Ilmiy rahbar: Iminaxunova Iroda Xuseynovna p f. f d.(PhD), dots


Download 479.52 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi479.52 Kb.
#1515663
1   2   3   4   5
Bog'liq
disertatsiya SHAXNOZA (2)

Birinchi bosqich — predmetni yaxlit idrok etishni tashkil qilishdir. Bu bosqich barmoqlar va ko‘zlarning yuqorigi nuqtadan pastga asosiy xarakterli chiziqlar bo‘ylab izchil va uzluksiz (tepadan pastga va qandaydir spiral bo‘yicha) harakatlanishidan iboratdir. Predmet doimo muayyan holatda bo‘ladi (uni chap qo‘l tutib turadi, o‘ng qo‘l kuzatadi; predmet stolda harakatsiz turishi ham mumkin).
Ikkinchi bosqichda predmetni qo‘l va nigoh bilan kuzatishda uning asosiy qismlari tahlil qilinadi, ularning xossalari (shakli, kattaligi, mutanosibligi va hokazolari) aniqlanadi; barmoqlarning harakati go‘yo ularning chuqurligi nisbatlarini o‘lchaydi, fazodagi o‘zaro munosabatlarini aniqlaydi.
Uchinchi bosqich — predmetning yanada maydaroq qismlarini kuzatish, ularning shakli, kattaligi va asosiy qismlarga nisbatan fazodagi holatini aniqlab olishdir.
To‘rtinchi bosqich — predmetni yaxlit holda takroran idrok etishdir. Bunda qo‘l va ko‘zning yuqoridan pastga umumiy yakunlovchi harakatlari sezish orqali olingan ma’lumotlarni yaxlit obrazga birlashtirish imkonini beradi. Kuzatishni predmet sirtining strukturasi (tarkibi, tuzilmasi)ni tahlil qilishga (uni silab ko‘rishga) ham qaratish mumkin. Bunda qo‘l barmoqlarining hammasini ishga solish kerak. Materialning tarkibini aniqlash uchun predmetning sirtiga qattiq bosib ko‘rish usuli qo‘llaniladi.
Shunday qilib, bolalarga umumlashgan harakatlar tizimini amalga oshirish tavsiya etiladi. Ular bu ishni dastlab kattalar rahbarligida, keyinroq mustaqil holda bajaradilar.
Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashdan oldin predmetni kuzatishga o‘rgatishning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Chunki predmet hajmli qilib yasaladi. Shuning uchun sensor harakatlar xarakteri predmetning massasini, xossalarini – zichligini, shaklini faol sezishni o‘z ichiga olmog‘i kerak. Bunda qo‘llarning predmet bo‘ylab harakati har doim o‘sha predmetning shakliga bog‘liq bo‘ladi: kub yoki sharni kuzatishda qo‘llar turlicha harakat qiladi. Kubni kuzatishda uning qirralari harakatni to‘xtatadi va uning yo‘nalishini o‘zgartiradi, sharni kuzatishda esa harakat uzluksiz davom etadi.
Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashga kirishishdan oldin predmetni kuzatishning yuqorida taklif qilingan tizimi mashg‘ulotlar, o‘yinlar yoki maxsus mashqlar davomida amalga oshiriladi. Bunda predmetni kuzatishni, ya’ni uni faol idrok etish va ko‘rishni bolaga u ikki yoshga to‘lganidan keyin o‘rgatish kerak. Bu yoshdagi bolalar bilan individual va jamoaviy ish olib boriladi: 2-3 yoshli bolalarga predmetni yaxlit idrok etishni, shuningdek, uning ayrim xossalarini ajratishni o‘rgatish kerak. Tarbiyachi bunday mashqlarda predmetning sifatini ifodalaydigan obrazli so‘zlarni tanlab ishlatadi. Masalan, u bolalarga qo‘llarida olmani ushlab turib, uning massasini, zichligini (olmaning og‘irligi, kattaligi, dumaloqligini) sezishni tavsiya etadi; predmet bilan tanishilgach, bolaning o‘zi xuddi ana shunday dumaloq olma (yoki xuddi mana shunday dumaloq koptok va hokazo) yasashi kerak. Predmetni tasvirlashdan oldin uni kuzatishda bolaning diqqatini o‘sha predmetga qaratish, uni mazkur predmetning aniq xossalari bilan tanishtirish, ya’ni bolaning sensor tajribasini shakllantirish zarur.
To‘rt va besh yoshli bolalarga tarbiyachi predmetni (avvalo uning shaklini) yaxlit holda idrok etishni, keyin o‘sha predmetning xususiyatlarini tasvirlashga imkon beradigan xossalarini idrok etishni o‘rgatadi. Predmetni kuzatishni shunday tashkil qilish kerakki, har bir bola faqat predmetni o‘z qo‘lida ushlab ko‘rish emas, balki uni qo‘li bilan siypalash imkoniyatiga ham ega bo‘lsin. Bu ishni qanday bajarishni tarbiyachi ko‘rsatib beradi: katta kishining qo‘li sekin harakatlanadi, bola uni ko‘rib turib predmetning shaklini idrok etishni o‘rganishi kerak.
Loy va plastilin o‘yinchoqlar yasashda bolalar ko‘pincha hajmli predmet bilan ishlaydilar. Bu predmet shaklining asosi geometrik jismdan iborat bo‘ladi.
Shuning uchun kichik guruhlarda bolalarni shar, kub, o‘rta guruhlarda konus, oval, silindr singari etalonlar bilan tanishtiriladi.
4-5 yashar bolalarni silindr, konus, shar va oval kabi shakllar bilan “Topshiriq”, “Yashirin narsani top”, “Guruh xonasi bo‘ylab sayohat”, “Xuddi shu shakldagi narsani top”, “Mo‘jizali xaltacha”, “Toping, bu nima?” singari didaktik o‘yinlar orqali tanishtirish eng ma’quldir.
Masalan, «Mo‘jizali xaltacha» yoki »Toping, bu nima?» o‘yinlarida xo‘l mevalar (limon, olma, apelsin, nok, olxo‘ri) va sabzavotlar (kartoshka, piyoz, sabzi, bodring)dan foydalanish mumkin. Bolalar bularni faqat qo‘llari bilan faol kuzatish bilan cheklanmay, hidlab va yeb ko‘rishlari, hamma yog‘ini aylantirib tomosha qilishlari ham kerak. O‘yinni takror o‘tkazishda taqqoslash uchun geometrik jismlar: shar, konusdan foydalanish mumkin. Dastlab bola o‘zi uchun mevalardan birini tanlaydi, keyin shunga muvofiq geometrik shaklni topadi va ular nimasi bilan bir-biriga o‘xshashligini va nimasi bilan farqlanishini so‘zlab beradi. Predmetlarni shu tariqa yaxshi ko‘zdan kechirilgach ularni yasashga kirishiladi.
O‘rta guruhda bolalarni predmetlarning fakturasi bilan tanishtirish mumkin. Bolalar bir qancha o‘yin va mashg‘ulotlarda taktil sezishni, harorat va bosimini idrok etishni mashq qiladilar. Masalan, har bir bola bilan individual tarzda «Predmetlarni guruhlar bo‘yicha tanla» o‘yinini o‘tkazish mumkin. Bu o‘yin: 1) barcha yumshoq predmetlarni va barcha qattiq predmetlarni; 2) issiq va sovuq predmetlarni, 3) og‘ir va yengil predmetlarni alohida-alohida jamlashdan iboratdir. O‘yinning maqsadi bolalarda predmetlarning xossalari to‘grisidagi bilim va tushunchalarni mustahkamlashdir.
O‘yin quyidagicha o‘tkaziladi. Stol ustiga bolaning ro‘parasiga har xil o‘yinchoqlar: ko‘zgu, yog‘och qo‘g‘irchoq, yumshoq materialdan tayyorlangan qushcha, porolondan tayyorlangan oq qush, metall dazmol, plastmassa piyola, so‘ta, limon (yoki boshqa, qattiqligi, yumshoqligi, issiq o‘tkazuvchanligi bilan farq qiladigan predmetlar) yoyib qo‘yiladi. Bola bir predmetni qo‘liga olib uni siypalab ko‘radi va uning nomini aytib, tegishli (og‘ir, yengil va hokazo) predmetlar guruhiga qo‘shib qo‘yadi.
«Ko‘ylak, palto nimadan tikilgan?», «Turli predmetlar to‘g‘risida suhbat» o‘yinlari ham xuddi shu yo‘sinda o‘tkaziladi. Bolalarga sirti g‘adir-budur, past-baland predmetni topish topshirig‘i beriladi. Tarbiyachi topshiriqning bajarilishini albatta tekshirib ko‘radi.
Yil ohiriga borib o‘rta guruhda bolalarni predmet xususiyatini aks ettirish bilan tanishtirish mumkin. Shu maqsadda bolalarga yog‘och qalamlar, qilli cho‘tkalar, har xil teshikli naychalarni berib, u yoki bu sirtni hosil qilish usuli ko‘rsatiladi.
Tirik obyektlar masalan, toshbaqa, quyon, baliqchalar, qushlarni muntazam kuzatish yaxshi omildir. Bolalar jonivor gavdasining shaklini ko‘zdan kechiradilar, uning qiyofasini yaxshiroq tasavvur qiladilar. Ular jonivorlarni ovqatlantiradilar, parvarishlaydilar. Jonivorlarni ko‘zdan kechirishga barcha bolalarni jalb qilish zarur. Goho bu ishga bir nechta mashgulotni bag‘ishlash ham mumkin. Masalan, toshbaqani ko‘zdan kechirishda bolalar e’tiborini uning tashqi ko‘rinishiga qaratish, keyin toshbaqani guruhda qoldirish kerak.
Ikkinchi mashg‘ulotda bolalar toshbaqaning shakli, bu jonivor gavdasining qismlari haqida mufassal gapirib beradilar, toshbaqani yana bir marta ko‘zdan kechiradilar, kosasini silab ko‘radilar, toshbaqa yurayotganida oyoqlarini qanday qo‘yishini, qanday qilib yashirishini ko‘radilar. Shundan keyin loy yoki plastilindan toshbaqa yasaydilar.
Kichik va o‘rta guruhlardagi bolalar loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasashdagi elementar jarayonlar hisoblangan asosiy harakatlarni hamda ularning aniq nomini: yoyish, yumaloqlash, cho‘zish, ezish, bukish, birlashtirishni bilib olishlari kerak.
Ba’zan predmetning u yoki bu shaklini yasalayotganda masalan, oval shaklidagi narsalarni (tuxum, bodring, kartoshkani) yasashda bir necha usullarni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Bunda avval loyni yumaloqlanadi, keyin biroz ezib va cho‘zib aniqroq shaklni hosil qilish uchun unga barmoqlar bilan ishlov beriladi.
Bolalarga bunday texnik usullar individual va guruhiy tarzda o‘rgatilishi mumkin. Bu ishni ertalab hamda kechqurun bajarish yaxshi natija beradi. Bolalarga u yoki bu predmetni yasashni taklif qilinadi va har bir texnik usul alohida-alohida ko‘rsatib beriladi. Tarbiyachi uning qanday atalishini albatta aytadi. O‘sha buyumni qaytadan yasashda boladan o‘zi bajarayotgan ishni, bunga qanday erishgani so‘raladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, bolalar predmetni kuzatishning umumlashtirilgan usullarini o‘rganib olgach, o‘yinchoqlar yasashning texnik masalasi osonlashadi, chunki bu usullar bolalarga tasvirlashning istalgan usulini mustaqil va ongli tanlash hamda qo‘llash imkonini beradi.
Shunday qilib, predmetni sensor kuzatishni tashkil etish tarbiyachini o‘yinchoq tasvirini yaratish jarayonini ko‘rsatib berishdan ozod qiladi. Ilgari bu ish predmetni idrok etish bilan uni yasash o‘rtasidagi bog‘lovchi vosita bo‘lib xizmat qilar edi.
Olti yoshli bolalar guruhida predmetni kuzatish jarayoniga o‘rgatish yil boshidan boshlanadi. Shu maqsadda, masalan: «O‘yinchoq o‘zi haqida nimalarni so‘zlaydi?» «Predmetni paypaslab top», «Bu qanaqa mo‘ynaligini bilasanmi?», «Top-chi, bu nima?», «Nimasi o‘xshaydi va nimasi farq qiladi?» kabi o‘yinlardan foydalaniladi.
Bu mashg‘ulotlarning dastur materiali harakatning to‘rt bosqichli izchil harakatlar orqali faol idrok etish jarayonini o‘rgatishni o‘z ichiga oladi. Ana shu o‘rgatish individual va guruhiy mashg‘ulotlarda amalga oshadi.
Bolalar predmetlarni kuzatish bilan faqat maxsus mashg‘ulotlarda, faol idrok etishni o‘rganishda emas, balki o‘yinchoqlar yasash jarayonida shug‘ullanadilar. Bu esa ularga sezish va ko‘rish yordamida tasvirlanayotgan predmetning fazoviy xossalarini tabiiylik bilan taqqoslash imkonini beradi. Bolalarga predmetni kuzatish ishini o‘rgatishning dastlabki bosqichlarida maxsus mashg‘ulotlar, didaktik o‘yinlar o‘tkazish zarur bo‘lsa, bolalar mazkur jarayonni o‘zlashtirgach, ular uchun o‘yinchoq yasashdan oldin tabiiysi (natura) bilan sezish va ko‘rish orqali tanishish kifoyadir.
Maktabga tayyorlov guruhida bolalarga notanish predmetni sezib kuzatishsiz, faqat uni ko‘rib tahlil qilish bilan yasash mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Katta guruh va tayyorlov guruhidagi bolalar tekis va hajmli geometrik shakllarni bir-biridan farq qiladigan bo‘lishlari kerak. Shuning uchun katta guruhda masalan, «Tekis va hajmli jismlarning shakli to‘g‘risida» suhbat va o‘yinlarni tashkil qilish mumkin.
Ishning navbatdagi bosqichi bolalarning turli geometrik shakllar to‘g‘risidagi bilimini mustahkamlashni, predmetlarning o‘xshashligi va farqini aniqlash mashqlarini o‘z ichiga oladi. Shu maqsadda «Bu geometrik shaklga o‘xshagan predmetni top», «Predmetni ushlab ko‘rib uning shaklini va nomini ayt», «Mo‘jizali xaltacha», «Mana bu shaklga o‘xshaydigan predmetlar nomini kim ko‘proq ayta oladi?», «Nimasi o‘xshaydi va nimasi farq qiladi?» kabi o‘yinlarni o‘tkazish mumkin.
Yilning o‘rtalariga borib bolalar barcha geometrik jismlar nomini nisbatan oson o‘zlashtiradilar va ularni boshqa predmetlar bilan taqqoslashda predmetning geometrik jismga o‘xshashliginigina emas, farqini ham ko‘radigan bo‘ladilar.
Predmetlarni kuzatish bo‘yicha mashg‘ulot va o‘yinlar o‘tkazish bilan bir vaqtda ularni yasashga ham kirishiladi. Katta guruhlarda bolalarning sensor tajribasini ularga predmet tasvirini o‘z xotiralari bo‘yicha yaratish topshirig‘ini berish imkonini vujudga keltiradi.
Syujet xarakteridagi topshiriqlar bolani tasvirlangan predmetni shunchaki takrorlashga emas, balki o‘sha predmetning fazodagi holatini, boshqa predmetlarga munosabatini anglashga, uning tasviriga qandaydir o‘zgartishlar kiritishga ham majbur qiladi. Bu esa o‘z navbatida tasavvurning harakatchanligini, idrok etilgan narsalarni mustaqil va ijodiy tarzda qo‘llash, oldingi mazmunga tayanib, keyingi mazmundan boshqa idrokning yangi usullarini topish imkonini beradi.
Yetti yashar bolalarga predmetni kuzatish hamda geometrik shakllarni bilish harakatlarini mustahkamlovchi qator takroriy topshiriqlarni berish mumkin. Bunda «Topishmoqni toping», «Men kimman?», «Bu nimaning mo‘ynasi?», «O‘yinchoqlar magazini», «Kim ko‘proq narsani ko‘ra oladi?», «Har bir figurani o‘z joyiga qo‘yish» va boshqa o‘yinlardan foydalanish yaxshi natija beradi.
Masalan, «Bu nimaning mo‘ynasi» o‘yinining maqsadi bolalarga mo‘ynaning xususiyatini barmoq uchlari bilan, qo‘l kafti bilan silab ko‘rib, idrok etishni, uning etalon nomlarini — kalta, mayda, qattiq, mayin, hurpaygan uzun, cho‘tkasimon, yumshoq, nozik, to‘lqinsimon, silliq, issiq, sirpanchiqligini mustahkamlashdir. Bolalar mo‘ynani ushlab ko‘rish asosida uni yaxshiroq idrok etadilar va u yoki bu mo‘yna to‘g‘risida so‘zlab beradilar, uning sifatini belgilaydilar.
O‘yinlardan tashqari, predmetlarni solishtirib, bolalarda kuzatuvchanlik, predmetlarni ko‘rib idrok etish malakalarini shakllantiradigan maxsus mashg‘ulotlar ham o‘tkazish mumkin. Ularning mavzusi taxminan quyidagicha bo‘ladi: «Zag‘izg‘on va qarg‘a», «Qizilishton va olaqarg‘a», «Chumchuq va chittak», «Tipratikon va toshbaqa» va hokazo. Chunonchi, qizilishton va olaqarg‘a taqqoslanadigan mashg‘ulotda quyidagi masalalar hal qilinadi: bolalarning qushlar haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash; qush tanasining shaklini va boshqa a’zolarini sezib kuzatish bo‘yicha ilgari o‘zlashtirilgan umumlashgan malakalarni qo‘llashga o‘rgatish; qushlarning tashqi umumiy belgilarini (gavdasi oval shaklida, boshi shar shaklida ekanini, tumshug‘i, tirnoqli panjalari, qanotlari borligini) ko‘rishga o‘rgatish; har bir qushning o‘ziga xos individual xususiyatlarini tushuntirish.
Taqqoslash uch belgi: shakl, rang va kattalik bo‘yicha o‘tkaziladi. Bolalar qushlarning turmush tarzi va shunga bog‘liq holda ularning gavdasi, oyoq panjalari va tumshuqlarining tuzilishi to‘g‘risida ham so‘zlab beradilar. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar predmetlarning faqat ayrim xususiyatlarini emas, balki ular o‘rtasidagi munosabatlarni (mutanosiblikni, tuzilishini) ham ko‘ra bilishlari, jonivorlarning xuddi shu zotiga xos xarakterli belgilarni ifodalay olishlari kerak. Shuning uchun naturani batafsil va sinchiklab o‘rganish zarur. Bu o‘rganish qushlarni kuzatish ishlari tizimiga va umuman predmetlarning tuzilishi to‘g‘risida ilgari hosil qilingan tushunchalarga tayanadi. Bolalar har bir predmet umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan qandaydir predmetlar guruhiga taalluqli ekanini biladilar. Masalan, barcha qushlarning gavdasi oval shaklida, biroz uzunchoq bo‘ladi. U biroz kengroq, torroq, qisqaroq, uzunroq bo‘lishi ham mumkin, lekin shaklining asosiy tuzilishi saqlanib qoladi. Bolalar mana shu shaklni ajrata olishlari, geometrik shakl — har qanday predmet shaklini belgilash uchun asos ekanligini va bir turdagi predmetlar guruhining bir-biriga o‘xshashligini bilishlari kerak. Buning natijasida Maktabgacha ta’lim tashkilotlari da predmetlarning, masalan, qizilishton va olaqarg‘a gavdasining tipik tuzilishi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida umumlashgan tasavvurlar rivojlanib boradi.
5-6 yoshli bolalar o‘zlashtirgan bir predmetni tasvirlash usuli o‘xshash guruhdagi har qanday predmetni tasvirlash imkonini beradi.
Shunday qilib, aytish mumkinki, katta bog‘cha yoshidagi bolalarning predmetni idrok etish kuzatish bosqichlarining bir-biriga qo‘shilib ketishi bilan xarakterlanadi. Lekin o‘sha predmet bolalarga notanish yoki predmet to‘g‘risidagi bilimni aniqlash zarur bo‘lsa, muntazam va izchil kuzatish jarayoni ko‘p vaqtni oladi.
II BOB YUZASIDAN XULOSALAR


O‘yinchoqlar bolaga kattalarning qiziqarli bo‘lgan dunyosini o‘zlashtirishga, turli xil buyumlarning xususiyatlari va sifatlari, ularning turlmushda va kishilarning mehnat faoliyatida ishlatilishi bilan tanishishiga yordam beradi. Tarbiyachi o‘yinchoq orqali bolalarda qiziqishni shakllantirishi, topqirlik va ijodiylikni rivojlantirishi mumkin. Bundan tashqari loy va plastilindan yasalgan o‘yinchoqlar bolalarning aqliy rivojlanishiga, sensor qobiliyatini shakllantirishga yordam beradi, tahlil qilish, bir butun holga keltirish va umumlashtirishda mashqlantiradi. Ulardan taqqoslash, tavsiflashda ham foydalanish mumkin. Bunday o‘yinchoqlar bolalarda nutqiy faollikni uyg‘otadi, lug‘at boyligini oshiradi, diqqatning jamlanishi va barqarorlikning rivojlanishiga yordam beradi.
Loy va plastilindan yasalgan o‘yinchoqlar bilan o‘ynash bolalarda avaylashni, e’tiborlilikni, mehribonlik va nafosatni uyg‘otadi, ijobiy axloqiy kechinmalar tajribasini to‘plashga yordam beradi.
III bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida barcha guruhlarda o‘yin turlarini shakllantirish bo‘yicha tajriba sinov.
3.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilarning tarbiyalanuvchilar bilan loy va plastilinda o‘yinchoqlar yasashda qo‘l va barmoq motorikalarini rivojlantirish orqali tajriba-sinov ishlarini tashkil etish
O‘yin va bolalarda nozik vosita ko‘nikmalarini rivojlantirish kichkina odamni biror narsa qilishga majburlab bo‘lmaydi. Natija bitta bo‘ladi - ko‘z yoshlari va injiqliklari. Eslab qoling! 28


Faqat o‘yinlar yordamida biz bolalarda nozik vosita ko‘nikmalarini rivojlantiramiz va shu bilan ularning ufqlarini kengaytirishga hissa qo‘shamiz.
1. Kichkina barmoqlar uchun gimnastika. Barmoqlarning moslashuvchanligini rivojlantirish juda muhim, chunki chaqaloq tez orada yozish qobiliyatini egallashi kerak. Moslashuvchanlik, shuningdek, toza va tushunarli qo‘l yozuvini shakllantirishga yordam beradi. Kichik qofiyalar va ertaklarni sahnalashtirish nafaqat qo‘llarning motorli ko‘nikmalarini, balki yodlashni rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek, bolani xayolparastlikka o‘rgatadi. Ajablanadigan buqa haqidagi oddiy bolalar qofiyasi oxir-oqibatda so‘zlar va kichik teatrlashtirilgan rekvizitlar qo‘shilishi bilan butun spektaklga aylanishi mumkin. Masalan: turli intonatsiya qo‘shing - qayg‘uli yoki komediya; barmoqlarga ko‘zlar, burun, og‘iz, tuyoqlarni chizish; hilpiragan ko‘prik qurish.
O‘yin bolaga qayerda harakat qilishiga imkon beradi: yuqoriga, pastga, o‘ngga, chapga.


Vaqtni tomosha qiling! Bolani charchatmang, ayniqsa u hali bir yoshga to‘lmagan bo‘lsa. O‘yinni 3-4 daqiqadan so‘ng to‘xtatganingiz ma'qul.
2. Kichik narsalar bilan o‘yinlar. Ob’ektlarni bir-biridan ajratib turadigan va ularning xususiyatlarini biladigan katta yoshdagi bolalar uchun eng mos keladi. Siz bolaga teginishni taklif qilishingiz mumkin, ko‘zlarini yumib, nima ekanligini aniqlang. Tugmalar, bonchuklar, toshlar, yong‘oqlar - bularning barchasini siljitish, quyish mumkin. Barcha bolalar qum figuralarini yasashni yaxshi ko‘radilar. Qum qutisida tashqarida o‘tirish, chelakda qum to‘plash, uni yuvish shart emas. Bola uchun bu qiziqarli mashg‘ulot bo‘ladi - qum qutisiga yashiringan kichik narsalarni qidirish. Ushbu dars qo‘llarning nozik motorli ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun shubhasiz foyda keltiradi.

3. Ilova. Ko‘rsatingki, qog‘ozni nafaqat maydalash va mayda bo‘laklarga bo‘lish, balki parchalarni yirtib tashlash mumkin, ular keyin boshqa qog‘oz varag‘iga yopishtirilib, naqsh hosil qiladi. Bolaga qaychi ishlatish qoidalarini tushuntiring, unga biror narsani kesishiga ishoning. Farzandingizni o‘tkir narsalar bilan yolg‘iz qoldirmang. Agar chaqaloq zavqlana boshlasa - undan qaychi oling, sababini xotirjam tushuntiring, ko‘z yoshlariga berilmang. Barcha bolalar haykaltaroshlikni yaxshi ko‘radilar. Modellashtirish materiali - xamir, plastilin, loy. Agar siz plastilin va loy og‘zingizga tushishidan qo‘rqsangiz, unda xamir birinchi raqamlar uchun eng zo‘r material bo‘ladi. Agar siz o‘zingiz xamirni kofee yoki pechenye uchun tayyorlasangiz, unda hatto bir yoshdan katta bo‘lgan maydalagich ham bulochka yoki kichik kolbasa qoliplashi mumkin. Kichkina plastik xamir pichog‘ini ishlatishni chaqaloqqa o‘rgating va modellashtirish jarayoni yanada qiziqarli bo‘ladi. Kattaroq bolalar bilan siz loy va plastilindan murakkabroq kompozitsiyalarni yig‘ishingiz mumkin.
4. bog‘lash. Lacing yordamida juda ko‘p turli xil o‘yinlar mavjud. Ammo bundan ham qiziqroq - qo‘lda yasalgan o‘yinchoq bo‘ladi, masalan, shirinliklar to‘plamidan qutidan. O‘rgimchak uchun o‘rgimchak to‘rini yaratib, tasodifiy joylashgan teshiklardan o‘z navbatida dantellarni (lentani) torting.
5. Bolaligimizni bo‘yash sahifalari. Qanday qilib stolda o‘tirganingizni eslang, qalamni noqulay ushlab, tilingizni biroz chiqarib, rasmni diqqat bilan bo‘yashingiz mumkin. Farzandingizni birinchi daqiqadanoq ozoda bo‘lishga o‘rgating, shunda siz o‘zingizni go‘zal his qilishga yordam berasiz, ranglarni uyg‘unlashtirishni o‘rganasiz,kreativ, ijodiy fikrlashni rivojlantirasiz.
6. Chizish. Siz cho‘tkasiz bo‘yoqlar bilan chizishni o‘rganishni boshlashingiz mumkin. Biz barmog‘imizni bo‘yoqqa botiramiz va qog‘ozga birinchi izlar va dog‘larni qo‘yishni o‘rganamiz.
Keyin, biz bolaga qalam va plastilin beramiz. Yangi boshlanuvchilar uchun siz quyidagilarni o‘rganishingiz mumkin: palma, shisha, qoliplarning konturini belgilang; kontur bo‘ylab chizish; chizishni tugatish29.
Shundan so‘ng siz murakkabroq chizmalarni bajarishni boshlashingiz mumkin. Bir yilgacha va undan keyin chaqaloqlarda motorli ko‘nikmalarni rivojlantirish usullari har xil. Asosiy qoida - o‘yin elementlaridan foydalanish, keyin o‘rganish oson va oson jarayonga aylanadi. Qo‘llarning nozik motorli ko‘nikmalari xotira, nutq va fikrlashni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘yin nafaqat zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga, balki chaqaloqning yashirin iste'dodlarini ham ochib berishga yordam beradi.
3.2. Maktabgacha talim tashkilotlarida loy va plastilindan o‘yinchoqlar yasash va ularning bolalar hayotidagi tarbiyaviy ahamiyati va mezonlarida tajriba sinov ishlarining statistik tahlili
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan loy ishi mashg‘ulotlarida asosiy material sifatida plastilin va loydan foydalaniladi. Ulardan foydalanish texnikasi va texnologiyasi har xil bo‘lsa-da, tasvir (haykalcha) hosil qilish imkoniyatlariga ko‘ra ular bir xil texnik ko‘rsatgichlar va imkoniyatlarga ega. Tarbiyachi bajariladigan ishning mazmuniga ko‘ra loy yoki plastilinda ishlashni taklif etadi. Agar mayda dekorativ haykalcha yasaladigan bo‘lsa plastilinning turli ranglaridan foydalangan holda ishlash tavsiya etiladi. Chunki undagi aniq ranglardan foydalanib ifodali-ta’sirchan haykalcha yasash mumkin bo‘ladi. Gigiyenik jihatdan har ikkala material ham muayyan tartiblarga rioya qilishni talab etadi. Shuning uchun topshiriqni bajarish uchun material tanlashda, asosan, yasaladigan haykalchaning hajmi, mavzusi, ko‘lami (bir figurali, ikki figurali haykalcha kompozitsiyasi, kattaroq hajmdagi haykalcha va boshqa parametrlar) e'tiborga olinadi. Maktabga tayyorlov guruhi bolalari bilan o‘tkaziladigan loy ishi mashg‘ulotlarida loy bilan ishlash tavsiya etiladi. Chunki, birinchidan, kattaroq hajmdagi haykalchalarni ishlashda bir xil massa (rang) dagi plastilin bilan ta’minlashimkoniyati cheklangan bo‘ladi. Ikkinchidan, plastilinning turli rangda bo‘lishi bolalarning diqqatini mayda detallarni tasvirlashga yo‘naltirib, asosiy maqsad - shakl va hajmni his qilish va tasvirlashdan chalg‘itadi. Qolaversa, Respublikamizda issiq kunlar ko‘p bo‘lganligi bois bunday ob-havo sharoitida issiq harorat ta'sirida plastilinni yumshab ketishi va yopishqoq bo‘lib qolishi ishlashda noqulaylik tug‘diradi. Shuningdek, bunday sharoitda yasalgan haykalchalarning shakli buzilib ketadi. Loydan esa uzoq muddat foydalanish mumkin. Qolaversa, loydan yasalgan buyum qurigan holatda ham shaklini o‘zgartirmaydi. Shu bois loydan yasalgan buyum qurigach unga rang bilan bezak berish ham mumkin bo‘ladi. Shuningdek, loy bilan ishlash mashg‘ulotlari iqtisodiy tomondan qiyinchilik tug‘dirmaydi. Imkoniyat va mutaxassis bor joyda loydan yasalgan buyumlarni mufel pechlarida pishirish va unga dekorativ bezak berish tartiblari haqida tasavvur hosil qilish bolalarda badiiy hunarmandchilik sohalariga qiziqishni orttiradi, xalq ustalarining ijodiy mehnatlari haqida, umuman shu soha to‘g‘risidagi dastlabki tasavvurlar tarkib topadi, hunarmandlarning ishlarini badiiy-estetik idrok etish malakalari shakllantiriladi.
Plastilindan toshbaqa yasash. plastilindan qovoq , jo‘xori, sabzi yasash, plastilindan otcha yasash.



Turli xil rangdagi plastilinlardan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalda tajriba-sinov ishlari o‘tkazildi30.
Tajriba-sinov ishlarida tadqiqot ishimizni Urganch shahridagi 14-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti , 39-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti, 28-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazildi.



Kognitiv(bilish) faoliyatni rivojlantirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash didaktik tizimining
shakllanganlik darajalarining qiyosiy tahlili (son va foizlarda)



Guruhlar

Bolallar soni

O‘zlashtirish natijalari (% da)

yuqori

o‘rtacha

past

Tadqiqot avvalida

155

25
16

76
49

54
35

Tadqiqot so‘ngida

155

54
35

81
52

20
13

Kognitiv(bilish) faoliyatni rivojlantirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabga tayyorlash didaktik tizimining
shakllanganlik darajalari bo‘yicha tajribadan avvalgi va tajriba so‘ngidagi statistik ma’lumotlarning solishtirma jadvali

Tadqiqot
avvalida

Tajriba va sinov ob’еktlari

yuqori

o‘rtacha

past

Jami

Urganch shahridagi 14-sonli MTT

9

28

20

57

Urganch shahridagi 39-sonli MTT

11

37

28

76

Urganch shahridagi 28-sonli MTT

5

11

6

22




Jami

25

76

54

155

Tadqiqot
so‘ngida

Tajriba va sinov ob’еktlari

yuqori

o‘rtacha

past

Jami

Urganch shahridagi 14-sonli MTT

20

31

6

57

Urganch shahridagi 39-sonli MTT

25

39

12

76

Urganch shahridagi 28-sonli MTT

9

11

2

22




Jami

54

81

20

155

III BOB YUZASIDAN XULOSALAR


Uchinchi bob yuzasidan xulosa qilib aytganda tajriba -sinov ishlarimiz Urganch shahri maktabgacha ta’lim tashkilotlarida shuni ko‘rsatdiki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan loy ishi mashg‘ulotlarida asosiy material sifatida plastilin va loydan foydalaniladi. Ulardan foydalanish texnikasi va texnologiyasi har xil bo‘lsa-da, tasvir (haykalcha) hosil qilish imkoniyatlariga ko‘ra ular bir xil texnik ko‘rsatgichlar va imkoniyatlarga ega. Tarbiyachi bajariladigan ishning mazmuniga ko‘ra loy yoki plastilinda ishlashni taklif etadi. Agar mayda dekorativ haykalcha yasaladigan bo‘lsa plastilinning turli ranglaridan foydalangan holda ishlash tavsiya etiladi. Chunki undagi aniq ranglardan foydalanib ifodali-ta'sirchan haykalcha yasash mumkin bo‘ladi. Gigiyenik jihatdan har ikkala material ham muayyan tartiblarga rioya qilishni talab etadi va hozirgi yangi davlat talablari asosida zamonaviy o‘yinlar orqali amaliy jihatdan tajriba-sinov ishlarida o‘tkazildi.
Bunday o‘yinchoqlar sensor tarbiya va nutqni o‘stirish vazifalarini bajarar ekan, bolalarning predmetlarni, ularning rangi, shakli, hajmi kabilarni idrok qilishini rivojlantirishga, ularning turli xossalar va sifatlarni ifodalovchi so‘zlarni tushunish va to‘g‘ri ishlatishga ham yordam beradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘proq bolaning yoshini hisobga olishni unutmaslik kerak. Ularni oddiy, oson va vaqtni kam oladigan didaktik o‘yinlar bilan shug‘ullantirib, keyin asta-sekin murakkablashtirib borish yaxshi natija beradi. Bunday ish tutish, bir tomondan bolalarning dunyoqarashi va ongini kengaytirsa, boshqa tomondan, ularning bayon etish qobiliyatini kuchaytiradi, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

XULOSA.
Yosh avlodni har tomonlama rivojlangan, komil inson qilib tarbiyalash yo‘lida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi. Maktabgacha ta’lim va tarbiya


“Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.”
O‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol o‘sishi, uning jismoniy, axloqiy va ma’naviy tarbiyasi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilib voyaga yetkazish masalasi davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan, shu maqsadda ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hayotga izchil tatbiq etilmoqda.
Farzandlarimizning shakllanishi, dunyoqarashlari kengayishida bog‘cha tarbiyasi muhim. Bog‘cha dasturiga ko‘ra, bola vaqtida ovqatlanadi, o‘ynaydi, dam oladi. Bu tartib bola salomatligi uchun juda muhimdir. Bog‘chada bola ta’limning boshlang‘ich dasturini bosqichma-bosqich o‘rgana boradi. O‘qishni, yozishni, matematik-mantiqiy amallar bajarishni bilib oladi. U shu yerda Vatanni taniydi, yuragida tabiat va jamiyatga mehr hissi uyg‘onadi.
“Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari”da bolalar tafakkurini rivojlanishida barcha ilk boshlang‘ich bilimlarni uzluksiz o‘stirib borish muhim o‘rin tutadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘proq bolaning yoshini hisobga olishni unutmaslik kerak. Ularni oddiy, oson va vaqtni kam oladigan didaktik o‘yinlar
https://lex.uz/docs/-5013007
bilan shug‘ullantirib, keyin asta-sekin murakkablashtirib borish yaxshi natija beradi. Bunday ish tutish, bir tomondan bolalarning dunyoqarashi va ongini kengaytirsa, boshqa tomondan, ularning bayon etish qobiliyatini kuchaytiradi, mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘yin – o‘qish, o‘yin – mehnat, o‘yin – jiddiy tarbiya shaklidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o‘yin atrofdagi olamni bilish usulidir. Agar bola pedagogik jarayonga to‘liq kirsa, u holda o‘yin tarbiya vositasidan iborat bo‘ladi. O‘yinni tashkil etish va boshqarish orqali tarbiyachi bola shaxsi rivojlanishining barcha tomonlariga: sezgisiga, ongiga, erkiga va xulqiga to‘la ta'sir etadi.
Bolalarga badiiy-ijodiy qobiliyat ta’lim-tarbiya jarayonida rivolantirib boriladi. “Hamma bolalar, bеistisno hammasi:- dеb yozadi shoir P.Antokolskiy - san'atning biror sohasida talantli bo‘lib tug‘iladilar. Bolaning qobiliyatsizligi har doim tarbiyaning natijasidir. Aniqrog‘i, tarbiyaning yo‘qligi, bolaga g‘amho‘rlik qilinmaslikning natijasidir”.
Bolalarni har tomonlama barkamol rivojlantirish va tarbiyalashni amalga oshirishda yordam beradigan o‘yin va o‘yinchoqlar bilan ta’minlash davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim ishlardan biridir.
Hozirgi kunda o‘yinchoqlarning yangi namunalarini yaratayotgan rassomlar safi kengaymoqda, badiiy hamda konstruktorlik markazlari tashkil etilyapti. O‘yin va o‘yincholar muammolarini qamrab oluvchi ilmiy tadqiqotlar ham ko‘paymoqda.
Har yili o‘yinchoqlar assortimentini kengaytirish va sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan seminarlar, shuningdek, o‘yinchoqlarni ishlab chiqarishni takomillashtirishga yo‘llangan konkurslar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar o‘tkazilib turilibdi. Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasida Respublika va viloyatlar miqyosida o‘tkazilib kelinayotgan “Sevimli o‘yinchog‘im” ko‘rik-tanlovi buning isbotidir.
Ma’lumki, qo‘lbola hamda loy va plastilindan o‘yinchoqlar tayyorlash – bolaning qo‘lidan keladigan va quvonchli ish. Materialning o‘yinchoqqa aylanish jarayoni turli kechinmalar – ajablanish, quvonchli orzu, zo‘r berib fikr yuritish va amaliy ish natijalaridan, o‘z imkoniyatlarini, mustaqilligini anglashdan qanoatlanish tuyg‘ulari bilan birga davom etadi.
Loy – qo‘lbola o‘yinchoqlar yaratishda yaxshi natija beradigan material. Bolalar undan odamchalar, hayvonlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari yasaydilar. Pishirish – bu o‘yinchoqlarni mustahkam qiladi, ulardan keng foydalanish, ularni boshqalarga sovg‘a qilish imkonini beradi.
Qo‘lbola o‘yinchoqlar bolalarning o‘zlari yoki ota-onalar, tarbiyachilar tomonidan tayyorlanadi. Bu qo‘g‘irchoq ishlab chiqarish sanoati bo‘lmagan vaqtda, ko‘pgina avlod bolalarining hamrohi bo‘lgan. Bu o‘yinchoqlar hozir ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Eng oddiy o‘yinchoqni tayyorlash vaqtida bola fikr yuritadi, qiyinchiliklarni yengadi, muvaffaqiyatdan quvonadi. O‘zining ijodiy, yaratuvchilik mehnati jarayonida u do‘stlari bilan muomalada bo‘lish yo‘llarini axtaradi, ularga birgalikda o‘ynashni taklif qiladi. Bunda faqat o‘zi uchun emas, balki boshqalar uchun ham o‘yinchoq yasashga tayyor turish tuyg‘usining shakllanishi axloqiy tarbiyada katta ahamiyatga ega.
Bunday o‘yinchoqlar sensor tarbiya va nutqni o‘stirish vazifalarini bajarar ekan, bolalarning predmetlarni, ularning rangi, shakli, hajmi kabilarni idrok qilishini rivojlantirishga, ularning turli xossalar va sifatlarni ifodalovchi so‘zlarni tushunish va to‘g‘ri ishlatishga ham yordam beradi. Hozirgi yangi davlat talablari asosida zamonaviy o‘yinlar orqali amaliy jihatdan tajriba-sinov ishlarida o‘tkazildi va natijaga erishildi.


I L O V A.

Download 479.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling