Oliy nerv faoliyati. Reja


Ekstrapolyatsiey reflekslar-


Download 31.73 Kb.
bet6/10
Sana28.03.2023
Hajmi31.73 Kb.
#1304464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari

Ekstrapolyatsiey reflekslar-turli hayotiy voqealarni oldindan bilish va sezish bilan bog’liq, muhim ahamiyatga ega bo’lgan reflekslardir. Ular tajribali pedagog va tarbiyachilarning amaliyotida keng qo’llaniladi.
Shartli va shartsiz reflekslarning farqi. Shartsiz reflekslar tug’ma bo’ladi. Shartli reflekslar esa hayot tajribasi asosida ro’y beradi. "Shartsiz reflekslar barcha uchun taxminan bir xilda kechadi. Shartli reflekslar esa har bir organizmda o’ziga xosdir.Shartsiz reflekslar organizm umrining oxirigacha saqlanadi. Shartli reflekslar esa yashash sharoitiga qarab o’zgarib turadi.Shartsiz reflekslar turli biologik ta’sirlar (oziq-ovqatga bog’liq ta’sirlar, og’riqni keltiruvchi ta’sirlar va h.k.) tufayli vujudga keladi. Shartli reflekslar esa ilgari farqsiz bo’lgan ta’sirlovchilarga nisbatan ham hosil bo’laveradi.Shartsiz reflekslar avtomatik tarzda bajariladi. Shartli reflekslar esa sharoitga qarab tormozlanishi mumkin va bunday paytda ular organizmni himoya qiladi.Shartli yoki hayot davomida orttirilgan reflekslarning markazi bosh miya yarim sharlar po’stlog’i va markaziy nerv tizimining turli bo’limlarida joylashadi. Shartsiz reflekslarning markazi orqa miya va miya sopida joylashgan
Shartli reflekslarning tormozlanishi. Oliy nerv faoliyati asosida nerv tizimidagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari yotadi. Agar qo’zg’alish oqibatida miyada ko’pdan ko’p shartli reflekslar hosil bo’lsa, aynan shu paytda ulardan qaysi birining faollashuvi maqsadga muvofiqligi tormozlanish tufayli aniqlanadi. Bunday qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining dinamikasi sababli organizm doimiy o’zgarib turadigan tashqi sharoitga moslashib boradi. SHunday qilib, odamning oliy nerv faoliyati bosh miyada qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining murakkab nisbati bilan ta’riflanadi. Tormozlanish ikki xil bo’ladi- tashqi va ichki.
Tashqi (shartsiz) tormozlanish. Tashqi tormozlanish tashqaridan keluvchi har qanday kutilmagan signal yoki juda kuchli, uzoq davom etuvchi ta’sirlarga nisbatan paydo bo’lishi mumkin. Kutilmagan kuchli ta’sirlovchiga nisbatan paydo bo’lgan tormozlanish induksion tormozlanish deb nomlanadi. Masalan, bexosdan tashqarida kuchli tovush eshitilsa, sinfda o’tirgan o’quvchilar har qanday faoliyatini to’xtatadi. Biz eshitgan muhim narsani o’ylab ko’rish uchun ko’zimizni yumamiz, bu bilan tashqi ta’sirlarni kamaytirmoqchi bo’lamiz. Ovqatlanish paytida bolaga u orzu qilib turgan velosiped olib kelinsa, o’sha paytda so’lakning ajralishi to’xtaydi. Ochlik hissi bilinmay turadi.
Tashqi chegaradan tashhari tormozlanish organizmga juda kagga yuklama berilganda, qattiq charchaganda ro’y beradi. Masalan, itga 40 vattli chiroq yorug’iga so’lak ajratishga refleks hosil qilingan bo’lsa, uning o’rniga 500 vattli chiroq yondirilsa, itdan so’lak ajralmaydi. O’zini har tomonga tashlaydi, bezovtalanadi. Demak, haddan tashqari kuchli ta’sir nerv hujayralarini qabul qila oladigan kuchdan ortib ketadi va tormozlanishni vujudga keltiradi. Ayrim olimlar ushbu tormozlanishni tormozlanishning tormozlanishi deb ham tushunishadi va bu tormozlanish aynan shu refleksning o’zida vujudga kelganligi uchun uni alohida xususiyatga ega deb hisoblashadi. O’ta kuchli aqliy yoki jismoniy yuklamaning bajarilishi chegaradan chiqqan tormozlanishga misoldir. Masalan, imtihonga me’yoridan ortiq tayyorlanishi natijasida o’quvchilarda ish qobiliyati keskin pasayib ketishi mumkin. Chegaradan chiqib ketgan tormozlanishning biologik ahamiyati- himoyadir, shu sababdan u ba’zida himoyalanuvchi tormozlanish deb ham nomlanadi. Shuning uchun maktablarda dare jadvallarini tuzishda bolalarning aqliy imkoniyatlarini, albatta, hisobga olish zarur.

Download 31.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling