Ilmiy rahbar: p f. d., prof Ruxiyeva X. A toshkent – 2023 mundarija
O‘smirlik davri shaxsiga xos xususiyatlar rivojlanishining nazariyalari
Download 347.18 Kb.
|
01.Magistrlik dissertatsiyasi
1.3. O‘smirlik davri shaxsiga xos xususiyatlar rivojlanishining nazariyalari
Yosh davrlar ya’ni Ontogenez psixologiyasidan bizga ma’lumki, o‘smirlik davri eng murakkab va shu bilan birga muhim taraqqiyot bosqichidir. Anyan shu yoshda bolalarda turli hil tushunmovchiliklar ota-onalari bilan kelishmovchilik o‘ziga nisbatan boshqacharoq munosabatda bo‘lishlarini talab qilishlik,huddi o‘zlarini katta odamdek his qilish, hayotga еngil qarash kabi muammolar qurshovida qolgan bir davr sanaladi. Ilk o‘smirlik 11-13 yoshni, katta o‘smirlik 14-15 yoshlarni o‘z ichiga oladi.19 O‘smirlik – organizm taraqqiyotidagi shiddat va notekislik bilan xarakterlanib, bu davrda tananing intensiv tarzda rivojlanishi va suyaklarning qotishi ro‘y beradi. Yurak va qon tomirlar faoliyatida ham notekislik bo‘lib, bu ham bola fe’lining o‘zgaruvchan, dinamik va ba’zan noma’qulliklar va noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Bular albatta asab tizimiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib, bola tezga achchiqlanadigan yoki tormozlanish yuz berganda anchagacha depressiya holatidan chiqolmaydigan tushkunlikda qolishi ham mumkin. O‘smir jismoniy taraqqiyotini belgilovchi asosiy omil jinsiy balog‘at bo‘lib, u nafaqat psixik, balki ichki organlar faoliyatini ham belgilaydi. Shu bilan bog‘liq holda ongli (ko‘pincha ongsiz) jinsiy mayllar, shu bilan bog‘lik noxush his-kechinmalar, fikrlar paydo bo‘ladiki, bola ularning asl sababini ham tushunib еtolmaydi. Psixik taraqqiyotning o‘ziga xosligi shundaki, u muttasil rivojlanib boradi, lekin bu rivojlanish ko‘plab qarama-qarshiliklarni o‘z ichiga oladi. Bu taraqqiyot o‘quv jarayonida kechgani uchun ham to‘g‘ri tashkil etilgan o‘quv faoliyati bola psixikasining muvozanatiga ta’sir ko‘rsatib, uning turli fikr-o‘ylardan chalg‘ishiga zamin yaratadi. Ayniqsa, diqqat, xotira, tafakkur jarayonlari rivojlanadi. Ayni shu davrda bola mustaqil ravishda fikrlashga intila boradi. Chunki bu davrda u ko‘proq o‘z fikr-o‘ylari dunyosida mushohada qilish, olam va uning sirlarini bilishga, nazariy bilimlarni ko‘paytirishga intiladi. Buning sababi – yana o‘sha kattalikka o‘tish bo‘lib, bolada o‘ziga xos “kattalik” hissi paydo bo‘lib, bu narsa uning gapirishi va fikrlashlarida ham ifodalanadi. Shuning uchun ham maktabda berilgan mustaqillik va to‘g‘ri tashkil etilgan o‘qish sharoitlari, samimiylik muhiti, o‘smirning mustaqil fikrlashiga katta imkoniyatlar ochishi va undagi ijodiy tafakkurni rivojlantirishi mumkin. Shunga bog‘liq tarzda o‘smirning o‘z falsafas, o‘z siyosati, baxt va muhabbat formulasi yaratiladi. Mantiqan fikrlashga o‘rganishi esa unga o‘zicha aqliy operasiyalarni amalga oshirish, tushunchalar va formulalar dunyosida harakat qilishga majbur qiladi. Bu o‘ziga xos o‘smirlik egosentrizmining shakllanishiga – butun olam va uning qonuniyatlari unga bo‘ysunishi kerakligi fikrining paydo bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun ham aynan o‘smirlik paytida bolalar o‘z ota-onalari bilan hadeb tortishaveradilar. Aniq bir to‘xtamga kelolmasa ham tortishish biror firkni izhor qilish ehtiyojining o‘zi unga juda yoqadi.20 Shunday bo‘lishiga qaramay, o‘smirlik yuqorida ta’kidlanganidek, qarama-qarshiliklarga boy davrdir. Uni ba’zi olimlar “krizislar, tanazzullar” davri deb ham ataydilar.21 Sababi – bola ruhiyatida shunday inqiroz holatlari ko‘p bo‘ladiki, u bu inqirozni bir tomondan o‘zi hal qilgisi keladi, ikkinchi tomondan, uni hal qilishga imkoniyati, kuchi va aqli еtishmaydi. Masalan, “kattalik hissiga” to‘sqinlik qiladigan omillardan biri – bu ularning o‘z ota-onalaridan moddiy jihatdan qaramligi. Ruhan qanchalik o‘zlarini katta deb his qilmasin, o‘smir maktabga ketayotib, onasidan yoki otadan pul so‘raydi, ular esa bolaga bolalarcha munosabatda bo‘lib, ozginagina pul beradilar. Ikkinchidan, kattalarday bo‘lishni xohlaydi, lekin qiz bola onasining, o‘g‘il bola otasining kiyimini toshoyna oldida kiyib ko‘rsa, baribir yarashmaydi. Ya’ni, tashqi ko‘rinishdagi kamchiliklar – hali qaddu-qomadning kelishmaganligi, uning ustiga yuzlari va tanasida paydo bo‘ladigan noxush toshmalar uning ruhan salbiy hislarni boshdan kechirishiga olib keladi. Ya’ni, bu yoshni “arosat” yoshi ham, deb atash mumkin, chunki katta bo‘lib katta emas, bola ham emas. Shularning barchasi o‘smirlik davridagi ruhiy tug‘yonlarga sabab bo‘ladi. Lekin shularga qaramay, bola o‘zi bilib, bilmay o‘z aqliy salohiyatini o‘stirishga tirishadi, chiroyli fikrlashga tashna bo‘ladi va bu – uning psixik taraqqiyotidagi eng muhim o‘zgarish hisoblanadi. O‘smir shaxsining takomillashuvi va shakllanishiga turtki bo‘lgan omillardan biri – o‘quv faoliyati motivlaridagi sifat o‘zgarishidir. Kichik maktab yoshidagi boladan farqli, o‘smir endi faqat bilimlar tizimiga ega bo‘lish, o‘qituvchining maqtovini eshitish va “5” baholarni ko‘paytirish uchun emas, balki tengqurlari orasida ma’lum ijobiy mavqyeni egallash, kelajakda yaxshi odam bo‘lish uchun o‘qish motivlari ustivor bo‘lib boradi.22 I.V.Dubrovinaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘quv faoliyati motivlari orasida umuman bilish, yangi bilimlarga ega bo‘lish motivi kuchsiz bo‘lgani sababli, ular maktabga borgisi kelmaydi, o‘qishga og‘rinib kelib, salbiy emosiyalar va xavotirlik hislarini boshdan kechiradilar (o‘rtacha 20% o‘quvchilar). Bu kattalarning o‘smir bilan ishlashini qiyinlashtiradi.23 O‘smirning shaxs sifatida taraqqiyotida ikki xil holat kuzatiladi: bir tomondan, boshqalar, tengqurlar bilan yaqinroq aloqada bo‘lishga intilish, guruh normalariga bo‘ysunish, ikkinchi tomondan, mustaqillikning oshishi hisobiga bola ichki ruhiy olamida ayrim qiyinchiliklar kuzatiladi. O‘zgalarni anglash bilan o‘z-o‘zini anglash o‘rtasida ham qarama-qarshiliklar paydo bo‘ladi. Ko‘pincha o‘smir o‘z imkoniyatlarini yuqori baholaydi, boshqalar esa uning kuchi, irodasi va salohiyatiga ishonchsizlik bilan qaraydi. Lekin shunday bo‘lsa-da, o‘zini nima qilib bo‘lsa ham hyech bo‘lmaganda tengqurlar jamiyati tomonidan tan olinishiga erishishga intiladi va ular bilan muloqot hayotining ma’nosiga aylanib qoladi. Agar mabodo o‘smir shu davrda biror sabab bilan tengqurlari jamiyati tomonidan inkor qilinsa, u bunga juda katta mudhish voqeaday qaraydi, maktabga bormay qo‘yishi, hattoki, suisidal harakatlar (o‘z joniga qasd qilish)ni ham sodir etishi mumkin. O‘smirlik davridagi qiyinchiliklarning oldini olishning eng ishonchli va foydali yo‘li – bu uning biror narsaga turg‘un qiziqishiga erishish, faoliyat motivlarini mazmunliroq qilishdir. Masalan, shu davrda texnikaga qiziqib qolgan bola qiziqishini qondirish shart-sharoitining yaratilishi, bekor qolmasligiga erishish, har bir harakatini rag‘batlantirish, unga bir ish qo‘lidan keladigan odamday munosabatda bo‘lish katta pedagogik ahamiyatga ega. Uning qiziqishlarini bila turib, oldiga yangidan yangi maqsadlar qo‘yish – bola shaxsining rivojiga asosdir. Shundagina uning o‘z “Men”i to‘g‘risidagi tasavvurlari ijobiy, o‘z-o‘ziga bahosi obyektiv va adolatli bo‘ladi, o‘zining nimalarga qodirligi va kim ekanligi haqida yaxshi fikrlar paydo bo‘ladi. O‘smirlik davrda kattalar e’tibor berishlari lozim bo‘lgan yana bir holat bor. Bu o‘smirning o‘zligini ta’kidlash uchun turli zararli odatlarni o‘zlashtirishidir. Masalan, o‘g‘il bolalar sigareta chekish, giyohvand moddalarni iste’mol qilish orqali o‘z shaxsnini boshqalar, tengqurlari davrasida uqtirmoqchi bo‘ladi. Bu narsa o‘ta jiddiy tarbiyaviy muammo bo‘lib, oilada yoki maktabda sinfdoshlari orasida o‘quv yoki mehnatda o‘zidan rozi bo‘lolmagan bola ko‘pincha ana shunday zararli yo‘lni tanlaydi. Shuning uchun ham kattalardan o‘smirga alohida e’tibor, yaxshi o‘qishi uchun shart-sharoit, uning shaxsiyatiga hurmat talab qilinadi. Ijtimoiy foydali mehnat bilan band qilish, o‘qishdagi yutuqlarini vaqtida rag‘batlantirib turib, hamkorlikda mustaqil ravishda to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga o‘rgatish ancha yaxshi ijobiy natijalar beradi. “Odatda sinfdagi o‘smirlar o‘quv faoliyatini mumkin qadar to‘laroq tasavvur etishga harakat qiladilar, lekin uni boshqarish to‘g‘risida yеtarli ma’lumotga ega bo‘lmaydilar. Ko‘pincha ular o‘quv faoliyatini boshqarish deganda, o‘quv materiallarini o‘zlashtirilishini rejalashtirish, nazorat qilish, baholash kabilarni tushunadilar. O‘smirlar varaqa savollariga bergan javoblardan ma’lum bo‘lishicha, ularda o‘quv faoliyati tizimini tasavvur etishdan tashqari, uni boshqarishning ayrim imkoniyatlari yuzasidan muayyan bilimlar ham bo‘ladi. Tajribada ishtirok etgan 730 nafar sinaluvchilarning 15 foizi shaxsiy faoliyatni boshqarish deganda o‘zlashtirilayotgan o‘quv materiallarini ko‘p marta takrorlash jarayonini tushunadilar, uning bosh maqsadi matnning mohiyatini aniq anglashdan iborat deb biladilar”.24 O‘smir faoliyati va xulqining muayyan qonuniyatlarga asoslangan holda amalga oshishi ham ob’ektiv, ham sub’ektiv shart-sharoitlarga bog‘liq. Tabiiy omillarni keltirib chiqaruvchi ob’ektiv (tashqi) shart-sharoitlar, ya’ni mikro va makro muhit, moddiy borliq yordamchi, yordamchi vositalarning mavjudligi, ularning yuksak talablarga javob bera olish imkoniyati, tashqi qo‘zg‘atuvchilarning bezararligi, vaqt va fazoviy o‘lchovlarning muvofiqligi, mutanosibligi kabilardan tarkib topadi.25 “Xulq va faoliyatning namoyon bo‘lishi uchun tabiiy shart-sharoitlar tizimi yaxlit holda ishtirok etishi, ularning muvaffaqiyatini ta’minlovchi omillar majmuasi tariqasida xizmat qilishi mumkin. Tabiiy shart-sharoitlardagi to‘kislikdan tashqari, ayrim еtishmovchiliklar va uzilishlarning sodir bo‘lishi nuqsonlarni keltirib chiqaradi, buning oqibatida ruhiy kechinmalar faolligi, ildamligi, maqsadga yo‘nalganligi buziladi”.26 O‘smirning tabiatga va jamiyatga nisbatan munosabati tasodiflarsiz, favquloddagi vaziyatlarsiz amalga oshishi mumkin emas, chunki ehtimollar darajasidagi kutilmaning yo‘qligi rejasiz vaziyatlarni shaxsning idrok maydonida keltirib chiqaradi. Hayot va faoliyat strategiyasi va taktikasining ekstremal tarzda o‘zgarishi individual va ijtimoiy xususiyatli vaziyatlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Vaziyatlar stixiyali, xaotik (betartib, tasodif)xatti-harakatlarni vujudga keltirib, tekis, odatiy, davriy, barqaror xususiyatlar maromini, ritmikasini izdan chiqaradi. Natijada insonning motivatsion, hissiy, kognitiv, regulyativ, xulqiy, irodaviy tuzilishi tarkiblarining funktsiyasi buziladi. Shaxs tuzilishiga favquloddagi vaziyatlarning ichki larzasi faoliyat xulq va muomalaning onglilik holatidan ongsizlikka o‘tishini taqozo etadi, binobarin, muvaffaqiyatsizlik haqiqatga aylanadi. “Muvaffaqiyat garovi (kafolati) funktsiyasini bajaruvchi omillarning genezisi to‘g‘risida fikr yuritilganda, eng avvalo, ularning birlamchiligini, asosiy manba ekanligini nazarda tutish nazariy hamda metodologik muammolar еchimini oqilona topishga puxta negiz hozirlaydi. O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu xolatni oddiy kuzatish yo‘li bilan ham osongina ko‘rish mumkin. O‘smirlik davri «o‘tish davri», «krizis davr», «qiyin davr» kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki, bu yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini tola olmaganligidan psixik portlash xollari ham kuzatiladi. O‘z davrida L.S. Vigotskiy bunday holatni "psixik rivojlanishdagi krizis» deb nomlagan. Kichik maktab davridan so‘ng bola alohida olingan shaxs sifatida o‘z-o‘ziga munosabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni boshidan kechiradi. Bu bosqichlar o‘smirlik yoshini ikki xil davrga - kichik o‘smirlik davri va katta o‘smirlik davrlariga to‘g‘ri keladi. Birinchi bosqichda o‘smir o‘zini "bola"lardan ajratib, endi o‘zini kattalar olamiga mansubligini ta’kidlamoqchidek bo‘ladi. Kattalar hayotiga kirishga qiziqish o‘smirlarning asosiy xarakteristikalari hisoblanadi. Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish va o‘zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho bera olmaslik, uning katta yoshli kishilarga yaqin bo‘lishi, yordam berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bog‘liq bo‘lib qolishi va shu singari xolatlar xarakterlidir. Ikkinchi bosqichda o‘smir endi o‘zining yosh bola emasligiga shubxa kilmaydi va o‘zligini aniq anglay boshaydi, o‘z shaxsini ulug‘lab, o‘ziga xos xarakatlar qila boshlaydi. O‘smirlarni o‘z shaxslari xaqidagi fikrlar ko‘proq qiziqtiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivojlantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar. O‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-xarakatlarida katta sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishvda irodaning ham axamiyati katta. Iroda oliy psixik funktsiya sifatida o‘smirning erkin harakat qilish kuroli, shukingdek, shaxsi rivojining magistral chizig‘i bo‘lib xisoblanadi, Bu davrga kelib uning harakatlari o‘zi bilan o‘rtoq bo‘lgan bir guruh tengdoshlariga bog‘liq bo‘lmay qoladi. O‘smirlar bu davrda chekish xamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari xam mumkin. O‘smir katta odam, shuningdek, chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o‘zini noqulay his qiladi. Psixik rivoji jixatidan bolalarga yakin, lekin ehtiyojlari jixatidan kattalarga yakin bo‘lgan o‘smirda juda ko‘p noqulay va tashvishga tushuvchi holatlar bo‘ladi va ular o‘smirda krisizni yuzaga keltirib chiqaradi. Bu krizis o‘smirning ma’naviy o‘sishi, shuningdek psixikasidagi o‘zgarishlar bilan ham bog‘liqdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o‘zgaradi, o‘zining yaqinlari, do‘stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta o‘zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko‘pgina o‘smnrlarda o‘zidan qonikmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi xaqidagi mavjud fikrlarning bugun unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirni asabiylashishiga olib keladi. Bu esa o‘smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin. Ba’zi o‘smirlarni nima uchun atrofdagilar, kattalar, shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichidan asabiylashishlariga sabab bo‘ladi va o‘smirlik davri krizisi yuzaga keladi. Krizis boladagi mavjud tushkunlik, yolg‘izlikka intilish, passivlik yoki aksi, o‘jarlik, qaysarlik, agressivlik, hayotda salbiy munosabatlarning kechishida namoyon bo‘ladi. Bunday paytlarda u o‘zi singari katta fiziologik, psixologik o‘zgarishlar kechayotgan o‘rtog‘i bilan muloqot qilishga katta ehtiyoj sezadi. Do‘sti o‘smirga ijobiy ta’sir qiladimi yoki uni yo‘ldan urib, yomon ta’sir qiladimi - bu narsa uning axloqiy qiyofasi bilan bog‘liq.27 O‘smirlar haddan tashqari g‘ayratli va besaramjon bo‘ladilar, ular uchun bekorchilik juda ogirdir, tirli xil tarzdagi ishlardan tezda toliqadilar, bir xildagi ish bilan qiziqmay qo‘yadilar, bu esa ularning ta’lim jarayonlari muvaffaqiyatiga kuchli ta’sir qiladi. Binobarin, o‘smirlarga muvaffaqiyatli ta’lim va tarbiya berishda ularni turli faoliyatlarga qiziqtirish va har turli foydali mashg‘ulotlarga jalb qilish hamda, qiyinroq, lekin kuchlari еtadigan ishlar bilan shug‘ullantirsh niqoyatda muximdir. «O‘smirlik yoshining mohiyati shundan iboratki, o‘smir birmuncha faolroq ijtimoiy muxitga еtilgan bo‘lib, bolalik chog‘idd vujudga kelgan eski munosabatlarni buzib. ana shu muxit uchun kurasha boshlaydi». Har bir o‘smir muvaffaqiyatli ishlar bilan tevarak-atrofdagi odamlar o‘rtasida o‘z shaxsini tasdiqlashga intiladi. Kattalar o‘smirlarning foydali jamoa ishlarida muvaffaqiyatga erishishlarida yordam berishlari va bu bilan ularning o‘z qadr-qimmatlarini namoyon qilishlariga imkon berishlari lozim. Aks xolda ular boshqalarning oldida o‘zlarini yuqori qo‘yishlari, bepisandlik qilishlari mumkin. Buni ular o‘zlarining qadr-qimmatlari tan olinmaganligi yoki kamsitilganligiga qarshi chiqib, salbiy ishlar va xatti-xarakatlar orqali amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. O‘smirlar nihoyatda taqlidchan bo‘lib, ularda hali aniq bir fikr, dunyoqarash shakllanmagan bo‘ladi. Ular tashqi ta’sirlarga va xissiyotlarga juda beriluvchan bo‘ladilar. Shuningdek, ularga mardlik, jasurlik, tantiqlik ham xosdir. Tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik o‘smirda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, lekin bu shaxsiy fikr aksariyat xollarda asoslanmagan bo‘ladi. Shuning uchun ham ular ota-onalarning» atrofdagi kattalarning, ustozlarning to‘gri yo‘lni ko‘rsatishlariga qaramay, o‘z fikrlarini o‘tkazishga harakat qiladilar. O‘smirlarga farosatlilik, tejamkorlik, ehtiyotkorlik va uzoqni ko‘ra bilishlik kabi psixik xususiyatlar hali yеtishmaydi. Rus olimi Krakovskiy Aleksandr Petrovichning fikricha, "oltinchi sinf muammolari"ga bag‘ishlangan tadqiqot ishida shu yoshdagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari va turli xil fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning o‘sib borishi quyidagicha namoyon bo‘lgan. Oltinchi sinf o‘quvchilari to‘rtinchi sinfga nisbatan 6 marta ko‘proq qaysarlik qilishlari, 10 marta ko‘proq o‘qituvchilarga qarshilik ko‘rsatishlari, 7 marta ko‘proq boshqalar irodasiga to‘sqinlik qilishplari, 9 marta ko‘proq boshqalar kamchiliklariga e’tibor berishlari, 5 marta ko‘proq faqat o‘z xoxish-istaklariga bo‘ysunishlari va nihoyat 42 marta ko‘proq o‘z xatti-xarakatlari motivlariga ega bo‘lmasliklari aniqlangan.28 Download 347.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling