Ilmiy rahbar: Normurodov U


Download 230.58 Kb.
bet1/12
Sana28.02.2023
Hajmi230.58 Kb.
#1236118
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
IK 420 Abdusattorov Dilshodning Iqtisodiyot nazariyasidan kurs ishi (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN

KURS ISHI

Mavzu: Ishlab chiqarish harajatlari

Bajardi: Abdusattorov Dilshod


(talabaning ismi-sharifi, otasining ismi)
Iqtisodiyot fakulteti, 2-kurs 420-guruh
(fakultet,bakalavriat yo’nalishi, kursi, guruhi)

Ilmiy rahbar: Normurodov U.


(ismi-sharifi, ilmiy darajasi, lavozimi)
Samarqand-2022

Reja:

Kirish

  1. Xarajatlar haqida umumiy tushunchalar

  2. Firmaning xarajatlari

  3. Doimiy va o’zgaruvchan xarajat turlari

  4. Xarajatlarning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Iqtisodiy islohotlar boshlangan davrdan buyon respublikamzda iqtisodiy islohatlar yangi bosqichga ko’tarildi. Bu esa o’z navbatida iqtisodiyotni yanada takomillashtirish chora tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va jahon tajribalariga asoslangan holda amalga oshirilishi ko’zda tutildi. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2017-2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirish harakatlar strategiyasining beshta ustuvor yo’nalishini ishlab chiqish va bu ustuvor yo’nalishning uchinchi bandi ayni iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilganligi bunga yaqqol misol bo’la oladi. Bunda mikroiqtisodiy barkarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish suratlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish xarajatlarini minimallashtirish va boshqa bir qator yo’nalishlar asosiy vazifa sifatida belgilab olindi. Buning natijasida xarajatlar hisobi va tahlili sohalarida ham bir qancha o’zgarishlarni amalga oshirishga va milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, shu bilan birga tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirish, uning tahlilini tashkil etish kabi bir qator vazifalarni belgilab berildi. Shuningdek korxona ixtiyorida qoladigan mablag’ning ko’payishi foyda va ishlab chiqarish xarajatlari oshishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishga imkon bermoqda. O’z navbatida korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini kengayib borishi ular faoliyatida tugallanmay qolgan ishlab chiqarishning yuzaga kelishiga bu esa tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini to’g’ri to’liq va o’z muddatida hisob va hisobotda aks ettirishni talab etadi.
Hozirgi jadal rivojlanayotgan davrda ishlab chiqarishda inson omilini kamaytirish sohada yangi texnika va texnalogiyalarni qo’llagan holda samaradorlikni oshirish, raqobatdoshlikka bardosh berish usullari o’rganilib joriy qilish ko’zda tutilmoqda. Ushbu jarayon inson quvvati sanoat miqyosida robotlashtirilgan tizimlar bilan almashtirilayotgan paytda, ishlab chiqarishga avtomatlashtirish komponentlaridan biri sifatida qarash lozim. Ko‘pincha yirik korxonalar, butun jarayonni avtamatlashtirgan holda ishlab chiqarishni hazirgi davr talabi sifatida joriy qilib kurishmoqda va buning natijalarni samaradorliklarini kichik korxonalarga tarjiba sifatida tavsifa qilib kelmoqda. Keyingi yillarda tadbirkorlarga berilayotgan ko’plab imkoniyat ishlab chiqarish xarajatlari tannarxlariga bevosita o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolgani yoq. Tadbirkorlarga yengilliklar sifatida soliq stavkalarining kamaytirilishi, ayrim import mahsulotlarga bo’lgan bojxona to’lovlarining kamaytirilishi, eksport bop mahsulotlar hajmini oshirish hamda sifatli qilib ishlab chiqarish uchun kam foizli kiridit summalarini joriy qilinishi ishlab chiqarish xarajatlar tarkibini kamaytirish hamda tadbirkorlar foydasini oshirish va faoliyat turlarini yanada kengaytirishga imkon yaratmoqda. Keyingi yillarda ishlab chiqarish bilan band axoli sonini oshirish maqsadida xususiy tadbirkorlak, oilaviy korxonalar uchun turli xil imtiyozlar qo’llanilmoqda. Buning asosiy maqsalaridan biri qishloq joylarda xotin- qizlar bandligini taminlash maqsdida yirik ishlab chiqarish korxonalari barpo etilib bandlikni taminlash hamda aholi daromadlarini oshirish ko’zda tutilgan.



Download 230.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling