Ilmiy rahbar: Iminaxunova Iroda Xuseynovna p f. f d.(PhD), dots


Download 479.52 Kb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi479.52 Kb.
#1515663
  1   2   3   4   5
Bog'liq
disertatsiya SHAXNOZA (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
MAGISTRATURA BO‘LIMI


Qo‘l yozma huquqida
UDK:

ABDULLAYEVA SHAXNOZA OYBEK QIZI


MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA LOY VA PLASTILINDAN O‘YINCHOQLAR YASASH VA ULARNING BOLALAR HAYOTIDAGI TARBIYAVIY AHAMIYATI
Mutaxassislik :70110201 - Ta’lim va tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)

Magistrlik akademik darajasini olish uchun yozilgan


DISSERTATSIYA


Ilmiy rahbar: Iminaxunova Iroda Xuseynovna p.f.f.d.(PhD), dots.


Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

URGANCH- 2023


Dissertassiya Urganch davlat universiteti “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasida bajarilgan


Ilmiy rahbar: Iminaxunova Iroda Xuseynovna p.f.f.d.(PhD), dots.


Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti
Ilmiy maslahatchi: Xujaniyozova Oygul Rajabovna
Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti “Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Kafedra mudiri: Quchqorova Nargiza Mamajonovna p.f.f.d.(PhD), dots
Magistratura bo‘limi
boshlig‘i: ____________

“Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash va ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati”


Mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi
ANNOTATSIYA
Magistrlik dissertatsiyasi maktabgacha ta’limda loy va plastilindan o‘yinchoq yasash mashgʻulotlarini ijodiy tashkil qilishning metodik jihatlarini tadqiq qilishga bag‘ishlangan. Unda maktabgacha ta’limda loy va plastilindan o‘yinchoq yasash mashgʻulotlarini tashkil qilishning nazariy-amaliy asoslari ochib berilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni aqliy faoliyatini oʻstirish metodik muammo sifatida tavsiflangan. Maktabgacha ta’limda loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning sensor asoslari mashgʻulotlarini ijodiy tashkil qilishga zamonaviy yondashuv masalasi yoritilgan.
Ishda maktabgacha ta’limda loy va plastilindan o‘yinchoq yasash mashgʻulotlarini ijodiy tashkil qilishning metodik ta’minotini takomillashtirish masalasiga toʻxtalinib, unda maktabgacha ta’limda loy va plastilindan o‘yinchoq yasash mashgʻulotlari mazmuni, shakl va uslublari tahlil qilingan. Shuningdek, maktabgacha ta’limda loy va plastilindan o‘yinchoq yasash mashgʻulotlarini ijodiy tashkil qilish texnologiyalari koʻrsatilgan.
Dissertatsiya ishida maktabgacha ta’limda loy va plastilindan o‘yinchoq yasash va ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati.
O‘yinlarini ijodiy tashkil qilish orqali ta’lim samaradorligini oshirish masalasi ham oʻz yechimini topgan. Unda maktabgacha ta’limda loy va plastilindan o‘yinchoq yasash mashgʻulotlarini va ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati.
ANNOTATION
of dissertation on the theme “Making toys from clay and plasticine in preschool educational organizations and their educational significance in children's lives”
Master's thesis is devoted to the research of methodical aspects of creative organization of clay and plasticine toy making classes in preschool education. It reveals the theoretical and practical principles of organizing clay and plasticine toy making classes in preschool education. Development of mental activity of children in pre-school educational organizations is described as a methodical problem. The question of a modern approach to the creative organization of sensory basics of making toys from clay and plasticine in pre-school education is highlighted.
The work focused on the issue of improving the methodological support of creative organization of clay and plasticine toy making classes in preschool education, and analyzed the content, forms and styles of clay and plasticine toy making classes in preschool education. Also, technologies of creative organization of clay and plasticine toy making classes are shown in preschool education.
Making toys from clay and plasticine and their educational value in children's lives in preschool education at work.
The issue of increasing the effectiveness of education through the creative organization of classes has also been solved. It includes clay and plasticine toy making activities in preschool education and their educational importance in children's lives.
M U N D A R I J A:
KIRISH…...…………..………………………………..……………….9
I BOB. MAKTABGACHA TA’LIMDA LOY VA PLASTILIN BILAN
ISHLASH MASALASINING PEDAGOGIK ASOSLARI.
1.1 Pedagogik-psixologik tomonidan o‘yinchoqlar loy va plastilin bilan ishlashning pedagogik muammo sifatida talqini …………………………...….15
1.2 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning xususiyatlari………………………………………………….........22
1.3 Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning tarbiyaviy ahamiyati......31
I BOB YUZASIDAN XULOSALAR
II BOB. LOY VA PLASTILINDAN O‘YINCHOQLAR YASASHNING MAZMUNI, SHAKLLARI, METOD VA VOSITALARI.
2.1. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash orqali bolalar ijodkorligini rivojlantirish usullari…………….…………………………………………..…43
2.2. Loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashning sensor asoslari ……….72
II BOB YUZASIDAN XULOSALAR.
III BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BARCHA GURUHLARDA O‘YIN TURLARINI SHAKLLANTIRISH BO‘YICHA TAJRIBA SINOV.
3.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilarning tarbiyalanuvchilar bilan loy va plastilinda o‘yinchoqlar yasashda qo‘l va barmoq motorikalarini rivojlantirish orqali tajriba-sinov ishlarini tashkil etish…………………..….82
3.2. Maktabgacha talim tashkilotlarida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash va ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati va mezonlarida tajriba sinov ishlarining statistik tahlili ……………………………………...86
III bob yuzasidan xulosalar
UMUMIY XULOSALAR VA ILOVALAR....................................................91
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.....................................98

KIRISH.
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. XXI asrda o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol topishi va o‘sishi, uning jismoniy, axloqiy va ma’naviy tarbiyasi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilib voyaga yetkazish masalasi jahonda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi sifatida bolalarning bilim olishga qiziqishini shakllantirish va bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni keng rivojlantirish amaliyotga tadbiq etilmoqda. Maqsadli yo‘naltirish, tarbiyalanuvchilarda bilim, malaka va ko‘nikmani shakkantirishda bilim olishga qiziqishni shakllantirishda rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish, bolalardagi individual qiziqishni ijtimoiy rag‘bat bilan uyg‘unlantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish, mashg‘ulotlar jarayonida o‘yinli, amaliy tizimli yondashuv asosida joriy etishga oid loyihalarni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.


Respublikamizda so‘nggi yillarda bolaning ta’lim olishiga bo‘lgan huquqini amalga oshirishni ta’minlash, ularda vatanga muhabbat tuyg‘usini, oilaga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish; bola shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishni ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish” ustuvor vazifalar etib belgilangan. Natijada, o‘zini o‘rab turgan borliqni ongli idrok qilish, egallangan bilim, ko‘nikma va malaka, amaliy faoliyat tajribasini kundalik hayotiy vaziyatlar va o‘quv jarayonida foydalanish layoqatini o‘zida ifoda etuvchi bilishga oid kompetensiyalarni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari kengaytiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-oktabr kuni maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’kidlaganidek, “Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta’lim-tarbiya - biz uchun hayot-mamot masalasidir. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz.
Bunday kadrlarni, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi” deb ta’kidlagan edi.1 Shu maqsadda o‘sib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirishda bu boradagi xorijning ilg‘or tajribalaridan foydalangan holda ta’limning zamonaviy usullarini keng tatbiq qilish maqsadga muvofiq deb o‘ylayman.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola faoliyatining yetakchi turlarini shakllantirishning nazariy-amaliy asoslari koʻplab tadqiqotlar ob’ekti boʻlsada, oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bola faoliyatining yetakchi turlarini shakllantirish muammosi alohida tadqiqot ob’ekti sifatida oʻrganilmagan.
Bugungi kunda jamiyatimizda ta’lim tizimi, xususan maktabgacha ta’lim tizimi sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar va ulardagi ta’lim-tarbiya jarayonlarini maqsadli, tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining har qanday turlarini yanada takomillashtirish, shuningdek, ta’limning ushbu bosqichida tarbiyalanayotgan bolalar qamrov darajasini keng miqyosda oshirish va shu bilan kelajak poydevori bo‘lgan yosh avlodni keyingi maktab ta’limiga puxta tayyorlash maqsadida shu sohada keng ko‘lamli ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Jumladan, maktabgacha ta’lim tizimi sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar tarmog‘ini kengaytirish, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga maktabgacha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash hamda sohada nodavlat sektorning ulushini oshirish maqsadida: “Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”2gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-iyundagi PQ-5144 – sonli qarori qabul qilindi.

Download 479.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling