Ilmiy tadqiqot asoslari
Download 250.57 Kb.
|
Ilmiy tadqiqot asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- EKSPEREMENT
- Eksperiment
ISTE’DOD - insonning ma’naviy-marifiy, madaniy va shu kabi jihatlar asosidagi kamol topishidagi darajasi.
TAJRIBA – voqelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish jarayoni. Tajriba keng ma’noda – o’quv, malaka va bilimning birligidan iborat. SHuningdek, falsafada bilishning empirik usullaridan biri – ekperiment usuli ham tajriba deb ataladi. Tajriba qadimdan falsafa tarixida muhim tadqiqot ob’ekti bo’lib kelgan. SHarq falsafasida biror narsadagi muayyan xossa yoki xususiyatni tekshirib ko’rish maqsadida o’tkaziladigan sinov ham tajriba deb ataladi. Abu Rayhon Beruniy tajribani eksperiment va kuzatish bilan bog’lab tushuntirish tarafdori bo’lgan. U Ibn Sino bilan munozarada fikran faraz qilib ko’rishga nisbatan amaliy eksperiment ishonchliroq ma’lumot berishini ta’kidlab, fikriy mulohazalar og’izdan-og’izga o’tish bilan o’zgarib borishi va asl ma’nosini yuqotishi mumkin deb amaliy tajribaning ahamiyatini yuqori qo’ygan [5]. EKSPEREMENT – fan va bilish sohasida favqulodda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg’ulari, xarakteri, qobiliyati, aql zakovatini o’rganishda qo’llaniladigan usul. Eksperiment tabiiy va laboratoriya usullariga ajratiladi. Tabiiy usul psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo’llaniladi. Bu usulning ilmiy asoslarini A.F.Lazurskiy ta’riflab bergan. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilarning o’zlari bexabar bo’lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir o’tkazish kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim. Laboratoriya usuli yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emotsional, irodaviy hamda aqliy zo’riqish singari psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (o’quvchi, haydovchi, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, izdan chiqishi, shovqin ko’tarilishi)ning modellari yaratiladi. Eksperiment aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va nazorat (tekshirish) qismlariga bo’linadi [3]. Download 250.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling