Ilmiy rahbar: Iminaxunova Iroda Xuseynovna p f. f d.(PhD), dots


Kombinatsiyalashgan uslub


Download 479.52 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi479.52 Kb.
#1515663
1   2   3   4   5
Bog'liq
disertatsiya SHAXNOZA (2)

Kombinatsiyalashgan uslub
Bu uslub ikkita uslubni o‘z ichiga oladi: konstruksiyalash va haykaltaroshlik uslublaridir. Bola hayotining 6-chi yilida uning tevarak-atrof haqidagi bilimlari, turmush tajribasi kengaya boradi. Uning qo‘l muskullari mustahkamlanib taraqqiy etadi. U qo‘l barmoqlari bilan nozik harakatlarni bajara oladigan bo‘ladi. Uning psixikasida ham sifat o‘zgarishi yuz beradi. Xotirasi o‘sadi, barqaror bo‘ladi, diqqat ham tobora barqaror bo‘ladi. Bolalar oldin predmetni yasashda uning qismlarini va qismlarning shakli, uning xususiyatlarini aniq tasavvur eta oladilar. Shu bilan birgalikda bolalar predmetlarni ko‘proq harakatda tasvirlashga harakat qiladilar. Bolalarni loy ishlariga o‘rgatishda quyidagi vazifalar turadi: predmet shaklini, proporsiya sini, uning tuzilishini, xarakterli qismlarini va harakatini tasvir etish va boshqalardir. Bolalar idishlar yasab, so‘ng uni bo‘yaydilar, dekorativ plastinkalar yasab ularni bezaydilar. Bu guruhda bolalar syujet mazmun asosida yashlaydilar. Texnik usullar ham bu guruhda murakkablashadi. 4 yoshli bolalar qismlardan yasashsa, 5-6 yoshga kelib butun bir loy bo‘lagidan yasaydilar. Shu bilan birga stek bilan ishlashga ham keng imkoniyat yoki o‘rin ajratiladi. Bolalar dastavval o‘zlariga tanish bo‘lgan sodda predmetlarni yasaydilar. Ular loy bilan ishlashning ikki usuli: konstruktorlik va haykaltaroshlik usullaridan foydalanib, turli xil meva va sabzavotlar yasaydilar. Bodring, lavlagi, sabzi, olmaning ikki xil sorti. Bolalar shu ikki usulda odam figurasini va hayvonlarni yasaydilar. Bu ishlarning mazmuni asosan hali o‘yinchoqlaridan olinadi.
Obrazni jihozlash, dekoratsiyalash vosita va usullari. Plastik materiallar bilan ishlashda turli yordamchi usul va metodlardan foydalaniladi. Bolalarni
predmetning sifatlarini loydan tasvirlashga o‘rgatib boriladi. Masalan: uzun, qisqa, ingichka, kalta, shuningdek, predmetlarni vertikal, tik holatda o‘rnatadilar, qismlarni mahkam biriktirishga, birlashtirilgan qismlarni illiqlashga o‘rganadilar. Bolalar asta-sekin o‘z ishlariga mazmun berishni keng tadbiq etadilar, asosan bir butun loy bo‘lagidan haykaltaroshlik usulida yasaydilar. Masalan: mushuk, kuchuk, quyon va boshqalar. Butun bir loy bo‘lagidan lentasimon usuli bilan idishlar yasaydilar, so‘ng ularni bezaydilar. Bolalar o‘zlariga tanish texnik usullar yordamida turli narsalarni yasaydilar. Masalan: xo‘roz, tovuq, o‘rdak, jo‘ja va boshqalarni yasab, parrandalar shaklini mazmunida ishlaydilar. Ko‘proq natura asosida, ixtiyoriy loy ishlarini bajaradilar. Dastavval predmetni yoki naturani kuzatib, ko‘rib chiqiladi. predmetnning shaklini, qismlarini, proporsiyasini barmoq harakatlari bilan ko‘rib chiqishlari mumkin. Agarda bolalar yasash usulini bilishsa, unda mustaqil yasaydilar, agarda bilishmasa, unda tarbiyachi qisman ko‘rsatib berishi mumkin. Ishlarni bajarishda turli vostilardan foydalasa bo‘ladi. Flomaster turli idishlarning qalpoqchalaridan yasalgan baliqning “tangachalarini” iz qoldirish uchun ishlatish tavsiya etiladi.
Stek yordamida ko‘p harakatlar bajarish mumkin. Masalan: yasalgan buyum ustida shtrixlar, “qanotchalarni” bo‘rttirib chiqarsa bo‘ladi. Yasalgan o‘yinchoqlarga munchoqlar, tugmalar, qushlar patlari, chig‘anoqlar yordamida mayda qismlarni bezaklar berib kombinatsiyalshatirsa bo‘ladi.
Kichik guruhdagi bolalar o‘yinchoqlar yasashda biroz mustaqillik va faollik ko‘rsatishlari uchun ularni ishlarining natijasiga qarab maqtab qo‘yish lozim. Bunda o‘yin usullari tarbiyachiga qo‘l keladi. Bunda bolalar yasagan o‘yinchoqlardan foydalaniladi. Masalan, bolalar yasagan jo‘jalarni yashil qog‘oz varag‘i ustiga terib qo‘yish, qo‘g‘irchoq qo‘liga bayroqcha tutqazish, loy va plastilindan quyonchalar yasalayotganda ularni sabzi bilan ovqatlantirishni taklif qilish mumkin. Bu tadbirlar bolalarga ana shu qo‘shimchalar o‘yinchoqlarni yanada qiziqroq va ifodaliroq qilishini ko‘rsatadi. Kichik guruh bolalari qo‘shimcha predmetlar sifatida tarbiyachi loy yoki boshqa materiallardan yasagan detallardan foydalanadilar, kattaroq guruhlarda esa ularni o‘zlari yasaydilar.
Loy va plastilindan yasaladigan o‘yinchoqlarning obrazli bo‘lishiga erishish uchun tarbiyachi badiiy adabiyotga tayanadi. Bolalarga masalan bo‘g‘irsoq obrazi yaxshi tanish va ular bo‘g‘irsoqning yo‘lda qanday dumalab borishini tasvirlashlari mumkin. Tarbiyachi xuddi shundan ustalik bilan foydalanadi: yasalgan hamma bo‘g‘irsoqlar stol ustiga terib chiqiladi. Stolda karton yoki fanerdan yasalgan archalar va so‘qmoqlar tayyorlab qo‘yilgan bo‘ladi. Bolalar tarbiyachi bilan birgalikda bo‘g‘irsoqlarni tomosha qiladilar va ularni o‘ynaydilar.
Har qanday mashg‘ulot oxirida bolalarga o‘zlari yasagan o‘yinchoq to‘g‘risida so‘zlab berishni taklif qilish mumkin. Bu ish bolaning tafakkuri va fantaziyasini rivojlantiradi.
O‘rta guruh bolalari (xususan yil boshida) tayyorlagan obrazlar ikkinchi kichik guruhdagi bolalar tayyorlagan o‘yinchoqlardan kam farq qiladi. Ular yasagan shakllar ham noaniq, fikrlash mashg‘ulotlaridagi mavzular, garchi ongliroq bo‘lsa-da, beqaror bo‘ladi. Mavzuning beqarorligini bola tafakkurining xususiyatlari bilan izohlash mumkin. Bundan tashqari, ko‘p hollarda bolalar o‘ylangan narsani qanday tasvirlashni bilmaydilar, chunki ular yasash usullarini esdan chiqaradilar. Shuning uchun bir mavzuni ikkinchisi, oldingi mashg‘ulotlardan tanish mavzuga osongina almashtiraveradilar.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida xar bir yosh xususiyati yoshidagi biroq o‘rta guruhdagi bolalar asosiy shakllarni o‘rgangan bo‘ladilar. Bu esa ularga faqat tarbiyachi topshirig‘i bilan emas, balki o‘zlari o‘ylab juda ko‘p narsalar shaklini tasvirlash imkonini beradi. Shuning uchun bolalar oldiga ijodiy ishlash elementlarini o‘rganish bilan bog‘liq yangi-yangi vazifalar qo‘yish, shular orqali bolalarning yasash usullaridan foydalanishdagi mustaqilligini oshirish mumkin. Tarbiyachi tez-tez bolalarning tajribasiga murojaat qiladi; ularga o‘yinchoq yasashning yangi-yangi usullarini, obraz yaratish uchun zarur tasviriy vositalarni ko‘rsatib boradi. Masalan, qushning tasvirini yasashda bolalardan “Uchib ketayotgan qushni qanday tasvirlash kerak? Don cho‘qiyotgan qushni o‘xshatib tasvirlash uchun nimalar qilish kerak?”— deb so‘raydi.
Jonli obyektlarni kuzatishdan tashqari tarbiyachi odam yoki jonivorlar tasvirlangan kichik haykalchalarni ham ko‘rsatishi mumkin. Masalan, turli holatlarda: bir joyda qimirlamay turgan, qanotlarini yozib uchayotgan, engashib suv ichayotgan yoki don cho‘qiyotgan 2-3 ta qushning tasvirini ko‘rsatish yaxshi natija beradi. Bolalar predmetning harakati yoki holatiga bog‘liq holda uning qismlari o‘zgarishini ko‘rishlari kerak. Obraz ustida ishlash uning mazmunini bolalarga qanchalik yaxshiroq tushuntirishga bog‘liqdir. Chunonchi, quyonchani yasashda bolalarning ayrimlariga tulki kelmayaptimikan, deb quloqlarini ding qilib turgan quyonni, boshqa bolalarga qo‘rqib ketgan quyonni tasvirlashni aytish mumkin (bunda birinchi quyon quloqlarini ko‘tarib tovushni eshitayotgan, ikkinchi quyon quloqlarini beliga yopishtirib va jim o‘tirgan bo‘ladi). Bunda yasash usulini ko‘rsatish shart emas, lekin mashg‘ulotni boshlashdan avval bolalarga, albatta, quyonlarning turli holati aks ettirilgan ikkita chinni yoki yog‘och figurani ko‘rsatib qo‘yish kerak.
O‘rta guruhda loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashning bu metodikasi bolalarni tushuntirish paytida faol bo‘lishga: tarbiyachining so‘zlarini qunt bilan tinglashga, savollariga javob berishga, o‘yinchoq yasash uchun mavzuni mustaqil holda tanlashga o‘rgatadi. Shunday qilib, mazkur topshiriqlarning ham ta’limiy, ham ijodiy xarakterdagi jihatlari mavjud. Bular bolalarni qanday predmetni va qay yo‘sinda tasvirlash to‘g‘risida o‘ylashga va hal qilishga majbur etadi.
Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashda obrazlilikka erishish uchun tarbiyachi figuralar sirtiga ishlov berish usullarini ko‘rsatib beradi. Masalan, baliqcha yasalayotgan bo‘lsa, tarbiyachi qo‘lidagi tayoqcha bilan belgilab baliqchaning tangachalari qanday tasvirlanishini ko‘rsatadi. Mana shu yo‘sinda ishlov berilgan baliqchaning shakli qiziqarli, dekorativ bo‘ladi. Keyin bu usulni bolalarning o‘zlari ham mustaqil ravishda qo‘llay oladilar, tarbiyachi esa uni faqat eslatib qo‘yadi. O‘rta guruhdagi bolalar bilan idishlarni tasvirlashda barmoqlar bilan predmetning sirti silliqlanishini ko‘rsatib berish mumkin. Asta-sekin bolalar ba’zi predmetlarning sirtini tekislash kerakligini, ba’zan, masalan, jonivorlarni aks ettirish vaqtida ularning sirti g‘adir-budir bo‘lishi ham mumkinligini bilib boradilar.
Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash bo‘yicha ko‘nikmalar hosil bo‘lishi fikrlash mashg‘ulotlarida bolalarning mustaqilligi namoyon bo‘lishi uchun juda katta imkoniyat ochib beradi. Bunday mashg‘ulotlar xarakteri yil o‘rtalarida biroz o‘zgaradi. Agar bolalar bilan ko‘rish obrazlarini shakllantirish va o‘yinchoqlar yasash usullarini o‘rganish bo‘yicha muntazam ish olib borilsa, ular tasvirlash usullaridan mustaqil holda foydalana boshlaydilar. Ular yasagan predmetlar shakli jihatidan aniqroq bo‘la boradi. Biroq bolalar ko‘p miqdordagi detallarni tasvirlay olmaydilar, qismlar nisbatida xatolarga yo‘l qo‘yadilar. Tasvirlash usullarini bilish ish sur’atini tezlashtirish imkonini beradi, bolalar kompozitsiya tuzish uchun bir nechta figuralarni yasashga ulguradilar. Bolalar hali o‘zlari yasayotgan o‘yinchoq mazmunini ochib bera olmaydilar, lekin uni so‘zlar va o‘yin harakatlari bilan to‘ldiradilar. Chunonchi, bola loy yoki plastilindan baliqcha yasab uning yoniga bir kechta uzun, egri-bugri ustunchalarni tashlab qo‘yib, «Bu dengiz, dengiz to‘lqinlanadi, mana bu baliqcha to‘lqinlar ustida suzmoqda», deydi.
Boshqa bir bola qushcha tasvirini yasaydi va uning oldiga bir idishda don qo‘yadi. Tasvirning yana ham ifodaliroq bo‘lishi uchun idish yaqiniga bir necha donlarni sochib qo‘yishi va «Qushcha donlarni cho‘qigan edi, ular atrofga sochilib ketdi», deyishi mumkin. Yuqorida keltirilgan misollar shundan dalolat beradiki, o‘rta guruhdagi bolalar obrazni hal qilish jarayonida tashabbus ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘ladilar, lekin odatda ular dinamikani mustaqil holda tasvirlamaydilar — ular yasagan figuralar harakatsiz bo‘ladi.
Katta guruh bolalari obraz yaratishda shaklning aniqligiga kam e’tibor beradilar. Uni faqat detallar bilan to‘ldiradilar, Ular cho‘zish va yupqalashtirish usullarini doimo aniq bajaravermaydilar, yo‘l qo‘ygan xatolarini tuzatib o‘tirmaydilar. Buning birinchi sababi ular obrazga berilib ketib, figuracha tasvirlanayotgan predmetga o‘xshashi uchun uni zarur detallar bilan tezroq to‘ldirishga harakat qilishlari bo‘lsa, ikkinchi sababi bolalar uchun shaklning asosiy tashqi belgilari (bosh, oyoqlar, gavda va hokazolar) asosiy rol o‘ynashi, uni mufassal tasvirlash, tuzilishining barcha xususiyatlarini ifodalash bolalarga qiyinligidir.
5 yoshli bolalar plastilindan o‘yinchoq yasashda har doim ishni o‘zlari yoki kattalar rahbarligida kuzatgan obrazni yaratishdan boshlaydilar, lekin tasvirlashda mutanosiblikning noaniq chiqaradilar. Masalan, ular odam yoki hayvon figurasida boshni juda katta va oyoqlarni ingichka qilib qo‘yishlari mumkin. Chunki bolalar uchun qismlarni o‘zaro muvofiqlashtirish hali qiyinlik qiladi. Lekin ularda oyoq, qo‘llarning gavdaga nisbatan uzunligini qiyoslash ehtiyojini vujudga keltirish kerak.
Bolalar ko‘proq ifodalash vositalarining fakturani pardozlash usullaridan foyalanadilar. Bunda buyum sirtini yog‘och qalam bilan chizadilar (botiq relyef hosil qiladilar) yoki unga mayda loy bo‘laklarini yopishtiradilar. Bolalarning bu ishlari ularning obrazli tasvirlash faoliyatini belgilaydi, predmetni aynan o‘zidek tasvirlashga intilishlarini ko‘rsatadi. Bolalar o‘zlari yaratayotgan obrazni mayda detallar bilan to‘ldirishda ko‘pincha ularni hajmli qilib ifodalaydilar. Masalan, ular baliqning ko‘zlarini ikkita kichkina sharcha ko‘rinishida, qulog‘i, og‘zi va tangachalarini yassi yarim doirachalar shaklida yasaydilar.
Mazkur yoshdagi bolalar shaklni batafsil ishlashga harakat qilmasliklari sababli mashg‘ulot paytida ularning boshqa yoki bir xil predmetlarni yasash uchun vaqtlari qoladi (chunonchi, mushukni tasvirlayotgan bola likopcha yoki sut solish uchun tovoqcha ham yasashi mumkin). Besh yashar bolalar yasagan haykalchalarning o‘ziga xos xususiyati ularning qismlari bir-biriga mustahkam biriktirmasligidir. Bolalar boshni, qanotlarni va boshqa qismlarni zich qilib o‘rnatishni unutib qo‘yadilar, bunga unchalik e’tibor bermaydilar; faqat tarbiyachining maxsus ko‘rsatmasidan keyin bu ishni ancha puxta bajaradilar.
Loy va plastilindan obraz yaratishda tasvirlashning turli usullaridan foydalanish bo‘yicha egallangan ko‘nikmalar katta rol o‘ynaydi. Masalan, bolalar qismlardan predmetlarni konstruksiyalaydilar. Bundan tashqari, ular yaxlit loy bo‘lagidan predmetning biror qismini cho‘zib yasashga kirishishlarini, bu usulni o‘zlaricha yasagan predmetni tasvirlashga ko‘chirishlarini kuzatish mumkin. Besh yashar bolalar yaxlit bo‘lakdan jonivorlarning tanasi va oyoqlarini yasay oladilar; bunda ular haykaltaroshlar qalamchasi bilan kerakli joylarga botiq shakllar chizadilar26.
Katta guruhdagi bolalar loy bilan ishlash tartiblilikni talab qilishini; loyni stol ustiga, polga tashlash mumkin emasligini yaxshi biladilar. Kichik va o‘rta guruhlarda bolalar taxta ustida o‘yinchoq yasashgan, katta guruhda esa ulardan murakkabroq tasviriy vositalarni ishga solish talab qilinadi va aylanadigan dastgohlardan foydalaniladi. Dastgohda ishlash bolalarga haykalchani qo‘l bilan aylantirmay, uning hamma tomonlariga ishlov berish uchun qulaydir. Bundan tashqari, bu ish bolalarga juda qiziqarli bo‘lib, ular dastgohlarda har xil o‘yinchoqlarni maroq bilan yasaydilar.
Shunday qilib, besh yoshli bolalarning ijodiy imkoniyatlari o‘rta guruhdagi bolalarning imkoniyatidan ancha kengligini ko‘rish mumkin. Ular endi loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning ko‘proq usullarini, ifoda vositalarining shaklni tasvirlash, predmetni detallar byalan to‘ldirish kabi usullaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallagan bo‘ladilar. Bularning hammasi fikrni aniqlash va hal qilishda, ifoda vositalaridan foydalanishda ko‘proq mustaqillik ko‘rsatish uchun katta imkoniyat yaratadi.
Masalan, bolalar tavsiya bo‘yicha «Oltin tojli xo‘rozcha» haykalini yasashda shaklga mumkin qadar ko‘proq ifodalilik baxsh etishga harakat qiladilar va barcha qismlarning nisbatini tezda bilib oladilar. Ularni juda ko‘p detallar, masalan, xo‘rozchaning toji, tumshugi, dumidagi, qanotidagi patlari qiziqtiradi, lekin shunda ham bolalar figuraning umumiy mutanosibligi to‘grisida hali o‘ylab ko‘rmaydilar.
Yasalgan figuralar turli holatlarda o‘rnatiladi. Chunki bolalarning javoblaridan ma’lum bo‘lishicha, ular tasvirlanayotgan harakatni oldin o‘ylab olmaydilar, balki hosil bo‘lgan figurani xo‘rozning qandaydir harakatiga o‘xshatadilar. Masalan, bola xo‘rozni yasaydi va uning boshini juda engashtirib qo‘yadi, bu holat unga donlayotgan xo‘rozning turishini eslatadi, bola uning bo‘yni va boshini yanada pastroqqa egib «mening xo‘rozim don yemoqda» deydi. Bolalar harakatni turli ifoda vositalaridan foydalanadilar. Masalan, ular figuraning boshini baland va orqaga tashlangan holda tasvirlab, buni «xo‘roz qichqirmoqda» deb izohlaydilar. Bular hammasi shundan dalolat beradiki, bolalar obrazni faol idrok etadilar va to‘la mustaqil holda ishlaydilar. Biroq, predmetning murakkab yaqqol harakatlarini unchalik yaxshi tasvirlay olmaydilar. Bolaning predmetlarni harakatda tasvirlashga intilishi katta guruhdagi bolalar to‘la shakllangan ko‘rish obrazlariga ega ekanini, bundan tashqari ular obrazlarni harakatda fikrlay olishlari va tasvirlay bilishlarini ko‘rsatadi.
Tavsiya bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar bolalardagi ijodkorlik tashabbusini rivojlantirishga yordam beradi. Bunday tashabbus katta guruh bolalarida ham, o‘rta guruhdagi bolalar kabi turli narsalar shaklini yasayotgan paptda ularni har xil detallar va boshqa predmetlar bilan mustaqil holda to‘ldirishda namoyon bo‘ladi. Bunday to‘ldirish mantiqan to‘g‘ri bo‘lsa, tarbiyachi bolalarni rag‘batlantirib qo‘yadi, asoslanmagan bo‘lsa, tarbiyachi bu detal ortiqcha ekanligiga bolani ishontirishga harakat qiladi. Masalan, bolalar loydan mushukni yasashar edi. Uning holatini tasvirlashda har bir bola o‘zicha ijodiy tashabbus ko‘rsatdi. Figuraning qismlarini har xil yo‘sinda tasvirladi. Bundan tashqari ko‘pchilik bolalar o‘yinchoqni qo‘shimcha predmetlar bilan to‘ldirdilar. Bu predmetlar ularga ishning mazmunini chuqurroq ochishda yordam beradi: gul tasvirlandi - mushuk gulning yonida turibdi, mushukning ro‘parasida bir koptok ishlandi - mushuk koptokni dumalatib o‘ynayapti va hokazo.
Bolalar obraz yaratishda mustaqillik ko‘rsatishlari, ongli va rejali ravishda harakat qilishni o‘rganishlari uchun tarbiyachi juda katta tayyorgarlik ishlari olib bordi: u bolalarni tez kunda mushukni yasaymiz, deb ogohlantirib qo‘ydi; bolalar bilan birga mushukni obdon tomosha qilib, uning biror harakatida gavdasi va tanasidagi a’zolari qanday holatda turishiga bolalar e’tiborini qaratdi: keyin bolalarga mushukning turli holatlari tasvirlangan suratlarni ko‘rsatdi; uyga borganda mushukni yaxshilab ko‘rishni tavsiya etdi. Bular mushukning ifodali figurani yasash uchun zarur taassurotlarni to‘plashda yordam berdi.
Ba’zi hollarda tasvirlash usullarini ko‘rsatib berish bolalar tashabbusini bo‘gib qo‘yishini esda tutgan tarbiyachi bolalarga atayin mushukni tasvirlash usullarini ko‘rsatmadi. Bunda bolalarda zarur ko‘nikmalar borligini hisobga oldi.
Mashgulot boshlanishida tarbiyachi faqat bolalardan o‘z uyida qanday mushukni kuzatgani va uni qay tarzda tasvirlamoqchi ekanini so‘rab chiqdi. Ish boshlanishidayoq har bir bolaning fikrini aniqlash mumkin edi. Bolalar mazmunan qiziqarli ko‘p figuralarni yasadilar: har bir bola uyida ko‘rgan mushukni o‘zi eslab qolgan holatida tasvirladi. Shunga ko‘ra, tarbiyachining topshirig‘i ish jarayonida bolalarni ijodiy tashabbus ko‘rsatishga yo‘naltirdi, deyish mumkin. Lekin baribir bolalar yasagan figuralarning shakli umumlashgan xarakter kasb etgan: mushukning boshi shar shaklida, quloqlari sal orqaga chimrilgan holatda, gavdasi oval yoki silindr, oyoqlari ham silindrlar shaklida tasvirlang‘an edi. Tasvirlashga bunday yondashish katta bog‘cha yoshidagi bolalar hali predmetniig shaklini to‘liq ifodalay olmasligini ko‘rsatadi.
Besh yashar bolalar bilan fikrlash bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazish o‘rta guruhdagi bolalarga nisbatan chuqurroq xarakter kasb etadi. Bu esa bolalarda atrofdagi narsalar to‘g‘risidagi bilimlar ko‘p bo‘lsa, loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash ko‘nikmalari ham ko‘p bo‘lishini bildiradi.
Odatda bolalar o‘ylab qo‘yilgan mavzuni yarim yo‘lda qoldirib ketmaydilar, ular boshlagan ishlarini oxiriga yetkazadilar. O‘z harakatlarining to‘g‘riligini isbotlash uchun ko‘pincha bir predmetning shaklini kattalar aytmasa ham, o‘zlaricha qayta-qayta yasayveradilar va ularni bitta syujetga birlashtiradilar. «Mana bu ikkita kuchuk bir-biri bilan uchrashib qoldi. Mana bunisi mushuk, yonidagisi uning bolasi»,-deyishadi bolalar o‘z ishlari to‘g‘risida gapirganda. Bola o‘z ishiga obrazni kuchaytiradigan predmetlarni ko‘shadi. Masalan, qiz bola haykalchasini yasagan bolalar unga qalpoqcha kiygizib qo‘yadi. Uning yoniga kuchukcha, qushchani va hokazolarni yasaydi. Shu tariqa syujetni rivojlantirib, figurani taglikka yoki stol ustiga o‘rnatishlari mumkin. Bolalar o‘zlari yasagan narsalarni qiziqib o‘ynaydilar hamda nimalarni yasaganliklarini maroq bilan so‘zlaydilar. Bundan foydalangan tarbiyachi ularga oldin (mashgulotdan bir kun ilgari) haykalcha yasash uchun mavzu tanlab kelishni topshiradi. Masalan, «Bo‘g‘irsoq» ertagidagi epizodlar to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishni taklif qilish mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, 5-6 yashar bolalar bunday takliflar ustida uzoq o‘ylab o‘tirmaydilar, lekin har holda tasvirlashga ma’lum darajada tayyor bo‘ladilar. Shu maqsadda tarbiyachi bolalarga ertakni o‘qib beradi, uning syujeti bo‘yicha nimalar yasash mumkinligini aytadi. Mashg‘ulotni boshlashdan oldin bolalarga ertakni yana bir bor eslashni taklif qiladi va tasvirlash uchun qiziqarli mavzu tanlashni aytadi.
Fikrlash bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulot — 5-6 yashar bolalarga ta’lim berishning muhim bir omilidir. Unda bolalar mavzuni topish va amalga oshirishda, tegishli ifoda vositalarini tanlashda, o‘z ishini rejalashtirishda ko‘proq mustaqillik ko‘rsatishi zarur. Mashg‘ulotda tarbiyachi har bir bolaga faol rahbarlik qilishi: mavzu bo‘yicha yo‘naltiruvchi savollar berishi; zarur bo‘lsa, figurani o‘rnatish, shaklni, mutanosiblikni tasvirlash to‘g‘risida maslahatlar berishi kerak. Shunday qilib, aytish mumkinki, loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashda ijodiy topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajarish bolalarning bilim va ko‘nikmalariga, tarbiyachining mohirona rahbarlik qilishiga bog‘liqdir.
Maktabga tayyorlov guruhidagi bolalar predmetlarning shaklini ancha yaxshi ta’riflaydilar, bu esa ular o‘yinchoqlar yasashda shaklni aniqroq chiqarishga intilishini vujudga keltiradi.
Bolalarga tegishli ta’lim berilsa, ular predmet shaklini topishga tobora ongliroq yondasha boshlaydilar. Goho ular o‘zlari yasagan o‘yinchoqni o‘zlariga yoqmagani uchun buzib tashlash va yangi variantda yasashga ahd qiladilar. Bu hol bolalar ijodkorligi yuqoriroq darajada namoyon bo‘layotganini ko‘rsatadi. Chunki endi bola o‘zi yasagan ishni mustaqil baholaydigan, o‘z bilim va ko‘nikmasi asosida tasvirni yaxshilay oladigan bo‘ladi.
Tayyorlov guruhida bolalar ijodkorligini rivojlantirish masalasi kengroq qo‘yiladi va u bolalarning rivojlanganligi, umumiy tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi.
Bolalarda faqat predmetning shaklini, mutanosibligini ifodalash istagi paydo bo‘lib qolmay, ular detallar, shaklning xususiyatlari, manzarali bezaklar va obrazni to‘ldiruvchi predmetlar hisobiga predmetni yanada ifodaliroq qilishga ham intiladilar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashda ularni har doim predmetning harakati qiziqtiradi. Kichik guruhdagi bola hali obrazni harakatli tasvirlashni bilolmasligi sababli harakatni og‘zaki sharhlaydi va ayni bir vaqtda o‘yinchoqni bir joydan ikkinchi joyga surib o‘ynaydi. Bog‘chaning katta guruhida bolalar predmetlarning uncha murakkab bo‘lmagan harakatini o‘yinchoqlarda tasvirlay boshlaydilar (masalan, oyoqlarni qadam qo‘yilayotgandek, qo‘lni yuqoriga ko‘tarilgan holda, gavdani sal oldinga engashtirib ishlaydilar). Tayyorlov guruhida harakatlarni tahlil qilishda umumiy tajribaga ega bo‘ladilar. Ular qadam tashlash va boshqa harakatlarni tasvirlash uchun faqat qo‘l va oyoqni ko‘tarib o‘rnatmay, ularni bukish ham kerakligini, shunda figura ifodaliroq bo‘lishini tushunadilar. Katta guruhda bolalar avval harakatsiz figuralarni yasagan, keyin esa uning qismlarini kerakli holatda o‘rnatib harakatlantira boshlagan bo‘lsalar, tayyorlov guruhida loyning asosiy hajmi «Filning xartumi yaxshi chiqayapti» tasvirlanadigan predmetning mo‘ljallangan holatiga yetish-yetmasligini darhol bila oladilar.
Shunday qilib, yetti yoshga qadam qo‘ygan bola predmetni tasvirlashda uning faqat shakliga emas, balki harakatlariga ham e’tibor beradi. Masalan, bola yotib olgan kuchukni yoki emaklab ketayotgan tulkini tasvirlashda loy bo‘lagining holatini darrov aniqlaydi: hayvonlarning mazkur harakatini ifodalashda lsyping butun hajmi to‘gri gorizontal chiziq bo‘ylab joylashtiriladi.
O‘zlashtirilgan texnik ko‘nikmalar 6-7 yoshli bolalar yasagan o‘yinchoqlar xilma-xil va ifodaliroq bo‘lishiga yordam beradi. Endi bolalar loyning umumiy massasini cho‘zib qismlarni yasash usulidan oldingi guruhdagiga qaraganda ko‘proq foydalanadilar. Shu sababli ular yasagan figuralarning shakli ham, harakatlari ham plastiklashadi. Bolalar yog‘och qalamni tez-tez qo‘llaydigan bo‘lib qoladilar, chunki ular bu asbob predmet sirtiga ishlov berish, ortiqcha loy yoki plastilinni olib tashlash, fakturani tasvirlashda chuqur relyef hosil qilish bilan mayda detallar tushirish uchun qulayligini anglay boshlaydilar.
Olti yoshli bolalar foydalanadigan barcha tasviriy vosita va usullar o‘ziga xos xussusiyatlarga ega. Lekin shakl har holda umumlashganicha qoladi, masalan, odam figurasining boshi shar shaklida, tanasi oval yoki konus shakllarida bo‘ladi. Bolalar hayvonlarni tasvirlashda shaklning xususiyatini katta guruhdagiga nisbatan bemalolroq yoritadilar. Chunonchi ular tulkining cho‘ziq va uchi ingichka tumshuqchasini yasashlari, boshining shaklidagi farqlarni ko‘rsatib har xil zotli itlarni tasvirlashlari mumkin.
Biroq, tayyorlov guruhidagi bolalar tuzilishi murakkab shakllarni hali yetarli darajada idrok eta olmaydilar va tasvirlay olmaydilar. Ular faqat shaklning asosini tasvirlab uning tuzilishidagi murakkabliklarni qoldirib ketadilar. Katta guruhda ham, tayyorlov guruhida ham bolalar shaklni tasvirlashda yo‘l qo‘ygan xatolarini kamdan-kam hollarda o‘zlari tuzatadilar, lekin tarbiyachining eslatishi va ko‘rsatmasidan keyin shaklning yaxlitligini kuzatadilar va vaqti-vaqti bilan uni to‘g‘rilaydilar. Berilgan ta’lim tufayli 6-7 yashar bolalar mavzuni anglashdan tashqari, biroz bo‘lsa-da, obraz va materiallar: loyning miqdori, karkas-cho‘plarning soni va kattaligi, taglikning o‘lchami va shakli haqida o‘ylaydigan bo‘ladilar. Mana shularning hammasi ijodiy tashabbusning boshlanishi bo‘lib, u bola tasvirlanadigan predmetning mavzusi va predmetning o‘zini yaqqol tasavvur etishiga asoslanadi.
Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasash sohasida olib borilgan tadqiqotlar, bolalar figuralarga alohida ifodalilik baxsh etish uchun uzunligi va yo‘g‘onligi har xil karkaslardan ongli ravishda foydalanishini ko‘rsatadi. Masalan, ular hayvonning oyog‘ini, shoxlarini ifodalashda, shuningdek, havoda muallaq turadigan predmet (raketa, samolyot)lar mustahkam o‘rnashishi uchun karkaslarni qo‘llaydilar.
Qandaydir obrazli figuraga detallar loydan va plastilindan o‘yinchoqlar yasash mashg‘uloti, yasash bola uchun o‘z fikr-o‘ylarini ifoda etishning alohida vositasi hisoblanadi. Bu, ayniqsa, bolalar uchun juda muhim predmetlarni yasashda namoyon bo‘ladi. Masalan, odatda Yalmogiz kampirning o‘giri, Qorboboning sovg‘alar solingan qopi bo‘lishi kerak va hokazo. Bunday detallarning tasvirlanishi bolaga obraz xarakterini ochishda yordam beradi.

Bolalar predmetlarni mustaqil holda yasaydilar va shaklning xarakterli belgilarini (egilgan, botiq, bo‘rtgan), bir qismning ikkinchi qismga o‘tish joylarini ancha to‘g‘ri ifodalaydilar. Shaklning bunday belgilarini to‘g‘ri ifodalash uchun bolalar ularni juda yaxshi tasavvur qilishi kerak. Kuzatishlardan ma’lumki, bola predmetlarni to‘liq tasavvur qilgan hollarda ularning xususiyatlarini katta qiziqish va ishonch bilan tasvirlaydi. Bolalar shaklni ifodalashda uning tuzilishini, qismlari o‘rtasidagi mutanosiblikni to‘g‘ri yoritishga harakat hiladilar. Agar bola besh yashar vaqtida shaklini sxematik tarzda tasvirlagan bo‘lsa, tayyorlov guruhida predmetlarning obrazlarini qo‘shimcha detallar yordamida ancha to‘la tasvirlashi mumkin27.
Bolalarning tasvirlashga turlicha yondashishida ham ijodiy ish namoyon bo‘ladi. Chunonchi, tadqiqotlar olti-yetti yashar bolalar ko‘ruv umumlashmasiga asoslanib ertak obrazlarini mustaqil ravishda hal qilishlari mumkinligini ko‘rsatadi. Masalan, «Masha bilan ayiq» ertagi bo‘yicha loy va plastilindan o‘yinchoq yasashda ko‘pchilik bolalar avval baland quti yasaydilar, uning ustiga Mashaning boshi va qo‘llarini o‘rnatadilar, ya’ni predmetning faqat ko‘rinadigan qismlarini yasaydilar, gavda va oyoqlarni tasvirlamaydilar va buni mantiqan juda to‘g‘ri tushuntirib: «Bari bir uyogi ko‘rinmaydiku» - deydilar. Bolalar qutini korzinka shaklida yasagan hollarda esa Mashaning figurasini to‘liq tasvirlaydilar. Bolalar ana shunday ishlashi uchun predmetning xususiyatlarni o‘zlashtirish, va ijodiy topshiriqlarni bajarish bo‘yicha rejali muntazam ishlar amalga oshiriladi.
Tayyorlov guruhida foydalaniladigan ijodiy ishlashni o‘rgatish usullari olti yoshli bolalar bilan ishlashdagi usullarga o‘xshab ketadi, lekin bu usullarning bir qismi o‘zgacha xarakter kasb etadi. Chunonchi, bolalarni endi san’at asarlari bilan tanishtiriladi, ularga ertaklar, hikoyalar o‘qib beriladi, lekin bu ishlarning hammasi katta guruhdagidan boshqacharoq tashkil etiladi, Masalan, «Buratinoning sarguzashtlari» ertagini o‘qishdan oldin shu ertak mavzusida haykalcha yasashlari kerakligi aytib qo‘yiladi. Ertak o‘qilayotganda tarbiyachi bolalarning diqqat-e’tiborini rasmlarga qaratadi, qahramonlarning xatti-harakatlarini izohlaydi, masalan, toshbaqa suvga tushib, kalitni topgani, sohilga chiqib kalitni Buratinoga berganini aytadi. Ertak qahramonlari harakatini bunday izohlab berish bolalarga syujetni tushunishda yordam beradi, ularning matn va rasmlarga qiziqishini oshiradi, bular o‘z navbatida bolalarning fikrlarini boyitadi.
Tayyorlov guruhidagi ishlar bolalar ijodiy xarakterdagi topshiriqlarni bajara borib, predmetlarni tasvirlashda mustaqil va rejali faoliyat ko‘rsatishga o‘rganadigan yo‘sinda tashkil qilinadi. Bunda bolalar ilgari ishlangan manzarali plastinkalar, idishlar va patnislarning eskizlari ham yordam beradi. Eskizlarni qalamda chiziladi. Masalan, bolalar naqshlar asosida eskiz tuzib, o‘zlari yasagan o‘yinchoqlarni unga taqqoslaydilar, keyin tayyorlangan buyumni guash bilap bo‘yab chiqadilar. Shunday qilib, bolalarni oldin qog‘ozga chizilgan eskiz bo‘yicha tasvirlash usullarini mustaqil izlash kerak bo‘lgan vaziyatga solib qo‘yiladi. Ishning bu xilda borishi ijodiy bo‘ladi, chunki u ishni oldin o‘ylab ko‘rish va tasvirlashdagi rejali izchillik elementlarini o‘z ichiga oladi.
Tayyorlov guruhida bolalarga loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashdan oldin beriladigan topshiriqlar ancha chuqur va murakkab xarakterda bo‘ladi; ularga faqat yasash mumkin bo‘lgan narsalarni emas, balki mo‘ljallangan figuralarning shaklini, mutanosibligini, ayrim qo‘shimcha detallarini ham o‘ylab ko‘rish, shuningdek, kerakli loy hajmini oldindan aniqlash ham taklif qilinadi. Albatta, bu yoshdagi bolalar ana shularning hammasini batafsil o‘ylab ko‘ra olmaydilar. Lekin navbatdagi mashg‘ulot oldidan shunday topshiriq berish bolalarni mashg‘ulotgacha ijodiy ishlashga, keyin predmetni tasvirlash jarayonida u ijodkorlik ko‘rsatishga da’vat etadi.
Loy va plastilin bilan ishlash mashg‘ulotlarida bolalar ijodkorligi namoyon bo‘lishining xususiyatlarini va uni shakllantirishning ba’zi yo‘llarini ko‘rib chiqib aytish mumkinki, maktabgacha yoshdagi bolalar loy va plastilindan yaratadigan obrazlar tevarak-atrofni idrok etish va ta’limning ta’siri bilan asta-sekin shakllanadi. Bolalar birinchi kichik guruhdagi loy bilan qat’iyatsiz ishlashdan shaklni, mutanosiblikni, harakatni to‘la ongli ifodalashga o‘tadilar.
Bolalar ijodkorligining muvaffaqiyatli rivojlanishi ularga kattalarning to‘g‘ri rahbarlik qilishiga, ta’limning u yoki bu usullarini qo‘llashga bogliqdir. Maxsus tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, atrofni kuzatish, shu jumladan, san’at asarlarini tomosha qilish, maqsadli («Ertak bo‘yicha esa...» kabi) ko‘rsatmalar asosida badiiy adabiyotlarni o‘qish g‘oyaning vujudga kelishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ko‘rsatmalar o‘qish yoki kuzatish jarayonida bolalarning tafakkurini faollashtiradi, shuningdek, o‘qishdan keyin ularni illyustratsiyalarni qayta va qayta ko‘rishga majbur etadi.
Mustaqil ishlash ko‘nikmalari asosida uyushtiriladigan jamoa bo‘lib o‘yinchoqlar yasash, tasvirlashning tanish usullarini qo‘llash bolalarda ijodkorlikning o‘sishiga yordam beradi.
Bolalar hajmli predmetning shakli bilan tanishsalargina o‘yinchoq yasashdan oldin obrazni shakllantirish uchun badiiy illyustratsiyalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Aks holda bolalarning ishi garchi dinamik bo‘lsa-da, unda shaklning tasviri yomon chiqadi. Bola rasmga qarab shaklning umumiy belgilarini, predmetning tuzilishini, harakatlarini yaxshi eslaydi, lekin u hajmli shaklning xususiyatlarini idrok etishda qiynaladi.
Rasm bo‘yicha loy va plastilindan o‘yinchoq yasashni maxsus mashg‘ulotlarda bajarish mumkin. Bunday mashgulotlar ham bolalar ijodkorligini rivojlantirishda yordam beradi. Shaklki bilish asosida bolaga tekis, bir tomonlama tasvirlashdan foydalanib o‘yinchoq yasash taklif qilinadi. Bunda tasvirlashning qanday usulidan foydalanish bolaning o‘ziga havola qilinadi, chunki rasmdagi grafik vositalar haykal uchun muvofiq kelmaydi. Bolalar rasmga qarab mustaqil holda predmetning hajmini, barcha tomondan ko‘rinishini eslashlari, uni tasvirlash uchun qanday tasviriy va texnik usullardan foydalanish kerakligani o‘ylab ko‘rishlari kerak.
2.3. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning sensor asoslari
Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash o‘z xarakteriga ko‘ra bir tomondan, rivojlangan sezgi va idrokni talab qilsa, ikkinchi tomondan uning o‘zi sezgi va idrokni rivojlantiradi. Real olamdagi predmetlarni bilishda ko‘rish yetakchi hisoblanadi. Lekin bolalarda obrazlar shakllanishining dastlabki bosqichlarida sezish ko‘rish uchun tayanch bo‘ladi. I.M.Sechenov ta’kidlaganidek, qo‘llar predmetning shaklini ko‘zga nisbatan boshqacharoq va to‘liqroq aniqlaydi, chunki biz qo‘llarimiz kaftini predmetning doimo ko‘zdan ozroq yoki ko‘proq yashirin yon sirtlariga va mutlaqo ko‘z ilg‘amas orqa tomoni sirtiga qo‘yishimiz mumkin.
Loy yoki plastilin o‘yinchoq yasayotgan bola jismlarning moddiy xossalarini — ularning shakli, qattiqligi kabilarini ifodalashi kerak. Lekin u bu ishni o‘z tajribasida sezish alomatlari bo‘lsagina bajara oladi. Chunki predmetning ana shu sifatlarini ko‘rib aks ettirish sezib aks ettirishdan farqli ravishda bilvosita amalga oshadi. Kishida buyumlarning mexanik sifatlari haqidagi mufassal ko‘ruv tasavvuri predmetni ko‘rish va qo‘l bilan paypaslash ko‘p marta takrorlanishi natijasida vujudga keladi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida xar bir gurux yosh hususiyatlari yoshidagi bolalar predmetni tasavvur qilishlari uchun uning ayrim umumiy belgilari kifoyadir. Predmet bilan uni ushlab tanishishda ko‘pincha predmetning bola ushlab yoki uning qo‘li tegib turgan qismlari bilan cheklaniladi. Bunday passiv sezish bolaga predmetning ba’zi xossalari haqidagina ma’lumotlar beradi va ular yaxlit obrazga birikmaydi. Lekin bu predmetni tasvirlash uchun kamlik qiladi: bola predmetni uning xossalari va sifatlari bilan birgalikda tasavvur etishi kerak. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash jarayoni predmetning hajmi xossalarini nozik analiz va sintez qilishni taqozo etadi. Bola buni mustaqil ravishda egallay olmaydi. Bu ishda kattalar unga yordam berishlari kerak. Ular bolaga predmetni faol ko‘zdan kechirishning umumlashtirilgan tizimini o‘rgatadilar.
Loy yoki plastilindan o‘yinchoq yasashga kirishishdan oldin predmetni faol ko‘zdan kechirish — bolalarning hissiy tajribasini tashkil etishning pedagogik usulidir. Bu tizimni shartli ravishda to‘rt bosqichga bo‘lish mumkin.

Download 479.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling