Ilmiy rahbar: Iminaxunova Iroda Xuseynovna p f. f d.(PhD), dots


Download 479.52 Kb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi479.52 Kb.
#1515663
1   2   3   4   5
Bog'liq
disertatsiya SHAXNOZA (2)

MAKTABGA TAYYORLOV GURUHIDAGI MASHG‘ULOTLARNING NAMUNAVIY ISHLANMALARI

Uy parrandalarini (tasavvur bo‘yicha) yasash


Dastur mazmuni. Bolalarga o‘yinchoq yasash uchun mavzu tanlashni, shaklning, detallarning xarakterli xususiyatlarini, mutanosibligini, predmetning plastikligi va go‘zalligini ifodalashni, predmetni faqat tinch holatda emas, balki harakatlanayotgan holatda ham yasashni, buyumni shaklning chiroyli va dekorativligini his etib bo‘yashni o‘rgatish.
Jihozlar. Loy, angob, taxtachalar yoki aylanma dastgohlar, yog‘och qalamlar, mo‘yqalamlar, angob bilan ishlov berishdan oldin silliqlash uchun suv solinadigan taqsimcha.
Mashg‘ulotni o‘tkazish metodikasi. Tarbiyachi mashg‘ulotni boshlashda bolalardan qaysi uy parrandalarini bilishlarini so‘raydi, ularga ana shu parrandalarning rasmlarini qanday chizishganini eslashni tavsiya etadi, bolalarning qushlar tuzilishining xarakterli xususiyatlari va harakatlari to‘g‘risidagi bilimlarini aniqlaydi. So‘ng qaysi parrandalarni yasashlari, ularning tanasi, boshi, bo‘ynining uzunligi, oyoqlari holati qanday bo‘lishi, ularni qanday usullar bilan yasash ma’qulligi haqida o‘ylab ko‘rishni taklif qiladi. Bunda bolalarga predmet tasvirlangach, angoblar qo‘yilgan stolga o‘tish va yasalgan qushchani bo‘yash mumkinligini aytish kerak. Bolalar ishga kirishganlaridan keyin tarbiyachi ularning yoniga borib, nimalarni yasayotganliklarini aniqlaydi, o‘z maslahatlari va savollari bilan ularni mavzuni to‘g‘ri hal qilishga yo‘naltiradi.
Xo‘roz yasash (o‘yinchoqqa qarab)
Dastur mazmuni. Bolalarga xo‘rozning xarakterli shakli va mutanosibligini (tanasining oval shaklini, boshining oval shaklini, yoysimon dumini, tanasi boshidan ko‘p marta kattaligini) tasvirlashni; mayda xarakterli detallari, toji, soqoli, tumshug‘ini ifodalashni; qanotlaridagi, dumidagi ayrim dekorativlikni ko‘ra olish va tasvirlashni; angoblar bilan ishlashni va yasashni o‘rgatish; o‘yinchoqlar loydan va plastilindan yasashning turli usullaridan (yaxlit bo‘lakdan mayda cho‘zib chiqarish, yog‘och qalam bilan loy bo‘laklarini umumiy hajmga qo‘yish va plastilindan yopishtirishdan) foydalanish ko‘nikmalarini mustahkamlash.
Jihozlar. Loy,plasilin, angob, taxtalar, yog‘och qalamlar mo‘yqalamlar.
Mashg‘ulotni o‘tkazshi metodikasi. Mashg‘ulotdan (bir yoki ikki kun) ilgari bolalarga xo‘roz shaklini yasashlarini, tarbiyachi yasab ko‘rsatib, aytib qo‘yiladi, o‘yinchoq xo‘rozlar va xo‘rozning rasmlari ko‘zdan kechiriladi. Tarbiyachi bolalar e’tiborini xo‘roz gavdasining shakliga, uning bo‘yni, dumi, boshi va boshqa detallariga yasab ko‘rsatadi va andozaga qaratadi. Xo‘rozni chiroyli bo‘yoqlar bilan bezash zarurligini uqtiriladi.Masalan ularga “Xo‘roz o‘z oilasi bilan” degan hikoyani o‘qib berishi va tasavvurni xosil qildirib keyin yasashini kuzatishi mumkin. Mashg‘ulotning boshida xo‘roz tasvirlangan o‘yinchoq ko‘rsatiladi, turli savollar orqali bolalar xo‘roz tanasining shaklini, mutanosibligini qay darajada tasavvur qilishlarini aniqlanadi. Tarbiyachi yaxlit loy bo‘lagidan xo‘rozni qanday qilib yasashni va loy bo‘laklarini tananing hajmiga yopishtirib qanotlarni yasashni ko‘rsatib beradi. Bolalarga xo‘rozning soqollarini asosiy shakldan cho‘zib chiqarish yoki alohida tayyorlab olib, keyin boshiga yopishtirish ham mumkinligini aytib qo‘yadi.
O‘yinchoq yasalgach, uni chiroyli va quvnoq qilish uchun angob bilan bo‘yash tavsiya qilinadi. Mashg‘ulot jarayonida bolalar o‘yinchoq qismlarining mutanosibligiga rioya qilishlari, yasashning har xil usullaridan foydalanishlari, loyni faqat barmoq bilan emas, yog‘och qalam bilan ham ajratib olishni o‘rganishlarini kuzatib turadi.
Dumaloq va silindr shaklidagi idishlarni yasash
Dastur mazmuni. Bolalarga sharsimon yoki silindrsimon shakldagi loyni o‘yib idish yasashni; idishning sirtini tekislash va ichki qismiga ishlov berishni; idishning chetini tekislash va uni naqshlar bilan bezashni o‘rgatish.
Jihozlar. Loy,plastelin, angob, taxtalar, yog‘och qalamlar, mo‘yqalamlar.
Mashgulotni o‘tkazish metodikasi. Mashg‘ulotni boshlashdan oldin bolalarga dumaloq va silindr shaklidagi har xil idishlarni ko‘zdan kechirib chiqish taklif qilinadi. Ayni mahalda bolalar tarbiyachi bilan birgalikda u yoki bu detallar qanday yasalishini, idishga qanday biriktirib qo‘yilishini aniqlaydilar.
Suhbat tamom bo‘lgandan keyin tarbiyachi dumaloq shakldagi loyni yog‘och qalam yordamida o‘yib osongina idish yasash mumkinligini ko‘rsatib beradi. Buning uchun u loyni olib, unda chuqurcha hosil qiladi va uni asta-sekin kengaytirib boraveradi: bunda chuqur kattalashib, idishning devorlari yupqalashib boradi. Pedagog loyni juda ehtiyotkorlik bilan o‘yish kerakligini, aks holda idish devorlari juda yupqa bo‘lishi va sinib ketishini aytib qo‘yadi.
Loyni olib tashlash uchun kurakcha va halqasimon yog‘och qalamlar qulay. Kurakcha bilan loo‘ning asosiy qismi olib tashlanadi, halqa bilan esa oxirgi ishlov beriladi va idishning ichki sirti tekislanadi.
Yasalgan kovak shakl stolga qo‘yiladi va bolalar idish chetlarining qanday tekislanishini ko‘radilar. Tarbiyachi bu ishning bir nechta usullarini ko‘rsatadi: idish chekkasini qo‘l bilan asta silliqlaydi; chuqurchaning chetiga ustunchani aylantirib qo‘yadi va idishga yopishtiradi — ensiz bo‘g‘izli vaza hosil qiladi; chukurcha og‘ziga oldin tayyorlab qo‘yilgan loy trubachani o‘rnatib, buyumga yopishtiradi, shunda bo‘gzi uzun ko‘za hosil bo‘ladi. Tarbiyachi qolgan barcha detallarni bolalarga mustaqil holda bajarishni tavsiya etadi.
Halqalarni ustma-ust qo‘yib idish yasash
Dastur mazmuni. Bolalarni kulollarning ishlari va shu orqali ular qanday chiroyli idishlar yasashi bilan tanishtirish (bolalar har xil shakldagi idishlar turli usullar bilan yasalishini bilib olishlari kerak); halqalarni ustma-ust qo‘yib silindr shaklidagi idish yasashni; kerakli yo‘g‘onlik va uzunlikdagi ustunchalar tayyorlashni, ish jarayo-nida ularning o‘lchamlarini tekshirishni; qismlarni barmoqlar va yog‘och qalam bilan mustahkam biriktirishni; idishning o‘lchamlari va shaklini bandning yo‘g‘onligiga muvofiqlashtirishni; idishning shaklini hisobga olib unga naqsh ishlashni o‘rgatish.
Jihozlar. Loy,plastelin taxtalar, kurakchasimon yog‘och qalamlar. Ish vaqtida loyni suvlash va idish sirtini silliqlab turish uchun suv to‘ldirilgan taqsimcha.
Mashg‘ulotni o‘tkazish metodikasi. Tarbiyachi mashg‘ulotdan bir kun oldin ertaga loydan o‘yinchoqlar yasashlarini aytadi va ularga silindr shaklidagi idishlar: krujkalar, qalam (salfetka)lar uchun stakanlar, kichik-kichik vazalarni ko‘zdan kechirishni tavsiya qiladi. Bolalar predmetlarning shakli, detallari va vazifasini aniqlaydilar. Pedagog dekorativ shakllarning go‘zalligini, har xil de-tallarning idishning umumiy hajmiga muvofiq-ligini tushunib olishda yordam beradi. Masalan, og‘ir qilib ishlangan krujkaning bandi yo‘g‘on bo‘ladi. Salfetkalar solib qo‘yiladigan bo‘yi baland stakan kichkina dumaloq oyoqchalarda juda chiroyli turadi. Tarbiyachi bolalar e’tiborini ayrim predmetlar sirtidagi naqshlar xarakteriga qaratadi: ba’zi idishlar yiltiroq bo‘yoqlar bilan, boshqa bir xillari oddiy bo‘yoq yoki angob bilan ishlangan, naqshlar gullardan, barglardan, doirachalar va boshqa elementlardan iborat bo‘ladi.
Tarbiyachi kulollar ustaxonada qanday ishlashi to‘g‘risida gapirib beradi va bolalarga qanday idish yasashlari to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishni taklif qiladi.
Mashg‘ulot boshida tarbiyachi bolalarga kecha berilgan topshiriqni eslashni aytadi, ulardan o‘sha topshiriqlarning mazmunini so‘raydi. So‘ngra bolalarga oldin tayyorlab qo‘yilgan qismlarni: idishning disksimon tagini, uzunligi va qalinligi bir xil va idish tagidagi doira uzunligiga mos oltita ustunchani ko‘rsatadi. Keyin idish tagini taxtaga qo‘yadi va uning ustiga qirralari bo‘ylab haligi ustunchalardan bittasini tik qo‘yib uni idish tagiga mahkam o‘rnatadi, barmoqlari yoki qalam bilan suvab mahkamlab qo‘yadi; so‘ng qo‘liga ikkinchi ustunchani birinchi ustuncha ustiga mahkamlab o‘rnatadi va bunday deydi: “Mana, endi mening qo‘limda to‘rtta ustuncha qoldi. Ularning uchtasi avvalgi ikkita ustuncha singari bir-birining ustiga qo‘yib mahkamlanadi. Oxirgi ustunchadan esa bitta yo‘gon band yasash mumkin va uni o‘rnatsak, krujka hosil bo‘ladi; idishning ikki yoniga band yopishtirsak, vaza hosil bo‘ladi. Ana endi o‘zingiz o‘ylab ko‘ring, siz shulardan qaysi birini yasashni xohlaysiz?” Tarbiyachining mana shu tushuntirishidan keyin bolalar idish yasashga kirishadilar.
Foydalanaladigan adabiyotlar ro‘yxati

  1. Abdullayеv N. San’at tarixi - T., 1997.

  2. Azimov B. Natyurtmort tuzish va tasvirlash mеtodikasi.- T., “O‘qituvchi”, 1994.

  3. Apuxtin O.K. Tasviriy san’at darslari va samaradorligini oshirish omillari”, T., 1990. Abduraximova D.A. Xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida maktabgacha yoshdagi bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish. Avtorеf. p.f.d.(DSc).-T.:2020.-74 b.

  4. Bеgmatova N.X., Aripov M. Multimеdia tеxnologiyasidan foydalanish.- Toshkеnt, 2021.

  5. Boymurodova. G Maktabgacha ta’limda qo‘llaniladigan o‘yinlarning pеdagogik ahamiyati.Pеdagogs jurnali 2022

  6. Burigin B.A.,Marsinskovskaya M.D.O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish.T.:1980

  7. Bo‘tаyеvа U., Оqilоvа K.. Mаktаbgаchа yoshidаgi bоlаlаrni shаkllаntirishdа o‘yin-mаshg‘ulоtlаrning o‘rni // mеtоdik tаvsiyanоmа Sаmаrqаnd 2019 y. 24 b.

  8. Fayzullayеva Z. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodiy faoliyatga oʻrgatish// Maktabgacha ta’lim, 2016, 11-son 4-bеt.


  9. Jabborova X.D.Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya berishning xosligi.T.:2000

  10. Mirziyoyev Sh. “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish” nutqi 2017- yil 19-oktabr

  11. Mirziyoev Sh.M. ―Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarinnng ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli Qarori

  12. Mirziyoev Sh.M. 2017-yil 30-sentyabr ― Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish haqidagi PQ-3305-sonli farmoni. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2017 y., 07/17/3305/0038-son).

Mоnоgrаfiyа, ilmiy mаqоlа, pаtеnt, ilmiy tо‘plаmlаr



  1. Mirdjalilova S.S. va b. ”Bolajon” tayanch dasturi.- T., 2010. – 214b.

  2. Merjan I.Oyi meni yaxshi ko‘rasizmi?T.:1999

  3. Oripov B.O. «Tasviriy san’at darslari va samaradorligini oshirish omillari» Toshkеnt 1997.

  4. Qodirxo‘jaеv F. Maktabda badiiy bеzak ishlari.- T., “O‘qituvchi”, 1991.

  5. Quchqorova N. M., Siddiqov X. T., Tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi. Darslik. T.:, “Nodirabegim” nashriyoti 2022- y. 100 bet.

  6. Quchqorova. N. M. Pedagogik kasbiy kompetentligi va kreativlik. O‘quv qo‘llanma. T.:, “Nodirabegim” nashriyoti 2021- y. 182 bet.

  7. Quchqorova.N.M.,Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga o‘yin orqali tarbiya berish Uslubiy qo‘llanma. 2021y.

  8. Rasm, buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. M. Sh. Nurmatova 1999. 116-118 betlar.

  9. Salaeva M. S. Umumiy pedagogika. Darslik.T.: “Nodirabegim” nashriyoti. 2021-y 598 bet.

  10. Solodyankina O.V. Vospitanie rebenka s ogranichennimi vozmojnostyami zdorovya v seme. – M.: Arkti, 2007.

  11. Sakulina N.P., Kamarova T.S. Bolalar bog`chasida tasviriy faoliyat.- T., ”O‘qituvchi”, 1996.

  12. Sultonova N. Badiiy qahramonlarni jonlashtirish uslubi// Maktabgacha ta’lim, 2018, 8-son, 10-11-bеtlar..

  13. Sodirov N. Madaniy yodgorliklar xazinasi.- T.: “Fan”, 2001.

  14. Ziyodova T. Ta’limda tarbiyalanuvchi va tarbiyachi hamkorligi omili// Xalq ta’limi, 4-son, 9-12-bеtlar. – Toshkеnt, 2012.

  15. Umarov E. va b. Estetika asoslari. – T.: Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009.- 208 b.

  16. Vetlugina N.A.tahriri ostida .Bolalar bog‘chasida estetik tarbiya .T.:O‘qituvchi ,1981

  17. Vohidov M.Bolalar psixologiyasi .T.:1992

  18. Vеtlugina N.A. Bolalar bog`chasida estеtik tarbiya.- T., “O`qituvchi”, 1997.

  19. Xalezova N.B. va b. Bolalar bog‘chasida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash.- T.: O‘qituvchi, 1991.- 192b.

  20. Xasanov R. Tayyorlov guruhlarda naqsh chizish mеtodikasi.- T., “O‘qituvchi” 1997.

  21. Xasanov R. Tеma asosida rasm chizish jarayonida estеtik tarbiya.- T., ”O‘qituvchi”, 1990.

  22. Xayitmetov A. Adabiy merosimiz ufqlari.- T.: “O‘qituvchi”, 1997.

  23. Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari.- T.: “Universitet”, 1998.

  24. Oʻsarova G. Mashgʻulotda еrtaklardan foydalanish usullari// Maktabgacha ta’lim, 2015, 5-son, 7-8-bеtlar.

  25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144 – son

  26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. -https:// uzlidep.uz/ uz/news-of-uzbekistan /7998 7. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi 595-sonli Qonuni

  27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori

  28. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 426-sonli qarori. Toshkent sh., 2022-yil 2-avgust, O‘zbekiston Respublikasi Nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi Nizom.T., 2017

Еlеktron ta’lim rеsurslari:





  1. www. tdpu. uz

  2. www. pedagog. uz

  3. www. Ziyonet.uz

  4. www. edu. uz

ILOVA
ILMIY RAHBAR XULOSASI


ICHKI TAQRIZ
TASHQI TAQRIZ
PLAGEAT

1Sh.Mirziyoyev “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish” nutqi 2017- yil 19-oktabr

2O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144 – son

3Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.-https://uzlidep.uz/uz/news-of-uzbekistan/7998

4Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son “Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori



5 Xalezova N.B. va b. Bolalar bog‘chasida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash.- T.: O’qituvchi, 1991.- 192b.

6 Rasm, buyumlar yasash va tasviriv faoliyat metodikasi. M. Sh. Nurmatova 116-118 betlar.

7 Qodirova F., Toshpoʻlatova Sh., Kayumova N., A’zamova M. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent: “Tafakkur’, 2019.- 688 b.

8 Vetlugina N.N. tahriri ostida .Bolalar bog‘chasida estetik tarbiya .T.:O’qituvchi ,1981

9 Abdullayeva M.A “O‘yin mashg’ulotlarini boshqarish orqali maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yoshidagi bolalar faolligini oshirish” “Fan va texnologiya” 2016 yil

10 https://minikar.ru/uz/lyubov-i-otnosheniya/chto-razvivaet-motoriku-ruk-igry-i-uprazhneniya-na-razvitie-melkoi

11 Sodirov N. Madaniy yodgorliklar xazinasi.- T.: “Fan”, 1981.



12 Jabborova X.D.Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya berishning xosligi.T.:2000



13 Safo Ochil. Mustaqilik ma'naviyati va tarbiya asoslari.- T.: “O'zbekiston”, 1995.



14 Qodirxo’jaеv F. Maktabda badiiy bеzak ishlari.- T., “O`qituvchi”, 1991.



15 Xalezova N.B. va b. Bolalar bog’chasida loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash.- T.: O’qituvchi, 1991.- 192b

16 Xasanov R. Boshlang`ich sinflarda naqsh chizish mеtodikasi.- T., “O`qituvchi” 1997.



17 Jabborova X.D.Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya berishning xosligi.T.:2000

18 Qodirxo’jaеv F. Maktabda badiiy bеzak ishlari.- T., “O`qituvchi”, 1991.

19 Bo‘tаyеvа U., Оqilоvа K.. Mаktаbgаchа yoshidаgi bоlаlаrni shаkllаntirishdа o‘yin-mаshg‘ulоtlаrning o‘rni // mеtоdik tаvsiyanоmа Sаmаrqаnd 2019 y. 24 b.

20 Vеtlugina N.A. Bolalar bog`chasida estеtik tarbiya.- T., “O`qituvchi”, 1997.



21 Sodirov N. Madaniy yodgorliklar xazinasi.- T.: “Fan”, 1981.

22 Xasanov R. Tеma asosida rasm chizish jarayonida estеtik tarbiya.- T., ”O`qituvchi”, 1990.



23 Sakulina N.P., Kamarova T.S. Bolalar bog`chasida tasviriy faoliyat.- T., ”O`qituvchi”, 1996

24 Oripov B.O. «Tasviriy san'at darslari va samaradorligini oshirish omillari» Toshkеnt 1997.



25 Azimov B. Natyurtmort tuzish va tasvirlash mеtodikasi.- T., “O`qituvchi”, 1994.



26 Azimov B. Natyurtmort tuzish va tasvirlash mеtodikasi.- T., “O`qituvchi”, 1994.

27 Xalezova N.B. va b. Bolalar bog’chasida loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash.- T.: O’qituvchi, 1991.- 192b.



28 https://minikar.ru/uz/lyubov-i-otnosheniya/chto-razvivaet-motoriku-ruk-igry-i-uprazhneniya-na-razvitie-melkoi/

29 Oripov B.O. «Tasviriy san’at darslari va samaradorligini oshirish omillari» Toshkеnt 1997

30 Xalezova N.B. va b. Bolalar bog’chasida loy va plastilindan o’yinchoqlar yasash.- T.: O’qituvchi, 1991.- 192b


Download 479.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling