3-bosqich: Mavzuni aniqlashtirish va ilmiy tadqiqot ishining rejasini tuzish. - Tanlangan mavzu formulirovkasi aniq, qisqa va tadqiqot muammosining mohiyatini ifodalashi kerak.
- So’ngra ilmiy tadqiqot ishini dastlabgi ko’rinishi tuzilb olinadi. Ba’zan uni tadqiqot dasturi deb atashadi. Bu esa tizimli va izchil izlanishlarni aniqlaydi.
- Ilmiy tadqiqot ishi rejasining asosiy qismi tadqiqot metodikasi hisoblanadi, ya’ni tadqiqot usullari, metodlari va ilmiy-tadqiqot ishining texnikalarining o’zaro bog’liqligi va jamlanmasi hisoblanadi.
Reja tuzayotganda - Tadqiqot mavzusining dolzarbligini asoslash zarur. Bunda ushbu tadqiqot muammosini qaysi nuqtayi nazardan o’rganishni boshlashni, tadqiqot o’tkazish nimlar bilan shartlanganligini – fanni rivojlantirish, ijtimoiy ehtiyojlar yoki tajribani umumlashtirish va hokazolarni ko’rsatib o’tish kerak; nima ishlar amalga oshirildi, nimalar noma’lumligicha qoldi va yana oldinda nimalar qilinishi kerak degan savollarga javob berilishi kerak;
- Keyingi mantiqiy qadam- muammoni shakllantirish. Muammoni o’rtaga qo’yib, tadqiqotchi quyidagi savollarga javob beradi: ilgari o’rganilmagan narsalardan nimalarni o’rganish kerak;
- Tadqiqotning obyekti va predmeti aniqlanadi.
- Undan so’ng tadqiqot maqsadi, ya’ni tadqiqotchi o’z ishida nimaga erishmoqchi va qanday natijalarga erishmoqchiligi bayon etiladi.
- Gipotezani shakllantirish
- Bir qator xususiy tadqiqot vazifalarini shakllantirish.
Tadqiqot obyekti va predmeti - Tadqiqot obyekti – bu qarama-qarshilikni o’z ichiga olgan va muammoli vaziyatni keltirib chiqaradigan hodisa, jarayondir. Tadqiqot obyektining ta’rifi ushbu savolga javob berishga imkon yaratadi: nima ko’rib chiqilmoqda?
- Tadqiqot predmeti – ilmiy ishda tadqiq etiladigan obyektning xususiyatlaridir.
- «Tadqiqot predmeti» tushunchasi «tadqiqot obyekti» tushunchasiga nisbatan aniqroq tushunchadir. Bunda bir xil fan obyekti turli xil tadqiqotlar mavzusi bo’lishi mumkinligini hisobga olish kerak. Alohida o’rganish predmeti faqat ushbu ishda o’rganilishi kerak bo’lgan obyektning aloqalarini, munosabatlarini o’z ichiga oladi.
- Ko’pincha tadqiqot predmeti mavzu bilan hamohang bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |