Ilmiy tadqiqot asoslari


Download 250.57 Kb.
bet22/25
Sana18.06.2023
Hajmi250.57 Kb.
#1564004
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot asoslari

Amaliy tadqiqot ilmiy tadqiqotning eng ko’p mehnat talab qilinadigan qismi bo’lib, u tadqiqotning xususiyati va bajarilish ketma-ketligi bilan uzviy bog’liqdir. Bu holda tajriba, tajriba-sinov ishlari nazariy tadqiqot natijalarini tasdiqlamog’i yoki rad qilmog’i lozim. Agarda o’tkazilgan tadqiqot natijalari ishchi farazni va rejalashtirilgan muammo yechimini rad qilsa, u holda tadqiqot olib borish tartibi o’zgartiriladi. Bunda natijalarni tahlil qilish (nazariy va tajribaviy tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish ham) qaraladi.
Natijalarni tahlil qilishda asosan nazariy jihatdan ilmiy asoslangan tadqiqot usullarini qo’llash natijasida olib borilgan uslubiyat hamda ularning amaliyotda joriy etishda qo’lga kiritilgan natijalarning tadqiqot maqsadi va ishchi farazga mosligi tahlil qilinadi, shuningdek, nazariy va amaliy tadqiqot natijalarining to’g’ri kelishligini baholash imkonini yaratadi.
VI. Natijalarning amaliy faoliyat bilan mosligini solishtirish, ya’ni natijaning tadqiqot manbaiga nisbatan adekvatligini solishtirish, ilmiy tahlil qilish va umumlashtirish.
Natijalarni solishtirishda tadqiqot maqsadi, vazifalari va ishchi farazlarini e’tiborga olgan holda nazariy jihatdan qo’lga kiritilgan yutuqlar (usul, uslubiyat, texnika, texnologiya va h.k.) natijasining amaliy tadqiqot natijasiga mosligi o’rganiladi va shu asosda tadqiqotning keyingi bosqichini davom ettirishga ko’rsatma beriladi.
VII. Qo’lga kiritilgan natija asosida shakllangan xulosalar.
Xulosalash ilmiy tadqiqot ishining muhim bosqichi bo’lib, bunda tadqiqot oxirgi bosqichidagi natijalar asosida umumlashtirishlar olib boriladi va unda olingan natijalarning muammo qo’yilishi bilan mosligi ham ifodalanadi. Nazariy tadqiqot uchun bu so’nggi bosqich bo’ladi va natijalarni o’zlashtirishga kirishiladi.

Download 250.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling