Ilmiy tadqiqot asoslari


Download 250.57 Kb.
bet1/25
Sana18.06.2023
Hajmi250.57 Kb.
#1564004
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Ilmiy tadqiqot asoslari


I-mavzu. Ilmiy tadqiqot ishlari va uning mazmun-mohiyati

1. “Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining maqsad va vazifalari 2. Ilmiy ijodiyot – muammo sifatida
3. Ilmiy ijodiyotning ijtimoiyligi
4. Ilmiy tadqiqot faoliyati jarayoni va taraqqiyoti omillari 5. Ilmiy muammo va uning dolzarbligi
6. Ilmiy tadqiqot jarayoni bosqichlari

1.1. “Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining maqsad va vazifalari

Tayanch iboralar va atamalar: “Uchar gilam”, “Oynai jahon”, fan, texnika, texnologiya, ilm-fan, axborotlashtirilgan asr, ta’lim, tarbiya, aqliy faoliyat, ilmiy tadqiqot, muammo, maqsad, vazifa, bo’lajak mutaxassislar, zamonaviy axborot tizimlari, ratsional usullar, interaktiv, avtomatlashtirish, kompьyuterda modellashtirish, dissertatsiya, optimal yechimlar.

Mavzuning matni: Ilmiy tadqiqot asoslari fanining maqsad va vazifalari.

Kishilik jamiyati taraqqiyoti bosqichlariga bir nazar tashlaylik. Dastlab olovning paydo bo’lishi, toshlardan ish qurollarining yasalishi, metallarning paydo qilinishi orqali metallarga ishlov berish texnologiyasining yaratilishi, yozuvning paydo bo’lishi orqali kitobning vujudga kelishini, bu orqali esa ma’lumotlarni axborotlarga aylantirish muammosining hal bo’lishi, shuningdek, elektrning bir turdan ikkinchi turga aylanish muammosining ilmiy asoslanishi, “Uchar gilam” (aviatsiya) va “Oynai jahon” (televidenie) larning kishilarning turmush zaruriyati uchun foydalanishga keng yo’l ochilishi, nisbiylik nazariyasining yaratilishi va h.k. Umuman olganda “XXI asr – intellektual asr” ya’ni “Aql – zakovat asri” yoki “Axborotlashgan jamiyat sari asri” ning yuzaga kelishlarining barchasi, kishilik jamiyati taraqqiyotiga mos, unda yashovchi ilg’or ijodkor insonlar aqliy – ijodiy faoliyati natijasi tufayli yuzaga chiqqanligi guvohi bo’lamiz.
Bugungi kunda jamiyatimizda har bir odam, alohida olinganda fan va texnika yutuqlarining tobora rivojlanib borayotgani ta’siri ostida yashamoqda. Bu yana shunisi bilan ham xarakterliki, unda texnika va texnologiyalar kun sayin, soat sayin takomillashib, rivojlanib bormoqda va natijada shunga mos yetuk mutaxassislar tayyorlash zarurati ham tug’ilmoqda.
Bunda ilm-fan, umuman olganda ijodiyot, ilmiy tadqiqot ishlarining tadqiqiy va texnikaviy yechimlaridan boshlab, olingan natijalarni amaliyotda (ishlab chiqarishda, ta’limda, tarbiyada, san’atda va h.k.) qo’llashgacha bo’lgan barcha bosqichlarni samarali amalga oshirishga erishsa, o’z vazifasini muvafaqqiyatli bajargan bo’ladi.
Axborotlashtirilgan asrda axborotlar oqimi muntazam ravishda ortib boradi va tabiiy ularga mos muammo hamda ularning yechimlari ham tez o’zgarib boradi. Demak, ushbu jamiyatga mos va unda faol qatnashuvchi bo’laman degan, xodim (a’zo, shaxs) ya’ni mutaxassis ham ilmiy axborotlarni izlash, to’plash va undan foydalanish uchun olingan axborotlarni tizimlarga ajratish, muammoga xos fikr va texnikaviy (texnologik) yechimlarning optimal variantlarini tanlash usullarini bilishlari zarur.
Ma’lumki, bunday aqliy faoliyat bevosita ijod bilan bog’liq bo’lib, u insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyatidir. O’z navbatida tadqiqot va ijodiy mulohazalar ham zamonaviy mutaxassisdan ilm-fan yutuqlaridan ijodiy foydalanish orqali istiqbolli yangi vazifalarni mustaqil qo’yish, uni optimal yechimini tanlay bilish va o’zining amaliy faoliyatida turli ko’rinishlardagi tadqiqotlar va tajriba – sinov ishlarini o’tkazishini talab qiladi. Ana shunday zamonaviy mutaxassislar tayyorlash davr talabi ekanligini e’tiborga olib “Ilmiy tadqiqot asoslari” fanini o’rganishga quyidagi maqsadni qo’ydik:

MAQSAD: Oliy o’quv yurtlarida magistraturani bitirib chiqayotgan mutaxassisni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o’quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalana oladigan qilib hamda o’zidagi pedagogik faoliyat mahoratini va ko’nikmalarini yanada takomillashtirish, rivojlantirish ustidagi faoliyatni ilmiy tashkil qilaoladigan qilib shuningdek, ularni mustaqil ilmiy – tadqiqot, ilmiy – pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyatiga tayyorlash.
Bunday muhim muammoni (maqsadni) – amalga oshirish uchun mazkur fanni o’qitish davomida quyidagi VAZIFALAR yechimlari izlanadi:
bo’lajak mutaxassislarni ilm-fanning mohiyati, uni tashkil qilish va ularning jamiyatdagi o’rni bilan tanishtirish;
bo’lajak mutaxassislarga ilmiy xodim va ilmiy tadqiqot hamda ularning mazmun – mohiyati haqida tushuncha berish;
ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish, o’tkazish va ularning tajriba – sinov ishlari hamda ularning tahlili haqida tushuncha berish;
bo’lajak mutaxassislarni tanlangan mutaxassisligi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarnini bajarishga, shuningdek, fan – texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlarini amaliyotda joriy etishga yo’naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega qilish;
bo’lajak mutaxassislarning kasb vazifalarini avtomatlashtirish va kompьyuterda modellashtirish metodlarini, optimal yechimlar topishning ratsional usullarini topishni o’rgatish;
ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanadigan innovatsion ta’lim texnologiyalar va interaktiv ta’lim usullaridan foydalanishni o’rgatish;
dissertatsiya tayyorlash va uni rasmiylashtirish hamda himoya qilish haqidagi ma’lumotlarni yetkazish.

Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar: kishilik jamiyati taraqqiyoti bosqichlari haqida nimani bilasiz?
taraqqiyot bosqichlarida ilm-fan va texnika-texnologiyalarning ahamiyati nimada deb o’ylaysiz?
aqliy faoliyat deganda qanday jarayonni tushunasiz?
Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining asosiy maqsadini aytib bering. “Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining vazifalarini sanab o’ting.

Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar:
Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining maqsadi: Oliy o’quv yurtlarida magistraturani bitirib chiqayotgan mutaxassisni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o’quv – tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalana oladigan qilib hamda o’zidagi pedagogik faoliyat mahoratini va ko’nikmalarini yanada takomillashtirish, rivojlantirish ustidagi faoliyatini ilmiy tashkil qila oladigan, shuningdek, ularni mustaqil ilmiy – tadqiqot, ilmiy – pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyatiga tayyorlash;
Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining vazifalari: bo’lajak mutaxassislarni ilm-fanning mohiyati, uni tashkil etish asoslari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati bilan qurollantirish asosida ularga ilmiy xodim, ilmiy tadqiqot va ular faoliyati mazmun – mohiyati haqida tushuncha berish; Ilmiy tadqiqot ishlari (ITI)ni rivojlantirish, tashkil etish, uyushtirish va ularning tajriba-sinov ishlari hamda ularning tahlili haqida tushuncha berish; bo’lajak mutaxassislarni tanlangan mutaxassisligi bo’yicha ITI ni bajarishga, shuningdek, ilm-fan va texnika-texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini amaliyotda joriy etishga yo’naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega qilish; bo’lajak mutaxassislarning kasb vazifalarini avtomatlashtirish va kompьyuterda modellashtirish metodlarini, optimal yechimlar topishning ratsional usullarini topishni o’rgatish; ITI olib borishda zamonaviy axborot tizimlaridan foydalaniladigan innovatsion ta’lim texnologiyalari va interaktiv ta’lim
usullaridan foydalanishga o’rgatish; dissertatsiya tayyorlash va uni rasmiylashtirish hamda himoya qilish haqidagi ma’lumotlarni yetkazish.


Download 250.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling