Ilmiy tadqiqot asoslari
Download 250.57 Kb.
|
Ilmiy tadqiqot asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar
- Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar: ijod
DUNYOQARASH – falsafa fanining eng muhim kategoriyalaridan biri. Falsafaning asosini tashkil qiladi, olam va odam haqida bir butun qarashlar, g’oyalar tizimini yaratadi. Eng muhimi insonning olamga munosabati, dunyodagi o’rni, mohiyati, hayotiy yo’nalishi, o’zligini anglash kabi savollarga javob beradi. Zeroki, falsafaning asosi ham sog’lom aql tafakkuri va uning rivojiga mos keladigan dunyoqarashni yaratishdir. Buning uchun inson, eng avvalo, mukammal bilimga ega bo’lishi lozim [3].
Mazkur darslikda biz ko’proq ilmiy ijod to’g’risida fikr yuritamiz. Ilmiy ijod o’z navbatida qator muammolarni yechimini izlash imkoniyatini beradi. Ular: - insonlarni ilmli va bilimli bo’lishidagi faoliyatni samarali bo’lishini ta’minlaydi; - kishilarni ilmiy ish bilan shug’ullanishda asosiy poydevor bo’lib xizmat qiladi; - ilmiy daraja va unvonlarni qo’lga kiritishga sharoit yaratish, shuningdek, ilmiy xodim bo’lib faoliyat ko’rsatish imkonini beradi; - ilmiy muassasa va tashkilotlar hamda markazlar ochishga asos bo’ladi; -tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni o’rganish, rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratadi va h.k. Demak, ilmiy ijodiyotning MAQSADI davlat, jamiyat, tashkilot, muassasa, jamoa, oila va insonlarning zamonaviy hayotiy ehtiyojlarini qondirib borish borasidagi yangi moddiy va ma’naviy ne’matlarni muntazam ravishda yaratib borishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarga doimo e’tibor berib borish kerak. 1. Insoniyat hayotiy ehtiyoji uchun zarur narsa yoki predmetlarni (amaliy faoliyatda foydalanishga qulayligini o’ylagan holda) takomillashtirib, ular qatoriga yangilarini qo’shib borish. 2. Insonlar turmush tarzini yuksaltirib borish borasidagi zamonaviy ijodiy ishlar ko’lamini kengaytirib borib, jismoniy ishlarni ko’proq aqliy mehnat faoliyati jarayoni bilan almashtirishga erishish. 3. Jamiyat intellektual salohiyatini yuksaltiruvchi ijodiy ishlar ko’lamini kengaytirib borib «XXI asr – intelektual asr»ning faol ishtirokchilarini tayyorlashga erisha borish, ya’ni har qanday zamonaviy texnika va texnologiya bilan «tillasha» oladigan mutaxassislar tayyorlashga erishish. 4. Sohalar bo’yicha (qishloq xo’jaligi, qurilish, sanoat, san’at, tibbiyot, maorif va h.k.) ijodiy ishlarni samarali yo’llarini izlash va ularga mos ilmiy xodimlar hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning yangi texnologiyalarini yaratish. 5. Fundamental tadqiqotlarga keng o’rin berish va ularning amaliy ahamiyatiga e’tibor berishda Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotini o’ylash. 6. Raqobatbardosh zamonaviy ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlashning istiqbolli texnologiyalarini yaratish. 7. Yoshlarimizni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalashning istiqbolli va axborot texnologiyali metodologiyasini yaratishga keng e’tibor berish. 8. Jamiyatni axborotlashtirish sari borayotgan bir paytda mutaxassislarimizning kompьyuterli savodxonligini oshirishni ta’minlashning optimal yo’llarini yaratish va ulardan amaliy faoliyatda muntazam foydalanishga erishish. Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar: ijod qanday faoliyat va uning ta’rifini ayting? izlanish qanday jarayon? aqliy faoliyat kategoriyalari deganda nimalarni tushunasiz? ilm bilan bilimning farqi nimada? tajriba bilan eksperimentning farqi nimada? ilmiy ijodiyot muammolari haqidagi fikringiz. ilmiy ijodiyotning vazifalari nimalardan iborat? dunyoqarash va uning tadqiqotchining ITI dagi ahamiyat nimada deb o’ylaysiz? Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar: ijod – insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati; izlanish – bu ijodiy faoliyat yuritish natijasida biror yangilikka erishish jarayoni; aql – inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning voqeylikka bo’lgan munosabatlarini boshqarib turadigan faoliyati; ong – kishining fikrlash qobiliyati yoki insonning ijtimoiy hayotini tushinishi, sezishi va unga bo’lgan shaxsiy munosabati; Download 250.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling