Oliy nerv faoliyati. Reja
Download 31.73 Kb.
|
Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tug’ma faoliyatlar.
- Shartsiz reflekslar.
Oliy nerv faoliyati. Reja: Oliy nerv faoliyati. Tug’ma faoliyatlar. Shartsiz reflekslar. Instinkt. Oliy nerv faoliyati. Nerv tizimining umumiy faoliyati shartli ravishda quyi va oliy nerv faoliyatlariga bo’lib o’rganiladi. Nerv tizimining turli ichki a’zolar va skelet muskullarini uyg’unlashgan holda ishlashini boshqarib turadigan funksiyasi quyi nerv faoliyati deyiladi. Nerv tizimining tez-tez o’zgarib turadigan, uning tashqi sharoitga moslashishini ta’minlaydigan funksiyasi oliy nerv faoliyati deb nomlanadi. Oliy nerv faoliyati odam va hayvonlar xulq- atvorini, ulardagi ruhiy jarayonlarni va miyada, ayniqsa katta yarim sharlarda, turli ijtimoiy harakatlar va ruhiy jarayonlarning mexanizmlarini o’rganadigan fandir. Bunday jarayonlarga fe’l-atvor, instinkt, hissiyot, mayl-istak, ehtiyoj, uyqu va bedorlik, signal tizimlari, bosh miyada nerv jarayonlarining faolligi kabi murakkab ruhiy fiziologik hodisalar kiradi. Oliy va quyi nerv faoliyatlarini qat’iy ajratish qiyin, chunki ularning faolligi bir-biriga bog’liq. Quyi nerv faoliyatining fiziologik asosi-shartsiz reflekslardir. Oliy nerv faoliyatining fiziologik asosi shartli va shartsiz reflekslarning yig’indisidir. Oliy nerv faoliyati, I.P. Pavlov ta’rifi bo’yicha, odamning fe’l— atvoridir. Fe’l— atvor esa tug’ma va hayot davomida orttirilgan harakatlar- instinkt va reflekslardan iborat bo’ladi. Tug’ma faoliyatlar. Tug’ilmasdan oldin paydo bo’lgan nerv aloqalari organizmning tug’ma faoliyatini belgilaydi. Tug’ma faoliyatlar ga misol qilib shartsiz reflekslar va instinktlarni keltirish mumkin. Tug’ma faoliyat bo’lishi uchun shu faoliyatni vujudga keltiruvchi va uni amalga oshiruvchi mexanizmlar odamning prenatal rivojlanish davrida yetiladi. Bunday faoliyat shartsiz reflekslar va instinktlar asosida amalga oshiriladi. Shartsiz reflekslar. Shartsiz reflekslar- hayotiy muhim bo’lgan tug’ma reflekslardir. Ular nisbatan doimiy bo’lib, ma’lum retseptiv maydonlariga ta’sir etishi natijasida stereotip holda sodir bo’ladi. Shartsiz reflekslar funksional jihatdan bir necha guruhlarga bo’linadi. Download 31.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling