan loy ishi mashg‘ulotlarida asosiy material sifatida plastilin va loydan foydalaniladi. Ulardan foydalanish texnikasi va texnologiyasi har xil bo‘lsa-da, tasvir (haykalcha) hosil qilish imkoniyatlariga ko‘ra ular bir xil texnik ko‘rsatgichlar va imkoniyatlarga ega. Tarbiyachi bajariladigan ishning mazmuniga ko‘ra loy yoki plastilinda ishlashni taklif etadi. Agar mayda dekorativ haykalcha yasaladigan bo‘lsa plastilinning turli ranglaridan foydalangan holda ishlash tavsiya etiladi. Chunki undagi aniq ranglardan foydalanib ifodali-ta’sirchan haykalcha yasash mumkin bo‘ladi. Gigiyenik jihatdan har ikkala material ham muayyan tartiblarga rioya qilishni talab etadi. Shuning uchun topshiriqni bajarish uchun material tanlashda, asosan, yasaladigan haykalchaning hajmi, mavzusi, ko‘lami (bir figurali, ikki figurali haykalcha kompozitsiyasi, kattaroq hajmdagi haykalcha va boshqa parametrlar) e’tiborga olinadi. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari bilan o‘tkaziladigan loy ishi mashg‘ulotlarida loy bilan ishlash tavsiya etiladi. Chunki, birinchidan, kattaroq hajmdagi haykalchalarni ishlashda bir xil massa (rang) dagi plastilin bilan ta'minlashimkoniyati cheklangan bo‘ladi. Ikkinchidan, plastilinning turli rangda bo‘lishi bolalarning diqqatini mayda detallarni tasvirlashga yo‘naltirib, asosiy maqsad - shakl va hajmni his qilish va tasvirlashdan chalg‘itadi. Qolaversa, Respublikamizda issiq kunlar ko‘p bo‘lganligi bois bunday ob-havo sharoitida issiq harorat ta'sirida plastilinni yumshab ketishi va yopishqoq bo‘lib qolishi ishlashda noqulaylik tug‘diradi. Shuningdek, bunday sharoitda yasalgan haykalchalarning shakli buzilib ketadi. Loydan esa uzoq muddat foydalanish mumkin. Qolaversa, loydan yasalgan buyum qurigan holatda ham shaklini o‘zgartirmaydi. Shu bois loydan yasalgan buyum qurigach unga rang bilan bezak berish ham mumkin bo‘ladi. Shuningdek, loy bilan ishlash mashg‘ulotlari iqtisodiy tomondan qiyinchilik tug‘dirmaydi. O‘rni kelganda loy tanlash va undan foydalanishga tayyorlash masalalaridagi tavsiyalarni keltirish maqsadga muvofiqdir. Odatda, loy tayyorlash uchun yerni ommaviy tarzda yillar davomida ekin ekiladigan va kimyoviy o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladigan, chorvachilik va parrandachilik fermalari yaqinidagi joylardan olish tavsiyaetilmaydi. Mamlakatimizning ayrim viloyatlarida, ayniqsa, tog‘li va adirli hududlarda tarkibiga ko‘ra ekologik toza va ishlash uchun har tomonlama qulay, turli shakllar yasash uchun o‘zining elastikligi bilan ajralib turadigan manbalar mavjud. Shuningdek, loy tayyorlash uchun daryo va soyga yaqin, suv yuvib turadigan joylardan massa olish mumkin. Biroq bunday joylardagi yerning tarkibida qum miqdori ko‘p bo‘lganligi uchun shakl hosil qilishda massaning plastik ishlov berish uchun qulaylik xususiyatlari pastligi bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklar kuzatiladi. Bunday massadan yasalgan shakl quriganidan keyin uqalanib ketish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Massani qo‘llashga yaroqliligini juda oddiy usul bilan aniqlash mumkin: tuproqdan loy tayyorlab, undan halqacha hosil qilinadi. Аgar halqachaning tashqi tomonida yoriqchalar hosil bo‘lmasa, massa haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida foydalanish uchun yaroqli hisoblanadi. Yaroqli tuproq manbalari mavjud bo‘lmagan hududlarda agar tuproq har xil begona jinslardan xoli bo‘lsa plastmassa chelak yoki shunga o‘xshash idishga imkon qadar maydalanib, ustidan suv quyib bir necha kunga ivitib qo‘yiladi. Suvni shunday miqdorda quyish kerakki, tuproqning yuqori qismi quruqligicha qolishi kerak. Аgar suv ko‘proq quyilsa loy suyuq bo‘lib, uni qattiqroq massa holiga keltirish uchun vaqt sarflanadi. Aks holda undan shakl hosil qilish qiyinlashadi. Begona jismlar borligi ehtimoli mavjud bo‘lsa, tuproqni maydalab, elakdan o‘tkazib olish lozim. Chunki tuproq tarkibida kesuvchi (shisha siniqlari, tunuka bo‘lakchalari, temirparchalari, bir qirrasi o‘tkir toshchalar va boshqa tig‘li jinslar) begona jinslar bo‘lishi mumkin. Tuproqni begona jinslardan tozalab bo‘lgach, uni ham birinchi variantdek ivitib qo‘yiladi. Bu vaziyatda bolalar tomonidan oldingi yillarda ishlangan hamda keraksiz bo‘lgan haykalchalarni ham maydalab qo‘shib yuborish mumkin. 2-3 kun ivigan qorishmani qo‘lga rezina qo‘lqop kiygan holda yoki maxsus tayyorlangan tayoq bilan bir xil massa hosil bo‘lgunicha yaxshilab aralashtiriladi. Loyga ishlov berishda uning tayyor holga kelganligini aniqlash uchun uning bir bo‘lagi qo‘lning kaftida aylantiriladi. Agar loy kaftimizga yopishmasa, u ishlatish uchun tayyor bo‘lgan hisoblanadi. Loyning plastiklik xususiyatini oshirish uchun uning tarkibiga moy, vazelin kabi qo‘shimchalar qo‘shish mumkin. Hosil bo‘lgan massani germetik yopiladigan idishda yoki salafan plenka bilan o‘ralgan tarzda saqlash mumkin. Bunday zaxira yil davomida o‘tkaziladigan haykaltaroshlik mashg‘ulotlari uchun yetarli bo‘ladi. Faqat ishlatish oldidan uning sifati nazorat qilinadi. Lozim bo‘lgan taqdirda unga biroz suv sepib, ishlov beriladi. Tayyorlangan
loyni sirlanmagan temir yoki boshqa metal idishlarda saqlash tavsiya etilmaydi. Chunki loy tarkibidagi namlik hisobiga idish zanglaydi hamda uning metall idish bilan kontaktda bo‘lgan qismi buziladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan loy ishi mashg‘ulotlarida, ta'kidlab o‘tganimizdek, asosan, loy va plastilindan foydalanilsa-da, bolalarga tasviriy san'atning bu turida ishlatiladigan boshqa turdagi materiallarhaqida ham dastlabki ma'lumotlarni berish maqsadga muvofiq.
Haykaltaroshlik namunalari dastlab toshlardan yo‘nib ishlangan. Bu texnika rivojlanib, marmar, granit, yog‘och kabi materiallardan haykallar yasash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, taraqqiyotning ma'lum bosqichlarida metall eritish texnologiyalari ixtiro qilinishi munosabati bilan bronza, mis, hattoki oltin va kumushdan haykallar yasala boshlangan. Shuningdek, haykaltaroshlik materiali sifatida gips, shamot kabi materiallar ham qo‘llaniladi. Bu turdagi namunalar haqida ma'lumot berishda har biriga illyustrativ material ilova qilingan holda tushuntirish maqsadga muvofiq. Loy ishi mashg‘ulotlarida loy (plastilin)ning butun bo‘lagidan keraksiz qismlarini kesib, yo‘nib olib tashlash uchun steklardan foydalaniladi
Steklar metalldan (ularni, asosan, professional haykaltaroshlar ishlatadilar), plastmassa va yog‘ochdan yasaladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida plastmassa va yog‘och steklardan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus tayyorlangan steklar bo‘lmasa oddiy cho‘pdan ham foydalanish mumkin. Yog‘och steklarni ota-onalar tayyorlab berishlari mumkin. Buning uchun uzunligi 15 - 20, eni 2 - 2,5, qalinligi taxminan 1 sm o‘lchamdagi taxta bo‘lagining bir tomonini pichoq tig‘iga o‘xshatib yo‘niladi. Uning uch qismin i biroz ingichkalashtirib, o‘tkirlashtirib chiqiladi. Bunday stekdan bolalar bemalol foydalanishlari mumkin. Loy ishi mashg‘ulotlarini tashkil etishda bolalar foydalanadigan ish qurollari - steklar bajarilayotgan ishni sifatli chiqishiga bevosita ta'sir o‘tkazadi. Stek o‘rnida o‘tkir buyumlardan (pichoq, bigiz va b. ) foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Loy ishi mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan joylarda, albatta, mashg‘ulotdan so‘ng qo‘lni iliq suvda sovunlab yuvish imoniyati bo‘lishi lozim.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan loy ishi mashg‘ulotlarida faqat yumshoq materiallar (loy va plastilin)dan foydalaniladi. Ma'lum malaka va sharoiti mavjud ayrim tarbiyachilar papbe-mashe texnologiyasida haykalchalar, buyumlar va qo‘g‘irchoqlar yasashlari mumkin. Shuning uchun ham bolalar haykaltaroshlikda qo‘llaniladigan asboblar haqida ma'lumotga ega bo‘lsalar foydadan holi emas.
Modellashtirish - badiiy ijodiyotning eng aniq shaklidir. Bola yaratgan narsanini nafaqat ko‘radi, qo‘liga oladi, paypaslaydi, kerak bo‘lsa o‘zgratiradi. Modellashtirishning asosiy asbobi qaychi, qalam, mo‘yqalam emas balki qo‘ldir, to‘g‘rirog‘i ikki qo‘lidir, shu sababli mahorat darajasi o‘z qo‘llarning egalik darajasiga bog‘liq. Shu nuqtai nazardan qaraganda,
modellashtirish texnikasi oddiy, sodda va o‘zini rivojlantirish uchun eng qulay vosita deb hisoblash mumkin. Modellashtirish, ya’ni loy ishi mashg‘ulotlari, bola rivojlanishida kompleks ta’sir etadi: Shakl, hajm, plastik, rangni idrok etish hissiyotini, sensor sezuvchanligini rivojlantiradi;
Mayda qo‘l motorikasini, fazoviy taffakurni va tasavvurni rivojlantiradi; ikkala qo‘l ishini sinxronlashtiradi; ishni rejalashtirish, amalga oshirish, natijani bashoratlash va unga erishish, kerak bo‘lsa o‘zgartirish kiritish ishlarida ko‘nikma, malakalari shakllanadi;
Loy ishida qo‘llaniladigan usullar:
1. Yumaloqlik-bir bo‘lak loydan kaftda aylana harakatlar bilan shar yasaladi.
2. Shar yasash, so‘ngra uzunasiga harakatlar bilan uni tuxum, ustun kabilarga aylantirish.
3. Yassilash-sharikdan yassi non yasaladi, qo‘lning holati doimo o‘zgarib
turadi.
4. Cho‘zish - sharikning bir qismi cho‘ziladi.
5. Surish (yamash) buyumning ayrim qismlarini o‘zaro biriktirish.
Loy bilan ishlash mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishda ish joyini bekamu-ko‘st jihozlanganligi muhim ahamiyatga.
Modellashtirish texnikasi
Modellashtirish texnikasining usul va metodlarning xilma-xil, rang-barangligiga qaramay maktabgacha yoshdagi bolalar oson egallab olishadi. Konstruktiv uslub- modellashtirishning bu uslubi konstruktor qismlaridan kabi alohida qismlardan yaratiladi (nomi ham shundan kelib chiqqan). Tarbiyachi dastavval bolalarning diqqatini o‘sha predmetning yirik qismlariga, uning mayda qismlariga, shakliga, rangiga jalb etadi. Dastlabki mashg‘ulotlarda tarbiyachi tasvirlashning texnik usullarini ko‘rsatib tushuntirib beradi. Shuningdek, tarbiyachi bolalarni loydan narsalar yasashda ko‘proq o‘yin usullaradan foydalanadi. Bu guruhda loy mashg‘ulotlari predmetli xarakterga ega bo‘ladi, ya'ni bolalar alohida, yakka predmetlarni yasaydilar, bu guruhda bolalar ishiga yoki faoliyatiga baho berish ham muhim usullardan hisoblanadi. Tarbiyachi albatta bolalarni, ular qanday ishlaganlarini va ishni qanday bajarganlarini aytib o‘tish lozim. Bola o‘ylab topgan obrazni tasavvur qilib, qanday qismlardan iboratligini aniqlashtirib, yasaydi. Konstruktorlik uslubi bilan bolalar 2-3 yoshdan boshlab yasashni boshlaydilar va ko‘pincha o‘zlariga bu “yangilikni” mustaqil “ochishadi”. Ko‘p hollarda kichik yoshdagi bolalarda modellashtirish quyidagi variantlarda namoyon bo‘ladi:
- ikkita bir xil shaklni birlashtirish (munchoq, devor);
- o‘xshash, ammo turli hajmdagi shakllarni birlashtirish (halqachalar, piramida, qorbobo, sarak-sarak qo‘g‘irchoq, minora);
- turli shakllarni birlashtirish (qo‘ziqorin, kapalak, qush)
Haykaltaroshlik uslubi. Bu uslubni yana plastik yoki butun bo‘lakdan
modellashtirish deb atashadi. Bolalarni loy bo‘lagining mayda qismlarini
cho‘zib chiqarishga, barmoq bilan chuqurcha hosil qilishga, buklashga, biriktirilgan qismini mahkam qilib yopishtirishga o‘rganadilar. Chimdib chnqarishga bolalar jo‘ja, qushlarni yasashda o‘rganadilar. Shu jarayonda bolalar predmetlarni, ularning qismlarini, shakl kattali jihatdan taqqoslashga o‘rganadilar. Masalan: baliqni oldin tanasini oval shaklida yasab oladilar, so‘ng baliqning bir tomonini salgina cho‘zib va dumaloqlab, boshini, qarama-qarshi tomonini ko‘proq cho‘zib chiqarib, yapaloqlab, uning dumini yasaydilar, suzgichlarini chimdib chiqaradilar. Shuningdek bolalar loy bo‘lagini bir necha bo‘lakka bo‘lishga o‘rganadilar Masalan qushni yasashda yuqoridagilardan tashqari idishlar yasashga o‘rganadilar. Ular idishlarni yakka usulda: ya'ni yumaloqsimon va silidrsimon shakllarni barmoq bilan bosib chuqurcha hosil qilish, bandini esa alohida loy bo‘lagidan yoki asosiy loy bo‘lagidan cho‘zib chiqarib yasash mumkin. Bolalar olgan bilim va malakalarni o‘stirib mustahkamlaydilar.

Download 479.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling