Ilmiy tadqiqot bosqichlari va yo’nalishlari


Download 18.06 Kb.
bet4/7
Sana31.01.2024
Hajmi18.06 Kb.
#1828860
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-mavzu Ilmiy tadqiqot bosqichlari va yonalishlari

Tadqiqot maqsadi

  • Maqsad – ilmiy ish jarayonida nimaga erishish kerakligi haqidagi natijaning ko’rinishidir. 
  • Maqsad bitta bo’lishi kerak hamda u qisqa va aniq shakllantirilgan va tadqiqot jarayonida hal qilinishi kerak bo’lgan narsalarni aks ettiradigan tadqiqot vazifalarida aniqlangan va ishlab chiqilgan bo’lishi zarur.

Gipotezani shakllantirish

  • Gipoteza – haqiqiy mazmuni aniqlanmagan ilmiy tahmindir.
  • Bu tadqiqotchining o’zi qo’ygan savoliga mumkin bo’lgan (tahmin qilingan) javobni anglatadi va o’rganilayotgan obyektlar orasidagi tahminiy bog’liqliklardan iboratdir. 
  • Ilmiy gipoteza bu ilmiy nazariyaga aylanishi mumkin bo’lgan tadqiqotchining natijalari va ilmiy asoslangan bashoratlaridir.
  • Gipotezani qurish bu tadqiqotning eng qiyin bo’lgan bosqichlaridan biridir.

Tadqiqot vazifalarini shakllantirish

  • Vazifalar ularning umumiyligidan, maqsadga erishish uchun nima qilish keraklig haqidagi tushunchani berishi kerak.
  • Tadqiqotning maqsadi gipoteza va mavzudan kelib chiqadi.
  • Vazifalarning tarkibi va soni tadqiqot mavzusini to’liq qamrab olish uchun va kelgusi o’rganish natijasida, shu jumladan, bo’lajak eksperiment natijasida gipotezaga ilmiy asoslangan javob olish uchun yetarli bo‘lishi kerak. 

Tadqiqot vazifalarini shakllantirish

  • Tadqiqotning vazifalari ishni rejalashtirilgan natijalar, tadqiqotchining o’zi qo’ygan maqsadlari bo’yicha tavsiflaydi.
  • Tadqiqotning maqsadlari quyidagilar bo’lishi mumkin: tavsiflash, identifikatsiya qilish, ishlab chiqish, asoslash, aniqlashtirish, qo’shimcha kiritish, tizimlashtirish, takomillashtirish, rivojlantirish, konkretlashtirish, tahlil qilish (konseptsiyalar, yondashuvlar, metodlar va hokazolar).

Tadqiqot vazifalarini shakllantirish

Dastlabgi tadqiqot rejasida quyidagilar ko’rsatilishi kerak:

  • Alohida tadqiq etiladigan muammolar / savollar;
  • BMI ishida qo’llanilgan tadqiqot metodlari va ularning natijalarini tahlili sanab o’tilgan bo’lishi;
  • Shuningdek tadqiqot natijalari qanday qilib amaliyotga tatbiq etilishi.

Download 18.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling