Oliy nerv faoliyati. Reja


Shartli reflekslarning hosil bo’lish mexanizmlari


Download 31.73 Kb.
bet4/10
Sana28.03.2023
Hajmi31.73 Kb.
#1304464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari

Shartli reflekslarning hosil bo’lish mexanizmlari. Individual hayot tajribasi asosida orttirilgan harakatlarning yig’indisi-shartli reflekslardir. Shartli reflekslar yordamida organizm tashqi o’zgaruvchan muhitga va sharoitga moslashadi; yoshiga; ehtiyojlarga moe ravishda o’zgaradi.
Shartli reflekslarning hosil bo’lish fiziologik mexanizmlarini kesilgan limon mevasini ko’rganimizda so’lak ajralishining kuchayishi misolida ko’rib chiqaylik. Uni ko’rish bilan kuchli nordon maza esga tushadi va so’lak shiddat bilan ajralib chiqa boshlaydi. Biror marotaba limonni tatimagan odamda hech qanday so’lakning ajralishi kuzatilmaydi, faqat «Bu nima ekan?» ma’nosidagi chamalash harakatlari paydo bo’lishi mumkin. I.P.Pavlov funksional jihatdan bir biridan shunday uzoq bo’lgan ikkita narsa- ko’z va so’lak bezlari o’rtasida qandaydir bog’liqlik borligini aniqladi va ular o’rtasidagi fiziologik aloqani o’rganish uning keyingi tekshiruvlari uchun asos bo’ldi. Og’iz bo’shlig’iga biror narsa tushgandan keyin so’lak ajralishining kuchayishi- bu shartsiz, tug’ma refleksdir. Uning fiziologik markazlari yaxshi shakllangan bo’ladi. So’lak ajralishini boshqaruvchi va turli narsalarning aksini tahlil qiluvchi markazlar o’rtasidagi aloqalar, I.P. Pavlov fikricha, quyidagicha kelib chiqadi. Limonni ko’rganda kelib chiqqan qo’zg’alish to’lqinlary uzunchoq miyadagi ovqatlanish markazi orqali afferent tolalar bo’yicha katta yarim sharlar po’stlog’ining ensa qismidagi ko’ruv markazlariga yetib borib, qo’zg’alish o’chog’ini keltirib chiqaradi. Shunda agar limonni tatish imkoniyati bo’lsa, uni ko’rgandan keyin odamda po’stloq ostidagi va po’stloqdagi so’lak ajralish markazlarida qo’zg’alish paydo bo’ladi. Shartsiz omil bo’lgan ozuqaning (limonning mazasi) ta’siri shartli omil (limonning ko’rinishi) ta’siridan kuchli bo’lganligi uchun ozuqa markazi funksional jihatdan ustun bo’lib qoladi va ko’ruv markazidagi qo’zg’alish to’lqinlarini o’ziga tortib oladi. Natijada ikkita ilgari bog’lanmagan markazlar o’rtasida funksional ko’prik paydo bo’ladi. Bu funksional bog’lanish limonni iste’mol qilish jarayoni qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik mustahkam bo’ladi. Keyinchalik faqat limonning ko’rinishi tufayli paydo bo’lgan qo’zg’alish to’lqinlari vaqtinchalik funksional ko’prigi orqali oziq-ovqat markaziga o’tib, u yerdan esa markazdan qochuvchi tolalar bo’ylab so’lak bezlariga borib, ularning faolligini oshiradi va so’lak ajralishini kuchaytiradi.
I.P.Pavlov shartli reflekslarning kelib chiqishini bosh miya yarim sharlarida hosil bo’lgan qo’zg’alish bilan po’stloq osti yadrolari o’rtasidagi vaqtincha funksional aloqa deb hisoblagan. Hozirgi paytda ma’lum bo’lishicha, shartli reflekslarning hosil bo’lishida bosh miyaning turli bo’limlari ishtirok etadi. Vaqtinchalik bog’lanishning hosil bo’lishida po’stloq osti yadrolarning funksional ahamiyati kattadir.

Download 31.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling