Ilmiy rahbar: Kamoliddinov Farrux Kurs ishini tayyorladi
I Bob. Qadimgi Misr sivilizatsiyasining vujudga kelishi
Download 47.64 Kb.
|
Achilova Ma\'mura
I Bob. Qadimgi Misr sivilizatsiyasining vujudga kelishi.
1.1. Qadimgi sharq sivilizatsiyasi Qadimgi sharq tsivilizatsiyasi. Insoniyat tarixida ibtidoiy jamoadan tsivilizatsiyaga o‘tish shaharlarning paydo bo‘lishi, ularning hokimiyat va diniy markaz sifatida shakllanishi ibodatxona, saroylar qurilishi, yozuvni paydo bo‘lishi bilan va shuningdek jamiyatda turli sinflar va davlatchilikni paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Tabiiyki, tsivilizatsiyalar tarixi Qadimgi Sharqda er.av. IV ming yilliklardan jamiyatning taraqqiyoti natijasida turli ijtimoiy qatlamlarni paydo bo‘lishi bilan boshlanadi. Qadimgi Sharq tsivilizatsiyasi turli geografik hududlarda, turli davrlarda tugallandi. Jumladan Old Osiyoda Qadimgi Sharq tarixi Makedoniyalik Iskandarning yurishlari (er. av. IV asr.) bilan tugallandi, Janubiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlari uchun eramizning II ming yilligining ikkinchi yarmigacha davom etdi. “Qadimgi Sharq” geografik tushunchasi shimoliy-g’arbiy Afrikadan Tinch okeanigacha va buyuk cho‘ldan Hind okeani va Saxaragacha bo‘lgan ulkan hududni qamrab oladi. Asosan bu hudud subtropik iqlimli, yozi juda issiq va quruq, yumshoqligi bilan ko‘zga tashlanadi. Ko`p mingyilliklar o`tib, insonlar o`z ijtimoiy infratuzlilmalarini yaxshilash bo`yicha o`z strategiyalarini mudom rivojlantirib bordilar. Yuksak madaniy o‘zgarishlar, demokrafik portlashlar, va texnologik innovatsiyalar miloddan avvalgi 3500 yillarda murakkab iyerarxik jamiyatlar tashkil topishiga yo`l ochib berdi, ular shaharlarda to`plandilar va yangi jamoaviy institutlar tomonidan kuchaytirildi. Shahar hayoti inson tajribasini shakllantirdi. Insonlar uchun ishonchli suv manbalarni topish muhim edi, chunki sugòrish manbasining aniqligi yirik aholini ozuqa bilan ta`minlash uchun zarur darajada ekin ekishga imkon yaratardi. Aynan shu joylarda keyinchalik svilizatsiyalar paydo bо‘ldi.Qadimgi Sharq xalqlarining sivilizatsiyalari asosan buyuk daryolar Nil, Dajla va Frot, Hind, Gang, Xuanxe, Yantszi, Amudaryo kabi daryo havzalarining unumdor vodiylarida sun`iy sug’orishga asoslangan xo‘jalik hayotini samarali rivojlanishi bilan ajralib turadi. Qadimgi Sharq tsivilizatsiyasi jahon xalqlari taraqqiyotining keyingi rivojlanishiga smarali ta'sir ko‘rsatadi va uning poydevori hisoblanadi. Qadimgi Sharqning ko‘p sonli etnik guruhlarining muntazam ravishda harbiy-siyosiy, savdo va madaniy aloqalari turli etnik guruhlarni aralashib ketishiga va yana murakkab etnik birliklarni paydo bo‘lishiga olib keldi. Qadimgi Sharq tsivilizatsiyasini yaratishda turli xalqlar, etnik guruhlar turli davrlarda faol ishtirok etdilar. Eng qadimgi zamonlarda Kichik Osiyo yassi tog’ligida yashagan qabilalarni protexettlar deb atash rasm bo‘lgan. Protexettlar va ularga til jihatidan yaqin turgan palaylar Old Osiyoning boshqa eng qadimgi qabilalariga qarindosh bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin; bu qabilalarni hozirgi zamon tadqiqotchilari «azianik» qabilalari deb ataydilar. Kichik Osiyodan topilgan qadimgi yozuvlarni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, yagona xett xalqi maydonga kelishidan oldin ular kichik-kichik dialеkt (sheva)lar hamda qabilaviy tillarda so‘zlashgan qabilalardan iborat bo‘lgan. Eramizdan avvalgi II ming yillikda, Xett davlatining paydo bo‘lish arafasida Kichik Osiyoda yashagan eng qadimgi aholi orasida kеng tarqalgan til protexett tili bo‘lgan. Qadimgi Sharqdagi turli xil tillarni qadim zamonlarda Shimoli-Sharqiy Afrikada va Osiyoning ko‘p yerlarida yashagan ko‘pdan-ko‘p qabila va xalqlar tillarini va yozuvlarini o‘rganish asosida Qadimgi Sharq tarixi o‘rganiladi. Qadimgi Sharq xalqlarining ijtimoiy tuzumi ibtidoiy jamoa tuzumiga qaraganda ancha taraqqiy qilgan tuzum bo‘lgan. Qadimgi Sharq jamiyatida birinchi marta dеspotik (mustabid) davlat vujudga kеlgan, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida esa bunday davlat bo‘lmagan. Qadimgi Sharqdagi katta-katta quldorlik xo‘jaliklarida qullar mеhnatidan foydalanishning dastlabki uyushgan shakllari paydo bo‘lishi bilan bir qatorda, bu xo‘jaliklarda uy qulchiligi shakllari uzoq vaqt saqlanib qolgan. Murakkab va kеng quloch otgan amaldorlik apparatidan iborat markaziy hokimiyat organlari mavjud bo‘lishiga qaramasdan, Sharqda jamoa turmushining qadimgi shakllari ham ko‘p vaqtgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Yerning anchagina qismi amalda jamoalarga qaragan, bu yerlarga ko‘pincha erkin jamoachilar ishlov bеrganlar. Qadimgi Sharq xalqlarining xo‘jaligi, ijtimoiy tizimi va madaniyati sеkin rivojlanib borishi va nisbatan turg’un holatda qolib kеtishi, qabila yoki jamoat mulkchiligining mavjudligi bilan bog’liq. Shu bilan birgalikda dinning Qadimgi Sharq dunyosidagi kishilar ongi dunyosi ustidan hukmronligi, barqarorligida o‘z ifodasini topgan. Qadimgi Sharq mamlakatlarining iqtisodiyoti bilan Yunoniston va Rimning antik xalqlari xo‘jaligining rivojlanishi o‘rtasida muhim farqlar bo‘lgan. Tanga shaklidagi pullar va savdoning jadal taraqqiyoti bilan bog’liq shahar tuzumshning, Qadimgi Sharq davlatlarshning antik davr oxirlarida paydo bo‘lgan мadaniyati ham ancha sodda bo‘lgan. Qadimgi Sharq davlatlari ichki tomondan zaif bo‘lib, ko‘pincha tashqaridan qilingan zarbaga bardosh bеrmay qulab tushardi. Kayxusrav yoki Alеksandr tuzgan buyuk davlatlarni ham inqiroziga asosiy sabab, tasodifan bir-biri bilan yaqin bog’langan qurama guruhlardan tashkil topganligi, o‘z iqtisodiy bazasiga ega bo‘lmagan muvaqqat va tagi bo‘sh harbiy ma'muriy birlashmalardan iborat bo‘lganligidan edi. Kichik Osiyo va Shimoliy Suriya hududlaridagi qadimgi qabilalar bilan bir qatorda er.av. II ming yillikda nesiylar deb atalgan qabilalar ham tarix sahnasida paydo bo‘la boshlagan (Nesiy dеgan nom, Galis daryosining janubida joylashgan Nesiy yoki Nesha dеgan mamlakat va shaharning nomidan olingan). Nesiylar protoxett qabilalaridan til jihatdan farq qilganlar. Keyingi tеkshirishlarning, jumladan B.Grozniy tadqiqotlarida ko‘rsatishicha, nesiylar tili hind-уevropa guruhidagi xalqlar tillariga juda yaqin bo‘lgan. So‘nggi xett (nesiy) tilidagi bir qator so‘zlarni yunon, lotin, qadimgi hind va qadimgi slavyan tillaridagi ayni ma'noli so‘zlar bilan solishtirsa bo‘ladi. Qadimgi misrliklar dunyo tarixidagi eng qadimiy, paydo bo‘lishi er.av. IV asr o‘rtasiga borib taqaladigan tsivilizatsiyani yaratdilar. Qadimiy Misr Nil daryosi vodiysida, uning birinchi ostonasidan to O‘rta еr dеngizi sohillarigacha yoyilgan hududda joylashgan edi.Dastlabki shaharlardagi sezilarli darajadagi moddiy va ijtimoiy siljishlar qisqa vaqt ichida – miloddan avvalgi 4000 - 2000 yillarda Nil daryosining O`rta yer dengiziga quyiluvchi shimoliy qismlarida yuz berdi. Gеrodot Misrni “Nil tuhfasi” dеb atagan edi. Qadimgi Misrning uch ming yillik tarixi bir nеchta yirik tarixiy davrlarga bo‘linib, ularning har biri qadimiy Misr tsivilizatsiyasining o‘ziga xos oyoqqa turish, ko‘tarilish va rivojlanish pog’nasi bo‘lgan. XIX asr boshigacha qadimgi Misr madaniyati va tarixi bilan hech kim shug`ullanmagan. Qadimgi Misr yozuvi unitilgan edi. Faqat XIX asr boshlarida fransuz olimlari 1809-1828-yillarda 48 tomli «Misr tasviri» nomli kitobni nashr etdilar. Misr iyerogliflarini fransuz olimi Silvestr de Sasi va shved olimi Okerblad, ingliz olimi Tomas Yung o`qishga harakat qildilar. Ammo qadimgi Misr yozuvi tizimini va iyerogriflarini o`qish metodini fanning o`tkir bilimdoni, misrshunoslik fanining asoschisi fransuz olimi Jak Fransua Shampol`on (1790-1832 yillar) ochdi. J. Shampol`on Grenobl shahridagi litseyda ta`lim oldi. Parijda taniqli lingvist Silvestr de Sasi rahbarligida Sharq tillarini o`rgandi. Napoleon yurishlari vaqtida Misrda bo`lgan mashhur fransuz fizigi va matematigi Fur`ening hikoyalari tasiri ostida qadimgi Misr tiliga qiziqib qoldi. Shampol`on qariyb yigirma yil davomida qadimgi Misr yozuvini o`rganib, bu yozuvni o`qishning kalitini topdi. U 1822 yil 27 sentabrda Fransiya akademiyasida iyeroglif alfavitini ochganligi to`g`risida ilmiy xabar qildi. Olim og`ir ilmiy mehnat va moddiy nochorlik tufayli, 1832 yil 42 yoshida vafot etdi. Shampol`ondankeyin ham Misryozuvinio`zganishdavometdi. Nemis olimlari Lepsius va Brugsh «Misr xronologiyasi», «Misr fir’avnlari to`g`risida» nomli asarlarini yaratdilar. XIX asrning 80-yillaridan boshlab misrshunoslikda yangi bosqich boshlandi: Katta hajmdagi maydonlarda olib boriladigan arxeologik qazilmalarni o`tkazishning ilmiy asoslangan qat’iy metodikasi ishlab chiqildi. Arxeologik qazishmalar natijasida topilgan topilmalar tizimli o`rganildi va doimiy saqlana boshlandi. Topilgan yozma yodgorliklar filologik va tarixiy tahrir bilan chop etila boshlandi. Qadimgi Misr tarixi va madaniyatning turli muammolari ishlanib, yirik asarlar to`plami chop etila boshlandi. Misr topilmalari muzeyini tashkil qilgan va yirik arxeologik qazishmalar olib brogan olim O. Mariyettning misrshunoslik fani taraqqiyotidagi xizmati katta bo`ldi. Ingliz tarixchisi Flinders Pitriuning davomchisi bo`ldi. U III tomli «Qadimgi davrda Misr tarixi», Brested II tomli «Misr tarixi», Maspero «Misr tarixi» va Ed. Meyer «Qadimshunoslik tarixi» asarlarini yaratdilar. XIX asrning o`rtalarida fransuz olimi O. Mariyett qadimgi Memfisdan muqaddas ho`kizlar sog`onalarini topdi. G. Maspero XIX asr oxirida Sakkaradagi piramidalarni tadqiq qilib, V-VI sulola piramidalarining xonalari ichki devoridagi matnlarni chop qildi. Fiva shahrida u Yangi podsholik fir`avnlarining mo`miyolari yashirilgan ulkan maxfiy joyni topdi. A.Gardner III tomli «Vilbur papirusi», «Ramseslar davri ma’lumotihujjatlari» va «Misronomastikasi» asarlarini chop qiladi. Misrda asosiy arxeologik qazishmalarni Yevropa va AQSH olimlari olib bordilar. Faqat XX asrning 20-yillaridan boshlab o`zi misrlik bo`lgan olimlar arxeologik qazishmalarni boshladilar. Rus olimlari Misr tarixini o`rganishda o`z hissalarini qo`shdilar. V.G. Barskiy 1727-1730-yillarda bir necha Sharq mamlakatlarini aylanib chiqib, shunda u Misrda ham bo`lgan. U Qohira, Rozett va Iskandariyada bo`lib, o`zining «Sayohat» degan asarida Iskandariyaning mashhur yodgorliklaridan birini mufassal tasvirlangan. Barskiy bu tasvirlarga rasmlarni ilova qilgan. Muallif bu rasmlarni shu qadar sinchiklab ishlaganki, unda yodgorlikdagi iyeroglifni yozuvchi o`z zamonasiga ko`ra juda aniq aks ettirgan. Mashhur rus olimlari V. Turayev, I. Nikolskiy, V. I. Avdiyev va boshqalar misrshunoslik fanini rivojlantirishda muhim o`rin egallaydilar. Download 47.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling