Ilmiy rahbar: p f. d., prof Ruxiyeva X. A toshkent – 2023 mundarija


Download 347.18 Kb.
bet3/21
Sana19.06.2023
Hajmi347.18 Kb.
#1614783
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
01.Magistrlik dissertatsiyasi

XULOSA...................................................................................

80




FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI................

83




ILOVALAR..............................................................................

90


KIRISH
Mavzuning dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Miromonovich o‘zining 2016-yildagi ijtimoiy-qitisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Va’zirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida Ta’lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta’limning yangi zamonaviy usullarini joriy etish sohasidagi ishlarni tanqidiy tahlil etildi.1
Shuningbek mamlakatimiz rahbari o‘zining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida quyidagilarni ta’kidladi: Bugungi kunda «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart!» degan hayotiy da’vat har birimizning, ota-onalar va keng jamoatchilikning ongi va qalbidan mustahkam o‘rin egallagan. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisining 32 foizini yoki 10 millionini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarimiz tashkil etadi. Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning xal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Bu sohada olib borayotgan keng miqyosli ishlarimizni, xususan, ta’lim-tarbiya bo‘yicha qabul qilingan umummilliy dasturlarimizni mantiqiy yakuniga еtkazishimiz zarur. Shu maqsadda Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir. Farzandlarimiz uchun zamonaviy ish joylari yaratish, ularning hayotda munosib o‘rin egallashini ta’minlashga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni davrning o‘zi taqozo etmoqda. Biz yoshlarga doir davlat siyosatini hech og‘ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko‘taramiz. Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.2 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning “Agar farzandlarimizga to`g`ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqa uni yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo`lib turmasak, ularni ilm-u hunarga o`rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib quyishimiz hech gap emas” deya ta`kidlagan fikrlaridan ham yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, vatanparvar etib tarbiyalash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish dolzarb masalaga aylanganligini hamda bu boradagi qarashlarga enidilikda jiddiy yondashuv ostida qarashimizni anglab olsak bo`ladi. Shu o`rinda huquqni muhofaza qiluvchi targ`ibot organlari o`smir yoshlar o`rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashish emas, balki jinoyatchilikning oldini olish, profilaktik chora-tadbirlar ko`rishga e`tiborni kuchaytirdilar. Voyaga yеtmaganlar jinoyatchiligining oldini olish va ularning sodir etilishiga sharoit tug`diruvchi vaziyatlarni bartaraf qilish davlat va jamiyat oldida turgan asosiy muammolardan biri sanaladi. Chunki voyaga yеtmagan shaxslarning jinoyat sodir etishlari kelgusida ularning retsidivist jinoyatchi bo`lish ehtimolini oshiradi hamda bu holat mamlakatning kelajakdagi taraqqiyotiga o`zining salbiy ta`sirini o`tkazadi. Umumiy jinoyatchilikdan farqli ravishda voyaga еtmaganlar jinoyatchiligi mamlakatning kelgusidagi taqdiri bilan bog`langan bo`lib, ushbu muammoga bugungi kunda alohida e`tibor bilan yondoshilmasa uning millat kelajagiga salbiy ta`siri ortib ketishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtimizda o‘tgan davr mobaynida 185 nafar voyaga еtmagan shaxsga nisbatan 125 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Shundan 48 nafari ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, 59 nafari uncha og‘ir bo‘lmagan, 67 nafari og‘ir va 11 nafari o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etishgan. Ularning 182 nafari qasddan, 3 nafari esa ehtiyotsizlik oqibatida jinoyatga qo‘l urganlikda ayblanmoqda. 2016-yilda yoshlar ishtirokida 1 million 740 mingga yaqin huquqbuzarlik, 23 ming 440 ta jinoyat sodir etilgani, yosh oilalar oʻrtasida 8 mingdan ortiq ajralish holati qayd etilgani barchamizni jiddiy tashvishga solishi kerak», deydi prezident. Binobarin aytib o`tish joizki, jinoyat sodir etilgach uning sababi va aybdorini aniqlagandan ko`ra, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish bugungi davr talabi. Bu masalaga Yurtboshimiz ham alohida e`tibor qaratmoqda. Xususan, 2017-yil 15-noyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazilgan edi. Unda yurtimizda yosh avlod ta`lim-tarbiyasiga asosiy va muhim masala sifatida qarashimiz lozimligi hamda jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar bandligini ta`minlash, bilib-bilmay xato qilayotgan o`g`il-qizlarni to`g`ri yo`lga solish, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash borasidagi ishlarga e`tibor yanada kuchaytirish masalalariga alohida to`xtalib o`tildi.
Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G‘arazli kuchlar sodda g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda.3 Bugungi kunda barkamol inson shaxsini tarbiyalash har qachongidan ko‘ra dolzarb bo‘lib turgan bir sharoitda yosh avlodning ham axloqan, ham ma’nan rivojlanishida ruhiy va jimoniy tetiklik bo‘lmog‘i o‘z-o‘zidan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yuqoridagi mamlakatimiz rahbarining jonkuyar fikrlaridan kelib chiqqan holda yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar, xususan o‘smirlarning psixologik holati, ularning xulqidagi delinkventlikni , namoyishkorlik va tajovuzkorlik darajasini kamaytirish nuqtayi nazaridan mavzu dolzarb hisoblanadi.

Download 347.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling