Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab- quvvatlash davlat dasturi to‘G‘risida
Download 14.84 Kb.
|
amaliy topshiriq
Mavzu: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish va servis, kasanachilik yo’nalishlarida tadbirkorlikni yo’lga qo’yishda imtiyozlar va imkoniyatlar 1. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNI QO‘LLAB- QUVVATLASH DAVLAT DASTURI TO‘G‘RISIDA Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonini jadallashtirish va davlat, xo‘jalik va jamoatchilik tuzilmalarining qulay tadbirkorlik muhiti yaratish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat dasturi ma’qullansin (ilova qilinmoqda). 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bir oy muddatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning hududiy dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar. 3. Davlat mulki qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlasin. 4. “O‘zdavteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi Davlat dasturining maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borishni ta’minlasinlar, respublikada tadbirkorlik harakatini rivojlantirishni keng targ‘ib qilsinlar. 5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat dasturining bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va xorijiy investitsiyalar bo‘yicha idoralararo kengash raisi, Bosh vazirning o‘rinbosari V. A. Chjen va Bosh vazirning tegishli o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha QHTBT portalida jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi. Prezidentning «Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 2022 yil 21 apreldagi PQ-214-son qaroriga muvofiq 2022 yil 1 iyuldan 2025 yil 1 yanvarga qadar loyiha bilan quyidagilar taklif qilinmoqda: Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratish; Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan tadbirkorlik sub’yektlariga «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoki «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»da boʻlgan va kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalar хarid qilib berish хarajatlarining 50%igacha boʻlgan qismi, biroq BHMning 10 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratish. Loyiha bilan quyidagilarni tasdiqlash taklif qilinmoqda: Olis va chekka hududlardagi mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom; Kasanachilik bilan shugʻullanayotgan fuqarolarga asbob-uskunalarini хarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. 2 O‘zbekiston Respublikasida aholini ish bilan bandligini ta’minlash jamiyat Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi va u mamlakat iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega. O‘zbekistonda aholini ish bilan bandligini ta’minlashni yanada yaxshilash va uning farovonligini oshirishning eng muhim yo‘nalishi sifatida ish bilan bandlikning noan’anaviy shakllari – kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish va servis, oilaviy tadbirkorlik va kasanachilik sohalarini qo‘llab-quvvatlash va bu sohalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishda bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari muhim o‘rin tutadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini mamlakatimizda rivojlanishining tashkiliy-uslubiy tizimi quyidagichadir. Mamlakatimizda kichik biznesni rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim me’yoriy-huquqiy hujjatlar va infratuzilma yaratilgan bo‘lib, ular bu sohaning zamon talablari darajasida rivojlanishi uchun ko‘plab imkoniyatlar va imtiyozlar tizimini yaratmoqda. 3 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida kasanachilik xotin-qizlar, nogironligi bor aholini ish bilan ta’minlash uchun yaxshi imkoniyat ekanligi ta'kidlandi. Shu munosabat bilan, kasanachilar bilan ishlaydigan tadbirkorlarga: - oilaviy tadbirkorlik dasturidan 500 mlrd so‘m yo‘naltiriladi; - oladigan kreditlari bo‘yicha Tadbirkorlik jamg‘armasidan 75 foizlik kafillik beriladi hamda foiz xarajatlarining 10 foizdan yuqori qismi qoplab beriladi. Kasanachilarga esa: - o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar kabi faqat ijtimoiy soliq to‘lash imkoniyati beriladi; - olis hududda ishlayotgan kasanachilarning dastlabki 1 oylik ish haqi davlat tomonidan qoplab beriladi. Shuningdek, viloyat hokimlariga ushbu imkoniyatlardan foydalanib yil yakuniga qadar 100 ming nafar aholining bandligini ta’minlash topshirildi. 4 Tadbirkorlikni rag‘batlantirish va qo‘llab quvvatlash bo‘yicha ko‘rilgan mazkur choralar uning rivojlanish jarayonida, mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushining ortishida va iqtisodiyotning mazkur sektoridagi bandlik darajasida o‘z aksini topdi. Shuni ta’kidlash muhimki, mehnatga qobiliyatli yoshga kirayotgan yigit va qizlarning ko‘pchiligi mehnatga qobiliyatli aholini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni emas, balki uning tabiiy yo‘q bo‘lishi o‘rnini qoplaydi, ya’ni avlodlarning jadal almashuvi sodir bo‘ladi, u mehnat resurslarining sifat tarkibi keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Ayni vaqtda kelgusida xodimlarning ommaviy ravishda bo‘shatilishi natijasida ish bilan bandlik vaziyati mehnatga qobiliyatli aholining o‘sishi sezilarli darajada ko‘payishi tufayli murakkablashuvi mumkin. Ish bilan bandlik xarakteri kishilarning mulkiy maqomiga bog‘liq. O‘tish davrida mehnat resurslarining ukladlararo erkin taqsimlanishi bo‘lib tursada, turli ukladlardagi bandlik darajasi, bandlikning daromad keltirishi bir xil emas, albatta. Download 14.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling