tajriba – voqelikni amaliy jihatdan hissiy – empirik bilish jarayoni;
eksperiment – bu fan va bilish sohasida favqulotda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning xis-tuyg’ulari, xarakteri, qobiliyati, aql zakovatini o’rganishda qo’llaniladigan usul.
Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar:
ijodiy faoliyat deganda nimani tushunasiz? U sizda bor deb o’ylaysizmi?
izlanish olib borishni zaruriy holat, deb o’ylaysizmi va u Sizning kasbiy faoliyatingizni yuksaltirishga yordam beradimi?
magistrlik dissertatsiyaning yo’nalishi ilmiy ijodga to’g’ri keladimi yoki badiiy ijodgami? kishining ilmiy ish qilishida asosiy poydevor nimadan iborat, deb o’ylaysiz?
aynan bir mavzu bo’yicha ITI ni olib borishga harakat qiling va buning uchun atama va terminlar mazmun-mohiyatini yorituvchi yon daftar yuriting va undan muntazam ravishda foydalanishga erishishga harakat qiling.
Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda foydalanishga tavsiyalar:
ilmiy ijodiyotni olib borishda zamonaviy hayotiy ehtiyojlarni qondirib borish borasidagi ITI ga harakat qiling;
qilayotgan ishingiz mavjudlarini to’ldirsin, to’liq yangi fikr yoki qarashni hal qilsangiz yanayam yaxshi bo’ladi va bunda tadqiqotning induktsiya metodidan foydalansangiz adashmaysiz;
shug’ullanayotgan ITIgiz avvalo magistrlik dissertatsiyasiga, qolaversa Vatanimizning ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqiga mos tushsin.
Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan dabiyotlar ro’yxati: 1.Abdurahmonov A.Saodatga eltuvchi bilim. – T.: Movarounnahr, 2002. – 712 b. 2.To’raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. – T.: Fan, 2007. – 252 b. 3.Falsafa: Qomusiy lug’at. – T.: SHarq, 2004. – 496 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |