Ilmiy tadqiqot bosqichlari va yo’nalishlari


-bosqich: Turli manbaalar orqali muammo bilan tanishish


Download 18.06 Kb.
bet2/7
Sana31.01.2024
Hajmi18.06 Kb.
#1828860
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-mavzu Ilmiy tadqiqot bosqichlari va yonalishlari

2-bosqich: Turli manbaalar orqali muammo bilan tanishish

  • Dastlabgi mavzu tanlab olinganidan so’ng, tadqiqotchi o’rganilayotgan mavzu bo’yicha ungacha qanday tadqiqotlar amalga oshirilganligi haqida tasavvurga ega bo’lishi uchun bibliografik qidiruvni amalga oshirish kerak.
  • Adabiyotlarni tahlil qilishda, avvalo tanlangan tadqiqot mavzusini ko’rib chiqishda kengroq mazmundagi manbaalardan o’rganish tavsiya etiladi.
  • Yuqorida tavsiya etilgan adabiyotlarni sinchkovlik bilan o’rganishda tanlangan tadqiqot mavzusiga doir muammolar: matnda, havolalarda va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatida bir qator tadqiqot ishlari qayd etilganini ko’rish mumkin bo’ladi.

2-bosqich: Turli manbaalar orqali muammo bilan tanishish

Ilmiy ishlarni o’rganish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi kerak:

  • Mundarija asosida ilmiy ish mazmuni bilan umumiy tanishish;
  • Ishning tarkibini yuzaki o’rganib chiqish;
  • Ilmiy ishning biror bir qismini tanlab olib tahlil qilish;
  • Qiziqish ko’rsatilgan jihatlarni bayon qilish;
  • Ilmiy ishni tanqidiy baholash, BMIda qo’llashda ularni tahrirlash.

2-bosqich: Turli manbaalar orqali muammo bilan tanishish

  • Bunday ishni amalga oshirishda parallel ravishda manbaalar kartotekasini tuzish orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Kartotekani tahlil qilganda, tadqiqot mavzusini tashkil etadigan muammolar allaqachon o’rganilgan, tavsiflangan va amalda keng qo’llanilayotganligini bilib olish mumkin.
  • Shunday qilib, adabiyotlarni sinchkovlik bilan tahlil qilish allaqachon tadqiq qilinga muammolar bo’yicha ortiqcha ishlardan qochishga yordam beradi.
  • Shuningdek kartotekada tadqiq etilayotgan mavzu ko’p ishlarda ko’rib chiqilgan bo’lsa ham, bir qator muammolar faqat yuzaki ravishda, batafsil o’rganilmaganli ham ko’rsatilishi mumkin.
  • Bundan tashqari, tadqiqotchi ilmiy ishlarda keltirilgan ba’zi qismlarga rozi bo’lmasligi mumkin. Bunday holda, nashr etilgan ishlarni o’rganishni davom ettirishga to’sqinlik qilmaydi, ularni tahlil qilish ilgari shakllangan mavzuning bir oz o’zgarishiga olib keladi.

Download 18.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling